Авторы

  • Nuriddin Ashurov
    Ilmiy rahbar:– Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi assistenti
  • Zinat Xudoyberdiyeva
    Talaba: Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
  • Iroda Totliboyeva
    Talaba:-Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126957

Ключевые слова:

O‘simlik dunyosi ekologik muvozanat huquqbuzarlik yuridik javobgarlik qonunchilik ekologik xavfsizlik atrof-muhitni muhofaza qilish.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘simlik dunyosini muhofaza qilishning ekologik muvozanatni saqlashdagi o‘rni va yuridik javobgarlikning bu jarayondagi ahamiyati yoritiladi. Aholi sonining o‘sishi, sanoatlashtirish va tabiiy resurslardan noo‘rin foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar tahlil qilinadi. Muallif O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha yuridik javobgarlik turlari – intizomiy, fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarliklarni keng qamrovli tahlil qiladi va ularning amaliy ahamiyatini ko‘rsatib beradi


background image

Page 134

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

O’SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISHDA YURIDIK

JAVOBGARLIK EKOLOGIK MUVOZANATNI SAQLASHNING

MUHIM VOSITASI

Ashurov Nuriddin Nuraliyevich

Ilmiy rahbar:–

Toshkent davlat agrar universiteti

Huquqshunoslik kafedrasi assistenti

Tel: +998909403641

Elektron pochta: ashurovn92@mail.ru

Zinat Xudoyberdiyeva Xayrullo qizi

Talaba:

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Tel:+998502220298

Elektron pochta:Djumanazarovulugbek98@gmail.com

Iroda Totliboyeva

Talaba:-Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Tel:+998958171805

Elektron pochta:iroda2293@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15574074

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil

Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Mazkur maqolada o‘simlik dunyosini muhofaza
qilishning ekologik muvozanatni saqlashdagi o‘rni va
yuridik javobgarlikning bu jarayondagi ahamiyati
yoritiladi. Aholi sonining o‘sishi, sanoatlashtirish va
tabiiy resurslardan noo‘rin foydalanish oqibatida yuzaga
kelayotgan ekologik muammolar tahlil qilinadi. Muallif
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi
asosida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha
yuridik javobgarlik turlari – intizomiy, fuqarolik,
ma’muriy va jinoiy javobgarliklarni keng qamrovli tahlil
qiladi va ularning amaliy ahamiyatini ko‘rsatib beradi.

KEYWORDS

O‘simlik

dunyosi,

ekologik

muvozanat,

huquqbuzarlik,

yuridik

javobgarlik,

qonunchilik, ekologik xavfsizlik,
atrof-muhitni muhofaza qilish.

Kelgusi 5 yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilayotganligi va bunday

demografik oʼsish, albatta, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalar bilan bir qatorda
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham jiddiy etibor talab qilinishi bilan bir
qatorda oldimizga yangi-yangi, ulkan vazifalarni qoʼyadi. Aholi soni ortib borishi va uning
yashash uchun zaruriy ehtiyojlari, havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, choʼllanish,
qazilma yoqilgʼilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning koʼpayishiga ekologik
muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sogʼligʼiga zarar yetkazmoqda.

Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishning ahamiyati

Ekologik muvozanatni saqlash insoniyat uchun eng dolzarb masalalardan biridir.

Oʻsimlik dunyosi esa ekologik tizimning asosiy tarkibiy qismi boʻlib, u nafaqat atmosferani
tozalash, tuproqni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlashda, balki iqlim
oʻzgarishiga qarshi kurashda ham muhim rol oʻynaydi. Biroq, inson faoliyati natijasida
oʻsimlik dunyosi jiddiy tahdid ostida qolmoqda. Bu muammoni hal qilishda yuridik
javobgarlik muhim vositaga aylanmoqda.


background image

Page 135

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

Ekologik muvozanatni saqlashning muhim omillaridan biri o’simlik dunyosini muhofaza

qilish bo’lib, atrof-muhitga har qanday nooqilona tashqi ta’sirni kamaytirish, ekologik
huquqbuzarliklarni oldini olishni, huquqiy chora-tadbirlarni belgilashni talab etadi.

Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishda yuridik javobgarlikning roli

Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishda yuridik javobgarlik muhim vosita hisoblanadi.

