Page 57
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
MARKETING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI
BAHOLASHNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY IFODASI
Ochilov Javlonbek Ismoil o'g'li
Qarshi davlar texnika universiteti
MJ-508-24 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16835754
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 07-Avgust 2025 yil
Ma’qullandi: 10- Avgust 2025 yil
Nashr qilindi: 13- Avgust 2025 yil
Maqolada Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari
uchun raqamli marketing mexanizmlarining qo‘llanilishi
va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy
maqsadi mintaqadagi sanoat korxonalari tomonidan
raqamli marketing vositalaridan qanday foydalanilishini
aniqlash va ularning samaradorligini baholashdan
iborat. Ushbu tahlil viloyatdagi sanoat sektori uchun
raqamli marketing strategiyasini optimallashtirishga
yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
Qashqadaryo viloyatidagi ko‘plab sanoat korxonalari
raqamli marketing mexanizmlaridan cheklangan
darajada foydalanmoqda va bu ularning bozor
raqobatidan orqada qolishiga sabab bo‘lmoqda. Tahlil
qilinayotgan korxonalar orasida raqamli marketing
strategiyalarining samaradorligi ham ajralib turadi,
ba’zi korxonalar ilg‘or texnologiyalarni joriy qilgan
bo‘lsa, boshqalari buni qilishda qiynalmoqda. Tadqiqotda
raqamli marketing mexanizmlarini qo‘llash darajasini
oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham kiritilgan.
KEYWORDS
Raqamli marketing, sanoat
korxonalari,
marketing
mexanizmi,
marketing
strategiyalari,
Qashqadaryo
viloyati,
raqobatbardoshlik,
texnologik
innovatsiyalar,
marketing
tahlili,
raqamli
transformatsiya, samaradorlik..
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi muhitning tez
o’zgarishi va korxonalar bozor faoliyatining murakkablashishi bilan biznes jarayonlari,
iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish, har bir jabhada xizmat ko’rsatish sifatini oshirish shu
jumladan marketing xizmati samaradorligini doimiy ravishda kuzatib borish va baholash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar faoliyatida marketing samaradorligini baholash qiyin vazifa bo’lib kelmoqda,
marketing bo’limi xizmati orqali iste’molchilarga ko’rsatilgan xizmat ta’sirini har doim ham
o’lchab bo’lmaydi va yaratilgan qiymat aniq natija bermaydi.
So‘nggi yillarda raqamli marketingning nafaqat xalqaro miqyosda, balki O‘zbekiston
iqtisodiyoti va biznes muhitida ham ahamiyati ortib bormoqda. Tadbirkorlik subyektlari o‘z
raqobatbardoshligini oshirish, brendini keng ommaga tanitish va sotuvlarni ko‘paytirishda
raqamli marketing texnologiyalaridan faol foydalanmoqda. Shu sababli, raqamli marketing
vositalarining samaradorligini ilmiy asosda tahlil qilish va yangi tendensiyalarni aniqlash
hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Page 58
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Foydalanilgan Adabiyotlar Tahlili.
Izlanishlarimiz natijasida, marketing faoliyati
samaradorligini baholashni hisobga olgan holda Piter Doyl quyidagicha xulosaga kelgan:
“Samaradorlik natijalarini xarajatlar bilan bog’laydi, bu ichki ko’rsatkich hisoblanadi, agar
kerak bo’lsa uni o’lchash oson va yaxshilash imkoniyati mavjud. Samaradorlik tushunchasi
iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq hamda tashqi ko’rsatkich bo’lib, uni
o’lchash qiyin va uni amalga oshirish uchun uzoq vaqt talab etiladi”[1]. Bundan tashqari
iqtisodchi olimlardan biri Piter Druker samaradorlik tushunchasini tahlil qilib, mahsuldorlik
va samaradorlikni taqqoslaydi, ularning mohiyatini quyidagicha talqin qiladi: “Mahsuldorlik
sizga kerak bo’lgan hamma narsani bajarish imkonini beradi, samaradorlik esa sizga kerakli
narsani izlab topishdir” [2].
