Авторы

  • S.U. Patxullayev
    Dotsent Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti
  • Sh.Sh. Farmonov
    Talaba Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126390

Ключевые слова:

Xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tomonidan yozilgan tarixiy roman oybekning badiiy-estetik qarashlari sotsialistik realizm o‘zbek adabiy tanqidchiligi munaqqid tahlili davrlashtirish.

Аннотация

Ushbu maqolada Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning asari yuzasidan mulohazalar ilmiy nazariy tahlil qilingan.


background image

Page 26

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK HAYOTI VA IJODI

S.U.Patxullayev

Dotsent

Sh.Sh.Farmonov

Talaba

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15195385

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 07- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 11- Aprel 2025 yil

Ushbu maqolada Muso Toshmuhammad o’g’li
Oybekning asari yuzasidan mulohazalar ilmiy nazariy
tahlil qilingan.

KEY WORDS

Xalq

yozuvchisi

Muso

Toshmuhammad

oʻgʻli

Oybek

tomonidan yozilgan tarixiy roman,
oybekning

badiiy-estetik

qarashlari, sotsialistik realizm,
o‘zbek

adabiy

tanqidchiligi,

munaqqid tahlili, davrlashtirish.

Shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek

1905- yil 10-yanvar kuni Toshkentda hunarmand-bo’zchi oilasida tavallud topgan.

Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori

Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot
olgan. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach
(1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad
xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana
Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930). Oybek mehnat faoliyatini
talabalik yillaridan boshlab, oʻrta maktab, texnikum va ishchilar fakultetlarida (1925-1927),
Xalq xoʻjaligi, Qishloq xoʻjalik va Pedagogika institutlarida til va adabiyot fanlaridan dars
beradi, Toshkent institutining iqtisod fakultetida esa assistent sifatida xizmat qiladi (1930-
1935). Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (1933) va Fanlar komiteti
huzuridagi Til va adabiyot institutida (1934-1937) ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. 1937-yilda
Sovet davlati qatagʻon siyosatining avj olishi Oybekning „millatchi“ va „milliy ittiqodchilar“ga
xayrixoh kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi boʻladi.
Kambagʻal oiladan chiqqanligi va internatda tarbiyalanganligi tufayli qatagʻondan omon
qolgan Oybek 1938-yil oxiridagina Oʻzbekiston oʻquv-pedagogika nashriyotiga tarjimon-
muharrir sifatida ishga qabul qilinadi.

Adabiyotshunoslik, tanqidchilik, badiiy ijod taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan

ijodkorlar orasida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning o‘rni alohida. Uning chuqur
mushohada va tahlilga asoslangan ilmiy ishlari bugungi kunga qadar adabiyotimiz rivoji
uchun xizmat qilib kelmoqda. Oybekning ilmiy ishlari va adabiy-tanqidiy maqolalari xuddi

badiiy asardek ehtiyoj farzandlari, zarurat


background image

Page 27

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

xosilasi sifatida maydonga keldi. Oybek xalq tili boyligini ruhini mukammal bilgan va ulardan
ustalik bilan foydalana oladigan san’atkor bo‘lgan. Yozuvchini niyatini, nimaga urg‘u
berayotganini anglatishda ayrim so‘zlar alohida funksiya o‘tashi tabiiy.

Bunday so‘zlar ijobiy qahramon nutqida ham, salbiy qahramon nutqida ham, go‘zallikni,

xunuklikni xarakterlashda ham qo‘llaniladi va ma’noni yorqin namoyon etishga, tasvirni
ixchamlashtirishga katta imkoniyat beradi. Oybek xalq tilidagi mavjud so‘zlarni mohirona
tanlaydi, saralaydi, nutq davrasida alohida yuk ko‘taruvchi elementni topib ishlatadi.

"Quyosh qoraymas"

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad

oʻgʻli Oybek ijodiga mansub 1943-1957-yillarda yozilgan roman. Adib „Quyosh qoraymas“
romanida Bektemir ismli askar va uning ikki doʻsti misolida SSSRning tayyorgarliksiz urushga
kirgani va rahbarlarning qoʻpol xatolari tufayli turli xalqlardan boʻlgan millionlab kishilar, shu
jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ boʻlgani haqidagi haqiqatni badiiy
mujassamlantirib bergan. Romanning ilk variantidan parchalar „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida
va „Sharq yulduzi“ jurnalida eʼlon qilib borilgan. Asar 1971-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi
adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1977-yilda esa Oʻqituvchi nashriyoti tomonidan
roman 120 000 nusxada bosib chiqarilgan. Soʻnggi marotaba 2020-2021-yillarda Yangi Asr
Avlodi nashriyotida nashr etilgan.

