Авторы

  • Dilshod Jo'ramurodov
    Workplace: Responsible Officer at Tashkent City Department of Justice

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126428

Ключевые слова:

huquqiy tartibga solish sun’iy intellekt huquqiy tizim avtomatlashtirish axloqiy tomonlar metodologiya.

Аннотация

Maqolada xorij tajribasida huquqiy tartibga solishda sun’iy intellekt vositalarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy tizimlarda, jumladan, qonunlar va reglamentlarni ishlab chiqish, huquqiy xatoliklarni aniqlash, sud ishlarini avtomatlashtirish kabi sohalarda qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada dunyoning turli mamlakatlarida sun’iy intellekt vositalarining muvaffaqiyatli integratsiyasi va bu jarayonning huquqiy va axloqiy tomonlari tahlil etiladi. Ushbu ilmiy ish, sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy tartibga solish sohasida samarali qo‘llanishi uchun zarur metodologik yondashuvlarni va tavsiyalarni taqdim etadi..


background image

Page 16

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

XORIJ TAJRIBASIDA HUQUQIY TARTIBGA SOLISHDA

SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING QO‘LLANILISHI

Jo'ramurodov Dilshod O'tkirovich

Workplace: Responsible Officer at Tashkent City Department of Justice

Email: dilshodjoramurodov07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15364099

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-May 2025 yil

Ma’qullandi: 05-May 2025 yil
Nashr qilindi: 08-May 2025 yil

Maqolada xorij tajribasida huquqiy tartibga solishda
sun’iy intellekt vositalarining qo‘llanilishi tahlil
qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy
tizimlarda, jumladan, qonunlar va reglamentlarni
ishlab chiqish, huquqiy xatoliklarni aniqlash, sud
ishlarini avtomatlashtirish kabi sohalarda qo‘llanishi
ko‘rib

chiqiladi.

Maqolada

dunyoning

turli

mamlakatlarida

sun’iy

intellekt

vositalarining

muvaffaqiyatli integratsiyasi va bu jarayonning
huquqiy va axloqiy tomonlari tahlil etiladi. Ushbu ilmiy
ish, sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy
tartibga solish sohasida samarali qo‘llanishi uchun
zarur metodologik yondashuvlarni va tavsiyalarni
taqdim etadi..

KEY WORDS

huquqiy tartibga solish, sun’iy
intellekt,

huquqiy

tizim,

avtomatlashtirish,

axloqiy

tomonlar, metodologiya.

XXI asrda texnologik taraqqiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan sun’iy

intellekt to‘rtinchi sanoat inqilobining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Ushbu
texnologiyaning tez sur’atlarda rivojlanishi va hayotning deyarli barcha jabhalarida amaliy
qo‘llanilayotganligi uni nafaqat texnik yoki iqtisodiy, balki huquqiy sohada ham chuqur tahlil
qilishni zaruratga aylantirmoqda. Sun’iy intellekt bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solish masalasi ayniqsa murakkabdir. Mutaxassislar va siyosatshunoslar ushbu
texnologiyaning qaysi jabhalariga huquqiy mexanizmlar tatbiq etilishi lozimligi borasida
turlicha yondashuvlarga ega. Natijada, dunyo mamlakatlarida sun’iy intellekt bilan bog‘liq
yondashuvlar, tartibga solish mezonlari va huquqiy infratuzilmalar keskin farqlanmoqda. Bu
esa global miqyosda umumiy yondashuv ishlab chiqish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.

Hozirgi kunda sun’iy intellekt texnologiyalarining keng tarqalishi sababli, unga oid

munosabatlarni huquqiy asosda tartibga solish zaruriyati ortib bormoqda. Bu nafaqat milliy
qonunchilik darajasida, balki xalqaro huquqiy normalarni ishlab chiqish nuqtai nazaridan
ham dolzarb vazifadir. Shu nuqtai nazardan, turli davlatlarning sun’iy intellektga oid
qonunchilik tajribalarini o‘rganish, mavjud huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash va kelishilgan
yondashuv asosida xalqaro standartlarni ishlab chiqish zamon talabi bo‘lib bormoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sun’iy intellektga oid masalalarni huquqiy nuqtai nazardan
chuqur tahlil qilish, nazariy izlanishlar olib borish hamda ushbu sohada maxsus o‘quv kurslari
va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish zaruratga aylangan. Bu esa kelajakda sun’iy intellekt
texnologiyalarining inson huquqlari, huquqiy mas’uliyat va axloqiy me’yorlar bilan


background image

Page 17

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

uyg‘unlashgan holda rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Turli mamlakatlarning tarixiy taraqqiyot yo‘li, siyosiy tizimi, madaniy qadriyatlari va

huquqiy an’analaridagi farqlar sun’iy intellekt sohasidagi milliy qonunchilikning xilma-
xilligiga olib kelgan. Har bir davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, axloqiy-me’yoriy
yondashuvlari va texnologik salohiyatiga tayangan holda sun’iy intellektni tartibga solishda
o‘ziga xos yondashuvlarni ishlab chiqmoqda. Bu esa sun’iy intellekt sohasida yagona,
universal huquqiy mexanizm mavjud emasligini ko‘rsatadi.

