Авторы

  • Feruza Gadoymurodova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126355

Ключевые слова:

lof mubolag'a chilla kokil kift botmon xipcha munozara askiyabozlar.

Аннотация

Ushbu maqolada lof janri haqida ma'lumotlar berilib, bugungi kun maktab darsliklariga kiritish va bu orqali lof janrini yosh avlodga yanada kengroq tanitish haqida fikr-mulohazalar berib o'tiladi. O'quvchilar uchun lof janrining xalq og'zaki ijodidagi ahamiyati, uning tarixi juda qiziqarli va bu haqidagi fikr-mulohazalar bugungi kun uchun ham ahamiyatga ega.


background image

Page 63

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

LOF JANRINING MAKTAB DARSLIKLARIDA O'RGATILISHI

Gadoymurodova Feruza Baxtiyor qizi

gadoymurodovaferuza@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat

universiteti filologiya fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227474


ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 10- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 16- Aprel 2025 yil

Ushbu maqolada lof janri haqida ma'lumotlar berilib,
bugungi kun maktab darsliklariga kiritish va bu orqali
lof janrini yosh avlodga yanada kengroq tanitish
haqida fikr-mulohazalar berib o'tiladi. O'quvchilar
uchun lof janrining xalq og'zaki ijodidagi ahamiyati,
uning tarixi juda qiziqarli va bu haqidagi fikr-
mulohazalar bugungi kun uchun ham ahamiyatga ega.

KEY WORDS

lof, mubolag'a, chilla, kokil, kift,
botmon,

xipcha,

munozara,

askiyabozlar.

Lof- xalq og'zaki ijodining hajviy va yumoristik janrlaridan biri bo'lib, askiya va latifaga

yaqin turadi. Lug'atda “lof”- fors tilidan olingan so'z bo'lib, quruq gap, safsata degan
ma'nolarni anglatadi [1, 221]. Folklorda esa mubolag'aga asoslangan, bo'rttirilgan, haqiqatdan
uzoq bo'lgan yolg'on gap deb izohlangan.

Loflar, askiya va latifalar kabi so'zga mohirlikni, hozirjavoblikni, zukkolikni talab etadi.

Loflar syujeti, asosan, dialog shaklida quriladi va o'ta mubolag'ali tasvirlanishi bilan boshqa
janrlardan ajralib turadi. Narsa va hodisalarni mubolag'ali qilib aytish, bo'rttirib ko'rsatish har
bir insonning shaxsiyatida uchraydi. Ayniqsa, yosh bolalar suhbatida ko'p uchratamiz. Bolalar
bir-biri bilan suhbatlashganda turli xil mubolag'ali so'zlardan ko'p foydalanadi, dadalarini
hammadan kuchli ekanligini, onalarining dunyodagi barcha onalardan mehribon va chiroyli
ekanligini aytib maqtanadilar. Aynan bu xususiyat bizni hozir ham tark etmagan.
So'zlashuvimizda , biror bir voqeani hikoya qilganimizda ham bo'rttirib, yolg'onga
yaqinlashtirib hikoya qilamiz. Bu yomon xislat ba'zi bir insonlar orasida odat darajasida.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Xalq og'zaki ijodida ham lof janrini uchratishimiz mumkin. Bunday asarlarda lof janri -

mubolag'a, ya'ni badiiy tasviriy vosita sifatida keltiriladi. Jumladan, “Ravshan” dostonida
Zulxumorning "bu yog'ida to'qson besh, bu yog'ida to'qson besh - o'n kam ikki yuz kokili bor.
Bir yog'ini kumush suvga botirgan, bir yog'ini tilla suvga botirgan, tong shamoliga qotirgan,
jamoli chillaning qoriday tinjirab, yaltirab o'tiribdi". Bu ham lof - mubolag'aning bir ko'rinishi
hisoblanadi. Bundan tashqari, “Alpomish” dostonida “Shohimardon piri Boybo'rining
o'g'lining otini Hakimbek qo'ydi , o'ng kiftiga besh qo'lini urdi. Besh qo'lining o'rni dog' bo'lib,
besh panjaning o'rni bilinib qoldi " yoki “yetti yoshli Hakimbek Alpinbiydan qolgan o'n to'rt
botmon yoyni ko'tarib, o'q uzadi va u o'q Asqar tog'ining cho'qqilarini uchirib yuboradi “ kabi
bo'rttirish holatlari uchraydi. O'n to'rt botmon yoy o'lchov bilan hisoblanganda bir tonna
og'irlikni tashkil qiladi. Bir tonna og'irlikdagi yoyni ko'tarishni tasavvur qilish qiyin.


