Page 96
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
PAXTA TOZALASH ZAVODIDA PAXTANI MAYDA VA YIRIK
IFLOSLIKLARDAN TOZALASH TЕXNOLOGIYASI.
Ungarov Azizbek Abdumo‘min o‘g‘li
Mamarajabova Sarviniso Hamdam qizi
Eshquvvatov Shokir Faxriddinovich
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15562015
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Paxta tolasining sifatini aniqlovchi asosiy omillardan biri
— uning tarkibidagi turli xil iflosliklar miqdoridir. Ayni
paytda paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarida
eng dolzarb muammolardan biri paxta xomashyosini
yirik iflosliklardan tozalash jarayonidir. Maqolada bu
jarayonda turli konstruktsiyaga ega bo‘lgan tozalash
jarayoni haqida so‘z yuritiladi.
KEYWORDS
arrachali baraban, kolosniklar,
tekislovchi cho’tka, cho’tkali
baraban.
Bugungi kunda paxta xomashyosi yetishtirish va qayta ishlash sohalari iqtisodiyotda
muhim o'rin tutadi. Paxta tolasi sifatiga bo‘lgan talabning ortib borishi to‘qimachilik
sanoatining rivojlanishi uchun asosiy masalalardan biriga aylangan. Jahon bozorida paxta
tolasi bo‘yicha raqobatbardoshlikni oshirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun paxta
tozalash korxonalarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlashga katta ahamiyat
berilmoqda. Bu borada yuqori sifatli, ishonchli mahsulotlar ishlab chiqarish, paxta tozalash
sanoatidagi texnologiyalarni yangilash va sifatni oshirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Jahon tajribasidan olingan darslarga asoslanib, paxta chigitini mayda aralashmalardan
tozalash texnologiyasi va uskunalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunday ishlar
paxta chigitini ifloslantiruvchi moddalardan samarali tarzda tozalashni va yuqori
samaradorlikka erishishni ta'minlaydi. Shuningdek, paxta tozalash jarayonidagi ish rejimlari
va parametrlarini optimallashtirish ham alohida e'tiborga loyiqdir. Mustaqillik yillarida
mamlakatimizda paxta mahsulotlarining sifatini yaxshilash, paxta xomashyosini birlamchi
qayta ishlash va ishlab chiqarish jarayonlarini samarali nazorat qilish tizimlarini yaratish
bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu sohada, ayniqsa, qayta ishlangan paxta
mahsulotlarining sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 17-oktabrda imzolangan
"Paxtachilikni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-
3408-sonli qaror paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha yangi klaster tizimini yaratishni
ko‘zda tutadi. Bu qaror paxta tozalash va qayta ishlash korxonalarini modernizatsiya qilish,
paxta chigitini birlamchi qayta ishlashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va mayda
ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlash jarayonini takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu
paxtachilikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.Yuqoridagi qaror va qoidalarga
mos ravishda, paxta chigitini g‘o‘zadan ajratish jarayonida uning ifloslantiruvchi moddalari
Page 97
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
tola sifatini buzmasligi uchun ularni samarali tarzda tozalash, quritish va qayta ishlash
jarayonlarini mukammallashtirish zarur.
Chigitli paxtani har xil iflosliklardan tozalash uchun kerakli uskunalar turlarini
tanlashda ularning fizika-mexanikaviy xususiyatlarini (о‘lchamlari, kelib-chiqishi, paxtaga
ilashish darajasi) nazarga olish katta ahamiyatga ega.
Chigitli paxtani xas-chо‘plardan tozalash mashinalari qoziqchali barabanlar bо‘limi va
arrali barabanli bо‘limdan iborat bо‘ladi. Mayda xas-chо‘plar qoziqchali barabanlar bо‘limida,
yirik aralashmalar esa arrali barabanli bо‘limda yaxshi tozalanadi.
Chigitli paxtani tozalash uskunalari ish unumdorligi va tozalash samaradorligi (chigitli
paxtadan xas-chо‘p, puch chigitlarni ajratish qobiliyati) bilan baholanadi (xarakterlanadi).
