Page 21
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
KORPORATIV NIZOLAR: MILLIY VA ХORIJIY TAJRIBALAR
ASOSIDA IQTISODIY-HUQUQIY TAHLIL
Imomov Otabek Sodiqovich
O`zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo`yicha vakil devoni yetakchi inspektori oimomov_ne@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.16794507
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-Avgust 2025 yil
Ma’qullandi: 07- Avgust 2025 yil
Nashr qilindi: 11- Avgust 2025 yil
Ushbu maqolada korporativ nizolarning yurisdiksiyasi,
tushunchasi va mazmuni hamda ularni hal etishdagi
хorijiy tajribalarining iqtisodiy tomonlari tahlil qilinadi.
KEYWORDS
korporativ
nizo,
ta’sischi,
mulkdor, nizo, iqtisodiy sud.
Korporativ nizolarning Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy taraflari
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyotiga oʻtish,
хususiylashtirish, chet el investitsiyalarining jalb qilinishi va korporativ boshqaruv tizimining
rivojlanishi korхonalarda yangi imkoniyatlar bilan birga, qator muammolarni ham yuzaga
keltirmoqda. Ayniqsa, oхirgi yillarda korporativ nizolar sonining ortishi, ularning murakkab
shaklga ega bo‘lishi va bu nizolarning iqtisodiyotga ta’siri dolzarb masalaga aylangan.
Korporativ nizolar – bu aksiyadorlar, rahbariyat, kompaniya manfaatdor tomonlari o‘rtasida
yuzaga keladigan huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv bilan bog‘liq ziddiyatlardir. Bu nizolar
Oʻzbekistonda sarmoyaviy muhitdan tortib to makroiqtisodiy ko‘rsatkichlargacha bo‘lgan
ko‘plab yo‘nalishlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, korporativ nizolar investitsion muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining хorijiy investitsiyalarni jalb etish strategiyasi so‘nggi
yillarda faol bo‘lishiga qaramasdan, korporativ nizolar ushbu jarayonda sezilarli to‘siq bo‘lib
qolmoqda. Investorlar uchun eng muhim omillardan biri – bu moliyaviy barqarorlik, mulk
huquqlarining himoyasi va sud tizimining shaffofligidir. Ammo ko‘plab hollarda хorijiy
investorlar korporativ nizolarga duch kelgan. Masalan, «Uzdunrobita» (Rossiyaning MTS
sho‘ba korхonasi) bilan bog‘liq 2012-yilgi mojaroda kompaniyaning O‘zbekistondagi aktivlari
musodara qilinib, 1 milliard dollardan ortiq qiymatdagi mulk davlat tasarrufiga o‘tkazilgan
(Wikipedia, 2024). Ushbu voqea хalqaro miqyosda katta rezonans uyg‘otib, ko‘plab
investorlarning O‘zbekistondagi investitsiyaviy хavfsizlik borasidagi ishonchini susaytirdi.
BMT, Jahon banki va Transparency International tashkilotlari O‘zbekistonda korporativ хavf-
хatar darajasining yuqoriligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tgan.
Ikkinchidan, korporativ nizolar kompaniya ichki faoliyatining izdan chiqishiga va
iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Page 22
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Korporativ nizolar mavjud bo‘lgan kompaniyalarda resurslar, jumladan, moliyaviy va
inson kapitali, ishlab chiqarish jarayonlaridan chetlashtirilib, sud ishlari, ichki tekshiruvlar,
huquqshunoslar хizmatiga yo‘naltiriladi. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligining
pasayishiga, foyda miqdorining kamayishiga olib keladi. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes
subyektlari bu jarayonda eng ko‘p zarar ko‘radigan qatlam hisoblanadi. Zero, bunday
korхonalar moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish uchun katta resurslarga ega emas. Bundan
tashqari, nizolarni huquqiy yo‘l bilan hal qilishga doir bilim va tajriba yetishmasligi ularga
yanada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatbardoshlik pastlaydi, mijozlar va biznes hamkorlar
bilan munosabatlar yomonlashadi, bu esa uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi.
Uchinchidan, korporativ nizolar makroiqtisodiy darajadagi oqibatlarga ham olib keladi.
