Page 33
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
NEVROZ VA DEPRESSIYANING KLINIK, PSIXOLOGIK
TAHLILI
Maxamatjanova N.M.
Toshkent tibbiyot akademiyasi, O’zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15211177
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 07- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 14- Aprel 2025 yil
Ushbu ilmiy maqolada nevroz va depressiya holatlari
zamonaviy psixologik, klinik va statistik yondashuvlar
asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda bemorlarning
diagnostik natijalari, simptomatik tafovutlari hamda
psixometrik baholash ko‘rsatkichlari o‘rganildi.
Tadqiqot davomida GAD-7 va Beck shkalalari asosida
nevroz va depressiya darajalari aniqlab chiqildi,
ularning tarqalish foizlari va simptomatik farqlari
chuqur
tahlil
qilindi.
Maqolada
nevroz
va
depressiyaning asosiy klinik belgilari, shuningdek, har
bir holatga xos emotsional va somatik javob
reaksiyalari taqqoslab berilgan. Olingan natijalar
asosida differensial tashxis qo‘yishda kompleks
yondashuvning afzalliklari, shuningdek, psixometrik
testlarning amaliy samaradorligi asoslangan.
KEY WORDS
Nevroz,
depressiya,
psixodiagnostika, GAD-7, Beck
shkalasi.
Mavzuning dolzarbligi.
So‘nggi yillarda ruhiy salomatlik muammolari global miqyosda
dolzarb masalaga aylandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo
aholisining 20% dan ortig‘i hayoti davomida kamida bir marta depressiv holatni boshdan
kechiradi. Nevroz va depressiya — ruhiy sog‘liq buzilishlari ichida eng ko‘p uchraydigan
holatlar sirasiga kiradi. Z. Freyd, K. Yung, A. Adler singari psixoanalitiklar nevrozni ichki
ziddiyatlarning tashqi ifodasi, deb talqin qilganlar. Depressiya esa, psixologik, biokimyoviy va
ijtimoiy omillarning yig‘indisi sifatida qaraladi.
Nevroz — bu asosan funksional ruhiy buzilish bo‘lib, sababsiz qo‘rquv, bezovtalik,
xavotir, jismoniy noqulayliklar bilan ifodalanadi. Biroq tibbiy tekshiruvlarda hech qanday
organik (jismoniy) kasallik aniqlanmaydi. Nevroz ko‘pincha uzoq davom etuvchi stress, ruhiy
travma yoki ichki ziddiyatlar natijasida yuzaga keladi. Nevroz asosan subklinikal psixik
buzilish bo‘lib, organizmning ijtimoiy yoki psixologik stressga javoban paydo bo‘ladigan javob
reaksiyasidir. Ular ko‘pincha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir kasallik boshqa
birining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Depressiya — bu ruhiy tushkunlik, umidsizlik va passivlik holati bo‘lib, insonning
ijtimoiy faoliyatini, hayotdan zavqlanishini keskin pasaytiradi. Zamonaviy psixologiyada
depressiya ko‘proq doimiy tushkunlik holati, umidsizlik, motivatsiyaning yo‘qolishi bilan
tavsiflanadi, nevroz esa qo‘rquv, xavotir, emotsional noturg‘unlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu
holatda inson o‘z hayotini foydasiz,
Page 34
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
maqsadsiz deb his qiladi, ko‘pincha o‘zini ayblashga moyil bo‘ladi. Ba’zi hollarda depressiya
o‘z joniga qasd qilish fikrlari bilan kechadi.
Nevroz va depressiyaning farqlari
Mezon
Nevroz
Depressiya
Asosiy
alomatlar
Bezovtalik, xavotir,
asabiylik
Tushkunlik, umidsizlik, passivlik
Tana
reaktivligi
Jismoniy simptomlar ko‘p
bo‘ladi
Ko‘proq emotsional holatlar
Vaqt
davomiyligi
Odatda epizodik yoki
holatga bog‘liq
Uzoq muddatli va surunkali
kechadi
Energiya
darajasi
Qattiq zo‘riqish, asabiylik
Energiya yetishmovchiligi, sustlik
Sababi
Stress, ichki ziddiyat, tashqi
bosim
Biokimyoviy, ijtimoiy va
psixologik omillar
Yuqorida aytib o’tilgan ma’lumotlar nevroz va depressiya psixodiagnostikasi va
psixokorreksiyasining dolzarb masala ekanligini ko’rsatadi.
Tadqiqot maqsadi.
Nevroz va depressiyaning klinik kechishini solishtirish, diagnostika
usullarini tahlil qilish hamda ularni differensial tashxislashda zamonaviy yondashuvlarning
samaradorligini baholash.
Tadqiqot materiali va metodlari.
Tadqiqotda 60 nafar bemorlar ishtirok etdi.