Yuridik javobgarlik atrof-muhitni ifloslantirish, oʻrmonlarni qonunsiz kesish yoki noqonuniy
ravishda oʻsimliklarni oʻzlashtirish kabi harakatlarga qarshi kurashish imkonini beradi.

Konstitutsiyamizning 49-moddasida “…davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq,

atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo’yicha
chora-tadbirlarni amalga oshiradi.” Davlat vakolatli organlari orqali o’simlik dunyosidan
foydalanishni tartibga solish va ekologik muvozanatni saqlash chora-tadbirlarini amalga
oshiradi. O’simlik dunyosidan foydalanish jarayonidagi huquqbuzarlik uchun tegishli
javobgarlik belgilaydi va bu sohada davlat nazoratini amalga oshiradi, jamoatchilik nazoratini
rag’batlantiradi.

“O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 26-

moddasida

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid asosiy

talablar belgilangan bo’lib, unga ko’ra o

‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan

foydalanishga oid asosiy talablar quyidagilardan iborat:

o‘simlik dunyosining turlari xilma-xilligini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab

qolish;

o‘simlik dunyosi o‘sadigan muhitni saqlab qolish;
o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish, uni tiklash va takror ko‘paytirish;
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning tarqalishini va sonini tartibga solish.
Mazkur moddada keltirilgan talablarga rioya qilmaslik natijasida o’simlik dunyosiga

zarar yetkazilishiga, huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelganda yoki qonunchilik hujjatlarida
belgilangan boshqa talablarga rioya etmaganlik, yuridik javobgarlik yuzaga keladi.

Huquqbuzarlik bu davlat va jamiyatda o’rnatilgan, jamiyatning barcha a’zolari

tomonidan amal qilinishi lozim bo’lgan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ekologik
sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalarni buzishdir.

O’simlik dunyosini muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun

javobgarlik belgilashdan maqsad eng avvalo insonning yashash huquqi bilan chambarchas
bog’liq bo’lgan, shu bilan birga parallel ravishda ta’minlanishi lozim bo’lgan qulay atrof –
muhitga ega bo’lishdek konstitutsion huquqini ta’minlanishida jismoniy va yuridik
shaxslarning ekologik qonunchilik talablariga amal qilishini nazorat qilish va mazkur sohada
sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun tegishli jazo choralarini belgilashdir.

Qo’llaniladigan yuridik javobgarliklar

2020-yilning 9 oyi davomida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish

sohasida 3572 ta (2019-yilda 3274 ta) huquqbuzarlik aniqlangan. Mazkur statistika o’simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida huquqbuzarliklar yildan-yilga ortib
borayotganligini ko’rsatmoqda.

O’zbekiston Respublikasida o’simlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi

huquqbuzarliklar uchun ekologiya sohasidagi javobgarliklar kabi intizomiy, fuqarolik,
ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik turlari mavjud.


background image

Page 136

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

Intizomiy javobgarlik

– o’simlik dunyosidan foydalanish sohasini tartibga solish va bu

sohada faoliyat olib borayotgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining o’z mehnat
vazifasi, lavozim majburiyatlariga lozim darajada rioya qilmasligi natijasida Mehnat kodeksi
va “Davlat fuqarolik xizmatchilari to’g’risida”gi qonun talablari asosida qo’llaniladigan
javobgarlik turidir.

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik

– bu Fuqarolik kodeksi va “O’simlik dunyosini

muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonun talablari asosida hamda fuqarolik-
huquqiy shartnomalardan kelib chiqadigan zararni undirish, zarar o’rnini qoplash va ularni
ko’paytirish choralarni qo’llashdir.

O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar

uchun qo’llaniladigan javobgarlikning eng keng tarqalgan turi

ma’muriy javobgarlik

hisoblanadi. Bunda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va boshqa qonunchilik
hujjatlarida belgilangan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jarima, ma’muriy qamoq,
ashyoni musodara qilish, muyyan huquqdan mahrum qilish kabi ta’sir choralari belgilanishi
mumkin.

Xususan ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 79

1

-moddasida yovvoyi holda

o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni
oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish hamda tayyorlashning, shuningdek o‘simlik dunyosi
obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik
maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, - fuqarolarga
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga
esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi
belgilangan.

