Page 42
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
SJIF = 5.441
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
O‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKDAN KEYINGI
ZAMONAVIY MASJIDLARIDAGI SHAXARSOZLIK VA
ME’MORIY YECHIMLARI
Qoraboyev Shokirjon Jumaqo‘zi o‘g‘li
Toshkent arxitektura va qurilish unversiteti
1-bosqich PHD doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15788349
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 30-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada yurtimiz hududlarida qurilgan
masjidlarning hozirgi kunga qadar rivojlanish
bosqichlari haqida malumot berilgan. Shu bilan bir
qatorda zamonaviy masjidlarning haxarsozlik va
memoriy yangiliklari haqida fikr yuritilgan.
KEYWORDS
islom,
masjid,
mo‘min,
musulmon, minor, zomonaviy,
meʼmoriy, hi-tech.
Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlik usullarini
uygʻunlashtirgan holda masjidlar qurilmoqda (masalan, Buxoriy yodgorlik majmui,
Toshkentdagi Nosirxon jome masjidi, Gʻazalkentdagi Olimjon jome masjidi va boshqalar).
Masjidlar – mo‘min musulmonlar uchun eng muqaddas va qadrli joy hisoblanadi. Faqatgina
ibodat maskani sifatida emas, o‘zaro mehr oqibat, hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini
bog‘lovchi joy sifatida ham e’tiborga molikdir.
Masjid – barcha mo‘min-musulmonlar uchun Allohga ibodat qiladigan muqaddas joy
hisoblanadi. “Masjid” so‘zi arabchadan “ibodat qiladigan joy, sajdagoh” deb tarjima qilinadi.
Muqaddas Islom dini dunyo bo‘ylab eng keng tarqalayotgan din hisoblanadi. Shuning uchun
ham mo‘min, musulmonlarning ibodatlarini go‘zal tarzda ado etishlari uchun masjidlar
qurilishi yildan-yilga butun dunyo bo‘ylab oshib bormoqda. Jumladan bizning diyorlarimizda
ham yildan-yilga go‘zal va muhtasham masjid binolari qad roslamoqda. Muqaddas islom dini
bizning o‘lkalarimizga kirib kelgandan boshlab aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak VIII-asr
boshlaridan boshlab masjidlar qurilishi boshlangan.
Masjidlar birinchi navbatda shaharlarda, keyinchalik qishloqlarda so‘ng mahallalarda
barpo etila boshlagan. Ilk qurilgan masjidlar ko‘rinishlari xozirgi kundagidan bir muncha farq
qiladi. Masjid nomoz xonasining qibla tomonida mehrob, undan o‘ng tarafda esa vazxonlik
uchun mo‘ljallangan minbar ham doimiy ravishda masjidlarda bo‘lgan. Masjidning hovlisida
hovuz, bir yoki bir necha minora boʻlgan. VIII-asrdan boshlab bizning diyorlarimizda
masjidlar qurilishi boshlangan bo‘lsa. Hozirgi kunga kelib bizning mustaqil Oʻzbekistonimiz
hududida 2000 dan ziyod masjidlar o‘z faoliyatini yurutib kelmoqda.
Masjidlar VII-VIII asrlardan turli musulmon mamlakatlarning mahalliy meʼmorlik
anʼanalarida еtakchi oʻrinni egallab, oʻziga xos uslubda qurila boshlagan. Asosan murabba yoki
toʻgʻri toʻrtburchak tarxli, markaziy qismida xonaqohi boʻlgan, hovli atrofi ravoqli ayvonlardan
iborat bo‘lgan. 8 qirrali, gumbaz tomli va koʻp ustunli, galereyali masjidlar tosh, yogʻoch, gʻisht,
Page 43
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
SJIF = 5.441
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
rangli koshin bilan hashamdor bezatilgan. Markaziy Osiyo‘da dastlabki masjidlar Buxoro arki
ichida 713-yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan mahalliy otashgoh butxona oʻrnida qurilgan.
Ma’lumotlarga koʻra, Samarqanddagi birinchi masjid Hazrati Xizr masjidi oʻrnida boʻlgan. Har
bir davrda masjidlarning bezak ishlari o‘sha davrda urf bo‘lgan qurilish maxsulotlaridan keng
foydalangan tarzda bezatilgan.
