Авторы

  • Xikmat Xudashkurov
    Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126346

Ключевые слова:

Abu Bakr Abdulloh Ibn Sulaymon Ibn al-Ashʻas As-Sijistoniy mashhur muhaddis Abu Dovudning oʻgʻli boʻlib islomiy manbalarda Ibn Abu Dovud nomi bilan tanilgan.

Аннотация

Islom tarixida Qurʼon matnining jamlanishi va avlodlardan avlodlarga uzatilishi muhim ahamiyatga ega mavzulardandir. Erta davrdagi islom ulamolari Qurʼon yozilma nusxalari (mus’haflari) haqida turli maʼlumotlarni yigʻib, keyingi avlodlar uchun boy meros qoldirganlar. Ana shunday nodir manbalardan biri arab muhaddisi Abu Bakr Ibn Abu Dovud as-Sijistoniy qalamiga mansub “Kitabul Masohif”” (“Mus’haflar kitobi”) asaridir.


background image

Page 131

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

“KITABUL MASOHIF” MUS’HAFLAR TARIXINI YORITGAN

DASTLABKI ILMIY MANBA

Xudashkurov Xikmat

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15278830

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 23- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 25- Aprel 2025 yil

Islom tarixida Qurʼon matnining jamlanishi va
avlodlardan avlodlarga uzatilishi muhim ahamiyatga
ega mavzulardandir. Erta davrdagi islom ulamolari
Qurʼon yozilma nusxalari (mus’haflari) haqida turli
maʼlumotlarni yigʻib, keyingi avlodlar uchun boy meros
qoldirganlar. Ana shunday nodir manbalardan biri
arab muhaddisi Abu Bakr Ibn Abu Dovud as-Sijistoniy
qalamiga mansub “Kitabul Masohif”” (“Mus’haflar
kitobi”) asaridir.

KEY WORDS

Abu Bakr Abdulloh Ibn Sulaymon
Ibn

al-Ashʻas

As-Sijistoniy,

mashhur

muhaddis

Abu

Dovudning oʻgʻli boʻlib, islomiy
manbalarda Ibn Abu Dovud nomi
bilan tanilgan.

Islom tarixida Qurʼon matnining jamlanishi va avlodlardan avlodlarga uzatilishi muhim

ahamiyatga ega mavzulardandir. Erta davrdagi islom ulamolari Qurʼon yozilma nusxalari
(mus’haflari) haqida turli maʼlumotlarni yigʻib, keyingi avlodlar uchun boy meros
qoldirganlar. Ana shunday nodir manbalardan biri arab muhaddisi

Abu Bakr Ibn Abu Dovud

as-Sijistoniy

qalamiga mansub

“Kitabul Masohif”” (“Mus’haflar kitobi”)

asaridir. Ushbu

asar Ibn Abu Dovudning hayoti va ilmiy faoliyatini, asarning mazmunini, ilmiy manbalari va
tarixiy ahamiyatini hamda Qurʼon ilmlaridagi oʻrnini ilmiy tarzda yoritishni maqsad qilgan.
Avvalo, muallifning tarjimai holi va u yashagan davr haqida qisqacha toʻxtalib, soʻngra
asarning tuzilishi va asosiy boblari tahlil qilinib, undagi rivoyatlarning ishonchlilik darajasi va
ulamolar tomonidan berilgan baholariga eʼtibor qaratilgan.

Abu Bakr Abdulloh Ibn Sulaymon Ibn al-Ashʻas As-Sijistoniy

, mashhur muhaddis

Abu Dovudning oʻgʻli boʻlib, islomiy manbalarda

Ibn Abu Dovud

nomi bilan tanilgan. U hijriy

230-yilda (milodiy 844-yil) Sijiston viloyatida tavallud topgan va hijriy 316-yilda
(milodiy928-yil) Bagʻdodda vafot etgan. Ibn Abu Dovuding bolalik chogʻidan otasi Abu Dovud
as-Sijistoniy (Sunan Abu Dovud asari muallifi) bilan birga ilm yoʻlida safarlarda boʻlgan. Otasi
uni hadis ilmini oʻrganishi uchun

Xuroson, Eron, Iroq, Shom, Hijoz va Misr

kabi oʻsha

davrning yirik ilm poytaxtlariga olib borgan. Natijada Ibn Abu Dovud koʻplab mashhur
muhaddislarning majlislarida boʻlib, ulardan hadis va asarlarni yozib oldi. Koʻp yillik ilm
safarlaridan soʻng u Bagʻdod shahrida istiqomat qildi va hadis ilmi boʻyicha ulkan obroʻ
qozondi. Manbalarda u

