Page 31
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
BADIIY TARJIMADA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING
TARJIMA MASALALARI (“DUNYONING ISHLARI”
ASARINING INGLIZCHA TARJIMASI MISOLIDA
Xudayqulova Gulnoza Komilovna
Alisher Navoiy nomli Toshkent Davlat O‘zbek tili va Adabiyoti
Universteti doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15771271
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 30-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada frazeologik birliklar, ularning
klassifikatsiyalari haqida atroflicha o‘rganilib, badiiy
tarjimada ular qanchalik ahamiyatli ekanini bilib
olamiz. “Dunyoning ishlari” asaridagi frazeologik
birliklar tahlilga tortilgan, asliyat va tarjima matnlarida
qo‘llanilgan frazeologik birliklarning tarjimadagi
muammolari keltirilgan. Asarda keltirilgan bazi
frazeologik birliklarning inglizcha tarjimasida muqobil
variantlari berilgan.
KEYWORDS
badiiy tarjima, frazeologik
birliklar,
muqobillik,
klassifikatsiyalash,
muqobil
variant,
Hozirda ham ilmiy-tehnikaviy, ham madaniy va iqtisodiy jihatdan shiddat bilan
rivojlanib borayotgan dunyoda turli mamlakatlar o‘rtasidagi og‘zaki va yozma nutq vositasi
bo‘lgan til ham taraqqiy etib bormoqda. Dunyo madaniyati rivojlanishi uchun albatta til
muhim rol o‘ynaydi. Har bir tilning o‘ziga xos jozibasi va madiniyati tarjima qilganda boshqa
bir tilga ko‘chadi. Albatta bunda tarjimonlarning mahorati bilinadi. Bunday vaziyatda
tarjimonlar har bir tildagi leksik, frazeologik birliklar, maqol, ibora, matallarni tarjima
qilganda so‘z boyligiga etibor berishi,ularning ma’nosini bilishi va ularning ekvivalentlarini
yoki muqobil variantlarini qo‘llashi kerak.
Dunyo tilshunosligida frazeologik birliklar semantik, stilistik va lingvokulturologik jihatlarini
namoyon etgan ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilma sifatida talqin etiladi.
Frazeologiya
– (yunoncha
phrasis –
ifoda, ibora va
logos
o‘rganish) tilshunoslikning
tilning frazeologik tarkibini o‘rganuvchi bo‘limi va muayyan tildagi frazeologizmlar
majmuyidir.
Frazeologik birliklar xalqning asrlar mobaynida yaratgan timsoliy ifoda va tasviriy vositalari
bo‘lib, ular qisman yoki to‘liq majoziy, ko‘chma ma’noga ega so‘zlarning barqaror, izchil
birikmasi hisoblanadi. Bular asarni ifodaviyligi, tasirchanligi va ma’noviy bo‘yoqdorligini
yanada oshiradi. Juda ko‘p o‘zbek yozuvchilari asarlarida biz frazeologik birliklarni ko‘ramiz.
Shunday adiblardan biri O‘tkir Hoshimovning asarlaridan birini tahlilga tortdik. “Dunyoning
ishlari“ Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar asar. Asar
katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-
yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan
ham koʻp bora qayta nashr etildi. Ijodkorning bua sari albatta chet tillariga ham tarjima qilindi
jumladan rus va ingliz tillariga. Asar ikki bor ingliz tiliga tarjima qilingan. Birinchi marta 2013
yilda tarjimon O. Mo‘minov tomonidan “Affairs of Life. Stories” nomi bilan tarjima qilingan. (
Toshkent. Yangi asr avlodi 2013.) Ikkinchi tarjima varianti esa amerikalik tarjimon Mark Riz
Page 32
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
va andijonlik yosh tarjimon Abdulloh Ro‘ziyevlar tomonidan tarjima qilingan . Bu asrni
yozuvchi uzoq yillar davomida yozgan bulsa tarjimonlar ham 5 yil davomida tarjima qilgan.
Yani andijonlik magistr talabasi Abdullojon Ro‘ziyev 2018 yilda Tajima qilib bo’lgan. U asarni
2 yil davomida tarjima qilgan. Bu paytda Mark Riz Abdulla Qahhorning “ O‘tgan kunlar”
asarini tarjima qilayotgan bo‘lgani uchun bu asarni tahrirlash ishlari qolib ketadi. Va nihoyat
tarjimani tugatgan Mark Riz Abdulloh bilan bu asrni birgalikda tahrirlab nashr ettirishga
beradilar. Hozir biz asarni asliyati va inglizcha tarjimasidagi tarjima masalalarini ko‘rib
chiqamiz. Asarni o‘qiganimizda yozuvchi asarda haqiqatda juda tasirli va hayotiy voqealarni
yozganini his etishimiz mumkin. Asarda frazeologik birliklarni asliyatidagi va ingliz tilidagi
tarjimasidagi tarjima muammolarini ko‘rib chiqamiz. Masalan:
Asliyatda:
Bolaligimni
eslasam
iliq
yoz
kechalari
ko‘z
oldimga
keladi
.(eslamoq,tasavvur qilmoq)
Tarjimada:
My earliest childhood memories
invariably evoke
recollections of
summer.