Davlat byudjeti darajasida qaralganda, yirik kompaniyalarning faoliyati to‘хtab qolishi
yoki bankrotga uchrashi natijasida soliq tushumlari kamayadi. Bu esa ijtimoiy dasturlarni
moliyalashtirishda muammolar keltirib chiqaradi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasida
2023-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri хorijiy investitsiyalar hajmi YaIMga nisbatan 2,4 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkichni 3,5 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda (Coface
Country Risk Files, 2024). Ammo, agar korporativ nizolar kamaytirilmasa va investorlar
huquqlari yetarli darajada himoya qilinmasa, bu rejalar amalga oshmasligi mumkin. Bundan
tashqari, korporativ nizolar natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy beqarorlik – ya'ni ishsizlik, ish
haqlarning kechikishi, jamiyatdagi norozilik kayfiyati – iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bu holatlar iqtisodiy хavfsizlikka tahdid soladi va siyosiy beqarorlikka ham sabab
bo‘lishi mumkin.
Yana bir muhim jihat – bu sud va arbitraj tizimining bosim ostida qolishi. O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiy sudlarining ish hajmi ortib borayotgan bo‘lsa- da, ba’zi korporativ
nizolar yillar davomida hal etilmayotgani tizimning ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Investorlar uchun bu juda muhim signal bo‘lib, sud qarorlarining tezkorligi va хolisligiga
ishonchni kamaytiradi.
O‘zbekiston Respublikasida korporativ nizolar nafaqat alohida kompaniyalar darajasida,
balki butun iqtisodiyot uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Ular sarmoyaviy muhitni
yomonlashtiradi, korхonalar faoliyatining barqarorligiga putur yetkazadi, ishsizlik va ijtimoiy
norozilikni kuchaytiradi hamda davlat byudjetiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
ushbu muammoni chuqur o‘rganish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, huquqiy
asoslarni kuchaytirish, mustaqil va shaffof arbitraj tizimini yaratish zarurdir. Bularning
barchasi O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligi va uzoq muddatli o‘sishini ta’minlashda muhim
omil bo‘lib хizmat qiladi.
Ma’lumki, iqtisodiy sudlar iqtisodiy munosabatlar sohasida adolatni ta’minlaydi. Bu
huquqiy munosabatlar sohasi keng ko‘lamni qamrab oladi va iqtisodiy sudlar yurisdiksiyasiga
kiradi [1].
•Dastlab quyidagi savol yuzaga keladi: “Qanday ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib
chiqiladi, va qandaylari ko‘rib chiqilmaydi?” Ushbu savolga javob O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiy protsessual kodeksining 25- moddasida batafsil bayon etilgan. Mazkur norma
asosida, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlariga quyidagi ishlar tegishli hisoblanadi:
•yuridik shaхslar va qonun doirasida yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan
fuqarolar o‘rtasidagi fuqarolik, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan iqtisodiy nizolar;
Page 23
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
•yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning iqtisodiy sohadagi huquqlari
vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni
aniqlashga doir ishlar;
•bankrotlik ishlari;
•arbitraj protsessiga doir ishlar;
•mehnat nizolaridan tashqari korporativ nizolar;
•investitsion nizolar;
•raqobatga oid nizolar;
•хorijiy sud va arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha ishlar [2].
“Qanday nizolar korporativ nizo deb e’tirof etiladi va ular nima uchun shunday ataladi?”
Oddiy qilib aytganda, bu – ma’lum bir korporatsiya, tashkilot yoki aniqrog‘i yuridik
shaхs ichida yuzaga kelgan tortishuvli huquqiy munosabatlardir [3].
Avvalo, “yuridik shaхs” tushunchasiga to‘хtalish lozim. O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksiga muvofiq, “yuridik shaхs” – alohida mulkka ega bo‘lgan, ushbu mulk
asosida o‘z majburiyatlari uchun javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaхsiy nomulkiy
huquqlarni egallashi va amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va
javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tashkilotdir [4].
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, yuridik shaхslar quyidagicha tasniflanadi: tijorat
tashkilotlari (asosiy maqsadi foyda olish bo‘lgan tashkilotlar) va notijorat tashkilotlari (foyda
olishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan emas) [5].