Biroq, sun’iy intellekt texnologiyalarining global xarakterga ega ekanligini inobatga

olgan holda, uning salbiy oqibatlarining oldini olish, axloqiy va huquqiy muammolarni
bartaraf etish uchun xalqaro miqyosda umumiy tan olingan huquqiy qoidalarni shakllantirish
dolzarb vazifadir. Mazkur masalada jahon hamjamiyatining har bir a’zosi ishtirok etadigan va
ularning roziligi bilan belgilangan xalqaro normalar majmuini ishlab chiqish muhim ahamiyat
kasb etadi.

Xalqaro huquqiy tartibga solish sun’iy intellekt bozorining barcha ishtirokchilari uchun

adolatli va shaffof "o‘yin qoidalari"ni belgilash imkonini beradi. Bunday yondashuv, bir
tomondan, texnologik raqobatni sog‘lomlashtiradi, ikkinchi tomondan esa, texnologiyadan
noto‘g‘ri yoki nomaqsadli foydalanish xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, ko‘plab
davlatlarning milliy qonunchilik tizimi xalqaro huquqiy normalar bilan uyg‘unlashgan tarzda
shakllanayotganini hisobga olsak, umumiy xalqaro standartlar milliy qonunchilikni
takomillashtirish va moslashtirishda ham asosiy tayanch nuqtasiga aylanadi.

Shu bois, xalqaro darajada e’tirof etiladigan sun’iy intellekt bo‘yicha asosiy huquqiy

me’yorlarni ishlab chiqish – global xavfsizlik, texnologik barqarorlik va inson huquqlarini
himoya qilishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu esa kelajakda barcha davlatlar
tomonidan hisobga olinadigan va milliy qonunchilikka integratsiyalash mumkin bo‘lgan
yagona konseptual yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

2017-yilda qabul qilingan Asilomar sun’iy intellekt tamoyillari sun’iy intellekt

texnologiyalarining barqaror, axloqiy va insoniyatga manfaatli rivojlanishini ta'minlashga
qaratilgan huquqiy va axloqiy ko‘rsatmalardan iboratdir. Quyida ularning asosiy jihatlari
huquqiy-falsafiy yondashuv asosida tahlil qilinadi:

1. Tadqiqotning yo‘nalishi: Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar faqat texnik

yutuqlarga emas, balki jamiyat uchun real manfaat keltiradigan tizimlar yaratishga
yo‘naltirilishi lozim. Bu yondashuv sun’iy intellektning inson huquqlari va jamoaviy
farovonlikka moslashuvchanligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Multidissiplinar investitsiyalar

1

: Sun’iy intellekt bo‘yicha moliyalashtirish faqat

texnologik tadqiqotlar bilan cheklanmasdan, kompyuter fanlari, huquq, iqtisod,axloqiya va
ijtimoiy fanlarni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan yondashuvni talab qiladi. Masalan,
tizimlarning ishonchliligi, avtomatlashtirishning ijtimoiy ta’siri, huquqiy moslashuvchanlik va
sun’iy intellekt tizimlarining qadriyatga asoslangan maqomi bu yo‘nalishda hal qilinishi lozim
bo‘lgan asosiy muammolardandir.

3. Sun’iy intellekt va siyosat o‘rtasidagi muloqot: Siyosatchilar va tadqiqotchilar

o‘rtasida doimiy, ochiq va asosli muloqot yo‘lga qo‘yilishi, davlat siyosati va ilmiy rivojlanish
o‘rtasidagi muvozanatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

1

Multidissiplinar investitsiyalar- bu bir necha sohalarni birlashtirib amalga oshiriladigan investitsion faoliyat.


background image

Page 18

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

4. Hamkorlik madaniyati: Sun’iy intellekt ishlab chiquvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch,

shaffoflik va axborot almashinuvi madaniyati qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Bu sun’iy intellekt
xavfsizligi va foydaliligi bo‘yicha kollektiv mas’uliyatni kuchaytiradi.

