Авторы

  • Sojida Mustafoyeva
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126368

Ключевые слова:

Kuntug‘mish dostoni xalq og‘zaki ijodi maktab adabiyoti doston janri adabiy ta’lim interfaol metodlar badiiy tahlil tarbiyaviy ahamiyat o‘quvchi faolligi milliy qadriyatlar dars samaradorligi.

Аннотация

Mazkur maqolada “Kuntug‘mish” xalq dostonining  maktab darsliklarida o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Unda dostonning mazmuni, badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi va undagi milliy qadriyatlarning o‘quvchilarga yetkazilish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, dostonni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish, rolli o‘yinlar, matn tahlili, savol-javoblar, guruhlarda ishlash kabi samarali yondashuvlar haqida fikr yuritiladi. Doston orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, jasorat, sadoqat kabi tuyg‘ularni shakllantirish, xalq og‘zaki ijodining o‘rni va ahamiyatini anglatish asosiy maqsad sifatida belgilanadi. Ishda shuningdek, darsliklardagi topshiriqlar tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


background image

Page 48

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

“KUNTUG‘MUSH” DOSTONINING O‘QITILISHI

Mustafoyeva Sojida

mustafoyevasojida082@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand

davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227396


ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 10- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 16- Aprel 2025 yil

Mazkur maqolada “Kuntug‘mish” xalq dostonining
maktab darsliklarida o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi.
Unda dostonning mazmuni, badiiy xususiyatlari,
obrazlar tizimi va undagi milliy qadriyatlarning
o‘quvchilarga yetkazilish usullari ko‘rib chiqiladi.
Maqolada shuningdek, dostonni o‘qitishda interfaol
metodlardan foydalanish, rolli o‘yinlar, matn tahlili,
savol-javoblar, guruhlarda ishlash kabi samarali
yondashuvlar haqida fikr yuritiladi. Doston orqali
o‘quvchilarda vatanparvarlik, jasorat, sadoqat kabi
tuyg‘ularni shakllantirish, xalq og‘zaki ijodining o‘rni
va ahamiyatini anglatish asosiy maqsad sifatida
belgilanadi.

Ishda

shuningdek,

darsliklardagi

topshiriqlar

tahlil

qilinib,

ularni

yanada

takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

KEY WORDS

Kuntug‘mish dostoni, xalq og‘zaki
ijodi, maktab adabiyoti, doston
janri, adabiy ta’lim, interfaol
metodlar, badiiy tahlil, tarbiyaviy
ahamiyat, o‘quvchi faolligi, milliy
qadriyatlar, dars samaradorligi.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asrlar davomida xalqning hayot tarzini, dunyoqarashini, orzu-

umidlarini, axloqiy-ahloviy qadriyatlarini o‘zida aks ettirib kelgan bebaho ma’naviy meros
hisoblanadi. Ushbu boy an’anaviy ijod namunalari orasida dostonlar alohida o‘rin egallaydi.
Ayniqsa, “Kuntug‘mish” dostoni xalqimizning g‘ururi, jasorati, donishmandligi, sadoqati va
vafodorligi kabi ijobiy xislatlarini o‘zida mujassam etgan asar sifatida maktab adabiyot
darslarida muhim o‘rin tutadi. Ushbu doston o‘quvchilarga nafaqat xalq og‘zaki ijodining
o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini o‘rgatadi, balki ularning ma’naviy kamolotiga, milliy o‘zlikni
anglashlariga, vatanga muhabbat va insoniy fazilatlarni qadrlashlariga xizmat qiladi. Shu
sababli “Kuntug‘mish” dostonini maktabda o‘qitish metodikasini chuqur o‘rganish, uni
zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida talqin qilish, interfaol va ijodiy metodlar orqali
samarali o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ilmiy ishda “Kuntug‘mish” dostonining
8-sinf adabiyot darsligi asosida o‘tilish metodikasi, o‘quvchilarda dostonni o‘qishga bo‘lgan
qiziqishni uyg‘otish, matn ustida ishlash va uning g‘oyaviy-badiiy tahlilini amalga oshirish
usullari o‘rganiladi. Shu bilan birga, doston asosida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va
milliy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham tahlil etiladi.

Kuntugʻmish — oʻzbek xalq dostoni Nurmon Abdivoy oʻgʻli, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli,

Egamberdi Ollamurod oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli va boshqa baxshilardan yozib olingan.
Ergash shoir va Bekmurod baxshi variantlari nashr etilgan. 12-asrgacha Turkiston va Talas


background image

Page 49

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

atrofida yashagan turk-oʻgʻiz qabilalarining turli vaql, afsova va tarixiy qoʻshiqlari zaminida,
qadimiy oʻgʻiz epik anʼanalari asosida paydo boʻlgan. Dostonda noʻgʻaylar podshosi Avliyoyi
Qoraxonning oʻgʻli bilan Zangar shahri vazirining qizi Xolbeka orasidagi sevgi hikoya etiladi.
„Kuntugʻmish“ mukammal kompozitsion birlikka ega. Unda zulm va haqsizlik
qoralangan, sevgi, vafo, sadoqat va adolat ulugʻlangan. „Kuntugʻmish“ning yozib olingan turli
variantlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi.
Doston „Bulbul taronalari“ „Oʻzbek xalq ijodi“ kabi toʻplamlarga kiritilgan. H.T.Zarifov,
V.M.Jirmunskiy, M.Saidov, T.Mirzayev va boshqa tomonidan tadqiq qilingan. “Kuntug‘mish”
dostoning maktabda o‘qitilishida quyidagi “Sana” metoddan foydalansa maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bu metod orqali o‘quvchilar doston qahramonlarini yaxshi tanib olishadi.

