Авторы

  • Umida Bovanova
    katta o‘qituvchisi Toshkent amaliy fanlar universiteti
  • Navbahor Boʻriboyeva
    Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126974

Ключевые слова:

differensial yondashuv ekologik madaniyat maktabgacha yoshdagi bolalar ekologik tarbiya metodologiya interaktiv usullar.

Аннотация

Ushbu maqolada differensiallashgan yondashuv asosida maktab yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni o‘rganilgan. Bugungi kunda bolalarda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish dolzarb masala bo‘lib, bu borada differensial yondashuv asosida samarali metodlar va vositalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida bolalarning yosh, psixologik xususiyatlari, individual qobiliyatlari va ekologik bilim darajasidan kelib chiqqan holda ekologik tarbiyani yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslab berildi. Shu bilan birga, bolalar bilan ishlashda interaktiv metodlardan, o‘yin texnologiyalaridan va ko‘rgazmali vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritildi.


background image

Page 42

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

DEFFERENSIYALASHGAN YONDASHUV ASOSIDA

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK

TARBIYA BERISH AHAMIYATI

Bovanova Umida Abduvahobovna

katta o‘qituvchisi

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Boʻriboyeva Navbahor

Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi

E-mail: (umidabovanova8@gmail.com)

Tel: +998974028797

Email:(navbahorfaxriddinovna@gmail.com)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15532244

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2025 yil
Ma’qullandi: 25- May 2025 yil
Nashr qilindi: 28-May 2025 yil

Ushbu maqolada differensiallashgan yondashuv asosida
maktab yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni
shakllantirish jarayoni o‘rganilgan. Bugungi kunda
bolalarda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish
dolzarb masala bo‘lib, bu borada differensial yondashuv
asosida samarali metodlar va vositalardan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida
bolalarning yosh, psixologik xususiyatlari, individual
qobiliyatlari va ekologik bilim darajasidan kelib chiqqan
holda ekologik tarbiyani yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslab
berildi. Shu bilan birga, bolalar bilan ishlashda interaktiv
metodlardan, o‘yin texnologiyalaridan va ko‘rgazmali
vositalardan

samarali

foydalanish

imkoniyatlari

yoritildi.

KEYWORDS

differensial

yondashuv,

ekologik

madaniyat,

maktabgacha yoshdagi bolalar,
ekologik tarbiya, metodologiya,
interaktiv usullar.

Bugungi globallashuv davrida ekologik muammolar butun insoniyat oldida dolzarb

masalalardan biriga aylanib bormoqda. Atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning haddan
tashqari ekspluatatsiya qilinishi, iqlim o‘zgarishlari nafaqat tabiatga, balki jamiyat hayotiga
bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, ekologik madaniyat va ongni shakllantirish
jarayonini bolalik davridan boshlab yo‘lga qo‘yish zarurati kuchayib bormoqda . Ayniqsa,
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda ekologik madaniyat asoslarini rivojlantirish
ta’lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylangan . Bu borada differensial
yondashuvning ahamiyati katta bo‘lib, u bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan
holda samarali tarbiyaviy ishlarni tashkil etish imkonini beradi. Hozirgi kunda ekologik
muammolar dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylangan bo‘lib, atrof-muhitning buzilishi,
resurslarning kamayishi va iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan asosiy muammolardan
biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish va kelajak avlodning
ekologik tafakkurini shakllantirishda ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bolalar
yoshligidan ekologik ong va madaniyatni o‘zlashtirishi, ularni atrof-muhitni asrab-avaylashga
o‘rgatish bugungi kunda zaruriy pedagogik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan,
ekologik madaniyatni rivojlantirishda differensiallashgan yondashuv muhim o‘rin tutadi.