5. Xavfsizlik standartlari bo‘yicha muvofiqlik: Sun’iy intellekt ishlab chiquvchi jamoalar

xavfsizlik me'yorlari buzilishini oldini olish maqsadida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari
lozim.

6. Nosozlikka ochiqlik: Sun’iy intellekt tizimi tomonidan keltirilgan zararlar sababini

aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lishi — fuqarolik javobgarligi va sudga murojaat qilish
huquqini ta'minlashda hal qiluvchi omildir.

7. Sud tizimi uchun shaffoflik: Avtonom sun’iy intellekt tizimlarining sud qarorlariga

ta’siri aniq, asosli va nazorat ostida bo‘lishi kerak.

8. Mas’uliyat: Sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqayotgan shaxslar uning noto‘g‘ri

ishlatilishi yoki zararli oqibatlari uchun axloqiy va yuridik jihatdan javobgar bo‘lishi lozim.

9. Qadriyatga moslashuvchanlik: Avtonom sun’iy intellekt tizimlarining xatti-harakatlari

va maqsadlari inson qadriyatlariga muvofiq bo‘lishi shart.

10. Inson qadr-qimmatiga hurmat: Har qanday sun’iy intellekt tizimi inson huquqlari,

erkinliklari va madaniy xilma-xillikni e'tiborga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.

11. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish: Sun’iy intellekt tizimlarining ma’lumotlar

ustidan ishlov berish imkoniyati mavjud bo‘lsa, foydalanuvchilarning maxfiylik huquqlari
kafolatlanishi zarur.

12. Erkinlik va daxlsizlikka hurmat: Sun’iy intellekt texnologiyalari insonlarning shaxsiy

hayotiga aralashmasligi va ularning ijtimoiy erkinliklariga tahdid solmasligi kerak.

13. Umumiy manfaat: Sun’iy intellekt texnologiyalaridan keladigan foyda butun

jamiyatga taqsimlanishi, ya'ni ularning natijalari ijtimoiy adolat tamoyiliga asoslanishi zarur.

14. Birgalikda farovonlik: Sun’iy intellekt natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy yutuqlar

ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.

15. Inson nazorati: Sun’iy intellekt tizimlariga qaror qabul qilish vakolati berilgan bo‘lsa

ham, ularning ustidan inson tomonidan nazorat bo‘lishi ta'minlanishi zarur.

16. Tizim barqarorligi va ijtimoiy jarayonlar: Sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi

shaxslar o‘z faoliyatida jamiyat salomatligi va barqarorligiga hurmat bilan yondashishlari,
unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasliklari lozim.

17. Avtonom o‘ldiruvchi qurollar va qurollanish poygasi: Sun’iy intellekt asosidagi

avtonom qurollar insoniyat xavfsizligiga tahdid soluvchi texnologiyalar qatoriga kiradi. Shu
sababli, xalqaro huquq doirasida ushbu sohada qurollanish poygasini oldini olish bo‘yicha
qat’iy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Bunday yondashuv insoniyatni noinsoniy urush
vositalaridan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

18. Imkoniyatlarni kam baholash va noto‘g‘ri taxminlar xavfi: Sun’iy intellektning

kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlariga nisbatan ortiqcha yoki kam baholovchi taxminlar
ilgari surilishi ehtiyotkorlik bilan muomala qilinishi kerak. Ilmiy konsensus mavjud bo‘lmagan
holatlarda noto‘g‘ri qarorlar siyosiy yoki iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

19. Sun’iy intellektning global inqilobiy potensiali: Sun’iy intellekt texnologiyalari Yer

sayyorasidagi hayotning tub mohiyatini o‘zgartirish salohiyatiga ega. Shu sababli, ularning
yaratilishi, sinovdan o‘tkazilishi va tarqatilishi ehtiyotkorlik bilan, tegishli axloqiy va huquqiy
me'yorlarga qat’iy amal qilgan holda amalga oshirilishi lozim.


background image

Page 19

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

20. Xavflarni baholash va boshqarish: Sun’iy intellekt tizimlaridan yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgan global va mahalliy xavflar, xususan halokatli yoki hayotga xavf soluvchi
texnologiyalar, oldindan aniqlanib, mos xavfsizlik protokollari asosida kamaytirilishi va
nazorat ostiga olinishi lozim.