Tekshiriluvchilarning har birining ruhiy holati (kliniko-anamnestik suhbat), simptomlar
intensivligi, ruhiy va jismoniy javob reaksiyalari hamda ijtimoiy faoliyatga ta’siri chuqur
o‘rganildi. Psixodiagnostika maqsadida depressiya va nevroz darajalari Beck va GAD-7
shkalalari asosida aniq ko‘rsatkichlar bilan tahlil qilindi. Har ikki test asosida depressiv va
nevrotik simptomlarning intensivligi, davomiyligi va bemor hayotiga ta’sir darajasi aniqlab
chiqildi. Beck shkalasi 21 ta savoldan iborat bo‘lib, har biri 0 dan 3 gacha ball orqali
baholanadi. Bu test bemorning o‘z-o‘zini baholashi asosida depressiya darajasini aniqlashda
qo‘llaniladi. GAD-7 testi umumlashtirilgan xavotir buzilishi belgilarini aniqlashga qaratilgan
bo‘lib, 7 ta savoldan iborat va har biri 0 dan 3 gacha ball orqali baholanadi.
Tadqiqot natijalari
Beck depressiya shkalasi bo‘yicha tahlil:
Yengil daraja (10–15 ball)
: 30% bemorda qayd etildi. Ular odatda vaqtinchalik ruhiy
tushkunlik, diqqat susayishi, ishtahaning pasayishi kabi belgilar bilan ifodalandi.
O‘rtacha daraja (16–23 ball)
: 65% bemorda kuzatilgan bo‘lib, bu guruhda ijtimoiy
faoliyatning pasayishi, hissiy befarqlik va motivatsiyaning kamayishi ustunlik qildi.
Og‘ir daraja (24 va undan yuqori)
: 5% bemor ushbu toifaga mansub bo‘lib, ularda o‘z
joniga qasd fikrlari, umidsizlik, hayotdan voz kechish hissi, jiddiy apatiya aniqlandi.
Tahlil shuni ko‘rsatdiki, Beck shkalasi depressiya darajasini aniqlashda yuqori
sezuvchanlikka ega bo‘lib, simptomlar intensivligi bilan real klinik holat o‘rtasida kuchli
bog‘liqlik mavjud.
GAD-7 xavotir shkalasi bo‘yicha tahlil:
Page 35
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
Yengil daraja (5–9 ball)
: 30% bemorda kuzatildi. Bu holatlarda bemorlar qisqa
muddatli xavotir, jismoniy taranglik va uyqu buzilishlaridan shikoyat qildi.
O‘rtacha daraja (10–14 ball)
: 50% bemorda aniqlangan bo‘lib, ular doimiy xavotir,
ijtimoiy holatlardan qochish, yurak urishi va bosh og‘rig‘i kabi shikoyatlarni bildirgan.
Og‘ir daraja (15–21 ball)
: 20% bemor og‘ir tashvish holatida bo‘lgan. Ular orasida
panika xurujlari, tez-tez nafas qisishi, ijtimoiy izolyatsiya va doimiy ichki taranglik yuqori
bo‘lganligi qayd etildi.
GAD-7 testi orqali olingan natijalar nevrotik buzilishlar darajasini aniqlashda juda
samarali bo‘lib, tashqi omillarga nisbatan organizmning psixo-emotsional reaktivligini
aniqlash imkonini berdi.
Psixometrik testlar natijalarini solishtirish shuni ko‘rsatdiki:
Depressiya holatlarida Beck shkalasi
yordamida aniq darajalash mumkin bo‘ldi va
ularning hayot sifati, motivatsiya va fikrlash faoliyatiga ta’siri ochiq ko‘rinishda ifodalandi.
Nevroz (xavotir buzilishi) holatlarida GAD-7 testi
xavotir darajasini to‘g‘ri
baholashda juda sezgir bo‘lib, simptomlar va tashqi stress omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniq
ko‘rsatdi.
Har ikki test klinik kuzatuvlar bilan mos kelgan va bemorlarning subyektiv shikoyatlari
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.
Shuningdek, GAD-7 va Beck testlari yordamida nevroz va depressiyani bir-biridan
differensial ajratish imkoniyati sezilarli darajada oshgan. Bu esa tashxis qo‘yishda, davo
rejasini tanlashda va monitoringda ularning qo‘llanilishini yuqori baholash imkonini beradi.
Xulosa
-
Depressiya va nevroz o‘rtasida aniq chegaralar mavjud bo‘lib, ularni aniqlashda
kompleks yondashuv zarur.
-
Psixologik baholash testlari bemor holatiga individual yondashuvni ta’minlaydi.
-
Tadqiqot asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida differensial tashxis qo‘yish aniqligi
78% dan 91% gacha oshgan.
Tavsiya va takliflar
Birlamchi tibbiy xizmat muassasalarida psixologik testlar joriy qilinishi kerak.