“Oltin vodiydan shabadalar”

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli

Oybek qalamiga mansub roman. Ilk marotaba Qizil gazetasining 1949-yil 6-noyabrdagi sonida
romandan parchalar eʼlon qilingan. Toʻliq tarzda esa 1959-yilda Oybekning toʻrt
tomlik Tanlangan asarlari bilan birga nashr etilgan. Roman 1971-yil Gʻafur Gʻulom nomidagi
adabiyot va sanʼat nashriyoti tomonidan 528 betli qattiq muqovada, 1976-yilda Fan
nashriyotida 544 betli qattiq muqovada 5000 nusxada nashr etigan. Soʻnggi marotaba 2019-
yil Yangi Asr Avlodi nashriyotida lotin yozuvida chop etildi. Oltin vodiydan shabadalar yangi
davr adabiyotida katta hajmdagi roman boʻlib, unda oʻzbek xalqining yaqin oʻtmishi, turmush
tarzi, har qanday ogʻir vaziyatda ham oʻz irodasini koʻrsata oluvchi xalq ekanligi va oʻzbek
millatiga mansub mehnatkash kishilarning betakror fazilatlari tasvirlangan.

Navoiy romani

1942-yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli

Oybek tomonidan yozilgan tarixiy roman. Oybekning ushbu romanida Navoiyning hayot yoʻli,
oʻsha davrdagi hayot va murakkab siyosiy voqealar aks ettirilgan. Roman turli qarama-
qarshiliklar va muhokamalardan soʻng ilk marotaba 1944-yilda nashr etilgan.

Navoiy-

Alisher Navoiy, shoir va mutaffakir olim, asardagi barcha personajlar unga

bogʻlangan.

Nizomulmulk, Majididdin, Moʻmin Mirzo, Arslonqul, Sultonmurod, Dildor, Toʻgʻonbek,

Shayx Bahlul, Valibek, Xoʻja Afzal, Darveshali, Zayniddin, Alovuddin Mahshadiy, Xoʻja Abdulla
Marvoriy

Husayn Boyqaro

Xuroson hukumdori,

Badiuzzamon-

Boyqaroning oʻgʻli (Navoiy unga qarata „Sizlarda Iskandarning soyasi

ham yoʻq. Sizlar uning navkarlariga xam arzimaysizlar deya nadomat qilgan)

Asarlarni tahlil qilishda biografik metod ham mavjud Bu metodga fransuz

adabiyotshunosi va adibi Sharl Byor asos solgan deb e'tirof etiladi. Ushbu metodda adib
hayotiga daxldor qismlar aniqlanadi va tahlil qilinadi Ko'rinadiki, bu metoddan foydalanish
uchun, albatta,asar muallifi hayotidan xabardor bo'lishimiz kerak. Buning uchun biz biografik
asarlarga murojaat qilamiz. O zbek adabiyotshunosligida esdalik, biografik asarlar mumtoz


background image

Page 28

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

adabiyotda ham yozilgan bo'lsa-da, XX asrga kelib rivojlandi va uning yuksak namunalarini
A.Qahhor Ayniy, Oybek kabi o'zbek so'z san'atkorlari yaratgan edi Bular orasida Oybekning
"Bolalik"("Bolalik xotiralarim "biografik qissasi mashhurdir. Ushbu asarda, Oybekning Bolalik
yillari ochiq-oydin haqqoniy, badiiy yaqinda go'zal tasvirlangan.

"Bola boshidan" deganlaridek Oybek ham juda yosh, besh-olti yoshidan opasi Karomat

bilan birgalikda Fuzuliy g'azallarini yod olgan ularni qanchalik yoqtirishini "sevaman so'zi
bilan ifodalagan.U"Men Fuzuliyni sevaman "deydi Bu orqali adib o'sha paytdanoq adabiyotini
shunchaki yoqtirishi yoki moyilligi bo'lganini emas,chin yuragi bilan unga oshno bo'lganini
anglaymiz. Musanning sho'x, shaddod,bir muncha qaysar blga ini (buni o'qituvchisi yog'li
non,pul, palovdan hech bo'lmasa birini olib bormasa qo'ymasligidan sezish mumkin, yana
boshqa ko'plab o'rinlarda)bilib olamiz. Shunga qaramay u bolalik chog'idanoq san'atga mehr
qo'yganini ko'rish mumkin.