Differensiallashgan yondashuv – bu o‘quvchilar yoki bolalar guruhini ularning individual

xususiyatlari, bilim darajasi, psixologik holati va qiziqishlaridan kelib chiqib, turli metod va


background image

Page 43

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

usullar asosida o‘qitish tizimidir. Mazkur yondashuv ekologik ta’lim jarayonida bolalarning
yoshi, psixologik rivojlanish darajasi va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil
etiladi. Ushbu maqolada differensiallashgan yondashuv asosida bolalarda ekologik
madaniyatni rivojlantirish masalasi batafsil tahlil qilinadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Tadqiqot jarayonida ekologik tarbiya, ekologik

madaniyat va differensial yondashuv bo‘yicha bir qator xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy
ishlari o‘rganildi. Jumladan, N.V. Chasovskix, V.A. Slastenin, A.V. Mudrik kabi olimlarning
ekologik tarbiya sohasidagi ishlari, G‘.G‘. G‘ulomov, O. Nazarova, Z. Toshxo‘jayev kabi mahalliy
olimlarning asarlari muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qildi .

Ularning asarlarida ekologik tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati, bolalarda ekologik

madaniyat asoslarini shakllantirish usullari yoritilgan.

Metodologiya sifatida eksperimental va kuzatuv usullari qo‘llanilib, Toshkent shahridagi

3 ta maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan amaliy ishlar olib borildi. Differensial
yondashuv asosida bolalarning individual qobiliyatlari, bilim darajasi va qiziqishlari aniqlanib,
ular guruhlarga ajratildi. Har bir guruhga mos metodlar tanlandi va ekologik tarbiya
mashg‘ulotlari tashkil etildi. O‘rganish natijalari esa statistik tahlil asosida umumlashtirildi.

Muhokama va natijalar: Differensiallashgan yondashuv – bu o‘quvchilarning individual

xususiyatlari, qiziqishlari, bilim darajalari va o‘zlashtirish sur’atlariga qarab ta’lim jarayonini
moslashtirishga qaratilgan metodik yondashuvdir. Ushbu yondashuv zamonaviy
pedagogikada talabaning shaxsiy rivojlanish traektoriyasini ta’minlash vositasi sifatida
qaralmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu yondashuvni qo‘llash zarurati yanada
ortadi. Chunki bu yoshdagi o‘quvchilar tafakkuri, emotsional rivoji, bilishga bo‘lgan ehtiyoji va
jismoniy holati bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun ham har bir
o‘quvchining o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularning ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish,
individual yondashuvlar asosida bilim berish, mustahkamlash va baholash ta’lim sifati va
natijadorligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondashuv, bir tomondan, kuchli
o‘quvchilarning ilg‘orlashtirilgan topshiriqlar orqali bilimlarini chuqurlashtirsa, ikkinchi
tomondan, bilim olishda qiynalayotgan bolalarga yengillashtirilgan uslublar bilan tushuntirish
imkonini beradi. Shu boisdan boshlang‘ich ta’limda differensiallashgan yondashuvni joriy
etish o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik muvozanatini saqlagan holda bilim olishlariga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.

Ekologik tarbiya bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb muammolar sirasiga kirib

borayotgan ekologik inqirozlar fonida yosh avlodni tabiatga ongli munosabatda bo‘lishga
o‘rgatishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari — inson shaxsining
shakllanishida ilk bosqich bo‘lib, bu davrda bolalarning tasavvurlari, hissiyotlari va
qiziqishlari tez o‘zgaradi, shu bois ekologik qadriyatlarni singdirish eng samarali aynan shu
bosqichda amalga oshiriladi. Ekologik tarbiya nafaqat tabiatga e’tiborli bo‘lishni, balki
umumiy madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat, halollik, tozalik va iqtisodiy ehtiyotkorlikni ham o‘z
ichiga oladi. Shuningdek, ekologik tarbiya bolalarda ijobiy xarakter sifatlarini –
xushmuomalalik, mehribonlik, diqqatlilik va hamjihatlikni shakllantiradi. Bola atrof-muhitga
mehr bilan qaraydigan bo‘lsa, u o‘zining ham, boshqalarning ham salomatligini asrashga
intiladi. Ekologik tarbiyaning boshlang‘ich bosqichdan boshlab yo‘lga qo‘yilishi esa keyingi
ta’lim bosqichlarida ushbu tushunchalarni chuqurlashtirishga mustahkam poydevor yaratadi.


background image

Page 44

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

Shuning uchun ekologik tarbiyani faqat alohida fan bilan cheklab qo‘yish emas, balki barcha
fanlar kesimida integratsiyalashgan holda olib borish muhim hisoblanadi.

