Авторы

  • Manzura Mastonova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126311

Ключевые слова:

hudhud Simurg‘ pir navoiyshunoslik timsol munozara

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning ramziy obrazlarga ega bo‘lgan ‘‘Lison ut-tayr’’ dostoni va undagi ilk janrlardan bo`lgan munozara janri haqida mulohazalar berib o‘tiladi.Ushbu janr vositasida muallif har bir obraz orqali o‘quvchini fikrlashga, o‘z ruhiy holatini anglashga undaydi. Doston hudhud va boshqa qushlar o‘rtasidagi falsafiy bahslar orqali o‘zbek mumtoz adabiyotida munozara janrining yuksak namunasi sifatida talqin qilinadi.


background image

Page 51

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

‘‘LISON UT-TAYR’’ DOSTONIDA MUNOZARA

Mastonova Manzura Musurmon qizi

mastonovamanzura770@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat

universiteti filologiya fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227419

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 10- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 16- Aprel 2025 yil

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning ramziy obrazlarga
ega bo‘lgan ‘‘Lison ut-tayr’’ dostoni va undagi ilk
janrlardan

bo`lgan

munozara

janri

haqida

mulohazalar berib o‘tiladi.Ushbu janr vositasida
muallif har bir obraz orqali o‘quvchini fikrlashga, o‘z
ruhiy holatini anglashga undaydi. Doston hudhud va
boshqa qushlar o‘rtasidagi falsafiy bahslar orqali
o‘zbek mumtoz adabiyotida munozara janrining
yuksak namunasi sifatida talqin qilinadi.

KEY WORDS

hudhud,

Simurg‘,

pir,

navoiyshunoslik, timsol, munozara

Alisher Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o‘zining adabiyotga daxldor asarlari va benazir

dahosi bilan turkiy xalqlarning ma’naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida tarannum
etgan, ezgu g‘oyalari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo'qotmay kelayotgan so‘z
san’atkoridir. Uning bizga qoldirgan merosi biz uchun beqiyos xazinadir. Uning ‘‘Lison ut tayr’’
dostoni munozara janri qo`llangan yetuk bir asar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek mumtoz
adabiyotida munozara janri alohida badiiy-uslubiy vosita sifatida shakllangan bo‘lib, u,
asosan, ijtimoiy, axloqiy va falsafiy muammolarni obrazlar tilida bayon etish, qarama-qarshi
fikrlar orqali haqiqatni aniqlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, bu janr Alisher Navoiy ijodida
yuksak badiiy darajada namoyon bo‘lgan. Uning ‘‘Lison ut-tayr’’ dostoni munozaraga
asoslangan falsafiy-didaktik asar sifatida alohida e’tiborga loyiqdir. Doston Attorning
‘‘Mantiq-ut-tayr’’ asariga o‘zbekona yondashuv bilan yozilgan bo‘lib, unda qushlar va hudhud
o‘rtasidagi har bir bahs, har bir uzr – inson ruhiyatining murakkab qatlamlarini ochib beradi.
Har bir qush o‘zining yo‘lga chiqmaslik sababini bayon etar ekan, aslida insoniyatning turli
nafsiy to‘siqlari, hayotiy qarashlari va ma’naviy ojizliklari timsolida namoyon bo‘ladi. Hudhud
esa haqiqat sari yo‘l ko‘rsatuvchi ruhiy rahnamo sifatida har bir munozarani chuqur ma’noga
ega javob bilan to‘ldiradi. Ushbu maqolada ‘‘Lison ut-tayr’’ dostonidagi munozara janrining
badiiy-estetik xususiyatlari, uning tasavvufiy-falsafiy mazmuni hamda o‘zbek adabiy
merosidagi o‘rni tahlil etiladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Munozara – mubohasa, tortishuv degan ma’nolarni bildirib, Sharq mumtoz adabiyotida

muayyan mavqe kasb etgan ramziy-allegorik janrdir. Munozara arabcha ‘‘tortishuv”, ‘‘fikr
olishuv” ma’nolarini bildiradi. Adabiy termin sifatida esa fors-tojik va o‘zbek klassik
she'riyatida ma'lum janrning nomidir. Munozarada turli narsa, hodisa, tushuncha, holat va
boshqalar konfliktga kirishadi. Obrazlar ko‘pincha ramziy mohiyat kasb etib, munozara
qiladilar.Munozara janri fors-tojik, o‘zbek va boshqa xalqlar klassik she’riyatida muhim o‘rin


background image

Page 52

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

tutgan bir janrdir [5, 44-47].

Dostonning syujeti majoziy bo‘lgani kabi, undagi timsollar ham majoziydir. ‘‘Simurg‘ -

Haqqa yetishish timsoli; Hudhud - murshid, piri komil ramzi; qushlar - tariqat yo'liga kirishga
otlangan soliklardir” [2,193]. Navoiy Simurg‘ni eng oliy zot deb e’tirof etadi. Hudhud
rahnamoligidagi qushlarning ulugʻ maqsadi Simurgʻga yetish ekan, bu majoziy mazmun
zamirida Haq vasliga yetishish uchun chekkan azob-uqubatlarini anglash mumkin.

