Авторы

  • Bibi Rakih Hashimi
    Xalqaro Nordik Universiteti 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126334

Ключевые слова:

pedagogik ma’lumotlar ta’lim texnologiyalarining yetarli darajada qo‘llanilmasligi ota-onalar va jamiyatning ta’limga munosabati innovatsion loyiha va dasturlarni moliyalashtirish o‘quvchilarning motivatsiyasi

Аннотация

Ushbu maqola taʼlim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarishda pedagogik mahoratning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Innovatsion yondashuvlar zamonaviy taʼlim tizimining ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularning bilim olish jarayonini samarali tashkil etish ta’lim jarayonini tashkil etishda resurslardan unumli  foydalanishga xizmat qiladi. Maqolada pedagogik mahorat va pedagogik texnika, o‘qituvchilarning innovatsion metodlarni qo‘llashdagi roli va taʼlim jarayonida yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu tadqiqotda taʼlim sifatini oshirish va pedagogik muammolarni hal etish uchun tizimli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi. Maqoladan taʼlim sohasidagi innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda manba sifatida foydalanish mumkin.


background image

Page 85

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

TAʼLIM JARAYONINI INNOVATSION FAOLIYAT ASOSIDA

TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH PEDAGOGIK MUAMMO

SIFATI

Hashimi Bibi Rakih

Xalqaro Nordik Universiteti

2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15240418

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 15- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 18- Aprel 2025 yil

Ushbu maqola taʼlim jarayonini innovatsion faoliyat
asosida tashkil etish va boshqarishda pedagogik
mahoratning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Innovatsion yondashuvlar zamonaviy taʼlim tizimining
ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini
rivojlantirish, ularning bilim olish jarayonini samarali
tashkil etish ta’lim jarayonini tashkil etishda
resurslardan unumli foydalanishga xizmat qiladi.
Maqolada pedagogik mahorat va pedagogik texnika,
o‘qituvchilarning innovatsion metodlarni qo‘llashdagi
roli va taʼlim jarayonida yuzaga keladigan muammolar
ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu tadqiqotda taʼlim
sifatini oshirish va pedagogik muammolarni hal etish
uchun tizimli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi.
Maqoladan taʼlim sohasidagi innovatsion faoliyatni
rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab
chiqishda manba sifatida foydalanish mumkin.

KEY WORDS

pedagogik ma’lumotlar, ta’lim
texnologiyalarining

yetarli

darajada qo‘llanilmasligi, ota-
onalar va jamiyatning ta’limga
munosabati, innovatsion loyiha va
dasturlarni

moliyalashtirish

o‘quvchilarning motivatsiyasi

Taʼlim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarish pedagogikada

muhim masala sifatida ko‘riladi. Ushbu jarayon, o‘quvchilarning faol ishtirokini taʼminlash,
ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va zamonaviy talablar asosida taʼlim sifatini
oshirishga yordam beradi.

Ta’lim tizim sifatida zamonaviy jamiyatda muhim rol o'ynaydi. O'zgaruvchan ijtimoiy-

iqtisodiy sharoitlar, texnologik taraqqiyot va globalizatsiya ta'lim jarayonini yangilashni talab
qiladi. Ta’lim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarish pedagogik
mahoratni oshirish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va ta’lim
sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar

Radikal innovatsiyalar – mutlaqo yangi bozorlarni ochadigan texnologiyalar,

xizmatlar va biznes modellarini yaratishni o'z ichiga oladi.

Modifikatsiyalangan

innovatsiyalar

asosiy

innovatsiyalarning

muhim

o'zgarishlarini (yaxshilanishini) ifodalovchi yechimlarni o’z ichiga oladi.

kombinatsiyalangan innovatsiyalar – mavjud vositalar va g‘oyalardan

foydalanishning yangi usullarini topish, ijodkorlik orqali mutlaqo yangi natijalarni yaratish
uchun mavjud narsalarni umumlashtirishni anglatadi.


background image

Page 86

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

tarmoq (lokal) innovatsiyalari – innovatsiyalarga global yondashuvni emas,

balki ma'lum bir guruh, kompaniya yoki joylashuv doirasida innovatsiyalarni yaratish
usullarini anglatadi.

tizim innovatsiyalari - yaratuvchanlik faoliyatini va intellektual salohiyatni

rivojlantirishni rag'batlantiradigan innovatsiyalar bo'lib, o'z navbatida innovatsiyalarning
o'zini takomillashtirishga ham hissa qo'shadi.

modul innovatsiyalari - xususiy yoki mahalliy innovatsiyalar majmuasi sifatida

qaraladi. Xususiy (individual, mahalliy) innovatsiyalar - tizimda bir-biriga bog'liq bo'lmagan
alohida elementlarni (pedagogik texnologiyalar, usullar, dasturlar) qamrab oladi.

