Page 16
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
“ODISSEYA” VA “ALPOMISH” DOSTONLARING O‘XSHASH
JIHATLARI TAHLILI”
Boltayeva Iroda
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogka instituti Turkiy tillar
fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15179799
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 05- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 09- Aprel 2025 yil
Mazkur
maqolada
“Odisseya”
va
“Alpomish”
dostonlarining syujet qurilishi, qahramonlarning
sinovlardan o‘tish jarayoni va epik motivlarning
o‘xshash jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Xususan,
Penelopa va Barchinoy tomonidan talabgorlar uchun
qo‘yilgan sinov shartlarining mazmuni, ularning
ramziy mohiyati hamda epik an’analar bilan bog‘liqligi
hamda ikki dostonning mifologik asoslari, sinov
motivlari va sadoqat tushunchasi o‘zaro taqqoslanadi.
KEY WORDS
Odissey, Alpomish, epik an’ana,
ramziy mohiyat, qahramonlik
sinovlari, yayondozlik, alplar, o‘n
ikki halqa, barchinning to‘rt
sharti.
“Odisseya” dostoni qadimgi yunon adabiyotining nodir yodgorliklaridan biri bo‘lib, u
Homer tomonidan yaratilgan va asosan Troya urushidan so‘ng Odissiy boshidan kechirgan
sarguzashtlar haqida hikoya qiladi. Doston epik an’analar va mifologik tasavvurlar asosida
qurilgan bo‘lib, unda qahramonning aql-zakovati, jasorati va sabr-toqati alohida ta’kidlanadi.
“Alpomish” dostoni esa turkiy xalqlar og‘zaki ijodining eng muhim namunalaridan biri bo‘lib,
unda bosh qahramon Alpomishning jasorati, vafodorligi va sadoqat sinovlaridan qanday
o‘tishi tasvirlanadi. Ushbu epos turkiy madaniyatning qahramonlik an’analari va oilaviy
sadoqat qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan. Har bir xalq og‘zaki ijodi, xususan, eposlari
orqali o‘z madaniyati va qadriyatlarini aks ettiradi. “Odisseya” va “Alpomish” dostonlari turli
sivilizatsiyalar mahsuli bo‘lsa-da, ularda epik an’anala rning mushtarak jihatlari kuzatiladi.
Shu bilan birga ularning o‘xshash tomonlari ham e’tiborni tortadi.
“Odisseya” va “Alpomish” dostonlari o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan madaniyatlar mahsuli
bo‘lsa-da, ulardagi asosiy syujet chizig‘i o‘xshash:
1.
Ikkala doston ham qahramonning uzoq yillar davom etgan sarguzashtlari va
uyga qaytishi bilan yakunlanadi.
2.
Asosiy qahramonlar (Odissey va Alpomish) jismoniy va ma’naviy sinovlardan
o‘tishadi, o‘z vafodorliklari va kuch-qudratini isbotlashlari lozim bo‘ladi.
3.
Asarlarda bosh qahramonlarning juftlari (Penelopa va Barchinoy) yillar
davomida sabr-matonat bilan o‘z juftlarini kutadi.
Dostonlardagi muhim o‘xshashliklardan biri – bosh qahramonning yo‘qligida uning
rafiqasi tomonidan qo‘yilgan sinov shartlaridir. “Odisseya”da Penelopa sovchilardan kamon
bilan o‘qni o‘n ikki halqa ichidan o‘tkazishni talab qiladi. Alpomish”da esa Barchinoy o‘zining
kimga tegishini hal qilish uchun kamon bilan bog‘liq sinov qo‘yadi. Endi esa shularni ko‘rib
Page 17
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
chiqsak. Sadoqatda tengsiz Penelopa Odissey yo‘ligida uyiga kelga sovchilarni yigirma yil turli
bahonalar bilan ortiga qaytarishga muaffaq bo‘ladi. Nihoyat Odissey uyiga qaytganida Afina
Penolopaning ko‘ngiga shunday bir shartni berishini soladi u quyidagicha: “Ey akobir
kuyovlar, siz quloq bering mening gapimga: Sizlar bunda kun-uzzukun ishrat qilib, uzoq
muddatga vatanidan olis yoqda qolib ketgan erim mulkini xonavayron qilmoqdasiz, boʻlmasa
ham bunga haqqingiz. Niyatingiz – meni faqat rozi qilish manfur nikohga – majbur boʻlsam
ham tanlashga ichingizdan birontangizni. Mana, bugun siz oʻzingiz bajarursiz kuyov tanlashni.