Dastlabki davrlarda bezak berish mahsulotlari keng bo‘lmaganligi sababli
arxitekturada, hususan masjidlarning bezak ishlarida ham bor mahsulotlardan foydalangan
holda bezak ishlari o‘z nihoyasiga еtkazilgan. Vaqt o‘tishi bilan xalq xunarmandchiligidagi
san’at turlari rivoj topishi bilan X-XI asrlarda masjid meʼmorligida ganch oʻymakorligi, gʻishtni
bezakli qilib terish usullari keng tarqala boshlagan. (Termizdagi Chor ustun masjidi, Deggaron
masjidi, Turkmanistondagi Sherkabir masjidi va boshqalar). Keyingi asrlarda esa masjid
turlari va tuzilishi oʻzgarib, u shaharning eng koʻzga koʻringan yirik meʼmoriy jamoat binolari
qatoridan oʻrin olgan. Shahar markazlarida jome masjid, juma masjid va guzar, mahalla
masjidlari keng tarqalgan.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani singari zamonaviy
masjidlari qurilishida ham olamshumul yangiliklar bo‘layotganligini ayta olamiz. Jumladan,
Toshkent shahrida ulug‘ allomalar nomidagi “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo‘ja o‘g‘li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim
Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad
al-Amin”, Farg‘onada “Chiligijiyda”, Navoiyda “Abu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatida “Abu
Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak”
nomli jome masjidlarimizdir.
Minor jome masjidi 2014-yilda rasman ochilgan. Masjid binosi an’anaviy sharqona va
o‘zbekcha uslubda qurilgan bo‘lib, u ikkita minora va osmon rangidagi gumbazga ega.
Masjidning ichki qismi naqsh uslubida bezatilgan. Xonaqohning umumiy maydoni 1326 m.kv
ni tashkil etadi. Masjid 7000 dan ortiq namozxonga mo‘ljallangan. Umumiy maydoni 4.5
gektarni tashkil etadi.
1-rasm. Yunusobod tumanidagi Minor jome masjidi.
Namangan shahrida
2021-yilda ochilgan
Yusufxon o‘g‘li Qosimxon
masjidi hududi
1.8 gektar, xonaqoh 2000 m.kv.ni tashkil qiladi. Masjid zamonaviy hi-tech uslubida qurilgan,
Page 44
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
SJIF = 5.441
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
ichki sig‘imi 4,5 ming o‘rinli, tashqi hovliga esa 9 ming odam joylashadi. Masjid minoralari
balandligi 45 m, gumbazi balandligi 36 m, aylanasi 24metr.
2-rasm. Yusufxon o‘g‘li Qosimxon masjidi
2023-yilning 22-mart sanasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida rasmiy ravishda
ishga tushgan “Islomobod” jome masjidi eng yirik jome masjidi bo‘lib, har biri 63 metrdan 4
minoradan tashkil topgan.
3-rasm. “Islomobod” jome masjidi
Chilonzor tumanida hi-tech usulida bunyod etilgan “Hasanxon qori” jome masjidi
fikrimizga yoqqol misol sifatida ayta olamiz. Masjidda naqishlardan juda ham kam
foydalanganligi insonlarni masjidga ibodat uchun kirganlarida ularni xayollarini chalg‘ituvchi
narsalardan vos kechish sifatida ishlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Page 45
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
SJIF = 5.441
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
4-rasm. Chilonzor tumanida hi-tech usulida bunyod etilgan “Hasanxon qori”
jome masjidi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki so‘ngi yillarda yurtimiz hududlarida qurilgan
masjidlarning hajmiy tarxiy еchimlari, tashqi dizayni va ichki dizayni xolatidan chetga chiqib
zamonaviy hi-tech usulida qilingan masjidlarimizni ayta olamiz.
References:
1. O‘zMe.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Dadajon Q. Mamlakatimiz hududida bunyod etilgan masjidlarning rivojlanish tarixiga doir
qarashlar. Scientific Progress. 2021.
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Minor_masjidi
4. https://shosh.uz/toshkent-masjidlari-tarihidan/