“Iroq ahlining imomi”

darajasiga yetgani hamda umrining oxirida

koʻzi ojiz bo‘lib qolganiga qaramay, ilmiy faoliyatini davom ettirgani qayd etiladi. Ibn Abu
Dovud oʻz davrining yirik muhaddislaridan sanalib, bir necha asarlar muallifi edi. Uning
qalamiga mansub asarlar sirasiga

“Kitabul Masohif”, “Kitabul Ba’s”, “as-Sunan”, “at-Tafsir”,


background image

Page 132

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

“Al-Qiroat” hamda “an-Nasih val Mansuh”

kabi kitoblar kiradi. Afsuski, ularning

baʼzilaridan faqat nomigina yetib kelgan yoki ular bizgacha toʻliq saqlanib qolmagan. Ibn Abu
Dovud ayniqsa Qurʼon ilmlari va hadis ilmidagi hissasi bilan tanilgandir. Uning ilmiy mavqeini
zamondoshlari yuksak baholagan Jumladan, zamonasining buyuk muhaddisi Imom
Doroqutniy Ibn Abu Dovudni “siqa” ya’ni ishonchli roviy deya taʼriflagan, Shu bilan birga,
boshqa ulamolar Ibn Abu Dovudning yod olish qobiliyatini yuqori baholab, hatto

“oʻgʻli

otasidan ham ziyoda hofiz edi”

degan fikrlarni bildirganlar. Ibn Abu Dovud oʻz davrida keng

ilmiy muhitga ega boʻlib, hadis va Qurʼon ilmlari sohasida bebaho meros qoldirgan. “Kitobul-
Maṣoḥif” uning eng mashhur va hozirgacha ilmiy ahamiyatini saqlab kelayotgan asarlaridan
biridir.

“Kitabul Maṣoḥif” asarining tuzilishi va manbalari

: Asar Qurʼon matnining yozma

nusxalari va ularni jamlash tarixi haqida ilmiy manba hisoblanadi. Asar Qurʼonning turli
mus’haflari, yaʼni paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) zamonidan keyingi davrlarda
sahobalarning, tobeinlarning va turli makonlardagi mavjud boʻlgan Qurʼon qoʻlyozma
nusxalari hamda ularning xususiyatlari haqidagi rivoyatlarni qamrab oladi. Ibn Abu Dovud
ushbu kitobni hijriy III asrda, islom jamiyati ichida Qurʼon matni va uning turli qiroatlariga
doir masalalarga qiziqish mavjud bo‘lgan bir paytda tasnif etgan. U bu asarni tasnif etishda
oldingi avlodlardan kelgan ogʻzaki va yozma rivoyatlarni yigʻib, ularni mavzular boʻyicha
tartiblagan. Muallif uni koʻplab bob (bo‘lim)larga ajratgan, har bir bob maʼlum bir mavzuga
bagʻishlanib, uning ostida shu mavzuga taalluqli boʻlgan hadislar va rivoyatlar keltiriladi. Ibn
Abu Dovud har bir rivoyatni sanad (isnod)lari bilan, yaʼni oʻzi eshitgan ustozlari silsilasi orqali
keltiradi. Masalan, u muayyan rivoyatni “falon ustozimdan, u falondan, u sahobiy falondan
rivoyat qiladi” tarzida batafsil zanjir bilan bayon etadi. Bunday uslub o‘sha davr hadis ilmining
talablariga toʻla mos bo‘lib, har bir xabar manbasini tekshirish va uning ishonchliligini
baholash imkonini bergan. Shuningdek, muallif asarda ayrim rivoyatlar uchun bir nechta turli
sanadlarni ham keltiradi, bu esa o‘quvchiga qaysi rivoyat boshqa manbalarda ham uchrashini
solishtirishga imkon yaratgan. Hadislarni rivoyat qilishda koʻproq o‘zining mudarrislaridan
eshitgan rivoyatlariga tayangan. Asarda Muhammad s.a.vning sahobalaridan rivoyat qilingan
hadislar asosiy oʻrinni egallaydi. Xususan,

Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Masʼud, Ubay ibn

Kaʻb, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib

kabi buyuk sahobalarning Qurʼon Karim nusxalari

va ular haqidagi rivoyatlar keltirilgan. Shuningdek, sahobalardan keyingi tobeʼinlarning
Qurʼon qiroati va mus’haflarga doir rivoyatlari ham o‘rin olgan.