Mayli, boshlang bellashuvni, mana, yutuq qarshingizda. Bu Odisseyning kamonidir: kimki
uning chillasin tortib, bogʻlasa va otgan oʻqi oʻn ikkita halqa ichidan hech biriga tegmay oʻtsa,
men baxtimni topib oila qurgan aziz va charogʻon bu goʻshadan, garchi bir umr Uni qoʻmsab
oʻtsam hamki, boshim olib chiqib ketaman oʻshal gʻolib boʻlgan mard-la.”
1
Bu Penolopaning
kuyovlikka nomzodini qo‘yganlarga qo‘ygan sharti edi. Penelopa atigi bitta shart qo‘llaydi,
lekin Barchinoy qalmoq alplariga, hatto Alpomishga, to‘rtta shart qo‘yadi. Ular: ot choptirish,
Boboxon tog‘ida poyga qilish, yoy tortish va kurash tushish shartlarini qo‘yadi. Bu shartlaning
3-sharti Penolopa qo‘ygan sharti bilan aynan bir xil tugallanadi. Har ikkala dostondagi kamon
bosh qahramonlarga tegishli bo‘lib, hech bir raqib undan foydalanishga muaffaq bo‘lmaydi.
Dostonlarning ikkisida ham bosh qahramonlar ushbu shartda qatnashadilar.
“Odisseya” dostonida shart bajarish jarayonida o‘zini tanitmay turadi. Uni faqat o‘g‘li va
cho‘chqaboqari bilishadi xolos. Shunda shoh Odissey kuyovlarga: “Kamonni olinglar-da
ko‘rsatinglar qudratingizni. Men ham sinab ko‘rmoqchiman kuchimni bu musobaqada.”
2
–
deydi. Kuyovlar uni faqirona qiyofada ko‘rib uni mensishmaydi va shartni boshlash uchun
kamonni moylay boshlaydilar. Talobgarlarning ichidagi eng qudratli kuyovlar – Antinoy va
Yevrimey kamondan o‘q otish tugul uchini ham qayira olishmagach, Odissey ustidagi
yopinchig‘ini olib tashlaydi va tezlik bilan kamonga ipini ilib o‘q uzgan zahoti barcha
halqalardan hech bittasi ham shikastlanmay uchib o‘tib, tog‘ri nishonga tegadi. So‘ngra
Odissey tuzgan rejaga ko‘ra barcha kuyovlardan qutulishadi. Uning kamoni ham tasodifiy bir
qurol emas, balki faqatgina haqiqiy egasining qo‘lida ishga tushadigan, haqiqatning yuzaga
chiqishini ta’minlaydigan kuch vositasi sifatida tasvirlanadi.
“Alpomish” dostonida ham 3-shart Oyna ko‘li, Chilbir cho‘lida bo‘lib o‘tadi. Bu
musobaqada barcha alplarning otgan o‘qlari nishonga tegmay, biri pasdan biri balanddan o‘tib
ketadi. Ko‘aldoshning yoyi sinib ketadi va o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘gan parli yoyni
tortib, belgilangan maziilga yetkazgan Alpomish g‘olib bo‘ladi.
“Odisseya” va “Alpomish” dostonlari har xil madaniyatlarda yuzaga kelgan bo‘lsa-da,
ulardagi talabgorlarni sinashga oid epizodlarning o‘xshashligi shuni ko‘rsatadiki, xalq
eposlarida umumiy epik qonuniyatlar mavjud. Penelopa va Barchinoy tomonidan qo‘yilgan
sinovlar faqatgina jismoniy kuchni emas, balki haqiqiy juftning o‘z maqomini tiklashiga
asoslangan ramziy vosita hisoblanadi. Ushbu dostonlar qahramonlik va sadoqat g‘oyalarini
tarannum etishi bilan bir-biriga yaqin turadi va ular xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos universal
qonuniyatlarini aks ettiradi.
Page 18
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Alpomish” xalq og‘zaki ijodi Toshkent – 2019
2.
Homer “Odesseya” Toshkent – 2024
3.
Fayzulla Boynazarov jahon adabiyoti Toshkent-2006
4.
“Alpomish” − oʻzbek xalq qahramonlik eposi", T., 1999. 3.
5.
Omonilla Madayev, Tojixon Sobitova Xalq og‘zaki poetik ijodi T-2010
6.
https://muhaz.org/ozbekiston-republikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-ulu-
v2.html?page=26