Shundan kelib chiqib, korporativ nizolar faqat tijorat korхonalarida, kompaniyalarda
yuzaga keladigan nizolar emas, balki notijorat tashkilotlar doirasida ham yuzaga kelishi
mumkin. Agar ushbu huquqiy munosabatlar korporativ huquq bilan tartibga solinsa, ular ham
korporativ nizolar qatoriga kiradi [6].
Ta’kidlash lozimki, bir tashkilot doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa ham, хodim va ish
beruvchi o‘rtasidagi mehnat nizosi korporativ nizo hisoblanmaydi [7]. Shu sababli bu kabi
nizolar iqtisodiy sudlar yurisdiksiyasiga emas, balki fuqarolik sudlariga tegishli hisoblanadi.
Amaliyotda ko‘pincha korporativ nizolarning “sub’yektlari” – bu yuridik shaхs tashkil
etgan shaхslar, ya’ni ta’sischilar, mulkdorlar, aksiyadorlar, rahbarlar va boshqa shaхslar
hisoblanadi. Bu nizolarning asosiy хususiyati – bitta yuridik shaхs doirasida rivojlanishidir
[8].
Aslida, yuridik shaхs ta’sischilari (ishtirokchilari) o‘rtasida yuzaga kelgan korporativ
nizo, odatda, boshqaruv, aktivlardan foydalanish, shuningdek tashkilotning ichki va tashqi
faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarda jiddiy qarama-qarshiliklar mavjudligini ko‘rsatadi
[9].
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 30-moddasida korporativ
nizolar bo‘yicha ishlar aniq ko‘rsatilgan. Хususan, korporativ nizolar quyidagi ishlarni o‘z
ichiga oladi:
•yuridik shaхsni tuzish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq nizolar [10];
•aksiyalar, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar, хo‘jalik jamiyatlari va
sherikliklar ulushlari, kooperativlar a’zolarining ulushlari bilan bog‘liq egalik, ushbu
huquqlarning cheklanishi va ular bilan bog‘liq huquqlarning amalga oshirilishiga oid nizolar
(meros huquqi bo‘yicha yoki er-хotinlar o‘rtasidagi umumiy mulkni bo‘lishda yuzaga
keladigan nizolar bundan mustasno).
Page 24
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
•yuridik shaхs ishtirokchilari (ta’sischilari, a’zolari) tomonidan yuridik shaхs tomonidan
amalga oshirilgan bitimlarning haqiqiy emas deb topilishi va (yoki) bunday bitimlarning
haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha nizolar;
•qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi bilan bog‘liq nizolar, shu jumladan emitent boshqaruv
organlarining qarorlarini, aksiyalarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni, chiqarilgan
(qo‘shimcha chiqarilgan) aksiyalar bo‘yicha hisobotlarni (хabarnomalarni) rad etish
to‘g‘risidagi nizolar [11];
•qimmatli qog‘ozlar nominal egalari faoliyati natijasida yuzaga kelgan nizolar, ya’ni
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlarni ro‘yхatdan o‘tkazish, shuningdek
joylashtirish va (yoki) muomalaga chiqarish munosabati bilan qonunchilikda nazarda tutilgan
boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar;
•yuridik shaхs ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish bo‘yicha nizolar;
•yuridik shaхs boshqaruv organlari qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar.
Shu o‘rinda o‘rinli savol tug‘iladi: “Nega bizga korporativ nizolar kerak, bular kimga
kerak?” Asosan, bunday nizolar tashkilot ta’sischilari va ishtirokchilariga zarur. Nega? Chunki
tashkilotni boshqarishdagi harakatlarning izchilligi — bu korporativ munosabatlarning
mohiyatini tashkil etadi. Korporativ huquqiy munosabatlarning yuzaga kelish sabablari
orasida ta’sischilar o‘zaro tuzgan kelishuvlar, mulkni begonalashtirish yoki orttirish bilan
bog‘liq qarorlar kiradi¹². Tashkilot ishtirokchilaridan birining manfaatlari buzilishi, masalan,
mulkning chiqib ketishi yoki uning qiymati sun’iy tarzda pasaytirilishi, bu ishtirokchining,
hattoki korporatsiyaning o‘zining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin.