Taʼlim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarish pedagogikada

muhim masalalardan biridir. Bu borada bir qator olimlar o‘z fikrlarini bildirganlar.

A.

Abduqodirov o‘z tadqiqotlarida

taʼlim jarayonida innovatsion yondashuvlar va

metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish zarurligini
taʼkidlaydi. Uning fikricha innovatsion faoliyat o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish va
muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.

[3. 12- b]

M.Saidov

taʼlim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyatini

taʼkidlaydi.

U

innovatsion

faoliyatni

tashkil

etishda

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish, o‘quvchilarni zamonaviy bilimlar bilan taʼminlash va ularning
qiziqishini oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

T. Qodirov

o‘quv jarayonida o‘quvchilarning faol

ishtirokini taʼminlash va ularning fikrlarini inobatga olish muhimligini taʼkidlaydi. U
innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ularni mustaqil
fikrlashga rag‘batlantirish zarurligini ko‘rsatadi

.

R. Xolmatov

taʼlimda innovatsion metodlarni joriy etish orqali o‘quvchilarning ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning shaxsiy rivojlanishiga yordam berish zarurligini
taʼkidlaydi. Shuningdek, pedagoglarning innovatsion faoliyatga tayyorligini oshirish
lozimligini ko‘rsatadi.

D.Tojiboeva

, taʼlim jarayonida innovatsion yondashuvlar va metodlarni

qo‘llash orqali o‘quvchilarning ijtimoiy va emosional rivojlanishini ham e’tiborga olish
zarurligini ta’kidlaydi.

A.Mamatov

taʼlim jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash orqali

o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash va refleksiya qobiliyatlarini rivojlantirish zarurligini
taʼkidlaydi, shuningdek, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirokini taʼminlash uchun
interfaol metodlar va loyiha asosidagi o‘qitish usullarini joriy etishni tavsiya qilgan

S.

Raxmonov pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda o‘qituvchilarning tayyorgarligi va

malakasini oshirish muhimligini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali
o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ularning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish
muhimligini ko‘rsatadi.

I.Nazarov

taʼlimda innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarning

ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va muammolarni hal qilishda mustaqil
yondashuvlarini rag‘batlantirish zarurligini taʼkidlaydi. U, shuningdek, taʼlim jarayonida
o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor berish lozimliginiaytib utgan.

Toshpulatova G

:

Toshpulatova taʼlim jarayonida innovatsion faoliyatni joriy etish orqali

o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olish zarurligini taʼkidlaydi. U,
shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish va ularni innovatsion faoliyatga
tayyorlash muhimligi haqqida uz fikrini bildirgan

Yuldasheva N:

Yuldasheva taʼlimda

innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishda o‘quv muassasalarining rahbariyatining roli va
mas’uliyatini e’tiborga olish zarurligini taʼkidlaydi. U, shuningdek, taʼlim jarayonida


background image

Page 87

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

jamoatchilik va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligini aytib o’tgan. J.

Dewey

taʼlimni amaliy faoliyat bilan bog‘lashni, o‘quvchilarning real hayotdagi muammolarni hal
qilishga qaratilgan tajribalarini rivojlantirishni taklif qiladi. U innovatsion yondashuvlarni
taʼlim jarayoniga kiritish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish mumkinligini taʼkidlagan.
Jon Dewey, amerikalik faylasuf, ta'lim nazariyotchisi va psixolog, innovatsiya va ta'lim
jarayonlarida tajribaning ahamiyatini ta'kidlagan. U innovatsiyani faqat yangi g'oyalar yoki
mahsulotlar yaratish sifatida emas, balki mavjud muammolarni hal qilish uchun yangi
yondashuvlar va metodlarni ishlab chiqish sifatida ko'rgan. Deweyning fikricha, o'rganish
jarayoni tajriba orqali amalga oshadi va bu tajribalar innovatsion fikrlashni rivojlantirishga
yordam beradi. Deweyning eng mashhur asarlaridan biri "Experience and Education" (1938)
deb nomlanadi. Ushbu kitobda u ta'lim jarayonida tajribaning roli haqida fikr yuritadi va
o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlashning ahamiyatini ta'kidlaydi. Dewey, shuningdek,
ta'limning amaliy va nazariy jihatlarini birlashtirish zarurligini ko'rsatadi, bu esa innovatsion
fikrlashni rag'batlantiradi.