Lekin asarning keying o‘rinlarida ham bu FB uchraydi va tarjimon bu yerda tarjima
qilishda inglizcha ekvivalentidan foydalangan. Masalan:
Asliyatda:
Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari
ko‘z oldimga keladi.
Bilmadim
ehtimol o‘sha oq oydin kechalarda onam ilk bor
qo‘limga qalam tutqazgandir.
Tarjimada:
When I remember my childhood, these images from the warm summer
evenings
appear before me.
Who knows, perhaps during these luminous, moonlit nights my
mother first
placed the pencil in my hands
to render them into tales…
Ko‘z oldimga keladi – appear before me inglizcha variantini qo ‘llagan. Ingliz tilida bu
iboraning bir necha xil ko ‘rinishlari bor:
1.Come to my mind – hayoliga kelmoq,birdan esga tushmoq.
2.Call to mind – yodga olmoq, esga tushurmoq.
3.Ring a bell – tanish tuyulmoq.esga solmoq.
4.Bear in mind – eslab qolmoq yodda tutmoq.
5.Refresh someone’s memory – eslatib yubormoq.
Bularni barcha eslamoq degan ma’noni bersa ham, gaplarda ishlatilganda albatta ma’no
ifodaviyligida farq bor. Tarjimon albatta bulardan to‘liq mos tushuvchi birini topib to‘g‘ri
tarjima qilgan.
Asliyatda:
Shu
bodom tagida
supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga
ko‘loplatib
suv separ, kun
bo‘yi oftobda qizigan yer hidi
supa
oldidagi rayhonlar isiga qo‘shilib, ajib bir
tarovat taratar, atrof jimjit bo‘lib qolar edi.
Tarjimada:
Near this solitary almond tree
sat a small supa. At sunset, my mother
would sprinkle water
about the
hovli
cooling the ground baked by the sun throughout the
day. The earth always emitted a heady scent mingled with the fragrance of basil growing
nearby a stillness always descended throughout with the arrival of dusk.
Bu gapda
tagida
so‘zini inglizcha tarjimasida
near
deb tarjima qilgan. Lekin near tagida
emas
yaqinida,
degan ma’noni beradi. Naer this solitary almond tree gapini - Under this
solitary almond tree deb tarjima qilinsa tug‘riroq muqobil variant bo‘lar edi. Bodom tagida –
near this solitary almond tree – under this almond tree.
Page 33
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Bundan tashqari bu yerda
hovli, supa
so‘zlari milliylikni aks ettiruvchi so‘zlar bo‘lgani
uchun inglizcha tarjimada “supa”, “hovli” deb transliteratsiya qilingan va iqtibos keltirilib
pastda bu so‘zlar izohlab berilgan.
sprinkle water deb tarjima qilingan, ko‘loblatibni aynan muqobil varianti ingliz tilida
yo‘qligi uchun. Lekin bu so‘zni tarjimada tushurilib qoldirilishi asliyatdagi ma’noni
ekspressivligini ya’ni ifodaviyligini susaytirgan.
Xulosa.
Badiiy tarjimada har bir matnning lingvistik va lingvomadaniy xususiyatlari bo‘ladi.
Tarjimon tarjima qilganda albatta shu jihatlarga etibor berishi lozim. Agar tarjimon asarni
asliyatidagi matnidan o‘zgacha qilib tarjima qilsa unda u asar tarjimonning o‘zining ishi bo‘lib
qoladi. Badiiy tarjimada asl matnni boshqa tilga tarjima qilganimizda avvalo imkon qadar to‘la
- to‘kis holda mos tushadigan qilib tarjima qilib berilishi zarur. Aks holda mantnni asliyati,
lingvistik va lingvomadaniy xususiyatlari yo‘qoladi. Tarjimonlar turli millatlarni, unlarning
tillarini, madaniyatlarini bog‘lab turuvchi ko‘prikdir. Agar tarjimon tarjimada tarjimadagi
uslublarni to‘g‘ri qo‘llay olsa bu tarjimaning va tarjimonning muvaffaqiyatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
. G‘afurov, O.Mo‘minov, N.Qambarov. Tarjima nazariyasi. -Toshkent, 2021.
2.
Hoshimov Oʻtkir. Dunyoning ishlari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015.
3.
Ro‘ziev Abdulloh, Mark Reese. Such is life. - Columbia, SC, 2024.
4.
Поливанов Е.Д. Русский язык сегодняшнего дня. – М. –Л., 1928 (б). – Кн. 4. –С.144.
5.
Teliya
V.N.
Russkaya
frazeologiya:
semanticheskiy,
pragmaticheskey
i
linvokulturologcheskiy aspect. – M.: Shkola yaziki russkoy kulturi.
6.
Мусаев Кудрат. Таржима назарияси асослари: Дарслик. - T.: Фан, 2005.
7.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki
8.
https://dictionary.cambridge.org/ru/.sprinkle
9.
Omonova M. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. Oʻquv qoʻllanma. - Toshkent: Zebo prints,
2023.
10.
https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/44-jahon-adabiyoti?start=200