Авторы

  • Sh. Keldiyeva
    Andijon davlat pedagogika inisituti ijtimoiy va amaliy fanlar kanfedrasi o’qtuvchisi
  • Karomatillo Nasritdinov
    Andijon davlat pedagogika inisituti ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti o’quvchilari
  • Sevara Muzaffarova
    Andijon davlat pedagogika inisituti ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti o’quvchilari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126414

Ключевые слова:

O’zbek millati Urug’ Qabila Elat Etnik Xalq Sug’diylar Baqrtyaliklar Xorazmiylar Saklar Qang’ Massagetlar sug’orma dehqonchilik Oltoy Yettisuv komponentlar kaltaminor madanyati suvyorgan madanyati

Аннотация

O'zbek xalqining shakllanishi tarixi uzoq va murakkab jarayon bo'lib, bir necha asrlar davomida turli etnik guruhlar, madaniyatlar va tarixiy hodisalar ta'sirida rivojlangan. Turk, mo'g'ul, arab va boshqa xalqlar ta'sirida O'zbek xalqi o'ziga xos madaniyat, urf-odatlar va tilni rivojlantirgan. Ushbu jarayon O'zbekiston hududida joylashgan qadimiy shaharlar va davlatlarning tarixi, jumladan, Xorazm, Movarounnahr va Sog'd kabi hududlarda o'z izini qoldirdi.


background image

Page 171

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

O’ZBEK XALQINING SHAKLLANISH JARAYONI

Keldiyeva Sh.

Andijon davlat pedagogika inisituti ijtimoiy

va amaliy fanlar kanfedrasi o’qtuvchisi

Nasritdinov Karomatillo

Muzaffarova Sevara

Andijon davlat pedagogika inisituti ijtimoiy

va amaliy fanlar fakulteti o’quvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15314219

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 25- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 30- Aprel 2025 yil

O'zbek xalqining shakllanishi tarixi uzoq va murakkab
jarayon bo'lib, bir necha asrlar davomida turli etnik
guruhlar, madaniyatlar va tarixiy hodisalar ta'sirida
rivojlangan. Turk, mo'g'ul, arab va boshqa xalqlar
ta'sirida O'zbek xalqi o'ziga xos madaniyat, urf-odatlar
va tilni rivojlantirgan. Ushbu jarayon O'zbekiston
hududida

joylashgan

qadimiy

shaharlar

va

davlatlarning tarixi, jumladan, Xorazm, Movarounnahr
va Sog'd kabi hududlarda o'z izini qoldirdi.

KEY WORDS

O’zbek millati, Urug’, Qabila, Elat,
Etnik,

Xalq,

Sug’diylar,

Baqrtyaliklar, Xorazmiylar, Saklar,
Qang’, Massagetlar, sug’orma
dehqonchilik,

Oltoy,

Yettisuv,

komponentlar,

kaltaminor

madanyati, suvyorgan madanyati,

O’zbek xalqi O’rta osiyoning markaziy viloyatlari- Movarounnahrda, xorazmda Yetti

suvda, qisman Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalarida shakllangan. Shuni takidlab o’tish
kerakki o’lkamizning qadimgi aholisi tosh va bronza davrlarida qanday nom bilan
atalganliklari hozirgacha noma’lum. Ko’p manbalarda guvohlik berilishicha miloddan avvalgi
VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida sug’diylar, baqtiryaliklar(baxtariylar),xorazmiylar, sak
va massaget elatlari yashagan. Ular O’zbek halqining ham ajdodi hisoblanadi. Zarafshon va
qashqadaryo voxasida sug’diylar, Afg’onistonning shimoli, Tojigistonning janubiy hududlarida
baqtiryaliklar, Amudaryoning quyi oqimi qismida Xorazmiylar, O’rta Osiyo va Sharqiy
Turkistonning shimoli sharqiy hududlarida Saklar va Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol
dengizi atroflari, Amudaryo va sirdaryoning quyi oqimida miloddan avvalgi VIII-IV asrlarda
Massagetlar yashagan.

O’zbek xalqining asosini tashkil etgan etnik guruhlar haqida fikr yuritilganda, hozirgi

O’zbekiston hududida qadimdan o’troq yashab , sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik
bilan shug’ullanib kelgan mahalliy sug’diylar, baqtriylar (baxtariylar) xorazmiylar,
fag’onaliklar, yarim chorvador qang’lilar, ko’chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar
tashkil etganini tushunmoq kerak. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, yettisuv, Sharqiy
Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo’ylaridan turli davrlrda Movarounnahrga kirib
kelgan etnik komponentlar ham o’zbek etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan ma’lum.