Masalan,uning asarida tasvirlashicha o'sha davrda Ramazon oyida erta tongda bir tomga

chiqib nog'ora chalingan, Musa esa do'stlari bilan tomosha qilgan va nog'oraga ishtiyoqi ochib
onasidan 40tiyn(2 tanga) undirib chaqqon,gapga chechan uddaburon do'sti Turg'un bilan
borib kichkina nog'ora olib keladi, shuningdek o'sha davrda (Musa katta bo'lib qolgan paytlar
Toshkent jadidchilik markazi bo'lgani ma'lum va ular turli joylarda va'zlar o'qib targ'ibot qilib
borganlar. Bunday va'zlardan biriga Musa do'sti Turg'un bilan boradi Turg'un bunday
narsalarga toqat qilolmas,qizimas Musani o'yinga yo boshqa ishga undaydi In Musa
shunchalar berilib va'zga quloq soladiki Turg'unga e'tibor ham bermaydi. Va'zxonning ba'zi
gaplariga tushunmasa ham mazmunini anglashga harakat qiladi.bundan tashqari Musa
kichkinaligidan boo-boo area,cho'l-biyobonlarga tog'larga chiqishni yaxshi ko'rar uzoq
safarlar ham uning joni dili edi. Agarda otasi Toshmuhammad aka ularni Yangiobodga
chaqirib qolsa, o'zida yo'q sevinar tezroq borishni mushtoq bo'lib kutardi. Otasi bilan tog'ga
dam olgani ketayotganda ham juda quvongan afsuski,otdan yiqilib oyog'i lat yegani tufayli bu
baxtga erishilmagan edi. Shunday bo'lsa-da otasi o'g'lida ikodkor qalbi borligini his qilib bir
dasta gul olib keladi.

Uning zehni tez.aqli ham joyida edi. Maktabga endi borgan kunidan boshlab alifboni

haftiyakni ham sharros aytib berishi, yoshligida katta yoshli yaxshi bilimli o'quvchilarga
ularga o'rgatosh aytilganda norozilik qilganligi, ammo vaqt o'tib o'zi ham shu darajaga, ya'ni
yosh bolalarga o'rgatishini so'raganida mamnuniyat bilan qabul qilib,chin ko'ngildan bajarishi
uning naqadar ochiq-oydin, aqlli, ustoziga bo'lgan hurmati ko'rinib turadi. Shu bilan birga biz
uni juda aqlli orthosis deb tasavvur eta olmaymiz. Chunki o'zi tasvirlaganidek, boshqa bolalar
bilan birgalikda,o'qituvchi chiqishi bilan to'polon qilib hammayoqni changitib o'ynab ketishi
uning bir muncha sho'x ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan birga Oybek qiziquvchan va ziyrak
bo'lganini ham uning qayerdadir biror voqea yoki janjal bo'layotganini eshitsa,o'zidek
qiziquvchan do'sti Turg'un bilan yetib borishi va onasi buvisi va opasiga barchasini oqizmay-
tomizmay aytib berishidan bilish mumkin.

Bu asar davomidagi bir voqea, ya'ni bobosining oldiga bir kampirning kelib arz dod

qilishi o'sha davrning jamiyatning qanday ahvolda ekanligini ochib beradi. Buni G'afur
G'ulomning "Shum bola qissasida ham ko'rishimiz mumkin

Asar oxirida esa Musa Xadradagi yangi maktabda o'qishni boshlaganini uning bolalik

davri yakuniga yetganidan dalolat beradi. Adib o'zining bolaligini shunday xotirlaydi.


background image

Page 29

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Sultonova M. Abdulla Qahhor uslubi. Fan, 1967. – 136 b.
2. Sadullo Quronov. “O’tmishdan ertaklar” qissasining yuragi. ziyo.com
3. Abdulla Qahhor.O'tmishdan ertaklar. «Sharq» nashriyoti. Toshkent— 2005.
4. Zarifa Saidnosirova . Oybegim mening.«Sharq» nashriyoti. Toshkent— 2005.
5. Naim Karimov. Oybek va Zarifa. “Yangi asr avlodi”. Toshkent— 2005.
6. Oybek. Bolalik xotiralarim. “Yangi asr avlodi”. Toshkent— 2019.

Библиографические ссылки

Sultonova M. Abdulla Qahhor uslubi. Fan, 1967. – 136 b.

Sadullo Quronov. “O’tmishdan ertaklar” qissasining yuragi. ziyo.com

Abdulla Qahhor.O'tmishdan ertaklar. «Sharq» nashriyoti. Toshkent— 2005.

Zarifa Saidnosirova . Oybegim mening.«Sharq» nashriyoti. Toshkent— 2005.

Naim Karimov. Oybek va Zarifa. “Yangi asr avlodi”. Toshkent— 2005.

Oybek. Bolalik xotiralarim. “Yangi asr avlodi”. Toshkent— 2019.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)