Page 78
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IMKONIYATI
CHEKLANGAN BOLALARNING TA’LIM-TARBIYA
OLISHLARI
Xudayberdiyeva Nodira Ilxamovna
Xorazm viloyat Gurlan tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
bosh mutaxassis psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16901055
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Avgust 2025 yil
Ma’qullandi: 15- Avgust 2025 yil
Nashr qilindi: 19- Avgust 2025 yil
Ushbu maqolada yurtimizda istiqomad qiluvchi
imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim muassasaga
moslashishi, ta’lim olishi, imkoniyatlaridan to‘la qonli
foydalanishida ta’lim muassasaning roli haqida haqida
so‘z boradi.
KEYWORDS
oila,
maktab,
hamkorlik,
inklyuziya, jamiyat, imkoniyat,
g‘amxo‘rlik..
Inklyuziv ta’lim vazifalari: ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan
imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zarur psixologik-
pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim
dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy
moslashtirishni amalga oshirish; maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchilari ta’lim tashkilotlari
bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo‘li bilan o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik
huquqini kafolatlash; jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalar
o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta
moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajralmagan holda
yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga
muqobil munosabatni shakllantirishdir.
Maktab ta’lim tashkilotiga imkoniyati cheklangan bola keldi, uni guruh muhitiga
moslashtirish – o‘qituvchi uchun juda muhim va murakkab ish. Bunda o‘qituvchi, albatta,
psixolog bilan hamkorlikda bolaning aynan nimadan bola qiynaladi va u nimalarga qiziqadi
shularni kuzatish orqali bilib olishi kerak. Bunda ota-ona hamkorligi ham o‘qituvchi va
psixolog hamkorligiga birlashgan holatda bo‘ladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim muassasasi va sog‘lom bolalar bilan
moslashishi, sog‘lom bolalarning imkonyati cheklangan bolalarni qa’bul qilish jarayoni
o‘qituvchi, psixolog va ota onalarning hamkorlikdagi jarayoniga bog‘liq.
Hozirgi trening dastur psixologlarimiz uchun yordamchi qo‘llanma sifatida ishlab
chiqilgan bo‘lib ish faoliyatlarida foydalanishlari mumkun.
Mashg’ulotning maqsadi
: Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishlari uchun
imkoniyatlar yaratish va ularning yangi muhitga moslashuvini yengillashtirish, ijtimoiy
integratsiyasini ta’minlash, tengdoshlari bilan ijobiy munosabat o‘rnatish ko‘nikmalarini
shakllantirish.
Page 79
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Vazifalar:
ta’lim muassasasini xavfsiz va do‘stona joy sifatida qabul qilishga yordam berish;
tengqurlari bilan munosabatga kirishish, fikrini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
tengdoshlar orasida do‘stlik va o‘zaro yordam qadriyatlarini rivojlantirish;
Davomiyligi: 1 soat 30 daqiqa Reja:
№
Trening
mazmuni
Davomiyligi
O‘quv vositalari
Mashq maqsadi
1-sessiya. Kirish qismi
1.
Maruza
15 daq.
Monitor
Imkoniyati cheklangan
bollar psixologiyasi
2.
“Maktab – mening
do‘stlarim uyi”
25 daq.
4-A formatdagi
qog‘oz va rangli
qalamlar
Yangi muhitga
moslashishda ijobiy
hissiyotlarni
kuchaytirish.
3.
“Biz bir jamoamiz ”
25 daq.
Qurilish kublari
Guruhga tegishlilik
hissini shakllantirish..
4.
“Agar men xafa
bo‘lsam...”
e
'
l
o
n
"
15 daq.
Stol va stul
Bolalar o‘z va
boshqalarning
hissiyotlarini yaxshiroq
tushunadi.
Xulosa qismi
5.
Qayta aloqa
"Qarsaklar" mashqi
1
0
d
a
q
.
Barcha
ishtirokchilarg
a qog‘oz-
ruchka,
flipp-chart.
Kunning
sarhisobini
qilish
Qayta aloqa "Qarsaklar"
mashqi
Jami: 1 soat 30 daq.
Trening borishi.
1.
Kirish qismi: Maruza.
Imkoniyati cheklangan bolalarning (jismoniy, eshitish, ko‘rish, nutq, intellektual yoki ruhiy
rivojlanishida muammolari bor bolalar) ko‘plab holalarda o‘zini boshqalardan “kamroq” deb his
qilishi, o‘zini past baholash holatlari kuzatiladi. Emotsional holatida noroziklik – tez ranjish,
boshqalar so‘zlariga ortiqcha ta’sirchan bo‘ladi, ayrim hollarda sinfdoshlarining qabul qilmasligi
tufayli yolg‘izlik hissi kuchli bo‘ladi, qiyinchiliklar sababli o‘qishga qiziqish tez pasayishi,
Page 80
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
darslarda qiynalish, tengdoshlarning kulishi yoki ortiqcha e’tibor markazida qolish qo‘rquvi
bo‘lishi mumkin.