Howard Gardner

ning ko‘p intellekt nazariyasi taʼlim jarayonida individual yondashuvni

taʼkidlaydi. Innovatsion faoliyatni tashkil etishda har bir o‘quvchining qobiliyatlari va
qiziqishlarini inobatga olish zarurligini bayon qilgan. Howard Gardner, amerikalik psixolog va
ta'lim nazariyotchisi, o'zining "Ko‘p intellektlar nazariyasi" bilan mashhur. U innovatsiya va
kreativlikni rivojlantirishda turli intellekt turlarining ahamiyatini ta'kidlaydi. Gardnerning
fikricha, har bir insonda bir nechta intellekt turlari mavjud bo'lib, bu intellektlar o'zaro
aloqada bo'lib, shaxsning o'rganish va innovatsion fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.
Gardnerning innovatsiya haqida yozgan asarlaridan biri "Creating Minds: An Anatomy of
Creativity Seen Through the Lives of Freud, Einstein, Picasso, Stravinsky, Eliot, Graham, and
Gandhi" (1993) deb nomlanadi. Ushbu kitobda u kreativ shaxslarning hayotlari va ularning
innovatsion fikrlash uslublarini tahlil qiladi. Gardnerning ko‘p intellektlar nazariyasi va
innovatsiya haqidagi fikrlarini chuqurroq urganish maqsadida uning "Frames of Mind: The
Theory of Multiple Intelligences" (1983) asarida u intellektning turli shakllarini va ularning
ta'lim jarayonidagi ahamiyatini batafsil bayon etgan.

Vygotskiy:

Vygotskiy taʼlim jarayonida ijtimoiy muhitning ahamiyatini taʼkidlaydi. U

innovatsion faoliyatni tashkil etishda o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni
rivojlantirish zarurligini taʼkidlaydi.

Lev Vygotskiy, rus psixologi va pedagogi, ta'lim va rivojlanish nazariyasi bo'yicha muhim

fikrlarni ilgari surgan. U innovatsiyalarni o'quv jarayonida o'quvchilarning rivojlanishi va
ijtimoiy muloqoti orqali amalga oshirilishi kerak deb hisoblagan. Vygotskiy, o'quvchilar
o'rtasidagi ijtimoiy interaktsiyaning ahamiyatini ta'kidlab, "yaqin rivojlanish zonasi" (ZPD)
kontseptsiyasini kiritgan. Bu kontseptsiya o'quvchilarning hozirgi darajasi va ularga yordam
berish orqali erishilishi mumkin bo'lgan daraja o'rtasidagi farqni anglatgan . Vygotskiyning
eng mashhur asarlaridan biri "O‘qitish va rivojlanish" (o'zbek tilida "Ta'lim va rivojlanish")
deb nomlanadi. Ushbu asarida u ta'lim jarayonida ijtimoiy kontekstning ahamiyatini va
o'qituvchining rolini ko'rib chiqsa bo’ladi . Uning Psixologiya va ta'lim" yoki "O‘qitish
psixologiyasi" Bu asarlar ta'lim jarayonidagi innovatsion yondashuvlar va metodlari

"Innovatsion ta’lim" bu o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodir bo‘lgan va uning barcha

ishtirokchilarining har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratadigan ta’limdir.
Innovatsion ta’lim muntazam rivojlanib boradi. Biroq, bu jarayonda bir qator muammolar


background image

Page 88

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

mavjud.

Innovatsion ta’lim uslublarini qo‘llash uchun o‘qituvchilar o‘z bilimlarini yangilab

turishlari zarur. Biroq, ko‘plab pedagoglar zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan va innovatsion
yondashuvlardan xabardor emas. Ularning malakasini oshirish uchun maxsus treninglar,
seminarlar va master-klasslar tashkil etish zarur.