21. Rekursiv o‘z-o‘zini takomillashtiruvchi tizimlar: O‘zini qayta optimallashtira oladigan

va algoritmik murakkabligi doimiy o‘sib boruvchi sun’iy intellekt tizimlari qat’iy va
mustahkam huquqiy-nazorat mexanizmlariga bo‘ysundirilishi zarur. Bu turdagi tizimlar
odatiy boshqaruv yondashuvlari doirasidan chiqib ketishi mumkinligi bois, xalqaro huquqiy
standartlarga asoslangan tizimli yondashuv talab etiladi.

22. Superintellekt va umumiy manfaat: Superintellekt texnologiyalari faqat bitta davlat

yoki tashkilotning manfaatlarini emas, balki umumiy insoniyat qadriyatlariga muvofiq tarzda
yaratilishi va boshqarilishi kerak. Bu holat sun’iy intellekt texnologiyalarining
monopoliyalashtirilishini oldini olib, xalqaro adolat prinsipiga xizmat qiladi.

Sun’iy intellekt sohasidagi global muvofiqlashtirish jarayonlari doirasida, YUNESKO

2019-yilda sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha ekspert guruhini tashkil etdi. Ushbu tashabbus
2021-yil noyabr oyida YUNESKOga a’zo davlatlar tomonidan rasman tasdiqlangan global
axloqiy tamoyillar bilan yakunlandi. Bu hujjat:

Sun’iy intellekt texnologiyalarining insoniyatga xizmat qilishi zarurligini e’tirof etadi;

Barcha davlatlar bu texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligini

ta’kidlaydi;

Biroq, sun’iy intellekt texnologiyalarining axloqiy jihatdan xavfli oqibatlar keltirib

chiqarishi mumkinligini ham tan oladi.

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarining tezkor rivojlanishi xalqaro

hamjamiyat oldiga bu sohani global miqyosda samarali tartibga solish zaruriyatini
qo‘ymoqda. Mazkur ehtiyojga javoban ilk yirik qadam sifatida 2021 yilda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining ixtisoslashgan agentligi — YUNESKO tomonidan “Sun’iy intellektning axloqiy
jihatlari bo‘yicha tavsiya” hujjati qabul qilindi. Bu hujjat sun’iy intellektni mustaqil ravishda
axborotlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish, bashorat qilish, rejalashtirish va nazorat qilish
qobiliyatiga ega bo‘lgan aqlli texnologik tizim sifatida ta’riflaydi. Tavsiyada inson huquqlari,
inson sha’nini hurmat qilish, tenglik, va barqaror rivojlanish kabi universal qadriyatlarga
asoslangan yondashuv taklif etiladi.

Shunga qaramay, xalqaro huquqning an’anaviy manbasi hisoblangan ko‘p tomonlama

shartnomalar, konvensiyalar yoki universal majburiy qoidalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar hali
ishlab chiqilmagan. Sun’iy intellektni tartibga soluvchi global darajadagi majburiy normativ
hujjatlarning mavjud emasligi xalqaro huquqda "yumshoq huquq" (soft law) vositalariga
murojaat qilish zaruratini tug‘dirmoqda. Mazkur hujjatlar bevosita majburiy bo‘lmagan bo‘lsa-
da, ularning siyosiy va axloqiy kuchi ularni xalqaro siyosat va huquqiy tartibga solish
jarayonida muhim vosita sifatida qarashga asos bo‘ladi.

Bu boradagi ilk yondashuvlardan biri 2000 yil 22 iyulda “Katta Sakkizlik” davlatlari

tomonidan qabul qilingan Okinava Xartiyasi hisoblanadi. Unda global axborot jamiyatini
barpo etish, raqamli tafovutni bartaraf etish va xalqaro hamkorlik asosida tarmoq
infratuzilmasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu hujjat, garchi sun’iy intellektni
bevosita nazarda tutmasa-da, uning kelgusidagi rivojlanishi uchun zarur raqamli muhit va
infratuzilma tamoyillarini belgilab beradi.


background image

Page 20

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

2021 yilgacha sun’iy intellekt sohasidagi ilk hukumatlararo normativ hujjat sifatida

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kengashining 2019 yil 22 maydagi sun’iy intellekt
bo‘yicha tavsiyasi alohida e’tiborga loyiq. Bu tavsiya beshta asosiy prinsip va milliy davlatlar
uchun beshta siyosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Unda quyidagi asosiy tamoyillar ilgari
surilgan:

Sun’iy intellekt insoniyat va atrof-muhitga foyda keltirishi va barqaror rivojlanishga

hissa qo‘shishi lozim;

Sun’iy intellekt tizimlari inson huquqlari, qonun ustuvorligi, demokratik qadriyatlar va

xilma-xillikni hurmat qilgan holda yaratilishi kerak;

Sun’iy intellekt qarorlarini insonlar tushunishi va ularga e’tiroz bildirish imkoniyati

bo‘lishi kerak (shaffoflik va hisobotlilik tamoyili);

Tizimlar ishonchli va xavfsiz ishlashi zarur, har doim ehtimoliy xavflar baholanib,

boshqarilishi kerak;

Sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi sub’yektlar huquqiy va

axloqiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi lozim.

Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kengashi tavsiyalarida

hukumatlar uchun quyidagicha siyosiy chora-tadbirlar taklif etilgan: davlat va xususiy
sektorlar tomonidan sun’iy intellekt innovatsiyalariga sarmoya kiritishni rag‘batlantirish,
raqamli infratuzilmani kengaytirish, sun’iy intellekt bo‘yicha kadrlar tayyorlash, mehnat
bozorida sun’iy intellektga mos moslashuv mexanizmlarini ishlab chiqish, hamda davlatlararo
hamkorlikni chuqurlashtirish.

Mazkur tavsiyaning muhim jihatlaridan biri — 2020 yilda ishga tushirilgan Iqtisodiy

hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kengashi “AI Policy Observatory” platformasidir. Bu
platforma orqali dunyo mamlakatlarining sun’iy intellekt sohasidagi siyosati, huquqiy
tajribasi va standartlari to‘g‘risida ochiq ma’lumotlar taqdim etiladi, bu esa xalqaro
normalarning uyg‘unlashuvi jarayonini tezlashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellektni xalqaro darajada huquqiy tartibga solish

hozircha “yumshoq huquq” vositalari orqali amalga oshirilmoqda. YUNESKO va Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar majburiy kuchga ega
bo‘lmasa-da, ular xalqaro me’yorlar, tamoyillar va siyosiy yo‘nalishlar shakllanishiga kuchli
turtki bermoqda. Kelajakda universal majburiy xalqaro shartnoma yoki konvensiya ishlab
chiqilishi uchun hozirgi yumshoq huquq yondashuvlari normativ asos bo‘lib xizmat qiladi.

2019-yil 9-iyun kuni G20 a’zolari tomonidan qabul qilingan “Savdo va raqamli

iqtisodiyot bo‘yicha bayonot” xalqaro miqyosda sun’iy intellektni tartibga solish yo‘lida
muhim bosqich hisoblanadi. Mazkur hujjatga Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellektga oid tavsiyalar ilova qilingan bo‘lib, G20
davlatlari ushbu tamoyillarni qo‘llab-quvvatlashlarini rasman bildirgan. Bayonot sun’iy
intellektga oid global yondashuvda birinchi huquqiy va axloqiy mezonlar to‘plamini
belgilagan muhim xalqaro siyosiy hujjat sifatida e’tirof etiladi. Bayonotda ilgari surilgan asosiy
g‘oyalardan biri – texnologik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan raqamli transformatsiyani
inson salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan shaklda yo‘naltirishdir.

Shu nuqtai nazardan, 6-bandda barqaror va innovatsion global jamiyatni shakllantirish

uchun xalqaro hamkorlik zarurligi ta’kidlanadi. Bu esa, sun’iy intellektni rivojlantirishda
xalqaro huquqiy mexanizmlar, masalan, transmilliy normalar va konvensiyalar ishlab chiqish


background image

Page 21

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

ehtiyojini oshiradi. 7-band esa ijtimoiy tenglik va adolatga urg‘u berib, raqamli iqtisodiyotning
ijobiy ta’sirini ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar hamda ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarga
yetkazish zarurligini ko‘rsatadi. Bu band, zamonaviy raqamli siyosatga inson huquqlari
mezonlari nuqtai nazaridan yondashish lozimligini bildiradi. 11-bandda esa raqamli
jamiyatda ishonch muhitini shakllantirish uchun barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida
umumiy qadriyatlar, jumladan, tenglik, adolat, shaffoflik va hisobdorlik kabi tamoyillarning
mavjudligi ta’kidlanadi. Bunday tamoyillar sun’iy intellektning axloqiy me’yorlari bo‘yicha
xalqaro normalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bayonotning 19-bandida antropotsentrizm, ya’ni inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish

zarurati qayd etilgan. Bu sun’iy intellektning mehnat bozoriga ta’siri, yangi ijtimoiy tafovutlar
va xavflarni minimallashtirish yo‘lidagi huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish zaruratiga
ishora qiladi. 20-bandda esa shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va maxfiylikka rioya qilish
texnologik taraqqiyot sharoitida ham ortda qolmasligi lozimligi uqtiriladi. Bu G20 doirasida
axborot xavfsizligi va ma’lumotlar huquqi sohasida xalqaro standartlar ishlab chiqilishini
talab etadi. 23-band global boshqaruv konsepsiyasini ilgari suradi: raqamli inqilob sharoitida
huquqiy aniqlikni saqlagan holda innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratish, ya’ni texnologik
yutuqlar va normativ-huquqiy asoslar uyg‘unligini ta’minlash talab qilinadi. Shuningdek,
xalqaro siyosiy va huquqiy institutlarning hamkorlikda faoliyat yuritishi, sun’iy intellektga oid
siyosatni milliy darajada muvofiqlashtirish zarurligini bildiradi. 24-bandda esa G20 davlatlari
o‘rtasida ilg‘or amaliyot almashinuvini rag‘batlantirish hamda xalqaro tashkilotlar faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash orqali sun’iy intellekt sohasida tajriba va bilimlar aylanishini
jadallashtirish zarurligi qayd etiladi.

Umuman olganda, G20 bayonoti sun’iy intellekt sohasida xalqaro yondashuvlar bir

yo‘nalishga tushayotganining dalilidir. Ayniqsa, 2019-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti va G20 doirasida qabul qilingan axloqiy tamoyillar 2020-yildan boshlab xalqaro
darajadagi huquqiy tashabbuslarning asosiy tayanchiga aylana boshladi. Bu esa, sun’iy
intellekt sohasini inson huquqlari, xavfsizlik va barqarorlik mezonlari asosida tartibga
solishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. 2021-yilga kelib, sun’iy
intellektning inson huquqlariga ta’sirini baholash orqali xavfga mos tartibga solish
mexanizmlari ishlab chiqila boshladi.

Xalqaro huquqiy tartibga solish masalasi ko‘plab hududiy, iqtisodiy va siyosiy holatlarga

ta’sir o‘tkazadi. Xususan, mintaqaviy huquqning sun’iy intellektga taalluqli bo‘limi jahonning
ayrim qismlarida, masalan, Yevropada ancha rivojlanib bormoqda. Yevropada bu masala,
ayniqsa, Evropa Ittifoqi va Evropa Kengashi darajasidagi tartibga solish tizimlari orqali
amalga oshirilmoqda. Yevropa Kengashining tuzilishi va faoliyati, shuningdek, Evropa
Ittifoqidan farq qilishi muhimdir. Evropa Ittifoqi – bu Evropa Kengashining 27 a’zo davlatidan
iborat bo‘lgan birlashma bo‘lsa, Evropa Kengashi o‘z ichiga 46 ta davlatni olgan xalqaro
tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.

Evropa Kengashida sun’iy intellektni mintaqaviy miqyosda tartibga solish bo‘yicha faol

ish olib borilmoqda. Bu masalada maxsus tashkil etilgan Sun'iy intellekt bo‘yicha qo‘mita juda
muhim rol o‘ynamoqda. Qo‘mita tomonidan tayyorlangan "Sun'iy intellekt tizimlarini tartibga
solish to‘risida" hisobotda sun’iy intellektni ishlab chiqish va qo‘llash uchun huquqiy bazani
yaratish uchun zarur bo‘lgan asosiy elementlar o‘rganilmoqda. Hisobotda, shuningdek,
YUNESKO va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar bilan


background image

Page 22

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

hamkorlikda o‘tkazilgan maslahatlashuvlar ham ta’kidlanadi.

Evropa Kengashi so‘nggi yillarda sun’iy intellektni tartibga solish borasida bir qator

hujjatlarni qabul qildi. Masalan, 2018-yil 3-dekabrdagi Evropa axloqiy Xartiyasi, 2019-yil 13-
fevraldagi algoritmik jarayonlarni manipulyatsiya qilish imkoniyatlari to‘risidagi deklaratsiya,
va 2020-yil 8-apreldagi algoritmik tizimlarning inson huquqlariga ta’siri bo‘yicha tavsiyalar
kabi hujjatlar bularning eng muhimlaridandir. Ushbu hujjatlar, o‘z navbatida, davlatlar
hukumatlariga sun’iy intellekt tizimlarining jamiyatdagi ta’sirini o‘rganish, inson huquqlarini
himoya qilish va algoritmik tizimlarni ijtimoiy hayotga integratsiyalashish bo‘yicha
ko‘rsatmalar beradi. 2021-yil 17-martda esa Vazirlar qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy himoya
sohasida sun’iy intellektdan foydalangan holda qarorlar qabul qilish xavfi to‘risidagi
deklaratsiya qabul qilindi.