Asarning mazmuni va Qurʼon ilmlaridagi ahamiyati:

“Kitabul Maṣoḥif” asari

mazmunan juda boy bo‘lib, Qurʼonni kitob holiga keltirish va mus’haf ko‘rinishida tarqalishiga
oid keng doiradagi masalalarni qamrab oladi. Asarda asosan Qurʼonni qanday jamlanishi,
vahiy kotiblari tomonidan Qurʼon parchalarining yozilishi, mus’haf holiga keltirish Rasululloh
s.a.v vafotlaridan soʻng, ayniqsa Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida Qurʼon oyatlarini bir joyga
jamlab, ilk mus’hafni tuzish tarixi tafsilotlari keltiriladi, masalan, sahoba Zayd ibn Sobit
rahbarligida parchalarni yigʻish va bir musʼhaf joylashtirish haqidagi mashhur voqeani Ibn
Abu Dovud isnodlar bilan bayon qiladi.

Usmoniy mus’haf va turli viloyatlardagi nusxalar:

Asarda keltirilgan asosiy qism

Usmon ibn Affon xalifa davrida Qurʼonning rasmiy nusxasini ko‘paytirib, musulmon yurtlariga
tarqatish jarayonidir. Unda Usmon (r.a.)ning Qurʼonni bir xil qiroatda (quraysh lahjasida)
birlashtirish maqsadida qoʻshimcha nusxalar tayyorlatgani va boshqa har xil qoʻlyozma


background image

Page 133

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

parchalarni yigʻdirib, yangi jamlangan matnga zid bo‘lgan nusxalarni yoʻq qildirgani haqida
rivoyatlar mavjud. Ayniqsa, Kufada faoliyat yuritgan mashhur sahoba Abdulloh ibn
Masʿudning oʻz qoʻlyozma Qurʼon nusxasini topshirishdan avvaliga norozi boʻlgani, lekin
keyinchalik Usmoniy nusxani qabul qilgani haqidagi keltiriladi. Bu holatni muallif mavzuni
xolis yoritishga harakat qilib, sahobalar oʻrtasidagi dastlabki ixtilof va uning hal bo‘lishini ham
qayd etganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, Usmoniy mus’hafga oid boblarda Qurʼonning
yagona rasmiy nusxasini yaratish tashabbusi, ushbu jarayon tafsilotlari va natijalari batafsil
bayon etiladi.

Sahobalarning shaxsiy mus’haflari va ularning farqlari:

Asarning noyob jihatlaridan

yana biri – Paygʻambar (s.a.v.) sahobalarining shaxsiy Qurʼon qoʻlyozmalaridagi farqlarni ham
yoritib beradi. Masalan, yuqorida zikr etilgan Ibn Masʿudning mus’hafida Fotiha surasi, Falaq
va Nas suralari bo‘lmaganligi haqidagi rivoyat mashhur, Asarda bu kabi maʼlumotlar keltirilib,
boshqa ayrim sahobalarning mus’haflaridagi tartib va suralar sonidagi farqlar ham zikr etiladi
, Ubay ibn Kaʻb (r.a.)ning mus’hafida qoʻshimcha duolar yoki baʼzi suralarning tartibida farq
borligi haqida xabarlar keladi, ushbu farqlar, albatta, Qurʼon matnining asosiy tarkibiga emas,
balki ayrim sahobalarning shaxsiy qog’oziga Paygʻambar (s.a.v.)dan eshitgan baʼzi duolarning
yozib qoʻyilganiga bogʻliq ekani keyingi ulamolar tomonidan taʼkidlangan, bu maʼlumotlar
Qurʼonning yozilishi qanday jarayonlardan oʻtganini, ayrim sahobalar Qurʼon matniga
qoʻshimcha ravishda duolarni ham yozib qoʻyganlarini, keyinchalik ijmoʼ bilan Qurʼon matni
aniq chegaralab olinganini tushunish mumkin.