“SANA” metodi


















O‘zbek xalq og‘zaki ijodi – bu xalqning asrlar davomida shakllangan ma’naviy, axloqiy va

estetik qarashlarining ifodasidir. Doston janri esa bu ijodning eng yorqin, badiiy jihatdan
mukammal namunalaridan biri bo‘lib, xalqning orzu-umidlari, qahramonlik ruhi, e’tiqodi va
qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Ana shunday dostonlardan biri bo‘lgan “Kuntug‘mish”
dostoni o‘zining yuksak badiiy saviyasi, chuqur g‘oyaviy mazmuni, milliy qadriyatlarga boyligi
bilan maktab adabiyoti darsliklarida o‘qitilishi zarur bo‘lgan muhim asarlardan hisoblanadi.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, “Kuntug‘mish” dostoni orqali o‘quvchilarda faqatgina
adabiy bilim emas, balki hayotiy tajriba, axloqiy qarashlar, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi
kurash mohiyatini tushunish, o‘z fikrini erkin ifoda etish, tahlil qilish, xulosalash kabi
ko‘nikmalar ham shakllanadi. Ayniqsa, doston qahramonlarining xarakteri, harakatlari va ular
orqali berilayotgan axloqiy saboqlar maktab yoshidagi o‘quvchilar tarbiyasida muhim o‘rin
tutadi. Shuningdek, dostonni o‘qitishda an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda, zamonaviy
interfaol metodlardan – klaster, aqliy hujum, rolli o‘yinlar, dramatizatsiya, “Insert”, “B-B-B”,
sahnalashtirish, jamoaviy ishlar kabi metodlardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi, ularni faol fikrlashga undaydi. Bu esa o‘qitishning samaradorligini

“Kuntug’mish”

dostoni

qahramonlari

Kuntug‘mish

Xolmo‘min

Xolbeka

Mohiboy

Bug‘raxon

Gurkiboy


background image

Page 50

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

oshirib, o‘quvchi shaxsining har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Dostonni o‘qitish
orqali nafaqat adabiy-estetik ta’lim, balki tarbiyaviy maqsadlar – vatanparvarlik, xalq og‘zaki
ijodiga hurmat, milliy o‘zlikni anglash, ota-onaga hurmat, halollik va jasorat tuyg‘ulari
singdiriladi. Shu bois “Kuntug‘mish” dostonining o‘qitilishi o‘quvchilarning faqatgina bilim
saviyasini oshirish emas, balki ma’naviy kamoloti, ijtimoiy faolligi, badiiy tafakkurini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi kuchli manbadir.

Xulosa qilib aytganda, “Kuntug‘mish” dostoni – o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng yuksak

namunalaridan biri sifatida maktab ta’limida chuqur o‘rganilishi, zamonaviy usullarda
o‘rgatilishi lozim bo‘lgan muhim pedagogik vositadir. Uning o‘quvchilarga badiiy-estetik zavq
bag‘ishlashi, axloqiy tarbiya berishi va shaxsiy rivojlanishga ko‘maklashuvi bu asarning
dolzarbligini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Asqarova A. va boshq. Adabiyot: 8-sinf uchun darslik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

adabiyot va san’at nashriyoti, 2019. – 256 b.
2.

Kuntug‘mish: Doston / nashrga tayyorlovchi: M. Islomov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom

nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1975. – 264 b.
3.

Mirzayev T., Turdimov Sh., Jo‘rayev M., Eshonqulov J., Tilavov A. O‘zbek folklori: darslik. –

Toshkent: Fan, 2021. – 368 b.
4.

Tohirova M. “Kuntug‘mish” dostonining millat ruhiyatini aks ettirishdagi o‘rni //

Zamonaviy fan va ta’lim yangiliklari: xalqaro ilmiy jurnal, 2024.

Библиографические ссылки

Asqarova A. va boshq. Adabiyot: 8-sinf uchun darslik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2019. – 256 b.

Kuntug‘mish: Doston / nashrga tayyorlovchi: M. Islomov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1975. – 264 b.

Mirzayev T., Turdimov Sh., Jo‘rayev M., Eshonqulov J., Tilavov A. O‘zbek folklori: darslik. – Toshkent: Fan, 2021. – 368 b.

Tohirova M. “Kuntug‘mish” dostonining millat ruhiyatini aks ettirishdagi o‘rni // Zamonaviy fan va ta’lim yangiliklari: xalqaro ilmiy jurnal, 2024.