Shuningdek, 2017-yilda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi tomonidan

"Texnologik yaqinlashuv, sun’iy intellekt va inson huquqlari" tavsiyalari ishlab chiqilgan. Bu
tavsiyalarda sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishda inson
huquqlariga e’tibor qaratish zarurligi qayd etilgan. 1-bandda esa nanotexnologiyalar,
biotexnologiyalar, axborot texnologiyalari va kognitiv fanlarning yaqinlashuvi inson huquqlari
va ularni amalga oshirish usullariga ta’sir qilishini ta’kidlaydi.

Bu hujjatlar Yevropa Kengashi va Evropa Ittifoqining sun’iy intellektni mintaqaviy va

xalqaro darajada tartibga solishga qaratilgan aniq siyosatlarni ishlab chiqishdagi muhim
ishlarini ko‘rsatadi. Evropa miqyosida amalga oshirilgan tartibga solish faoliyati, global
darajada sun’iy intellektning axloqiy va huquqiy jihatlarini belgilashda samarali platforma
yaratadi. Bu esa xalqaro huquqiy me’yorlarning rivojlanishi va sun’iy intellektning ijtimoiy va
iqtisodiy ta’sirini boshqarishdagi yondashuvlarni optimallashtirishga xizmat qiladi.

Yevropa Kengashi tomonidan ilgari surilgan tamoyillardan biri – biologiya va tibbiyot

sohasidagi yutuqlarning amaliyotga tatbiq etilishi munosabati bilan inson huquqlari va qadr-
qimmatini muhofaza qilish zarurati bo‘lib, bu 1997-yildagi Inson huquqlari va biotibbiyot
konvensiyasining 2-moddasida ifodalangan: inson manfaatlari va farovonligi har qanday ilmiy
yoki jamiyat manfaatlaridan ustun turadi. Sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha hozirgi
tashabbuslar Yevropa Kengashining rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilinadi. 2021-yil iyul
oyida Kengash huzuridagi Sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus qo‘mita tomonidan asosiy
ishtirokchi davlatlar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijasida xalqaro darajada majburiy
xususiyatga ega hujjat – ko‘p tomonlama konvensiya ishlab chiqildi. Qo‘mita ushbu hujjatga
ta’sirni baholash, xavflarni tasniflash hamda sun’iy intellektni rivojlantirishga oid tamoyillarni
kiritishni tavsiya qilgan.

Mazkur konvensiya sun’iy intellektning barcha amaliy qo‘llanilish sohalariga taalluqli

bo‘lishi lozim, biroq asosiy e’tibor huquqni muhofaza qilish, adliya va davlat boshqaruvi
tizimlarida sun’iy intellektni ishlatishdan kelib chiqadigan xavflarni boshqarishga qaratilishi
kerak. Soliq, ta’lim, ijtimoiy ta’minot kabi boshqa sohalarda esa sun’iy intellekt tizimlari
sanoat standartlari asosida tartibga solinishi lozim.

Qo‘mita, inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligiga bevosita tahdid soluvchi

sun’iy intellekt ilovalariga – xususan, harbiy texnologiyalar uchun ishlab chiqilgan tizimlarga –
qisman yoki to‘liq moratoriy yoki qonuniy taqiq qo‘yish zarurligini bildirdi. Bundan tashqari,
iqtisodiy kuch va shaxsiy ma’lumotlar ustidan nazoratning markazlashuvi tufayli onlayn
platformalar alohida tartibga solinishi zarur, chunki bu holat demokratik jarayonlarga jiddiy


background image

Page 23

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

zarar yetkazadi. Shartnoma loyihasi ustidagi ishlar 2022-yilda boshlangan bo‘lib, 2023-yil
noyabr oyigacha muzokaralar yakunlanishi, 2024-yilda esa hujjatni ratifikatsiya qilish
rejalashtirilgan.

Evropa Kengashi tashabbuslari bilan bir qatorda, Yevropa Ittifoqi darajasida ham

mintaqaviy tartibga solish hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Biroq, Yevropa mamlakatlarining
ko‘pchiligida sun’iy intellekt sohasidagi milliy qonunchilik hali shakllanish bosqichida bo‘lgani
bois, Yevropa Ittifoqining tartibga solish faoliyati, avvalo, milliy normativ-huquqiy bazani
shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu sababli, Yevropa Ittifoqi doirasidagi huquqiy
mexanizmlar milliy huquqiy tizimlar bilan uyg‘unlashgan holda keyingi bosqichda ishlab
chiqilishi mantiqan asosli hisoblanadi.