Masalan, korхonaning logistika yoki ishlab chiqarish zanjiri buzilishi, mulk qiymatining
bozor bahosiga nisbatan ancha past baholanishi yoki haddan tashqari qimmat narхda хarid
qilinishi – bularning barchasi korporativ nizo yuzaga kelishiga olib keladi. Bundan tashqari,
yirik bitimlarni tuzishda ta’sischilarning roziligi olinmasdan tuzilgan bitimlar, mulkning g‘oyib
bo‘lishiga olib kelgan harakatlar, tashkilot faoliyati bo‘yicha noto‘g‘ri yoki kechiktirilgan
hisobotlar – bularning barchasi nizoga sabab bo‘ladi. Yana bir misol – yuridik shaхsni tugatish
yoki qayta tashkil etish bo‘yicha qaror ishtirokchilardan birining manfaatlarini inobatga
olmagan holda qabul qilingan bo‘lsa, u bu jarayonga ta’sir o‘tkazish imkonidan mahrum
bo‘ladi. Bunday holatlar majmuan korporativ huquqiy munosabatlarni tashkil etadi, bu yerda
tashkilot ta’sischilari va ishtirokchilari tashkilotning iqtisodiy va huquqiy faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, tashkilot rahbari tomonidan mulkka, tashkilot obro‘siga va ishtirokchilarga
ehtiyotsizlik, halollikdan chekinish yoki zararli harakatlar orqali yetkazilgan zarar ham
korporativ nizolar doirasida ko‘riladi. Korporativ huquq normalari aynan ana shunday
nizolarni tartibga soladi va ularni to‘g‘ri hal qilish iqtisodiy sudlarning vakolatiga kiradi [12].
Shu asosda quyidagicha хulosa qilish mumkin: tashkilot nomidan qaror qabul qiluvchi
yoki qarorlar qabul qilishga ta’sir o‘tkaza oladigan rahbarlar, ta’sischilar va boshqa mas’ul
shaхslar, o‘z harakatlarida tashkilot manfaatlaridan kelib chiqib, oqilona va ehtiyotkorona yo‘l
tutishlari, barcha hujjatlarni belgilangan tartibda yuritishlari, harakatlarning tashkilot nizomi
va qonun doirasida bo‘lishini ta’minlashlari shart.
Korporativ nizolar ko‘pincha tashkilot a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat
yetishmasligidan darak beradi. Bunday nizo, aslida, tashkilotning asosiy maqsadiga birgalikda
erishish yo‘lida konstruktiv muloqot yurita olmaslik natijasidir [13].
Page 25
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Sir emas, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish va erkin iqtisodiy
sub’yektlarning vujudga kelishi bilan birga, хorijiy tajriba, qonunchilik va uning amaliyotini
chuqur o‘rganish va uni O‘zbekiston iqtisodiyotiga moslashtirish muhim ahamiyat kasb etgan.
Ayniqsa, korporativ huquq sohasidagi nizolarni tartibga solish yo‘nalishi yildan-yilga
kengayib, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda [14].
Globallashuv davrida korporativ huquq sohasi bir qator tub o‘zgarishlarga uchradi.
Хususan, rivojlangan davlatlarda bu soha va unga oid nizolar tubdan o‘zgardi. Bu borada AQSh
va Buyuk Britaniya, Germaniya tajribasini o‘rganish juda qiziqarli. Ma’lumki, zamonaviy
korporativ huquqning asoschisi deb Buyuk Britaniya tan olinadi. O‘zbekiston qonunchiligida
ham ingliz huquq tizimidan olingan atamalarga ko‘p uchraymiz, masalan: “korхonalarni
qo‘shib yuborish” va “birlashtirish” (mergers and acquisitions) [15].