O’zbeklarning etnik tarixi uning etnigenezi kabi uzoq davom etadigon etnomadaniy

madaniy jarayon bo’lib, bu jarayon to XIX asrning o’rtalarigacha davom etadi. O’zbek etnik
tarixida XV asr oxiri XVI asrlar ham muhim hisoblanadi. Ushbu bosqichda O’rta Osiyoga

mang’it, qo’ng’irot, nayman, uyg’ur, saroy,


background image

Page 172

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

qatagon, qushchi, do’rmon, kenegaz, qirq, yuz, ming, bahrin va boshqa Dashli Qipchoq o’zbek
etnik guruhlarining navbatdagi to’lqini kirib keldi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik
qiyofasida ularning alomatlari faollashgan.

O'zbek xalqi etnogenezining boshlanishi bronza davriga borib taqaladi arxeologik

tahlillarga ko'ra, bu bosqich miloddan avvalgi II ming yillikning o'rtalaridan to makedoniyalik
Iskandarning O'rta Osiyo hududiga kirib kelishiga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu
davr, o'z navbatida, qator tarixiy voqeliklar bilan xarakterlanadi. Yevroosiyo chollarining
chorvador aholisi hayotida ot, eshak va tuyadan transport vositasi sifatida foydalanishga
o'tilgach, dasht aholisining o'z chorva podalarini haydab janub va g'arbga tomon migratsiyasi
boshlanadi. Shu munosabat bilan bir guruh dashtaholisi miloddan avvalgi II ming yillikning
ikkinchi yarmida (bronza davri) O'rta Osiyoning shimoli sharqiy tomonidan Amudaiyoning
quyi havzalariga kirib keldi. Ungacha bu zaminda Kaltaminor madanyati (neolit davri) va
Suvyorgan madaniyati (eneolit va bronza davri) aholisi yashab kelar edilar.

Antik davrda, ya’ni Dayuechji qabilalari va hunnlarning bu zaminda paydo bo'lishi

bilan bog'liq edi. Bu davrda turkiy etnos foydasiga tub o'zgarishlar yuz beradi. Xususan,
miloddan avvalgi III va milodiy V asrlar davomida Qang' davlati doirasida qang'ar elati tashkil
topadi, Sirdaryoning o'rta havzasi rayonlarida ikki tilli aholi etnik guruhlari omuxtalashgan
moddiy voqelik - Qovunchi madaniyati va o'zbeklarga xos antropologik shakllanadi va nihoyat
o'zbek xalqi asoslari dastlab tarkib topgan etnomadaniy maydon tarkib topadi.

Yurtimizning ichki hududlariga xioniylar, kidariylar (toxarlar), eftaliylar kabi turkiy

tilli qabila va elatlarning kirib kelishi bilan bog'liqdir. Xioniylar - turkiy qabila. Ba’zi
tadqiqotchilar fikriga ko'ra, dastlab Oltoy tog'lari atrofida yashashgan va IV asrning 1-yarmida
janubi g'arbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oralig'iga kirib kelishgan. Bu yerda dastlab ular
Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va sosoniylar Eroniga qaram bo'lib
qolgan Kushon podsholigi o'rnini egallaganlar hamda markazi Toxariston bo'lgan Shimoliy
Hindiston, Afg'oniston, Xurosonning bir qismini ham o'z ichiga olgan Xioniylar (Xionitlar)
davlatini (IV-V asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa xioniylarning
dastlab Oral dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub
bo'lib, hunlar bilan aralashganligini ta’kidlaydilar

Turk xoqonligi davri (VI-VIII asrlar). MaTumki, VI asr o'rtalarida Oltoyda, Janubiy

Sibirda, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonda joylashgan qabilalar birlashib, Turk xoqonligini
tashkil etadi. O'zbek etnogeneziga faol ta’sir o'tkazgan turkiy etnik komponentlar bu davrida
O'rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent, Zarafshon, Qashqadaiyo, Surxondaryo
vohalari, Farg'ona vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, ma’lum bir tarixiy davr mobayni-da,
bu etnik komponentning aksariyat qismi o'troqlashdi. Shu bilan birga turkiy qabila va qavmlar
yerli tub aholi bilan jadal qorishishi yuz berdi. O'zbek etnogenezining mana shu bosqichida
Movarounnahrning, asosan, shimoliy va sharqiy viloyatlarida ikki til va ikki xo'jalik ukladining
yaqinlashuv jarayoni kuzatiladi, buning oqibatida aksariyati turkiyzabon dehqon va hunar
ahlidan iborat yirik hududiy birlik tashkil topadi