Qurʼonning juzlari va bo‘limlarga taqsimlanishi:

Asarda Qurʼon suralari va

oyatlarining tartibi, uni qanchaga bo‘lish (masalan, juzʼlarga ajratish yoki oyatlar sonini
sanash) borasidagi maʼlumotlar ham berilgan. Islomda Qurʼonni xatm qilish qulay bo‘lishi
uchun uni 30 juzʼga yoki haftalik oʻqishga moʻljallab 7 bo‘limga ajratish odati keyinchalik
paydo bo‘lgan. Ibn Abu Dovud davrida ham bu masalalar ahamiyatli bo‘lganligi sabab, kitobda
Qurʼonni bo‘limlarga ajratish haqidagi sahoba va tobeʼinlardan rivoyatlar keltirilgan, qiroatlar
va rasm (yozuv) masalalari, baʼzi tobeʼin va qiroat ilmida imomlarning Qurʼonni tilovat qilish
uslublari (qiroatlari)ga oid xabarlar ham mavjud, jumladan, Xalifa Usmon mus’hafidan
tashqari, ayrim sahobalar o‘rgatgan qiroat farqlari zikr etiladi, Qurʼonning yozuv usuli va
imlosiga doir mulohazalar ham asarda o‘z aksini topgan. Maʼlumki, ilk Qurʼon qoʻlyozmalarida
arabcha harflar nuqtalarsiz va harakatlarsiz yozilgan, Ibn Abu Dovud o‘z kitobida Qurʼon
yozuvini harakat va belgilarsiz yozish odati, keyinchalik paydo bo‘lgan to‘ldiruvchi belgilar
haqida rivoyatlar keltirgan. Masalan, u Qurʼon matnini yozishda soʻzlarni bo‘lish yoki
birlashtirib yozish, kalimalarni imlo qoidalari masalasida sahobalarning aytgan fikrlarini
bayon qiladi, bu jarayonlar Qurʼon matnining yozma ko‘rinishi vaqt o‘tishi bilan qanday
ko’rinishga kelganligini tushunishga yordam beradi.

Mus’hafga oid fiqhiy qoidalar:

Asarning mazmunida diqqatga sazovor bo‘lgan yana bir

yoʻnalish – mus’hafni hurmat qilish va undan foydalanish haqidagi islomiy qoidalar. Ibn Abu
Dovud Qurʼonga tegishli fiqh masalalarini ham batafsil yoritgan. Masalan, mus’hafga
tahoratsiz holda tegish mumkinmi, Qurʼonni pullash yoki sotib olish joizmi, mus’hafni
musofirlikda olib yurish hukmi, imom namozda qoʻlida mus’haf ushlab oʻqishi mumkinmi,
Qurʼonni xatm qilishda qanday bo‘lish kabi masalalar haqida sahoba va tobeʼinlarning fatvo va
amallarini rivoyat qiladi, bu hukmlar shariatda Qurʼon kitobiga bo‘lgan hurmat va unga
tegishli qoidalarni ilk manbalardan o‘rganishga imkon beradi.


background image

Page 134

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

Yuqoridagi mazmundan shunday tushunish mumkinki: “Kitabul-Maṣoḥif” asari

Qurʼonning nozil bo’lishidan to jamlanishigacha va undan keyingi qoʻllanishigacha boʻlgan
jarayonning turli qirralarini qamrab oladi, asar Qurʼon ilmlaridagi bir necha sohani o’z ichiga
oladi: Qurʼonni jamlanish tarixi, qiroatlar va mus’haflar orasidagi farqlar, rasm va imlo
masalalari, shuningdek Qurʼon odobi va fiqhi, shuning uchun bu kitobni Qurʼon ilmlarining ilk
ilmiy manbalaridan biri deb atash mumkin. Asarda keltirilgan farqli rivoyatlar qanchalik
xilma-xil koʻrinmasin, ularning tahlili Qurʼon oyatlarining asosiy mohiyati va matni ishonchli
tarzda avlodlarga yetib kelganini tasdiqlaydi. Zero, ayrim mus’haflarda suralar soni yoki
tartibi boshqacha boʻlgani haqidagi xabarlar Qurʼon matniga yangi narsa qoʻshilganini yoxud
undan asosiy qismlar tushib qolganini anglatmaydi – balki bu farqlar odatda yozuv uslubi
bilan bogʻliq ekani bayon etilgan.