Marketing sohasi olimlaridan biri Filipp Kotler o’zining ilmiy izlanishlarida marketing
faoliyatining samaradorligiga e’tibor qaratib, quyidagi fikrni ilgari suradi: “Samaradorlikni
doimiy kuzatib borish, har qanday firma uchun juda muhim jarayon ekanligini taklif qiladi”
[3]
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot metodologiyasi, ushbu maqolada ko‘rilgan
masalalarning asosiy tahlili va ishlanma metodlarini belgilashga qaratilgan. Tadqiqotning
asosiy maqsadi Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari tomonidan raqamli marketing
vositalaridan foydalanish darajasini aniqlash va samaradorligini tahlil qilishdir. Ushbu
maqsadga erishish uchun quyidagi tadqiqot metodlari va usullari qo‘llaniladi.
Empirik tahlil (Sanoat korxonalari so‘rovnomasini o‘tkazish) bo’yicha sanoat
korxonalarining raqamli marketing vositalaridan qanday foydalanayotganligini aniqlash
uchun empirik tahlil o‘tkaziladi.
Natija va Muhokama
Marketing faoliyati samaradorligi nazariyasi asosida marketing xizmati
samaradorligini baholash jarayonida bir nechta usullarga bo’lib tahlil qilinadi. Marketing
faoliyati samaradorligi va marketing xizmati samaradorligini baholash tushunchalarini qoida
tariqasida, quyidagicha belgilash mumkin: baholash qanday maqsadda amalga oshiriladi?;
natijalar kim uchun mo’ljallangan?; natijalarni qayerda va qanday ishlatish kerak? va
boshqalar. Yuqorida aytib o’tilgan ushbu tushunchalar bir-biriga yaqin tushuncha bo’lib, biri
ikkinchisini to’ldiradi. Tadqiqotlarimiz va o’rganishlarimiz natijasida, olimlar va
tadqiqotchilar tomonidan bugungi kungacha marketing faoliyati samaradorligini aniqlashning
quyidagi usullari tavsiya etilgan.
Page 59
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
1-chizma. Marketing faoliyati samaradorligini baholash
usullarining metodogik asosi
Sifat usuli marketing nazorati va auditidan foydalanishni o’z ichiga olib, uning davomida
tashkilotning tashqi muhitini, shuningdek ichki muhiti SWOT tahlili natijalari orqali barcha
tahdid va imkoniyatlarni har tomonlama tahlil qilish hisoblanadi [4]. Natijaga yo’naltirilgan
marketing nazorati va auditi, tashkilot faoliyatining sifat tomonlarini tahlil qilish yoritilgan.
Marketing faoliyati samaradorligini baholashning miqdoriy usuli marketing xarajatlari
qilingandan so’ng olingan yalpi foydadan marketing va reklama xarajatlarini olib tashlash
bilan solishtirishni talab qiladi, ular tashkilot faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini
ifodalaydi [5].
Marketing faoliyati samaradorligini baholashning sotsiologik usuli amaliy sotsiologiya
vositalaridan foydalanishga - sotsiologik tadqiqot dasturini ishlab chiqishga va shunga
muvofiq tadqiqotni o’zini o’tkazishga qaratilgan bo’ladi [6].
Marketing faoliyati samaradorligini baholashning balli usuli mezonlar ro’yxatiga rioya
etilishini, tuzilmalar va jarayonlarning marketing konsepsiyasiga mosligini hisobga olgan
holda har bir hodisa bo’yicha samaradorlikni har bir mezon uchun ma’lum bir ball qo’yish
yo’li bilan aniqlash imkonini beradi [7].
Regressiv va korrelyatsion usul, marketing faoliyatini tavsiflovchi o’zgaruvchilar
guruhlari o’rtasida munosabatlarni o’rnatish uchun ishlatiladi.
Ko’p omilli usul, faktorial va klasterli tahlillar o’zaro bog’liq bo’lgan ko’plab
parametrlarga asoslangan marketing qarorlarini asoslash uchun ishlatiladi, masalan, yangi
mahsulotni sotish hajmini uning texnik darajasiga, narxiga, reklama xarajatlariga va
marketing elementlariga qarab aniqlash [8].
Page 60
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Statistik nazariya usuli, iste’molchilarning bozor kon’yunkturasining o’zgarishiga
munosabatini stoxastik tarzda tavsiflash uchun ishlatiladi [9].