IX asrning 40-yillarida Movarounnahrdan shimoli sharqda tashkil topgan qarluqlar

davlati muhim ahamiyat kasb etdi. Qarluq turklari atrofiga o'troq, yarim o'troq va chorvador
turkiy qabilalar birlashib, kuchli siyosiy davlat uyushmasi tarkib topdi. Qarluqlar milodiy
VII—VIII asrlardayoq O'rta Osiyoning shimoliy va shimoli sharqiyhududlarining katta qismini
egallagan edilar.Ular boshqa turkiy qabilalar bilan birgalikda Janubiy Qozog'iston, Toshkent


background image

Page 173

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 04,April 2025

www.in-academy.uz

vohasi, Zarafshon havzalarigacha, ularning ayrim guruhlari Toxaristongacha kirib borgan
edilar.

X asr o'rtalarida qoraxoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Harbiy yurishlar

natijasida X asrning oxiri - XI asrning boshlariga kelib, Movarounnahrning barcha hududlari
egallandi. Endilikda, Qashg'ardan Amudaryogacha, Sharqiy Turkistonning bir qismi, Yettisuv,
Toshkent vohasi, qadimgi Farg'ona, qadimgi Sug'd va Baqtriya - Toxaristonni o'z ichiga olgan
hududiy kenglikda qoraxoniyladavlatining tashkil topishi o'zbeklarning xalq sifatida uzil-kesil
shakl- langanligini ko'rsatuvchi etnik belgi edi.

Xulosa:

O'zbek xalqining shakllanish jarayoni uzoq davom etgan va murakkab tarixiy-

etnik hodisalarga boy bo'lgan. Bu jarayon davri davrlaridan — neolit va bronza asrlaridagi
Kaltaminor va Suvyorgan madaniyatlari aholisi, sug'diylar, baqtriyaliklar, xorazlar, saklar,
massagetlar kabi elatlarning rivojlanishi va aralashuvi bilan rivojlanishi. Qang' davlat
doirasida yuzaga kelgan qang'ar elati, xioniylar, eftaliylar, qarluqlar, qoraxoniylar davlat
tarkibidagi turkiy qabila va elatlar bu jarayonni yanada boyitgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. 7- жилд. Т.
"Ўзбекистон", 1999.
2. Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. Тошкент "Маъанавият" 2008. Оксак
маън
3. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: "Ўзбекистон", 2011.
4. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш энг
буюк саодатдир. Т.: "Ўзбекистон" 2015.
5. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга
қурамиз, - Т.: "Ўзбекистон" НМИУ, 2017.
6. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги
босқичга кўтарамиз. 1-жилд. Тошкент: "Ўзбекистон, 2017.
7. Mard o'g'lonlar nomi barhayot. - Toshkent: "O'zbekiston", 2018.
8. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Uchinchi kitob. Toshkent: "SHARQ", 2016.
9. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Xoshimov S. Vatan tarixi. Birinchi kitob. Toshkent: "SHARQ"
2016.
10. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Xoshimov S., Ubaydullayev O'. Vatan tarixi. Ikkinchi kitob.
Tosh-kent: "SHARQ", 2016.

Библиографические ссылки

Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. 7- жилд. Т. "Ўзбекистон", 1999.

Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. Тошкент "Маъанавият" 2008. Оксак маън

Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: "Ўзбекистон", 2011.

Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш энг буюк саодатдир. Т.: "Ўзбекистон" 2015.

Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз, - Т.: "Ўзбекистон" НМИУ, 2017.

Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. Тошкент: "Ўзбекистон, 2017.

Mard o'g'lonlar nomi barhayot. - Toshkent: "O'zbekiston", 2018.

Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Uchinchi kitob. Toshkent: "SHARQ", 2016.

Shamsutdinov R., Karimov Sh., Xoshimov S. Vatan tarixi. Birinchi kitob. Toshkent: "SHARQ" 2016.

Shamsutdinov R., Karimov Sh., Xoshimov S., Ubaydullayev O'. Vatan tarixi. Ikkinchi kitob. Tosh-kent: "SHARQ", 2016.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)