Asarda asosiy qahramonlar qushlar bo‘lsa-da, ammo hikoya va qissalarda tarixiy va

badiiy to‘qima obrazlar tasvirlanadi. Qizig‘i shundaki, turli toifa va xususiyatga ega bo‘lgan
insonlar faoliyati haqida qushlar hikoya qiladi, ya‘ni qushlarga insonlardan o‘rnak va saboq
olish kerakligi uqtiriladi. Shunday qilib, ‘‘Lison ut-tayr” dostoni falsafiy-tasavvufiy asar bo‘lib,
unda Alisher Navoiyning umri oxirlaridagi falsafiy-ijtimoiy va axloqiy qarashlari ramziy
timsollar hamda tarixiy va badiiy to‘qima obrazlar misolida gavdalantirilgan [4, 54]

Navoiy o‘zining bu asarida qushlar munozarasidan foydalanib, o‘z davrining ulkan

falsafiy muammolarini hal qilib berdi, so‘fiylarning mistik ta’limotlarini rad etdi. Navoiycha,
xudo tabiatda zohir bo‘lganlar, xudo tabiatdir, xudoning deyarli butuv sifatlarini shu tabiat
olgandir. Birgina borliq xudo tabiat bordir, demak birgina hayot bordir, o‘zi (odam) komil
xudoning komil zuhuri bo‘la turib yana shundaylikka aylanishga, ya’ni ko’pi foniy bo‘lishga
intilishi asossizdir.[5, 81-82]

Natijalar

Asarda keltirilgan turli xil hikoya va qissalar ham dostonning yaxlit tarkibiy qismini

tashkil etib, asosiy mavzuni har tomonlama yoritishga xizmat qiladi. Dostonning asosiy
qahramonlari qushlar bo‘lsa-da, ammo hikoya va qissalarda tarixiy va badiiy to‘qima obrazlar
tasvirlanadi.Turli xarakter va xususiyatga insonlar haqida qushlar hikoya qiladi, qushlar shu
insonlardan o‘rnak olishi tasvirlanadi. Shunday qilib, doston falsafiy-tasavvufiy asar bo‘lib,
unda Navoiyning umri oxirlaridagi falsafiy-ijtimoiy va axloqiy qarashlari ramziy timsollar
hamda tarixiy va badiiy to‘qima obrazlar misolida gavdalantirilgan.

Muhokama

‘‘Lison ut-tayr”dagi munozaralar, mohiyatan, inson va ilohiy haqiqat o‘rtasidagi ichki

qarama-qarshiliklarni aks ettiradi. Har bir qushning «uzri» – aslida, nafsining ovozi. Hudhud
esa ruhiy uyg‘otuvchi sifatida ularni haqiqat sari chorlaydi. Bu jihatdan doston tasavvufiy
ruhdagi ruhiy sayohat yo‘lini ko‘rsatadi. Mazkur munozaralarning bugungi jamiyat uchun ham
dolzarbligi shundaki, insoniyat hali ham o‘z ma’naviy kamolotiga yo‘l topishda turli bahonalar
qilmoqda. Navoiy esa o‘zbek tilining badiiy imkoniyatlari orqali bu uzrlar ortidagi haqiqatni
ko‘rsatadi.

Xulosa

Alisher Navoiyning ‘‘Lison ut-tayr” dostoni o‘zbek mumtoz adabiyotida munozara

janrining yuqori badiiy darajada ifodalangan namunasi bo‘lib, unda tasvirlangan bahslar
orqali chuqur ruhiy-falsafiy ma’no ochiladi. Asarda qushlar tili orqali insonlar hayotidagi eng
dolzarb muammolar – nafs, dunyoga bog‘liqlik, ma’naviy zaifliklar obrazli yoritiladi. Munozara
janri esa o‘quvchiga o‘zini tanish, bahsni ichki o‘zgarishlar sari yo‘naltirish imkonini beradi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ‘‘Lison ut-tayr” dostoni faqat badiiy asar sifatida emas,

balki insonning ma’naviy o‘sishi va o‘zini anglash yo‘lida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan falsafiy va
ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan asar sifatida ham katta ahamiyatga ega.


background image

Page 53

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Навоий, А. (1991). Лисон ут-тайр. Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти.
2. Сирожиддинов, Ш., Юсупова, Д., Давлатов, О. (2019). Навоийшунослик. Тошкент:
Тамаддун нашриёти.
3. Tohirov S. (2021). Navoiysunoslik. Alisher Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab
o'qitish. Samarqand davlat universiteti.
4. Абдувоҳидова, М. (1984). Ўзбек адабиётида мунозара. Тошкент: Ўзбекистон ССР
«Фан» Нашриёти.
5. Karimov O. (2015). Mumtoz she'riyat janrlari. Namangan: Namangan nashriyoti.

Библиографические ссылки

Навоий, А. (1991). Лисон ут-тайр. Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти.

Сирожиддинов, Ш., Юсупова, Д., Давлатов, О. (2019). Навоийшунослик. Тошкент: Тамаддун нашриёти.

Tohirov S. (2021). Navoiysunoslik. Alisher Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o'qitish. Samarqand davlat universiteti.

Абдувоҳидова, М. (1984). Ўзбек адабиётида мунозара. Тошкент: Ўзбекистон ССР «Фан» Нашриёти.

Karimov O. (2015). Mumtoz she'riyat janrlari. Namangan: Namangan nashriyoti.