Page 168
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TA’LIM
MUASSASALARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Yuldashev Shodiyor
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi
Matmuratova Nilufar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15309345
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 20-Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 25- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 30- Aprel 2025 yil
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy
ta’lim
muassasalarini
rivojlantirish
masalalari
yoritilgan.
Raqamli
texnologiyalarning
jadal
rivojlanishi ta’lim tizimiga ta’siri, oliy ta’limni
raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek,
O‘zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar
tahlil qilingan. Muammo va kamchiliklar bilan bir
qatorda istiqbolli echimlar ham taklif etilgan.. Mazkur
tadqiqot zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirishda
muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
KEY WORDS
raqamli iqtisodiyot, oliy ta’lim,
raqamlashtirish, sun’iy intellekt,
masofaviy ta’lim, raqamli muhit.
Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda har bir institut va
universitet, maktab, shifoxona, muassasa, korxona, har bir uyda mavjud. Ular robototexnika
sohasida, sun’iy intellekt sohasida, tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida, virtual haqiqatni yaratish
uchun ishlatiladi. Mutaxassislarning fikricha, raqamli texnologiyalar har kuni jadal rivojlanadi.
Raqamli texnologiyalarning tez sur’atda rivojlanishi jahondagi barcha sohalarda, jumladan,
ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Oliy ta’lim muassasalari bu
yangilanishlarga moslashishi, raqamli muhitda samarali faoliyat yuritishni o‘rganishi zarur.
Axborot texnologiyalari, sun’iy idrok, bulutli xizmatlar va katta ma’lumotlar tahlili oliy ta’lim
jarayonining sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli iqtisodiyot — bu raqamlashgan
vositalar orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, ishlab chiqarish, tarqatish,
ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bunday iqtisodiy muhitda
mutaxassislarga bo‘lgan talablar tez o‘zgaradi. Oliy ta’lim muassasalari ushbu talablariga
javob berish uchun ta’limning shakl va mazmunini yangilashi, raqobatdosh kadrlar tayyorlash
usullarini yaratishi lozim.
Mulohaza va natijalar:
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda,
eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish,
respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali
kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish
boshlangan.
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni
Page 169
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot
tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa
hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga
oshirilmoqda.[1]
Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida raqamli muhitni joriy etish ishlari izchil
amalga oshirilmoqda. Prezident qarori va farmonlari asosida ta’lim tizimida zamonaviy
texnologiyalardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini yuqori darajaga ko‘tarish kabi ustuvor
vazifalar belgilangandir. Xususan, “Raqamli universitet” konsepsiyasi doirasida ko‘plab oliy
o‘quv yurtlarida raqamli infratuzilmalar shakllantirilayotgani bunga yaqqol misoldir.[2]
Oliy ta’limda raqamlash jarayoni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda:
- Onlayn ta’limni joriy etish: Turli veb platformalar (Coursera, Moodle, EdX va
boshqalar) orqali masofadan turib o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda.
- Avtomatlashtirilgan baholash usullari: Ta’lim jarayonini nazorat qilishning zamonaviy
vositalari ishlab chiqilmoqda.
- Raqamli infratuzilmani takomillashtirish: Elektron dars jurnallari, shaxsiy profillar,
elektron kutubxonalar faol ravishda foydalanilmoqda.
- Ma’lumotlar tahlili orqali samarani oshirish: Statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilish
imkoniyatlari kengaymoqda.
Bu yo‘nalishlarni yanada ko‘paytirish va sifatli ta’lim tizimini yaratish uchun yurtimizda
ham yanada ko‘p islohatlar va chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shuningdek raqamli iqtisodiyot
sharoitida oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish bilan bir qatorda o‘ziga hos muammolarga
ham ega:
- Texnik imkoniyatlarning cheklanganligi;
- Pedagog kadrlarning raqamli malakasining yetarli emasligi;
- Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yetishmasligi;
- Elektron ta’lim resurslarining kamligi.
Muammolarni bartaraf qilish usullari:
- Shaxsiylashtirilgan ta’lim modellarini sun’iy intellekt asosida ishlab chiqish;
- AR/VR texnologiyalari yordamida faol o‘qitish muhitini yaratish;
- Xalqaro elektron ta’lim tizimlari bilan integratsiya qilish;
- Ilmiy tadqiqotlar va ma’lumotlar bazasini kengaytirish.[3]
Xulosa
Oliy ta’lim tizimi raqamli iqtisodiy muhitga mos ravishda jadal islohotlarga muhtoj.
Yangilangan ta’lim modellarini joriy etish, raqamli madaniyatni shakllantirish, o‘qituvchi va
talabalarning raqamli salohiyatini oshirish eng muhim vazifalar sirasiga kiradi. Bu jarayonda
davlat, ta’lim muassasalari va xususiy sektor o‘rtasida samarali hamkorlik talab etiladi.
Albatta, talabalarga qulay sharoit yaratish va bilim darajasi oshirish , kelajakka
mamlakatimizga tajribali kadrlar yetkazishsizning va bizning eng katta vazifamiz hisoblanadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020–2030 yillarda raqamli iqtisodiyot rivojini
ta’minlash konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.
2.
2.Mamarahimov Q.X., “Raqamli iqtisodiyot va ta’lim tizimidagi yangi tendensiyalar”,
Toshkent, 2023.
Page 170
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04,April 2025
www.in-academy.uz
3.
3.Mirzayev A. “Oliy ta’limda raqamlashtirish jarayonlari va istiqbollari”, “Iqtisod va ta’lim”
jurnali, 2022.