background image

Page 64

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

Xalq og'zaki adabiyotdan tashqari, biz o'rgangan badiiy adabiyot namunalarida ham

lofdan foydalanishganini ko'ramiz. Masalan,Alisher Navoiy “Xamsa” sining ikkinchi dostoni
bo'lgan “ Farhod va Shirin” dostonida shoh Xisrav bilan Farhod o'rtasidagi suhbatda Farhodni
shohning hamma savoliga hozirjavoblik bilan mantiqli javob qaytaradi.

Dedi:” Qay chog'din o'lding ishq aro mast”,
Dedi:”Ruh ermas erdi tang'a payvast”.

Xisrav Farhodni pisand qilmay, uning qachon ishq dardiga mubtalo bo'lganini so'raydi.

Farhod esa hozirjavoblik bilan tug'ilmasdan oldin deb javob beradi. Alisher Navoiy bu
suhbatda xalq og'zaki ijodining lof janridan foydalangan bo'lishi mumkin.

Loflar, qiziqchi va askiyabozlar tomonidan ijro etiladi.Lof - fikr musobaqasidir. Bunda

ikki kishi ishtirok etib, munozaraga kirishadi. Birinchi kishi narsa yoki hodisani
tasvirlaganda, bo'rttirib, g'ayritabiiy mubolag'a vositasida lof qiladi. Ikkinchi taraf birinchi
lofchining mubolag'asini inkor qilmaydi va uni tasdiqlaydi. Ammo ikkinchi lofchi shunday
javob qaytarishi kerakki, odamlarni hayratga soladigan, kulgu uyg'otadigan javob bo'lishi
kerak. Bunda esa lofchilardan topqirlik, zukkolik va so'zga chechanlik talab qilinadi. Masalan:

Qo'qonlik Xudoyorxon zamonasining mashhur qiziqchi va lofchilaridan Zokirgov,

toshkentlik lofchilardan Jo'ra Nilgarning uyiga mehmonga kelmoqchi bo'libdi. Bu sayohatdan
maqsad Jo'ra Nilgarni lofda yengmoqlik ekan, Toshkentga kelib, uning eshigini qoqibdi . Eshik
orqasidan avvaliga “Huv-v-v “ , degan xipcha ovoz eshitilib, orqasidan eshikning zulfini tushib
sakkiz-to'qqiz yoshlardagi jamalak-jinni bir qiz ko'rinibdi.

-Achchalomalaytum, teling, amati?
-San kimning qizisan?
- Jo'yavoyning.
- Dadang qayerda?
-Samarqandda tetganlar.
-Nima ishga?
- Sharifjon amatim bilan gaplashgani.
-E, attang, attang,- debdi Zokirgov, - bo'lmasa ayangga kirib ayt: men dadangning òrtog'i

qo'qonlik Zokirgov bo'laman. Sizlarni ko'rgali kelib edim, qo'lim quruq emas.Sizlarga bir gilam
sovg'a qilmoqchi edim. Gilamning bir boshi Toshkanning O'qchi darvozasiga kirib keldi, etagini
Qo'qonda yig'ishtirishyapti. Ana shunaqa, qizim...

Shunda qizgina Zokirgovning bo'ynidan achomlab:
-Voy amatidinamdan aylanay! Yaqinda tandir yopqichimizga cho'g' tushib o'yilib qolgan

edi. Sizning sovg'a gilamingiz shu joyga yamoqqa yetar ekan,- debdi.

Shunda Zokirgov: E- qa qizining lofi shu bòlsa, dadasi bilan gaplashib bo'pman, - deb

Qo'qonga qaytib ketibdi.

