Авторы

  • Gulhayo Mirzaliyeva
    Namangan davlat universiteti doktaranti
  • Elmurod Umarov
    Namangan davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126976

Ключевые слова:

TIMSS PISA PIRLS TALIS kompetensiya o‘quv dasturi baholash mazmuni

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilmini baholashda xalqaro baholash tadqiqotlarining o‘rni, ta’lim tizimidagi ahamiyati va mazmuni yoritilgan


background image

Page 31

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIMINI

BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH

TADQIQOTLARINING O‘RNI

Mirzaliyeva Gulhayo Abdulazizovna

Namangan davlat universiteti doktaranti

Mirzaliyevagulhayo89@gmail.com

Umarov Elmurod To‘lqinovich

Namangan davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15532221

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2025 yil
Ma’qullandi: 25- May 2025 yil

Nashr qilindi: 28-May 2025 yil

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
bilmini baholashda xalqaro baholash tadqiqotlarining
o‘rni, ta’lim tizimidagi ahamiyati va mazmuni yoritilgan

KEYWORDS

TIMSS, PISA, PIRLS, TALIS,
kompetensiya, o‘quv dasturi,
baholash mazmuni

Bugungi globallashuv va raqamli rivojlanish davrida har bir shaxsning hayoti va kasbiy

faoliyatida texnogen omillarning o‘sishi kuzatilmoqda va bu ta’lim tizimiga ham bevosita ta’sir
ko‘rsatmoqda. Bu jarayonda matematika savodxonlik va ilmiy tafakkurni shakllantirish muhim
o‘rin tutadi. Shu boisdan boshlang‘ich ta’lim bosqichidayoq o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini aniqlash, ularni xalqaro mezonlar asosida baholash dolzarb masalaga
aylanmoqda.

Matematik savodxonlikni o‘rganish doimiy e’tiborni, qat’iyatni, diqqatni jamlay

olish qobiliyatini talab qiladi , ya’ni aqlni rivojlantirishda ham, xarakterni shakllantirishda
ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki amaliy hayot uchun zarur bo‘lgan hisoblash, geometrik
tasvirlar , formulalar , funksiyalar , grafiklar, diagrammalar, jadvallar bilan bog‘liq bilimlar
uchun zarur bo‘lgan materiallarni o‘zlashtirish lozim.Matematik savodxonlik-bu shaxsning
turli hayotiy vaziyatlar(kontekslar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish ,
berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish , muammonining yechimini talqin
qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir.[1]

Ta’lim tizimidagi islohotlar xalqaro mezon asosida dunyoning yuksak taraqqiy etgan

davlatlarida qo‘llanayotgan va katta samara berayotgan ta’lim texnologiyalari, baholashning
xalqaro talablariga muvofiq bo‘lishiga qaratilmoqda.Dunyoning yuksak taraqqiy etgan
davlatlarida ta’lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash
dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq atilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy
bo‘g‘ini bo‘lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va ularni hayotga tadbiq etish
yo‘llari atroflicha belgilab berildi.Jumladan, unda mamlakatimizning 2030-yilga kelib PISA (The
Programme for International Student Assessment)- o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi


background image

Page 32

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakati
qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo‘yilgan.[2]

PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib,

undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularning amaliyotda qo‘llay
olishi mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi -15 yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida
olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli
xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir.

PIRLS-tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro

tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab
o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har
xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xuxusiyatlarni aniqlash va
baholashdan iborat.

TIMSS-ham jahon mamalakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda.TIMSS dasturi

Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro asssotsiyasi IEA(International Association for
the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib , ushbu tadqiqot
4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi,
fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi.[3]

Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday dasturlarning tizimini baholash

va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlar darajasini
baholash yoki monitoring qilishning Milliy dasturi yaratilmaganligi , hududlar kesimida
yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini
cheklab qo‘ymoqda.

Shuni hisobga olgan holda quyidagi takliflarga to‘xtaldi.
1.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quvchilar uchun TIMSS olimpiadalari

joriy qilish;

2.

Xalqaro tajibadan kelib chiqqan holda o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini

baholash yoki monitoring qilishning TIMSS, PIRLS deb nomlangan platformalarini yaratish;

3.

Ilm-fan yutuqlarining eng ilg‘or natijalari va adabiyotlarning inliz tilida nashr

qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda inliz tilini o‘rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni
tadbiq etish masalasini ko‘rib chiqish;

4.

Maktabgacha ta’lim hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi guruh va

sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar sonining
maksimal hamda minimal ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yish;

5.

Maktab dars jadvaliga Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchgun alohida

dars soati qo‘shilib, o‘quvchilarni tayyotlash;

6.

Malaka oshirish institutlarida o‘qituvchilarni xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha

malakaga ega bo‘lishlari uchun malaka oshirish kurslarini joriy etish;[4]

Xalqaro baholash tadqiqotlari nafaqat ta’lim sifatini aniqlash, balki tizimdagi

muammolarni aniqlash, xalqaro tajribani o‘rganish va uni mahalliy ta’limga tatbiq etishda
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashi
uchun ta’lim sifati bo‘yicha chuqur monitoring tizimini yaratish, xalqaro dasturlarni
mahalliylashtirish, va pedagoglarning ushbu sohadagi salohiyatini oshirish dolzarb vazifa
bo‘lib qolmoqda.


background image

Page 33

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Adizov Bakhtiyor Rakhmonovich, Adizova Nodira Bakhtiyorovna Microtoponyms formed

on Different bases in Bukhara District Middle european scientific bulletin 2021/3/12
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi

xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF
5712-son Farmoni
3.

Radjiev A.B., Ismailov A.A., Narziev J.R., Axmedov X.P., Tog‘aeva G.O. O‘quvchilar

savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi qo‘llanma. Toshkent – 2019. 62
b.
4.

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish – inson kapitalini rivojlantirish omilidir” mavzusidagi

xalqaro vebinar. Sidorova Galina Aleksandrovna, Rossiya ta’lim akademiyasining ta’limni
rivojlantirish strategiyasi instituti, ta’lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi,
pedogogika fanlari nomzodi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt www.centeroko.ru
5.

O’quvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy fanlar hamda o’qish savodxonligini baholashga

mo’ljallangan topshiriqlar to’plami. Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazi. Toshkent – 2022.

Библиографические ссылки

Adizov Bakhtiyor Rakhmonovich, Adizova Nodira Bakhtiyorovna Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District Middle european scientific bulletin 2021/3/12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF 5712-son Farmoni

Radjiev A.B., Ismailov A.A., Narziev J.R., Axmedov X.P., Tog‘aeva G.O. O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi qo‘llanma. Toshkent – 2019. 62 b.

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish – inson kapitalini rivojlantirish omilidir” mavzusidagi xalqaro vebinar. Sidorova Galina Aleksandrovna, Rossiya ta’lim akademiyasining ta’limni rivojlantirish strategiyasi instituti, ta’lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi, pedogogika fanlari nomzodi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt www.centeroko.ru

O’quvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy fanlar hamda o’qish savodxonligini baholashga mo’ljallangan topshiriqlar to’plami. Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent – 2022.