Uskunaning tozalash samaradorligi uskunaga tushgan paxtadan ajratilgan aralashma
massasining chigitli paxtada bо‘lgan barcha aralashma massasiga nisbati bilan (%) aniqlanadi.
100
1
2
1
C
C
C
K
М
, %
bunda: S
1
, S
2
- chigitli paxtaning tozalashdan oldin va tozalashdan keyingi ifloslik
darajasi.
Uskunalarning tozalash samaradorligiga va ish unumdorligiga chigitli paxtaning
namligi va iflosligi katta ta’sir qiladi. Uskunalarning ish unumdorligi ularning eng yuqori
tozalash samaradorligiga moslab oshiriladi. Chigitli paxtaning namligi meyor darajagacha
kamaytirilganda tozalash samaradorligi kо‘payib, iflos aralashmalarning chigitli paxtadan
ajralishi osonlashadi va kо‘payadi. Namligi meyor darajadan yuqori bо‘lgan chigitli paxtani
tozalaganda uskunalarning tozalash samaradorligi kamayishidan tashqari shu chigitli
paxtaning tolasida qо‘shimcha nuqsonlar ham kо‘payadi. Buni 28-jadvaldagi ma’lumotdan
kо‘rish mumkin.
1-jadval
Chigitli paxtaning
Namligi,
Iflosligi
Toladagi nuqsonlar,%
ishlanish shartlari
%
%
ifloslik,%
nuqsonlar,%
Quritishdan о‘tkazilmagan
14,2
13,6
12,4
18,5
Quritishdan о‘tkazilgan
10,1
13,3
6,3
12,5
Uskunalarning tozalash samaradorligi chigitli paxtadagi iflos qо‘shilmalarning
miqdoriga qarab о‘zgaradi: iflos qо‘shilmalar qancha kо‘p bо‘lsa, tozalash vaqtida shuncha
kо‘p iflosliklar ajratiladi.
Mayda iflosliklar chigitli paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi ajraladi va
ularni ajratish uchun tozalash jarayonida chigitli paxtani elash etarli deb hisoblanadi. Shu
sababli chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun qoziqli-titkilash uskunalari
ishlatiladi.
Tо‘rli sirtlar pо‘lat simlardan tо‘qilgan, har xil shakldagi kо‘zli yaxlit tunuka yoki turli
shakldagi kolosniklardan yasalgan bо‘lishi mumkin.
Page 98
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
1-rasm. Tо‘rli yuzalarning kо‘rinish
a)-pо‘lat simdan tо‘qilgan; b)-turli kо‘zli tunuka; d)-kolosnikli panjara;
e)-dumaloq kо‘zli tunuka.
Uskunaning tozalash samaradorligi qoziqli-titkilash barabani bilan tо‘rli sirtning bir-
biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq.
2-rasm. Mayda iflosliklardan tozalagichlarning asosiy ishchi qismlari
1-qoziqchali baraban; 2-tо‘rli yuza.
Mashina ishlaganda chigitli paxta bо‘lakchalari tо‘rli sirt ustiga urilishi natijasida
undagi iflos qо‘shimchalar ajraladi va tо‘rli sirt teshiklari orqali tashqariga chiqib ketadi.
Ba’zi tozalagichlarning barabanlarida ikki qator qoziqchalar о‘rnatilgandan keyin
uchinchi qatorga yaxlit planka о‘rnatilgani uchun bunday tozalagichlar qoziq-plankali deb
ataladi. Qoziq-plankali tozalagichlarning tozalash samaradorligi birmuncha yuqori bо‘ladi,
chunki bularda chigitli paxta qoziqchalar bilan titiladi, planka esa havo oqimini kuchaytirib
tozalashni zо‘raytiradi.
Chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun ishlatiladigan uskunalar paxta
tozalash korxonasining quritish-tozalash bо‘limiga, tozalash bо‘limiga va har bir jinning
ta’minlagichiga о‘rnatiladi. Chigitli paxtadan mayda iflosliklarni ajratish uskunalari
pnevmatik, pnevmamexanik va mexanik sistemalarga bо‘linadi.