Loflarning mavzusi rang-barang bo'lib, xalq maishiy hayotidagi turli lavhalar, voqea-

hodisalarga asoslangan holda kulgu ostida tasvirlanadi. Bu lavhalar ba'zi o'rinlarda ijobiy
holda tasvirlansa, ba'zi o'rinlarda esa salbiy holda fosh etiladi. Loflarning hajmi cheklangan:
ikki-uch, uch-to'rt jumladan iborat bo'ladi. Lofchilarning so'zamollik bobidagi tortishuvi
bevosita lofni yuzaga keltiradi. Loflarda hech qanday kirish qism bo'lmaydi. Sujet yechimi esa
boshqa hajviy janrlar singari favqulodda yuz beradi. Bir misol keltirib izohlasak:

Bir lofchi ikkinchi bir lofchining uyini taqillatdi. Lofchi chiqib so'radi:
- Men bilan chandishaman, deysan, yoshing nechada?


background image

Page 65

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

-Odam Atodan yetti muchal kattaman,- deb javob berdi chaqirib kelgan lofchi. Bu

javobdan ikkinchi lofchi ho'ngrab yig'lay boshladi.

-Nega muncha to'lib yig'layapsiz?
-Sen tug’ilgan yili mening bir uylik- joylik o'g'lim o'lgan edi, shu esimga tushib ketdi,- dedi

ikkinchisi

[4, 104].

Mazkur lofda eshikni taqillatgan lofchi bir vaqtni aytdiki, undan oldingi muddatni topish

mumkin emasdek tuyuladi. Chunki Odam Ato odamzodning birinchi vakilidir. Birinchi lofchi
o'zini Odam Atodan ham yoshi katta ekanligini aytdi. Ikkinchi lofchi esa hozirjavoblik va
so'zga chechanlik bilan javob qaytarib, birinchi lofchining so'zini yanada bo'rttirib aytdi.

Folklorshunos Omonulla Madayev to’g’ri ta’kidlaganidek:”Latifalarda, lofda, askiyada

kulgiga sabab bo’lgan jumlani kashfiyot darajasida baholash mumkin. Ularni o’ylab topgan
shaxs katta hayot tajribasiga ega bo’ladi, ayniqsa, vaziyatni to’g’ri baholab kulgi hosil qilish
mahoratini namoyish etadi. Buning uchun u til boyligidan ham yaxshi foydalana olish
fazilatiga ega bo’lishi zarur” [1, 222].

Natijalar

“Xalq loflari”ni maktab darsliklarida qanday metodlar va usullar orqali bolalarga

yetkazishimiz mumkin degan savolga quyida javob topamiz. Hozirgi kunda o'quvchilarni
darslarga qiziqtirish, darsda faolligini oshirish maqsadida biz pedagoglar darslarda turli xil
zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishimiz lozim.”Bumerang -2 “ metodi o’quvchilarga
tanqidiy fikrlash, ularda mantiqni shakllantirishga imkon yaratadi, shuningdek, ularning
xotirasini mustahkamlab, g’oyalarini, fikrlarini, dalillarini yozma va og’zaki shakllarda bayon
qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Bu metod quyidagicha o’tkaziladi. Mashg’ulotni o’tkazish uchun A-3, A-4 formatdagi

qog’oz varaqlar va flomaster kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarning umumiy soniga qarab,
3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi. Har bir qog’ozning yuqori qismida yozuvi bor
bo’lgan varaqlarni o’quvchilarga tarqatadi(Masalan, “Loflar – bu “, “Loflarga misollar “ va
boshqalar ). O’qituvchi kichik guruhlarga tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrning
davomini faqat uch fikr bilan davom ettirishlarini uqtiradi va ma’lum vaqt belgilaydi.
O’quvchilar birin-ketin fikrlarni davom ettiradi. Vaqt tugagach, guruhlardan bittadan a’zo
chiqib varoqdagi so’zlarni o’qiydi. O'quvchilar to'g'ri javoblariga qarab baholanadi.

Muhokama

Maktab darsliklarida xalq loflariga bosqichma-bosqich o‘rin berilishi kerak deb

o'ylayman. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf darsliklarida o‘quvchilarning yoshiga mos, tushunarli va
kulgili mazmundagi loflar tanlanishi kerak. Yuqori sinflarda esa loflar orqali ijtimoiy tahlil,
obraz tahlili, g‘oya va badiiy vositalarni aniqlash kabi mashqlar amalga oshirilsa, maqsadga
muvofiq bo'ladi.