O‘zbekiston ta’lim tizimida zamonaviy

texnologiyalarni joriy etish jarayoni sekin kechmoqda. Ko‘plab maktablar va oliy ta’lim
muassasalari innovatsion vositalardan yetarlicha foydalanmayapti yoki ularni to‘g‘ri qo‘llay
olmayapti. Bu holat o‘quv jarayonining samaradorligini pasaytiradi

.

Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etishda ota-onalar va jamiyatning ta’lim

jarayoniga nisbatan munosabati ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘plab ota-onalar an’anaviy
ta’lim uslublariga ko‘proq ishonadilar va innovatsion yondashuvlarga nisbatan skeptik
munosabatda bo‘ladilar. Bu esa o‘qituvchilarning yangi metodlarga bo‘lgan qiziqishini
pasaytiradi.

Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslar zarur. Biroq,

ko‘plab ta’lim muassasalari innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch
kelmoqda. O‘quvchilarning innovatsion faoliyatga qiziqishi va motivatsiyasi ham muhim
ahamiyatga ega. Agar o‘quvchilar innovatsion yondashuvlarga qiziqmasa, ta’lim jarayoni
samarali bo‘lmaydi. O‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish uchun interfaol darslar, loyiha
ishlari va jamoaviy ishlarni tashkil etish zarur bo’ladi.

O‘qituvchilar taʼlim jarayonini tahlil qilish va baholash orqali o‘z ishlarini

takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa innovatsion faoliyatning samaradorligini
oshiradi. Ta’lim jarayonining natijalarini tahlil qilish orqali kelgusidagi rejalarni tuzishga
yordam beradi. Taʼlim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarishda
pedagogik mahoratning roli juda muhimdir. O‘qituvchilar innovatsion yondashuvlarni
qo‘llashda yuqori darajada bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur bo’lib, bu nafaqat
taʼlim sifatini oshirish, balki o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga o‘z
hssasini qo‘shadi. Shunday qilib, pedagogik mahoratni rivojlantirish, zamonaviy taʼlim
tizimining muhim vazifalaridan biri deb hisoblaymiz.

Taʼlim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarishda pedagogik

mahoratning roli muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonning samaradorligi ko‘plab omillarga
bog‘liq bo‘lib, pedagogik muammolarni aniqlash va ularni hal qilishda pedagogik mahoratning
o‘rni alohida ahamiyatga ega. Quyida taʼlim jarayonidagi innovatsion faoliyat va pedagogik
mahoratning roli, shuningdek, pedagogik muammolar va ularning tahlili keltiriladi.

Natijalar va ularning tahlili

O‘quv jarayonida sifatli taʼlim berish qiyinlashadi, talabalar bilim va ko‘nikmalarni

o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. O’qituvchilar uchun muntazam ravishda
treninglar va seminarlar o‘tkazish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rganish zarur. Bu
orqali o‘qituvchilarning malakasini oshirish va innovatsion faoliyatni qo‘llash imkoniyatlarini
kengaytirish mumkin. Taʼlim jarayonida yangiliklarni joriy etishda ayrim qiyinchiliklar
mavjud, natijada taʼlim sifatining pasayishi, o’quvchilarning o’qishga nisbatan
motivatsiyalarining pasayishi vujudga keladi. Innovatsion yondashuvlarni joriy etishda
o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot va fikr almashishni tashkil etish kerak.
Talabalarni innovatsion metodlar bilan tanishtirish va ularni qo‘llashga rag‘batlantirish
muhimdir. Resurslarning yetishmasligi ya’ni taʼlim jarayonida innovatsion usullarni qo‘llash
imkoniyatlari cheklanganligi sababli, o‘quvchilar o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch
keladilar, bunda taʼlim muassasalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ulardan


background image

Page 89

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

foydalanish imkoniyatlarini yaratish zarur. Buning uchun davlat va xususiy sektor
hamkorligini rivojlantirish, grantlar va moliyaviy yordamlar olish yo‘llarini izlash lozim.
O‘qituvchilar individual o‘quv rejalarini ishlab chiqishlari va bu jarayonda har bir talabaning
ehtiyojlarini inobatga olishlari kerak. Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini
individuallashtirish imkoniyatlari Aksariyat hollarda talabalar o‘z ehtiyojlariga mos
kelmaydigan taʼlim olishadi, bu esa ularning ta’lim olishga motivatsiyasini pasaytiradi.
Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini individuallashtirish imkoniyatlari.