Xulosa:

Abu Bakr Ibn Abu Dovud Sijistoniy va uning “Kitabul-Maṣoḥif” asari Qurʼonni

jamlanish tarixi va ilmlarini oʻrganishda bebaho ahamiyatga ega. Muallifning oʻzi mashhur
hadis olimi bo‘lib, otasi Abu Dovudning ilmiy anʼanalarini davom ettirgan buyuk muhaddisdir,
uning hayoti va ilmiy faoliyati ko‘p jihatdan hadis ilmi bilan bogʻliq bo‘lsa-da, u Qurʼonning
jamlanishi va mus’haflar tarixi borasida ham birinchilardan boʻlib ilmiy asar yaratdi. Asar
Qurʼon oyatlarining yozib olinishi, ilk mus’haflarning paydo bo‘lishi, xalifa Usmonning
Qurʼonni rasmiy nusxada jamlashi, sahobalarning shaxsiy qoʻlyozma nusxalari va
qiroatlaridagi farqlar, shuningdek mus’hafga oid turli fiqhiy masalalarga bagʻishlangan keng
qamrovli manbadir. Asar isnod(ishonch)li rivoyatlar asosida tuzilgan boʻlib, har bir mavzu
alohida boblarda yoritilgan. Ushbu asar bizga sahobalar Qurʼon matnini qanday darajada
himoya qilishga harakat qilishganini va u bilan bogʻliq qimmatli maʼlumotlarni qanday
avaylab saqlashganini ko‘rsatuvchi oynadir. Ibn Abu Dovudning ushbu ilmiy merosi o‘quvchi
uchun ham, ilm ahli uchun ham katta foyda keltiradi, shuningdek, Qurʼoni karimning Alloh
taolo vaʼda qilganidek har qanday o‘zgarish va buzilishdan muhofaza etilganini bilvosita
tasdiqlaydi. Bu ilmiy merosni chuqurroq o‘rganish va unga munosib baho berish kelajak avlod
zimmasidagi vazifalardan biridir.

Manbalar ro‘yxati:

1.

Ibn Abu Dovud, Abu Bakr Abdulloh. Kitabul Masohif. – Bayrut: Dorul-Basha’irul-Islamiyya,

2002. – 2 jild.
2.

Xatib Bog’dodiy, Abu Bakr Aḥmad. Tarix Bog’dod. – Bayrut: Dorul-Zarb al-Islamiy, 2002. –

14 jild.
3.

Ibn Adi Jurjoniy, Abu Aḥmad. al-Komil fī zuʿafā’ al-rijal. – Bayrut: Dorul-Kutub al-ʿIlmiyya,

1997. – 7 jild.
4.

Hofiz Ẓahabiy, Shamsiddin. Siyar Aʿlām al-Nubala’. – Bayrut: Mu’assasat al-Risalah, 1982. –

25 jild.
5.

Hofiz Ẓahabiy, Shamsiddin. Mizan al-Iʿtidal fī naqd al-rijal. – Bayrut: Dorul-Kutub al-

ʿIlmiyya, 1995. – 4 jild.
6.

Qozi, Yasir. An Introduction to the Sciences of the Qur’ān. – Birmingham (UK): Al-Hidaayah

Publishing, 2003.
7.

A’zamiy, Muḥammad Muṣṭafo. The History of the Qur’anic Text from Revelation to

Compilation. – Leicester: UK Islamic Academy, 2003.

Библиографические ссылки

Ibn Abu Dovud, Abu Bakr Abdulloh. Kitabul Masohif. – Bayrut: Dorul-Basha’irul-Islamiyya, 2002. – 2 jild.

Xatib Bog’dodiy, Abu Bakr Aḥmad. Tarix Bog’dod. – Bayrut: Dorul-Zarb al-Islamiy, 2002. – 14 jild.

Ibn Adi Jurjoniy, Abu Aḥmad. al-Komil fī zuʿafā’ al-rijal. – Bayrut: Dorul-Kutub al-ʿIlmiyya, 1997. – 7 jild.

Hofiz Ẓahabiy, Shamsiddin. Siyar Aʿlām al-Nubala’. – Bayrut: Mu’assasat al-Risalah, 1982. – 25 jild.

Hofiz Ẓahabiy, Shamsiddin. Mizan al-Iʿtidal fī naqd al-rijal. – Bayrut: Dorul-Kutub al-ʿIlmiyya, 1995. – 4 jild.

Qozi, Yasir. An Introduction to the Sciences of the Qur’ān. – Birmingham (UK): Al-Hidaayah Publishing, 2003.

A’zamiy, Muḥammad Muṣṭafo. The History of the Qur’anic Text from Revelation to Compilation. – Leicester: UK Islamic Academy, 2003.