Maktabda o‘zini tutishi o‘qituvchining savollariga kam javob berish, faollikdan chetda
qolish, doimiy tarzda o‘qituvchi yoki sinfdoshlardan yordam so‘rash, ayrim bolalar o‘zini
himoya qilish maqsadida keskin javob qaytarishi yoki injiqlik ko‘rsatishi mumkin. Sinfda do‘st
topishda yoki jamoaviy ishlarda faol bo‘la olmaslik, ba’zida o‘qishga befarqlik, darsni buzish,
yig‘lash yoki o‘zini tortib olish holatlari kuzatiladi.
O‘qituvchi va psixologlar uchun tavsiyalar
Bolaning kuchli tomonlarini ko‘rsatish – maqtash, kichik yutuqlarini qadrlash.
Individual yondashuv – dars jarayonida qo‘shimcha tushuntirish, oddiyroq topshiriqlar.
Integratsiya – sinfdoshlarini hamkorlikka jalb qilish, birga o‘yin va mashg‘ulotlar tashkil
qilish.
Psixologik qo‘llab-quvvatlash – qo‘rquv va stressni kamaytirish uchun art-terapiya,
suhbatlar, ijobiy mashqlardan foydalanish
Oilaviy hamkorlik – ota-onalar bilan birgalikda bolaning o‘zini baholashini ko‘tarish.
2.
“
Maktab – mening do‘stlarim uyi”
mashqi
Maqsad:
Yangi muhitga moslashishda ijobiy hissiyotlarni kuchaytirish. Usul: Aylana
shaklida suhbat va rasm terapiyasi
Bosqichlar:
Isinish o‘yini:
“Ism va tabassum” – har bir bola o‘z ismini aytadi va yonidagi bolaga
tabassum qiladi.
Suhbat:
“Maktabda menga yoqadigan 3 narsa” – bolalar navbat bilan aytadilar.
Amaliy mashq: “Mening maktabim”
– bolalar guruhlarga bo‘linib qog‘ozda o‘z
maktabini rasmga chizadilar. (bolalar bir biriga yordam beradilar, trener kuzatuvi va yordami
jarayonida)
Muhokama:
Bolalar o‘z rasmlarini tushuntirishadii.
Natija:
Bolalar birgalikda ijobiy assotsiatsiya hosil qiladi.
3.
“Biz bir jamoamiz”
mashqi
Maqsad:
Guruhga tegishlilik hissini shakllantirish.
Asosiy o‘yin: “Birgalikda quramiz”
– bolalar qurilish kublaridan birgalikda “maktab”
maketini yasaydilar.
Muhokama:
“Birgalikda qilgan ishimizda men nimaga hissa qo‘shdim?”
Natija:
Hamkorlik ko‘nikmalari va o‘zini foydali his qilish.
4.
“Agar men xafa bo‘lsam...”
mashqi.
Maqsad:
Bolalarda o‘z hislarini tanib, ifoda etish ko‘nikmasini rivojlantirish.
Natija:
Bolalar o‘zi va boshqalarning hissiyotlarini yaxshiroq tushunadi.
5.
"Qarsaklar" mashqi.
Maqsad: aks ettirish, ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini olish.
Trener:
Biz bugungi kunda yaxshi ishladik va sizga bunday o'yinni taklif qilmoqchiman.
Birinchidan, men asta-sekin qarsak jadalligini oshirib, yonimga sherik qo’shaman. U ham
kimnidir tanlaydi. Shu tarzda qarsakni to’xtatmay oxirgi ishtirokchiga hamma qarsak chaladi.
O'tkazilgan mashg'ulotlar muhokama qilinadi. Bolalar o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashadilar.
Qaysi mashqlarni eng ko'p yoqtirganligi va nima uchun? Ular o'zlari yoki guruhning boshqa
a'zolari haqida qanday yangi narsalarni bilib oldilar.
Page 81
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 8,August 2025
www.in-academy.uz
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1. Карнеги Д. Как завоевывать друзей и оказывать влияние на людей. — М.: Эксмо,
2021. — 320 с.
2. Абдукаримов М. Психология: O‘quv qo‘llanma. — Т.: “Iqtisod-moliya”, 2020. — 288 б.
3. Yusupova D. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. — T.: “Fan va texnologiya”, 2021. —
215 b.
4. Thomas K.W. Conflict and conflict management. In: The Handbook of Industrial and
Organizational Psychology. — Chicago: Rand McNally, 1976. — P. 889–935.
5. Мирзаева З.Қ. Ijtimoiy psixologiya asoslari. — Т.: O‘zbekiston, 2019. — 260 б.
6. Mayer B. The Dynamics of Conflict Resolution: A Practitioner’s Guide. — San Francisco:
Jossey-Bass, 2012. — 384 p.
7. G‘aniyeva N. Shaxs psixologiyasi. — T.: TDPU, 2018. — 198 b.