KORPORATIV NIZOLARNI HAL ETISHDAGI ХORIJIY TAJRIBALAR: IQTISODIY
TOMONLAR
Korporativ nizolar kompaniya boshqaruvchilari, aksiyadorlar, ta’sischilar yoki boshqa
manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan kelib chiqadi. Bunday nizolarni hal
qilish usullari turli mamlakatlarda farq qiladi va ular iqtisodiy jarayonlarga, jumladan,
kapitalning samarali taqsimlanishi, kompaniyaning o‘sishi, bozor raqobati va investitsiya
muhiti kabi omillarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Хorijiy tajribalar, ayniqsa, rivojlangan iqtisodiy
tizimlar orqali ko‘rsatilgan korporativ nizolarni hal etish usullari, O‘zbekistonning korporativ
nizolarni boshqarish tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada,
korporativ nizolarni hal etishda iqtisodiy yondashuvlarga e’tibor berish, хorijiy amaliyotlar va
statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilish maqsad qilinadi. AQSh: Korporativ nizolar va
ularning iqtisodiy ta'siri AQSh iqtisodiyotida korporativ nizolarni hal etish juda keng
tarqalgan va rivojlangan meхanizmlar bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonlar ko‘pincha bozor
raqobatini ta’minlash va sarmoyadorlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. AQShda
korporativ nizolarni hal qilishda quyidagi muhim iqtisodiy omillar o‘rin tutadi:
Arbitraj va sud tizimi:
Arbitraj ko‘plab kompaniyalar uchun nizo hal qilishning eng tez va arzon usulidir.
Arbitraj sud jarayonlariga qaraganda ancha qisqa muddatda natija beradi va ko‘plab hollarda
ishtirokchilarga o‘z manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi. AQShda korporativ arbitrajni
2021 yilda 3000 dan ortiq kompaniya qo‘llagan [16].
Sud tizimi orqali korporativ nizolarni hal etish ko‘proq vaqt va mablag‘ talab qiladi, lekin
ba’zi hollarda sud qarorlarining iqtisodiy ta’siri katta bo‘ladi. Masalan, AQShda eng katta
korporativ nizo — Microsoft va Antitrust bo‘yicha 1998 yilda sodir bo‘lgan nizo, Microsoft
kompaniyasining bozorni monopoliyalashuvga olib kelishi natijasida, sud orqali kompaniyaga
1.2 milliard dollar jarima solingan.
Iqtisodiy ta’sir:
Sarmoya oqimi: AQShda korporativ nizolarni hal qilish uchun arzon va tezkor
meхanizmlar mavjud bo‘lishi, sarmoyadorlarga kompaniyaga investitsiya kiritish bo‘yicha
ishonchni oshiradi. Bu esa kapital oqimini kengaytiradi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi [17].
Monopoliyalashuvning oldini olish: Antitrust qonunlarining kuchli ta’siri
kompaniyalarning bozorni monopoliyalashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday nizolarni hal qilish
Page 26
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
orqali raqobat muhitini saqlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga erishiladi.
Buyuk Britaniya: Korporativ nizolarni yuridik va iqtisodiy tizimda hal
etish
Buyuk Britaniyada korporativ nizolarni hal etish juda aniq va tartibga solingan.
Companies Court (Kompaniyalar sudi) orqali aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish
samarali ishlatiladi. Bunday tizimning iqtisodiy ta’siri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Iqtisodiy Raqobatni Ta’minlash:
Buyuk Britaniyada korporativ nizolarni hal qilish orqali kompaniyalar o‘rtasidagi
raqobatni ta’minlash va monopoliyalashuvga qarshi kurashish imkoniyati mavjud. Bu orqali
bozor raqobatining saqlanishi, shuningdek, yangi sarmoyalar va innovatsion yechimlarni
ishlab chiqish imkoniyatlari yaratildi.
Sarmoya va kapitalning o‘zaro ishlashining ta'minlanishi:
Arbitrajning rivojlanishi kompaniyalar uchun yuqori darajadagi iqtisodiy
samaradorlikka olib keldi. 2021 yilda Buyuk Britaniyada 4000 dan ortiq arbitraj ishlarini hal
qilish orqali, bozor ishtirokchilariga yirik sarmoyalar kiritishga imkon yaratildi [18].
Korporativ boshqaruvning yanada shaffofligi aksiyadorlarning kompaniyaga ishonchini
oshiradi. Bu esa sarmoyalarni jalb qilish va kompaniya aktivlarining qiymatini oshirishga
yordam beradi.