Bugungi zamonaviy darslarda xalq loflarini o‘qitishda quyidagi metodik usullar

qo'llanilishi mumkin:

Rolli o‘yinlar: o‘quvchilar loflarni sahnalashtirish orqali o‘zlashtiradi;

Savol-javoblar: mazmunni chuqur anglashga xizmat qiladi;

Rasm chizish yoki dialog tuzish: obrazlarni tasavvur qilish va ijodiy fikrlashni

rag‘batlantiradi;

Yangi loflar yaratish: o‘quvchilarning mustaqil ijod qilishiga yo‘l ochadi.

Xalq loflarining maktab darsliklarida o‘qitilishi aniq foizlarda samara beradi deb aytish


background image

Page 66

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

biroz qiyin, chunki bu holat ko‘plab omillarga bog‘liq: dars berish metodikasi, o‘qituvchining
mahorati, o‘quvchilarning yoshi, darslikdagi matnlar sifati va hokazo. Shunga qaramay,
tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar asosida shuni aytish mumkinki:

Agar xalq loflari to‘g‘ri metodik yondashuv bilan, ya’ni sahnalashtirish, muhokama,

ijodiy topshiriqlar bilan o‘qitilsa, bu 70-80% gacha ijobiy ta’sir beradi. Bu ta’sir
o‘quvchilarning til boyligi, axloqiy dunyoqarashi va xalq ijodiga bo‘lgan qiziqishi orqali
o‘lchanadi. Ammo faqat matnni o‘qish bilan cheklanilsa, bu samaradorlik 40-50% atrofida
bo‘lishi mumkin.

Xulosa

O’zbek latifalari va loflari o’zining uzoq yillik tarixi davomida xalqimiz ma’naviyatining

o’sishiga barakali ta’sir qilib keladi. Hayotda uchrab turadigan ayrim nuqson va
kamchiliklarni, yomon odatlarni tuzatishda, yosh avlodni umumbashariy qadriyatlar,
insoniylik ruhida tarbiyalashda latifa va loflarning, shubhasiz, o’rni beqiyosdir. Shunday qilib,
loflarda o'zbekning kulgiga moyil xalq ekani yana bir bor namoyon bo'ladi. Loflar
xalqimizning zukkoligini, fikrlash chegarasi beqiyos ekanligini, so'zga chechan va
hozirjavobligini dalillovchi janrlardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirzayev .T, Turdimov.Sh , Jo’rayev .M, Eshonqulov .J , Tilavov .A . O ‘zbek folklori. –
Toshkent :”MALIK PRINT CO “, 2021. -B .221-222.
2. Murodova M . Folklor va etnografiya. -Toshkent .2006 . -B.70.
3. Masharipova Z. O’zbek xalq og’zaki ijodi .-Toshkent .2007.-B 109-110.
4. Madayev O. O'zbek xalq ogʻzaki ijodi. -Toshkent :"Mumtoz Soʻz" .2010.
5. Ишмухамедов Р, Юлдашев М .Таьлим ва тарбияда инновацион педагогик
технологиялар. - Тошкент.2013.
6. Xalq ijodi boyligidan:Loflar .https://kh-davron.uz/kutubxona /uzbek /xalq -ijodi -
boyligidan -loflar.html.
7. Loflar. https://arxiv .uz/uz/documents/referatlar/adabiyotlar/loflar.
8. Xalq ijodi boyligidan: Loflar. Https://kh-davron.uz/kutubxona/Uzbek/xalq-ijodi-
boyligidan-loflar .html

Библиографические ссылки

Mirzayev .T, Turdimov.Sh , Jo’rayev .M, Eshonqulov .J , Tilavov .A . O ‘zbek folklori. – Toshkent :”MALIK PRINT CO “, 2021. -B .221-222.

Murodova M . Folklor va etnografiya. -Toshkent .2006 . -B.70.

Masharipova Z. O’zbek xalq og’zaki ijodi .-Toshkent .2007.-B 109-110.

Madayev O. O'zbek xalq ogʻzaki ijodi. -Toshkent :"Mumtoz Soʻz" .2010.

Ишмухамедов Р, Юлдашев М .Таьлим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар. - Тошкент.2013.

Xalq ijodi boyligidan:Loflar .https://kh-davron.uz/kutubxona /uzbek /xalq -ijodi -boyligidan -loflar.html.

Loflar. https://arxiv .uz/uz/documents/referatlar/adabiyotlar/loflar.

Xalq ijodi boyligidan: Loflar. Https://kh-davron.uz/kutubxona/Uzbek/xalq-ijodi-boyligidan-loflar .html