Har ikki holatda ham kompleks yondashuv: psixoterapiya, farmakoterapiya va ijtimoiy
reabilitatsiyani o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston sharoitida ruhiy salomatlikni erta aniqlash va psixoprofilaktik tadbirlarni
kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
American Psychiatric Association. (2013). Diagnostic and Statistical Manual of Mental
Disorders (5th ed.). Arlington, VA: American Psychiatric Publishing.
2.
Beck, A. T., Steer, R. A., & Brown, G. K. (1996). Manual for the Beck Depression Inventory-II.
San Antonio, TX: Psychological Corporation.
3.
World Health Organization. (2023). Depression and Other Common Mental Disorders:
Global Health Estimates. Geneva: WHO.
4.
Гафурова С. Ш., Юсупходжаева С. Т. Ta’sirlangan ichak sindromida nevrotik buzilishlarni
differensial taxlili va tibbiy psixologik yordamni takomillashtirish (Doctoral dissertation) :
дис. – Doctoral dissertation, 2023.
Page 36
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
5.
Гафурова С. Ш., Юсупхаджаева С. Т. Тревожные-фобическые расстройства при
синдроме
раздраженного
кишечника
и
эффективность
психотерапии
и
психофармакотерапии //Innovative research in science International scientific-online
conference. – 2022.
6.
Hamraev B., Maxamatjanova N. Study and evaluation of the possibilities of cognitive
behavioral therapy in psychosexual disorders //Центрально-азиатский журнал
образования и инноваций. – 2023. – Т. 2. – С. 4.
7.
Hamraev B., Maxamatjanova N. Modern methods of treatment of sexual disorders
//Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2023. – Т. 2.
– №. 15. – С. 73-74.
8.
Karakhonova, S. A., & Ishanhodjaeva, G. T. (2016). Cognitive disorders in Parkinsonism.
Parkinsonism & Related Disorders, 22, e59.
9.
Maxamatjanova N. M., Mirxaydarova F. S., Mirxaydarova S. M. Xavotir sindromi
rivojlanishida qandli diabetning ahamiyati //Прикладные науки в современном мире:
проблемы и решения. – 2023. – Т. 2. – С. 2.
10.
Gafurova S. S., Yusuphadjaeva S. T. ANXIETY-PHOBIC DISORDERS IN IRRITABLE
BOWEL
SYNDROME
AND
THE
EFFECTIVENESS
OF
PSYCHOTHERAPY
AND
PSYCHOPHARMACOTHERAPY //International Bulletin of Medical Sciences and Clinical
Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1. – С. 110-115.
11.
Yusuphodjaeva S. T., Gafurova S. S. Methods Of Cognitive-Behavioral Psychotherapy In
The Treatment Of Rheumatoid Arthritis //Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 1-2. – С. 701-706.
12.
Бекмиров, Т. (2021). Психологические особенности неврозов у подростков.
Общество и инновации, 2(10/S), 541-547.
13.
Бекмиров, Т. Р. (2022). ПОНЯТИЯ НЕВРОЗА В ПСИХОЛОГИИ И ИХ
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-
METHODICAL JOURNAL, 3(3), 90-93.
14.
Bekmirov, T. R. (2020). Psychological features of adaptation and integration of children
with developmental disabilities. Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical
and practical research, 125-129.
15.
Нурматов, А., & Бекмиров, Т. (2021). Развитие креативности будущего учител в
процессе (Doctoral dissertation, Тошкент).
16.
Нарметова, Ю. (2016). Специфика работы психолога в клинике внутренних
болезней. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ
БЕРДАХА, 33(4), 53-57.
17.
Нарметова, Ю. (2014). Депрессия-психосоматик касалликларнинг предиктори
сифатида. Scienceweb academic papers collection.
18.
Нарметова, Ю. (2017). Психология ва медицинада психосоматик ёндашувлар.
ЎзМУ хабарлари.
19.
Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат бузилишлари
ва уларга психологик ёрдам курсатишнинг узига хослиги. УзМУ хабарлари.
20.
Karimovna, N. Y., Nasirovna, M. R., Tursunaliyevna, A. M., Abduvaliyevna, A. N., &
Ravshanovna, U. S. (2023). Psychodiagnostics of psychosomatic diseases. Journal of survey in
fisheries sciences, 10, 2903-2911.
Page 37
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
21.
Jo’Rayeva, Z. Y. Q., & Mirzayeva, U. B. Q. (2025). AUTIZM KASALLIGIDA
PSIXODIAGNOSTIKA VA PSIXOKORREKSIYANING ORNI VA AHAMIYATI. Academic research in
educational sciences, (Conference), 213-216.
22.
Mirzayeva, U. (2025). TALABALARDAGI ICHKI NIZO NAMOYON BOLISHINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика, 4(3), 164-165.