Taʼlim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarishda pedagogik

mahoratning roli juda muhimdir. Pedagogik muammolarni aniqlash va ularni hal qilishda
o‘qituvchilarning malakasi, innovatsion yondashuvlarga tayyorgarligi va resurslardan
samarali foydalanish kerak bo’ladi. Innovatsion faoliyatni qo‘llash orqali taʼlim sifatini
oshirish, talabalarni yanada samarali taʼlim olishga rag‘batlantirish mumkin. Ushbu jarayonni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qituvchilar, talabalar va taʼlim muassasalari o‘rtasida
hamkorlikni rivojlantirish kerak.

Takliflar
Malaka oshirish

. O'qituvchilar uchun ta'lim tizimida innovatsion metodlarni o'z ichiga

olgan malaka oshirish dasturlarini joriy etish zarur. Resurslarni yaratish va innovatsion
yondashuvlarni qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan materiallar va resurslarni yaratish va
o'quvchilarning faolligini oshirishda yordam birish O'quvchilarning darslarda faol ishtirok
etishini ta'minlash uchun turli xil interaktiv usullarni qo'llash zarur.

O'qituvchilarni rag'batlanti

rish innovatsion yondashuvlarni muvaffaqiyatli qo'llagan

o'qituvchilarni rag'batlantirish orqali ta'lim sifatini oshirish.

Ota-onalar bilan hamkorlik qilish

va muntazam aloqada bo'lish va ularni ta’lim

jarayoniga jalb qilish orqali o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini yanada oshirish.

Innovatsion loyihalarni qo‘llab quvvatlash.

Ta’lim muassasalarida innovatsion

loyihalarni amalga oshirish orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Bu takliflar ta’lim jarayonining innovatsion faoliyat asosida samarali tashkil etilishiga

xizmat qiladi va pedagogik mahoratni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek,bular ta’lim
tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlashga asos bo ‘lib xizmat qiladi.

Xulosa

Ta’lim jarayonini innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va boshqarishda pedagogik

muammolarni hal qilish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
O‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ota-onalar bilan
hamkorlikni kuchaytirish va moliyaviy resurslarni to‘g‘ri taqsimlash orqali ta’lim sifatini
yaxshilash mumkin. Innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga undash,
ularning motivatsiyasini oshirish va mustaqil o‘rganishga rag'batlantirish ta’lim tizimining
muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarurdir.

Foydalanilgn Adbiyotlar:

1.

Abdullaeva, N. (2020). “Innovatsion ta’lim texnologiyalari: nazariya va amaliyot”

2.

. Tashkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti.

3.

Jalilov, A. (2019). “ Ta’limda innovatsion yondashuvlar va ularning samaradorligi”.


background image

Page 90

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.
4.

Mamatov, A. (2021). “Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri “

Tashkent: O‘zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Universiteti.
5.

Saidov, B. (2022). “Ota-onalar va jamiyatning ta’lim jarayoniga ta’siri: muammolar va

yechimlar” Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
6.

Turgunov, R. (2018). “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: asoslar va amaliy

qo‘llanma”Tashkent: Fan va texnologiya.
7.

Yusupov, M. (2023). “Innovatsion ta’lim muassasalari: tajribalar va istiqbollar” Tashkent:

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.
8.

Zokirov, I. (2020). “O‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish metodlari “Tashkent:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
9.

Khamidov, D. (2022). “Pedagogik tadqiqotlar: nazariy asoslar va metodologiya “ Tashkent:

O‘zbekiston Milliy Universit

Библиографические ссылки

Abdullaeva, N. (2020). “Innovatsion ta’lim texnologiyalari: nazariya va amaliyot”

. Tashkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti.

Jalilov, A. (2019). “ Ta’limda innovatsion yondashuvlar va ularning samaradorligi”. Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.

Mamatov, A. (2021). “Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri “ Tashkent: O‘zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Universiteti.

Saidov, B. (2022). “Ota-onalar va jamiyatning ta’lim jarayoniga ta’siri: muammolar va yechimlar” Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Turgunov, R. (2018). “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: asoslar va amaliy qo‘llanma”Tashkent: Fan va texnologiya.

Yusupov, M. (2023). “Innovatsion ta’lim muassasalari: tajribalar va istiqbollar” Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.

Zokirov, I. (2020). “O‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish metodlari “Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Khamidov, D. (2022). “Pedagogik tadqiqotlar: nazariy asoslar va metodologiya “ Tashkent: O‘zbekiston Milliy Universit