O’simlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi javobgarlikning to’rtinchi turi jinoiy

javobgarlik bo’lib, bu ekologiya va umuman tabiatga nisbatan sodir etilgan ijtimoiy xavfli
harakat yoki harakatsizlik natijasida yetkazilgan zarar uchun davlatning qonunchilikda
belgilangan jazo choralarini qo’llashidir.

Jumladan Jinoyat kodeksi 4-bo’limi ekologiya sohasidagi jinoyatlar deb nomlanib, 16

moddani o’z ichiga oladi. Kodeksning 202-moddasida “…o‘simlik dunyosidan foydalanish
tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bazaviy hisoblash
miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi” deb
belgilangan.

Prezidentimizning 2025-yilni yurtimizda “Аtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot

yili” deb eʼlon qilish taklifi bir ovozdan qo’llab quvvatlandi. Mazkur yilda amalga oshiriladigan
ishlar bo’yicha qabul qilinadigan davlat dasturi 3-yo’nalishi suv resurslarini tejash va atrof-
muhitni muhofaza qilish deb belgilandi. Mazkur yo’nalishda “Atrof-muhit monitoringi
to’g’risida”gi, “Chiqindilar to’g’risida”gi, “Biologik xavfsizlik to’g’risida”gi qonunlar ishlab
chiqilishi ko’rsatilgan bo’lib, ekologiya, atrof-muhitni asrash sohasidagi muhim qoidalar ishlab
chiqish nazarda tutilgan.

Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, nafaqat o’simlik, hayvonot dunyosiga, ekologiyaga,

balki tabiatga yetkaziladigan kichik bir zarar faqatgina bir insonga ta'sir etibgina qolmay,
insoniyatga, jamiyat va davlatga katta talofat yetkazadi. O’simliklarning paydo bo’lishidan
tortib rivojlanishgacha bo’lgan jarayon bir necha yilni tashkil etadi. Xuddi shuningdek


background image

Page 137

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

ularning nobud bo’lishi, zararlanishi ham ko’plab yillarni o’z ichiga oladigan ekologik
muvozanatning buzilishiga sabab bo’ladi. Shu sababli mamlakatda atrof-muhitni muhofaza
qilish boʻyicha qonunlar va dasturlar aniq ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirishda
jamoatchilikning keng ishtiroki mavjud bo’lishi hamda qatiy javobgarlik belgilanishi lozim.
Shu maqsadda 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonunga
ham o’zgartirish kiritish lozim. Jumladan qonunning 17-moddasi 1-qism 6-bandidagi quyidagi
“..atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi
qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-
tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish” normani
“atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik
buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar
to‘g‘risida tegishli davlat organlariga

og’zaki, yozma yoki elektron shaklda

murojaat qilish

va axborot olish” tarzida o’zgartirish hamda mazkur moddada alohida

“atrof muhitni

muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik
buzilishi fakti haqida vakolatli organlarni o’z vaqtida xabardor etganlik uchun
qonunchilikda belgilangan imtiyozlarga ega bo’lish”

band qo’shish lozim. Bu esa o’simlik

dunyosidan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirilishida fuqarolarning
mas’uliyatini oshiribgina qolmay, ularni atrofmuhitni asrashda qonunchilikda belgilangan
imtiyozlardan foydalanish huquqini kafolatlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145

2.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks. https://lex.uz/docs/-97664

3.

Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/-111453

4.

“O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonun. O’RQ-409-

son. 2016-yil 21-sentabr. https://lex.uz/docs/-3030362
5.

“Ekologik

nazorat

to’g’risida”gi

qonun.

O‘RQ-363-son.

2013-yil

27-dekabr.

https://lex.uz/ru/docs/-2304953
6.

D.N.Maxkamov. O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy

holati. -T.: TDYU nashriyoti, 2024. -120 b.
7.

https://uznature.uz

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks. https://lex.uz/docs/-97664

Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/-111453

“O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonun. O’RQ-409-son. 2016-yil 21-sentabr. https://lex.uz/docs/-3030362

“Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonun. O‘RQ-363-son. 2013-yil 27-dekabr. https://lex.uz/ru/docs/-2304953

D.N.Maxkamov. O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy holati. -T.: TDYU nashriyoti, 2024. -120 b.