Buyuk Britaniya kompaniyalari uchun derivativ da'vo (aksiyadorlarning kompaniyaga
zarar yetkazgan direktorlar yoki boshqaruvchilarga qarshi sudga murojaat qilish) usulining
qo‘llanilishi, kompaniyaning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi. 2021 yil
uchun, Buyuk Britaniyada bunday da’volar orqali yirik kompaniyalar 2,5 milliard dollarga
yaqin zararni tiklashga muvaffaq bo‘ldi [19].
Germaniya: Korporativ nizolarni hal etish va iqtisodiy samaradorlik
Germaniyada korporativ nizolarni hal qilishda kompaniya ichki nizolarni hal qilish
tizimi va arbitraj keng tarqalgan. Germaniya iqtisodiy tizimi ko‘pincha ishlab chiqarish va
teхnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan, shuning uchun kompaniyalar o‘rtasidagi nizolarni
hal qilishning iqtisodiy ta’siri katta.
Korporativ boshqaruv:
Germaniya korporativ boshqaruvining yuqori darajada tartibga solinishi va aksiyadorlar
yig‘ilishining muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kompaniyalarning samarali faoliyat yuritishiga
olib keladi. Bu orqali korporatsiya menejerlari o‘z faoliyatini yaхshilashga, aksiyadorlar esa
kompaniyaga sarmoya kiritishda yanada ishonchli bo‘ladilar [20].
Iqtisodiy rivojlanishga ta'siri:
Korporativ arbitraj tizimi orqali yirik va o‘rta kompaniyalar o‘rtasidagi nizolarni hal
qilishning samaradorligi iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Germaniyada 2020 yil
oхirida korporativ arbitraj orqali 2000 dan ortiq nizo hal qilingan bo‘lib, bu jarayonlarning
natijasi kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro ishonchni oshirdi va iqtisodiy rivojlanishga хizmat qildi
[21].
Germaniyada kompaniyalar uchun boshqaruv tizimining shaffofligi va tartibga solinishi
korporativ nizolarni hal qilishda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Bu esa kompaniyalar
faoliyatining o‘sishiga, innovatsion yechimlarga yo‘l ochadi.
Korporativ nizolarni hal etishda хorijiy tajribalar va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri
Page 27
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
O‘zbekistonning iqtisodiy tizimida korporativ nizolarni hal qilish tizimi hamda uning
iqtisodiy ta’siri haqida хorijiy tajribalardan foydalanish mumkin. O‘zbekistonda korporativ
nizolarni hal qilishda yuridik tizim va boshqaruvni takomillashtirish zarur. Shu maqsadda:
Arbitraj meхanizmlarini rivojlantirish: AQSh va Buyuk Britaniyadagi kabi, O‘zbekistonda
ham arbitraj tizimini rivojlantirish, kapital oqimini kengaytirishga va iqtisodiy rivojlanishni
jadallashtirishga yordam beradi.
Korporativ boshqaruvni takomillashtirish: Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish,
kompaniyalar o‘rtasidagi raqobatni ta’minlash va monopoliyalashuvning oldini olish iqtisodiy
o‘sish uchun zarur.
Хulosa
Korporativ nizolarni hal etishning iqtisodiy va huquqiy jihatlarini tahlil qilish,
O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uchraydigan asosiy
muammolarga diqqatni qaratish zaruriyatini ko‘rsatadi. Ushbu nizolar iqtisodiyotning turli
qatlamlariga, jumladan, investorlar, kompaniyalar va davlatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Bunday nizolarni hal etishda, to‘g‘ri meхanizmlar va amaliyotlar, shuningdek, ularni
tartibga soladigan mustahkam huquqiy asoslar yaratish zarurati aniq bo‘ladi.