Biz yuqorida marketing faoliyati samaradorligini baholash usullari bila tanishdik,
ularning nazariy jihatdan asoslanishini o’rgandik. Bundan tashqari, marketing faoliyati
samaradorligini baholashda axborot usullari marketing faoliyati samaradorligini Sales Expert
2, Success va boshqalar dasturiy ta’minotlari yordamida baholash imkonini beradi, ularning
maqsadi marketing ma’lumotlarini yig’ish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, axborot
marketing xizmati uchun kerakli manba hisoblanib, pochta jo’natmalari, nashrlar, reklama,
seminar-treninglar va mijozlarga ta’sir darajasini tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Tahlil va natijalar. Marketing faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va
ko’rsatkichlarini shakllantirishga bir nechta yondashuvlar mavjud. Ba’zi ekspertlar marketing
boshqaruvi tushunchasini samaradorlikni baholash mezonining asosi qilib olishadi.
Tadqiqotlarim natijasida shuni aytish mumkinki, agar tashqi marketing muhitining
ta’siri va korxona ichki muhiti faoliyatining nomuvofiqligini hisobga olsak, bunday
yondashuvni qo’llash va marketing samaradorligiga baho berish qiyin.
Marketingni boshqarish harakatlarining o’ziga muvofiq marketing faoliyatining
mavjudligini va samaradorligini baholash imkoniyatiga ega. Ushbu yondashuv bilan baholash
ko’rsatkichlari ro’yxati kompaniya hal qilishi kerak bo’lgan maqsad va vazifalarga qarab
tuziladi.
1-jadval Marketingni boshqarish yondashuviga muvofiq marketing faoliyati
samaradorligini baholash ko’rsatkichlari
№
Marketingni boshqarish
yondashuvi
Baholash ko’rsatkichlar
1.
Ishlab chiqarishni
takomillashtirish
Imkoniyatlardan foydalanish, ishlab chiqarish
tannarxini, ishlab chiqarish xarajatlari hajmini,
mahsulot tannarxini kamaytirish
2.
Biznesni faollashtirish
Sotish hajmi, bozorni keng qamrovli qamrab olish
3.
Marketing umumiy
yondashuvi
Mijozlar ehtiyojlari, mijozlar ehtiyojlari,
mijozlarning sodiqligi, mahsulot sifati, narxi, xizmati
4.
Ijtimoiy-axloqiy marketing
sohasini jadallashtirish
Jamiyat farovonligi, mijozlar ehtiyojini
qondirish, inson, tabiiy, xom ashyo, energiya
resurslaridan foydalanish samaradorligi,
kompaniyaning rentabelligi.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan shuni bilish mumkinki, marketingni
boshqarish yondashuvi asosida marketing faoliyati samaradorligini baholashda birlamchi
maqsad va vazifalardan kelib chiqib, ishlab chiqarishni takomillashtirish, biznesni
faollashtirish, marketing umumiy yondashuvi va ijtimoiy- axloqiy marketing sohasini
jadallashtirish orqali marketing faoliyati samaradorligini baholash korxonaning kelajakdagi
rivojlanish istiqbollarini belgilashga asos bo’ladi.
Marketing faoliyati samaradorligini baholashda marketing strategiyalarining
shakllanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda samaradorlik ko’rsatkichlarini belgilash
mumkin.
Page 61
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Xulosa va Takliflar
Qashqadaryo viloyatidagi raqamli marketing vositalaridan foydalanishning joriy holatini
va uning samaradorligini batafsil tahlil qilishga imkon berdi. Tadqiqot davomida aniqlangan
asosiy xulosalar quyidagilardir. Raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi: Viloyatdagi
sanoat korxonalari orasida raqamli marketing vositalarini qo‘llash darajasi turlicha.