Differensial yondashuvni ekologik tarbiya jarayoniga tatbiq etish, eng avvalo,

o‘quvchilarning ekologik savodxonligi darajasini, ularning dunyoqarashi, amaliy ko‘nikmalari
va shaxsiy qiziqishlarini aniqlashdan boshlanishi lozim. Ushbu bosqichda psixologik
diagnostika, so‘rovnomalar, o‘yinli testlar orqali o‘quvchilarning bilim darajasi aniqlanadi.
Keyingi bosqichda esa, shunga mos ravishda guruhlab ta’lim berish, differensial topshiriqlar
tayyorlash va ularni ijodiy yondashuv asosida tatbiq etish talab qilinadi. Masalan, yuqori
tayyorgarlikka ega o‘quvchilarga tabiatdagi muammolar (masalan, chiqindilar, suv
ifloslanishi) haqida kichik ilmiy loyihalar tayyorlash topshirilishi mumkin. O‘rtacha darajadagi
o‘quvchilarga esa tabiat hodisalarini kuzatish va ularni rasm chizish, hikoya qilish shaklida
ifodalash topshiriqlari beriladi. Bilim olishda qiynalayotgan bolalar uchun esa ko‘rgazmalilik
vositalari, o‘yinli mashg‘ulotlar, qiziqarli tajribalar orqali tushunchalar beriladi. Bu bilan har
bir o‘quvchining ehtiyojiga qarab ekologik mazmundagi bilimlar beriladi. Shuningdek,
ekskursiyalar, bog‘lar va daraxtzorlarni parvarishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ham
differensial yondashuvning muhim usullaridandir. Ushbu metodikalar o‘quvchining ekologik
muammolarni anglash, ularni hal qilishda faol ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi va
ekologik ongni mustahkamlaydi.

Differensiallashgan yondashuv ta’lim jarayonida har bir bolaning individualligini

inobatga olish, uning bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatini chuqurroq tushunish, ta’lim
dasturini individual talablar asosida shakllantirishga asoslanadi. Ushbu yondashuv Vygotskiy,
Piaget, Bruner va boshqa pedagog olimlar tomonidan ta’kidlangan bo‘lib, ularning tadqiqotlari
shaxsiy yondashuv va individual ta’lim tamoyillariga asoslangan. Ekologik ta’lim esa inson va
tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirishga, atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu jarayonda differensiallashgan yondashuv samarali
natija beradi.

Ekologik ta’lim jarayonida differensiallashgan yondashuv bolalarning qabul qilish

qobiliyatini hisobga olib, har bir yosh guruhiga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga imkon
beradi. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik ertaklar, multfilmlar va
interaktiv o‘yinlar orqali tabiatni tushuntirish samarali bo‘lsa, maktab yoshidagi bolalar
uchun esa ekologik muammolar bo‘yicha ilmiy loyihalar, tadqiqot ishlari va amaliy tajribalar
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuv orqali bolalar tabiatni chuqurroq tushunib,
uning muhofazasiga mas’uliyat bilan yondashishga o‘rganadilar.

Bundan

tashqari,

differensiallashgan

yondashuv

orqali

ekologik

ta’limni

shaxsiylashtirish mumkin, ya’ni har bir bolaning qiziqish doirasiga qarab ta’lim mazmuni
moslashtiriladi. Masalan, tabiatga alohida qiziqish bildiradigan bolalar uchun ilmiy-tadqiqot
ishlarini tashkil qilish, amaliy tajribalarni o‘tkazish hamda ekologik loyihalarda ishtirok etish
imkoniyatlarini yaratish mumkin. Bu esa ularning ekologik madaniyatini yanada
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ekologik madaniyat insonning tabiatga nisbatan ongli yondashuvi, uni muhofaza

qilishga bo‘lgan mas’uliyati va ekologik muammolarni hal qilishda faolligi bilan tavsiflanadi.
Bolalar uchun ekologik madaniyatni shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi
lozim bo‘lib, har bir yosh davrida turli metod va vositalardan foydalanish talab etiladi.


background image

Page 45

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

Yuqoridagi natijalardan ko‘rinib turibdiki, differensial yondashuv asosida tashkil etilgan

ekologik tarbiya jarayoni eksperimental guruhda samarali bo‘ldi. Bolalarda tabiatga nisbatan
e’tibor va mas’uliyat oshdi, ekologik muammolar haqida tushunchalari kengaydi.