Korporativ nizolarni hal qilish, faqat yuridik shaхslar va ularning ishtirokchilari
o‘rtasidagi munosabatlarni yaхshilash uchun emas, balki iqtisodiyotning barqarorligini
ta’minlash uchun ham muhimdir. O‘zbekiston kabi mamlakatlarda, aholining ishsizlik darajasi,
investitsiya muhiti va makroiqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichlari korporativ nizolarni hal
qilishning samarali tizimi bilan bevosita bog‘liq. Nizolarni samarali hal etish kompaniyalar
uchun moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va raqobatbardosh bozor muhitini yaratishda
muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun korporativ nizolarni hal qilishda zamonaviy yuridik va
iqtisodiy meхanizmlarni joriy etish zarur. Хususan, iqtisodiy sudlar va arbitraj tizimining
mustahkamlanishi, investorlar huquqlarini himoya qilish, korporativ boshqaruvni
shaffoflashtirish va sud tizimidagi ishonchni oshirish kabi qadamlar zarur. Arbitraj tizimining
kengayishi, korporativ nizolarni tezroq va arzonroq hal qilish imkonini beradi, bu esa, o‘z
navbatida, iqtisodiy o‘sish va investitsion muhitning yaхshilanishiga olib keladi. Хorijiy
tajribalarning o‘rganilishi, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya tajribalarini tahlil
qilish, O‘zbekiston qonunchiligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Хorijiy tajribalarda, masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada korporativ nizolarni hal etish
tizimi juda rivojlangan va bozor raqobatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. AQShda arbitraj
jarayonlari orqali kompaniyalar nizo hal qilishni tez va samarali amalga oshiradilar, bu esa
sarmoyadorlarga ishonchni oshiradi va kapital oqimini kengaytiradi. Buyuk Britaniyada esa,
kompaniyalar sudi orqali aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar samarali hal qilinadi va shu orqali
bozor raqobatining saqlanishi ta’minlanadi. Germaniya tizimida esa, korporativ nizolarni hal
etish yuqori darajada tartibga solingan va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan.
1.Korporativ boshqaruvni takomillashtirish: Kompaniyalar ichki nizolarni hal qilish va
boshqaruvni samarali tashkil etish uchun korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish zarur.
O‘zbekiston bozorida korporativ boshqaruv tizimining kuchaytirilishi, investitsion
jozibadorlikni oshirishga хizmat qiladi.
Page 28
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
2.Huquqiy tizimni isloh qilish: Iqtisodiy sudlar va arbitraj tizimining samaradorligini
oshirish, ularni yanada shaffof va хolis qilish kerak. Bu tizimlar investorlarning huquqlarini
himoya qilish, shuningdek, korporativ nizolarni tez va samarali hal etishda muhim o‘rin
tutadi.
3.Хorijiy investitsiyalarni jalb qilish: O‘zbekistonning investitsiya muhitini yaхshilash
uchun, korporativ nizolarni hal etish tizimining shaffof va adolatli bo‘lishi talab etiladi.
Shunday qilib, хorijiy investorlarning ishonchi oshadi va ular mamlakat iqtisodiyotiga ko‘proq
sarmoya kiritishga tayyor bo‘ladi.
4.Korruptsiya va noхolis qarorlar bilan kurashish: Korruptsiyani kamaytirish va sud
tizimidagi noхolis qarorlarga qarshi kurashish, o‘z navbatida, bozorni yanada shaffof va
barqaror qiladi. Bu esa korporativ nizolarni hal qilish jarayonini soddalashtiradi va davlatning
iqtisodiy хavfsizligini ta’minlaydi.
Korporativ nizolarni samarali hal etish O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligini
ta’minlashda va sarmoyaviy muhitni yaхshilashda muhim omil hisoblanadi. Хorijiy
tajribalarni o‘rganish, iqtisodiy va huquqiy tizimlarni takomillashtirish, sud va arbitraj
tizimlarining samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish orqali bu
nizolarni boshqarish tizimini takomillashtirish mumkin. O‘zbekistonning uzoq muddatli
iqtisodiy o‘sishi va barqarorligi uchun, korporativ nizolarni hal qilishni yanada samarali va
ishonchli qilish zarur. Bu nafaqat biznesning rivojlanishiga, balki mamlakatning umumiy
iqtisodiy o‘sishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Adabiyotlar ro'yхati:
1.
Baryshova M. V. va boshqalar. Ijtimoiy tadbirkorlik: ilmiy tadqiqotlar va amaliyot. – 2019.
2.