Korxonalarning faqat 35% dan ortig‘i to‘liq raqamli marketingga o‘tgan bo‘lsa, qolganlari hali
an'anaviy usullarga tayanib ishlashmoqda. Samaradorlik va iqtisodiy foyda: Raqamli
marketing vositalarini joriy qilgan korxonalar o‘z mahsulotlarini targ‘ib qilishda sezilarli
samaradorlikka erishgan. Ularning sotuvlari va brend tanilishi oshgan, reklama xarajatlari
qisqarishi, va yangi mijozlar jalb qilinishi kuzatilgan. To‘siqlar: Raqamli marketingni joriy
etishdagi asosiy to‘siqlar texnologik infratuzilmaning yetishmasligi, kadrlar malakasining
pastligi va moliyaviy cheklovlardan iborat. Ko‘plab sanoat korxonalari uchun raqamli
marketingga o‘tish katta investitsiyalarni va tayyor xodimlarni talab qilmoqda. Sanoat
tarmoqlarining farqlari: Raqamli marketingning qo‘llanilishi turli sanoat tarmoqlarida
farqlanadi. Yengil sanoat va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar raqamli marketingni
samarali qo‘llagan bo‘lsa, og‘ir sanoat tarmoqlari ko‘proq an'anaviy usullarga tayanadi.
Texnologik infratuzilmani yaxshilash: raqamli marketing vositalaridan samarali
foydalanish uchun zarur infratuzilma yaratishi kerak. Internet tezligi, texnologik qurilmalar
va platformalarning yangilanishi muhim ahamiyatga ega. Sanoat korxonalariga texnologik
yangilanishlar va infratuzilmani yaxshilashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarur.
Xodimlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish: marketing bo‘limlari xodimlarining
raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Ushbu xodimlar uchun malaka oshirish kurslari,
seminarlar va treninglar tashkil etish orqali ularning raqamli marketing vositalaridan
samarali foydalanishi ta'minlanadi.
Moliya va investitsiyalarni jalb qilish: Raqamli marketingga o‘tish jarayoni kichik va
o‘rta sanoat korxonalari uchun katta moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli,
kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus davlat dasturlari va
subsidiyalarni joriy qilish zarur.
Raqamli marketing strategiyalarini diversifikatsiya qilish: Xar ishlab chiqarish
korxonalari o‘z marketing strategiyalarini diversifikatsiya qilish orqali, turli raqamli
vositalarni qo‘llash va yangi bozorlarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishi kerak. SEO,
SMM, kontent marketing va onlayn reklama kabi vositalarni birgalikda qo‘llash orqali
raqobatbardoshlikni oshirish mumkin.
Mahalliy va xalqaro bozorlarni o‘rganish: Raqamli marketing vositalarini qo‘llash orqali
sanoat korxonalari nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlarda ham raqobatbardoshligini
oshirishlari kerak. Mahalliy sanoat mahsulotlari uchun raqamli marketingni global miqyosda
amalga oshirish orqali eksport imkoniyatlari ham kengaytiriladi.
Ijtimoiy media va onlayn platformalardan samarali foydalanish: Ijtimoiy media va
onlayn reklama platformalari orqali sanoat korxonalari o‘z mahsulotlarini yanada kengroq
auditoriyaga taqdim etishlari mumkin. Ushbu platformalar orqali brendni tanitish, mijozlar
bilan aloqani mustahkamlash va marketing strategiyalarini amalga oshirish juda samarali
bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryo viloyatidagi raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi davomida mavjud
bo‘lgan to‘siqlar va muammolarni bartaraf etish orqali ularning biznes faoliyatini samarali
Page 62
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
rivojlantirish mumkin. Shu bilan birga, raqamli marketingning muvaffaqiyatli joriy etilishi
viloyatning sanoat tarmoqlarining global raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirish orqali sanoat korxonalari
raqamli marketing vositalaridan to‘liq va samarali foydalanishga erishadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kotler F., Armstrong G. Marketing asoslari. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2021.
2.
Hasanov U.B. Raqamli marketing: nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: “Innovatsiya ziyo”,
2022.
3.
Karimov T.S. Sanoat mahsulotlarini eksportga chiqarishda raqamli marketingning
o‘rni.“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2023, №1. – B. 65–72.
4.
Дойль П. Маркетинг-менеджмент и стратегии. 3-е изд. / пер с англ. под ред. Ю.Н.
Каптуревского. Санкт-Петербург, 2002. c 538, c. 42.
5.
Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг менеджмент: Экспресс-курс. 3-е изд. / пер с англ.
под науч. ред. С.Г. Жильцова. Санкт-Петербург, 2007. С. 475.
6.
Ковалев А.И., Войленко В.В. Маркетинговый анализ. 2-е изд., перераб. и доп. Москва,
2000, c. 109.