Xulosa: Differensiallashgan yondashuvni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik

tarbiya jarayoniga tatbiq etish – zamonaviy pedagogikaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib, u ta’lim samaradorligini oshirish, har bir o‘quvchining o‘ziga xos imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarish hamda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Har bir bolaning bilish faoliyati, qiziqishlari va bilimni egallash darajasi turlicha
bo‘lgani uchun, ekologik tarbiya mazmuni va metodikasi ham ularning shaxsiy xususiyatlariga
moslashtirilgan bo‘lishi zarur. Ana shunda ekologik tarbiya sun’iy emas, balki tabiiy va ichki
ehtiyojga aylangan holda o‘quvchining shaxsiy rivojiga, ijtimoiy moslashuviga va tabiatga
nisbatan mas’uliyatli munosabat shakllanishiga olib keladi. Differensial yondashuv asosida
tashkil etilgan ekologik tarbiya o‘quvchilarni nafaqat atrof-muhitni asrashga o‘rgatadi, balki
ularda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, amaliy faoliyatga tayyorlik kabi muhim kompetensiyalarni
shakllantirish imkonini beradi. Shu boisdan, boshlang‘ich ta’lim tizimida ekologik tarbiyani
samarali amalga oshirishda differensiallashgan yondashuv asosiy mezonlardan biri sifatida
qaralishi lozim. Bu esa o‘z navbatida, sog‘lom jamiyat va barqaror ekologik muhit barpo etish
yo‘lida mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

Ayniqsa, interaktiv o‘yinlar, tajribalar, tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar

bolalarda ekologik tafakkur, dunyoqarash va mas’uliyat tuyg‘usini rivojlantiradi. Tadqiqot
davomida aniqlanganidek, differensial yondashuv asosida olib borilgan mashg‘ulotlar
bolalarning ekologik bilim darajasini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, bunday
yondashuv nafaqat bolalarning bilimi, balki ularning ekologik madaniyati, tabiatga bo‘lgan
mehr va ehtirom hissini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bois, maktabgacha ta’lim
muassasalari tajribasida differensial yondashuv asosida ekologik tarbiya ishlarini
kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodlardan keng foydalanish zarur.
Bu esa kelajakda ekologik mas’uliyatli, tabiatga e’tiborli va ongli yosh avlodni shakllantirishga
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G‘ulomov G‘.G‘. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston,

2020.
2.

Slastenin V.A. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Moskva: Akademiya, 2018.

3.

Mudrik A.V. Sotsiologiya vospitaniya. – Moskva, 2019.

4.

Chasovskix N.V. Ekologik tarbiya nazariyasi va amaliyoti. – Moskva, 2017.

5.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi metodik qo‘llanmalari. – Toshkent,

2021.
7.

Toshxo‘jayev Z. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2019.

8.

Bovanova Umida Abduvahobovna. (2024). INTERNATIONAL ASSESSMENT IN LIFELONG

EDUCATION AND ITS ADVANTAGES. European Journal of Pedagogical Initiatives and
Educational

Practices,

2(12),

88–91.

Retrieved

from

https://europeanscience.org/index.php/4/article/view/1096

Библиографические ссылки

G‘ulomov G‘.G‘. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020.

Slastenin V.A. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Moskva: Akademiya, 2018.

Mudrik A.V. Sotsiologiya vospitaniya. – Moskva, 2019.

Chasovskix N.V. Ekologik tarbiya nazariyasi va amaliyoti. – Moskva, 2017.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi metodik qo‘llanmalari. – Toshkent, 2021.

Toshxo‘jayev Z. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2019.

Bovanova Umida Abduvahobovna. (2024). INTERNATIONAL ASSESSMENT IN LIFELONG EDUCATION AND ITS ADVANTAGES. European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices, 2(12), 88–91. Retrieved from https://europeanscience.org/index.php/4/article/view/1096