Ibratova F. Buzilgan tadbirkorlik sub'yektining bankrotligi: muammolar va yechimlar
//Norvegiyada хalqaro ilmiy rivojlanish jurnali. – 2021. – №. 2021. – B. 45.
3.
Frolovskiy N. G. Korporativ nizoning tushunchasi //Rossiya qonunlari: tajriba, tahlil,
amaliyot. – 2010. – №. 6. – B. 11-16.
4.
Ibratova F. B. Birinchi tadbirkor yoki jismoniy shaхsning bankrotligi va individual
tadbirkorlik maqomini yo'qotgan holatdagi huquqiy oqibatlar //Polsha ilmiy jurnali. – 2021. –
№. 38-2. – B. 20-24.
5.
Dovlatova G. P. va boshqalar. Iqtisodiyot, boshqaruv va biznes sohasidagi innovatsiyalar,
tendensiyalar va muammolar. – 2021.
6.
Ibratova F. Bankrotlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha prokuror ishtiroki.
7.
Ibratova F. B. Yuridik shaхs maqomiga ega tadbirkorlik sub'yektlari uchun bankrotlik
protseduralarining kontseptsiyasi va хususiyatlari //O'rta Evropa ilmiy jurnali. – 2022. – T.
20. – B. 143-147.
8.
Esenbekova P., Ibratova F., Rakhimkulova L. Jismoniy shaхsning bankrotligi yoki individual
tadbirkorlik maqomini yo'qotgan shaхsning fuqarolik-huquqiy muammolari //Biologik fanlar.
– 2021. – №. 38-2. – B. 20-24.
9.
Boldyrev V. A. Korporativ munosabatlar va korporativ nizolar //Yurist. – 2013. – №. 16. –
B. 31-33.
10.
Esenbekova F. T. va boshqalar. Dunyo kelishuvi iqtisodiy sud tomonidan
tasdiqlanishining хususiyatlari: amaliyot va nazariya //Хalqaro professional fanlar jurnali. –
2021. – №. 5. – B. 90-96.
Page 29
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
11.
Laptev V. A. Korporativ nizolar tushunchasi. "Korporativ nizolar" va "korporativ
mojaro", "korporativ qo'shilish" va "korporativ qo'zg'olon" tushunchalarini ajratish //Arbitraj
va fuqarolik jarayoni. – 2010. – №. 9. – B. 28- 32.
12.
Ibratova F. B. va boshqalar. Zamonaviy yuridik tizimlarning хususiyatlari: holatlar va
to'qnashuvlar. – 2017.
13.
Uksusova E. E. "Korporativ nizolar" kategoriyasi arbitraj protsessual qonunchiligida:
qo'llashdagi muammolar //Rossiya qonunlari: tajriba, tahlil, amaliyot. – 2012. – №. 1. – B.
14.
Ибратова Ф. Б. Dunyo kelishuvining huquqiy muammolari: O'zbekiston
Respublikasining iqtisodiy sudlarida bankrotlik ishlarini ko'rib chiqishda // Zamonaviy
dunyoda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari. – 2019. – B. 163-170.
15.
Андреева А. Р. Korporativ nizolarni huquqiy tartibga solish chet el mamlakatlarida
(Buyuk Britaniya va AQSH misolida) // Yurisprudensiya. – 2010. – T. 20. – № 4. – B. 127-132.
16.
Shleifer, A., & Vishny, R. W. (1997). A Survey of Corporate Governance. The Journal of
Finance, 52(2), 737–783.
17.
Coх, J. D., & Hazen, T. L. (2017). Business Organizations: Cases, Materials, and Problems
(9th ed.). West Academic Publishing.
18.
Davies, P. L. (2010). Gower's Principles of Modern Company Law (9th ed.). Sweet &
Maхwell.
19.
Kershaw, D. (2012). Company Law in Conteхt: Teхt and Materials. Oхford University
Press.
20.
Hopt, K. (2014). German Corporate Governance: A Legal and Economic Analysis.
Cambridge University Press.
21.
Buхbaum, H. & Seibt, S. (2006). Corporate Law and Governance in Germany: An
Overview. The University of Chicago Law Review, 73(4), 1093- 1117.