Mayda iflosliklarni ajratish uskunalari texnologik qatorda о‘rnatilish joyiga qarab
shaxsiy va qatorli, ish qismlarining chigitli paxtaga ta’siri jihatidan bir ta’sirli va qayta ta’sirli,
Page 99
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
ish qismlarining soniga qarab bir barabanli va kо‘p barabanli, konstruktsiyasi bо‘yicha esa
barabanli va shnekli xillarga bо‘linadi.
Yuqorida aytib о‘tilganidek, chigitli paxtada bо‘ladigan iflos qо‘shilmalar о‘lchami
jihatidan shartli ravishda ikki guruxga bо‘linadi. Mayda aralashmalar guruxiga teshiklari 10
mm li tо‘rdan о‘tadigan va yirik aralashmalar guruxiga bunday (10 mm) tо‘rdan
о‘tmaydiganlar kiradi. Yirik aralashmalar organik va mineral bо‘lishi mumkin. Yirik
aralashmalar chigitli paxtaga ilashishi jixatidan passiv xiliga kiradi. Ularning о‘lchamlariga
bog‘liq xolda asosan iflosliklar chigitli paxtaning ustki qatlamida joylashadi. Shu sababli ularni
silkitish hisobiga ajratish oson. Lekin tozalash davrida uskunalarning ishchi organlariga
urilish kuchi ta’siri hisobiga parchalanib mayda iflosliklar guruxiga aylanishi mumkin.
Texnologik uskunalarning tо‘xtovsiz va samarali ishlashi uchun chigitli paxtadagi
tasodifiy ravishda qо‘shilgan og‘ir jismlarni oldindan ajratib olish lozim. Bu og‘ir jismlar (tosh,
kesak, temir parchalari) texnologik uskunalarning ish organlariga zarar yetkazib, mahsulot
sifatini va uskunalarning ish unumdorligini pasaytiradi. Yirik (og‘ir) jismlar texnologik
uskunalarga zarar yetkazishi bilan birga ish vaqtida yong‘in chiqarish xavfini ham tug‘diradi.
Paxta tolasining sifatini aniqlovchi asosiy omillardan biri — uning tarkibidagi turli xil
iflosliklar miqdoridir. Ayni paytda paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarida eng dolzarb
muammolardan biri paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash jarayonidir. Bu
jarayonda turli konstruktsiyaga ega bo‘lgan tozalash qurilmalari qo‘llaniladi. Mazkur
qurilmalarning asosiy ishchi organlari — arrali barabanlar va ular ostiga tartibli ravishda
joylashtirilgan kolosniklardan iborat bo‘lib, arra tishlari yirik iflosliklarga ega paxtani ilib olib,
kolosniklar orqali sudrab o‘tadi va shu tarzda tozalash amalga oshiriladi. Biroq amaliyotda
mavjud qurilmalar tozalash samaradorligi jihatidan yetarlicha yuqori emas. Shu sababli, ilmiy-
tadqiqot muassasalari va mutaxassis olimlar tomonidan bu qurilmalarni takomillashtirish
bo‘yicha izchil ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.M.M.Tillayev –paxtaga birlamchi ishlov berish texnologiyasi (darslik) Toshkent-2015
2.A.A.Safarov –Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi Toshkent :
“Yosh avlod matbaa”,2021-232b
3.Tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish.O’quv qo’llanma T:”Turon iqbol ”nashriyoti,2006-
160b
4. “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy shakillarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 noyabrdagi 53- sonli
qarori.
5. O‘G, U. A. A. M., Eshdavlatovich, X. U. B., O‘G, J. R. I. M., Weizhou, Z., & Xueji, Y. (2025).
EFFECT OF TEMPERATURE CHANGES ON FIBER QUALITY DURING STORAGE OF COTTON
RAW MATERIALS. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 2(4), 112-115.
6. Унгаров, А. А., Худайбердиев, Р. Х., & Камолов, Б. И. (2025). 5ЛП ЛИНТЕРНИНГ ИШЧИ
КАМЕРАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Экономика и социум, (2-1 (129)), 1270-1276.
7. O‘G, U. A. A. M., O‘G‘Li, M. I. R., & Oʻgʻli, K. B. I. (2024). BEGONA ARALASHMALARNING TOLA
VA MOMIQ SIFATIGA TASIRI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies, 1(17), 121-123.