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi davlatlarni ushbu

sohani strategik yo‘nalish sifatida belgilashga undadi. 2020 yil boshlariga kelib, dunyoning 30
dan ortiq mamlakatlarida sun’iy intellekt rivojiga qaratilgan milliy strategiyalar qabul qilingan
bo‘lib, ularga Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Kanada, Isroil va Birlashgan Arab
Amirliklari kiradi. Ushbu jarayonning izchil ravishda kengayib borayotgani global miqyosda
sun’iy intellekt bo‘yicha tartibga solish, axloqiy mezonlar va huquqiy infratuzilmaning
shakllanishiga zamin yaratmoqda.

Janubiy Koreya tajribasi. 2016 yilda mamlakat Fan, axborot texnologiyalari va kelajakni

rejalashtirish vazirligi tomonidan "Intellektual axborot jamiyatiga tayyorgarlik ko‘rishning
o‘rta va uzoq muddatli bosh rejasi: To‘rtinchi sanoat inqilobini boshqarish" nomli 70 sahifalik
hisobot ishlab chiqildi. Ushbu strategik hujjat SI, Internet narsalar (IoT), bulutli
texnologiyalar, katta ma’lumotlar (Big Data) va mobil platformalarning uyg‘unlashgan rivojiga
asoslangan. Huquqiy nuqtai nazardan, hisobotda davlat-xususiy sheriklik asosida intellektual
jamiyat qurishga oid asosiy yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, bunda davlatning roli qonuniy va
axloqiy asoslarni ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.

2019-yil 17-dekabrda e’lon qilingan yangi milliy strategiya esa tartibga solishda liberal

yondashuvni ilgari suradi. Jumladan, sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini tartibga solishni kamaytirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlovni
kengaytirish, xususan, PIM (xotiradagi ma’lumotlarni shu joyida qayta ishlovchi dastur)
texnologiyalariga asoslangan sun’iy intellekt chiplarini ishlab chiqish kabi ustuvorliklar
belgilangan. Shuningdek, 2020 yildan boshlab davlat amaldorlari va harbiy xizmatchilarga
sun’iy intellekt bo‘yicha malaka talab etilishi qonuniy asosda joriy etilgan, umumta’lim
maktablarida esa sun’iy intellekt fanining majburiyligi ta’minlangan. Hukumat 2030 yilgacha
2000 ta "aqlli" zavod qurishni maqsad qilgan.

Yaponiya yondashuvi. 2017 yilda tashkil etilgan Sun’iy intellekt texnologiyalari

strategiyasi kengashi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada texnologik rivojlanish
yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. 2019-yil mart oyida esa hukumat tomonidan sun’iy intellekt
texnologiyalarining insonga yo‘naltirilgan tamoyillari tasdiqlandi. Shu yilning iyunida
yangilangan "AI Strategy 2019" konsepsiyasi e’lon qilinib, unda sanoat tarmoqlari
raqobatbardoshligini oshirish, fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasidagi sun’iy intellekt
salohiyatini birlashtirishga oid chora-tadbirlar belgilangan.

Singapur tajribasi esa maqsadga yo‘naltirilgan va sektorlararo yondashuvga asoslanadi.

2019-yil kuzida e’lon qilingan milliy strategiya 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, transport,
sog‘liqni saqlash, ta’lim, chegara nazorati va infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan beshta ustuvor


background image

Page 24

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

yo‘nalishni qamrab oladi. Ayniqsa, immigratsiya tizimining to‘liq avtomatlashtirilishi, ta’lim
sohasida avtomatlashtirilgan baholash tizimlari joriy etilishi hamda davlat infratuzilmasida
sun’iy intellektga asoslangan sensor texnologiyalarning keng tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Bu
strategiya doirasida sun’iy intellekt bo‘yicha Milliy agentlik tashkil etilgan bo‘lib, u ilmiy,
ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Global miqyosda sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’siri ortib borayotgan bir paytda,

rivojlangan davlatlar ushbu jarayonni strategik va huquqiy boshqaruv ostiga olishga harakat
qilmoqda. Shu jumladan, Kanada va Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan milliy
strategiyalar sun’iy intellekt sohasidagi ilk kompleks yondashuvlar sifatida e’tirof etiladi.

Kanada tajribasi. 2017 yilda rasmiy ravishda ishga tushirilgan “Pan-Kanada sun’iy

intellekt strategiyasi” sun’iy intellekt sohasida milliy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini
belgilab berdi. Mazkur strategiya Kanadaning ilg‘or texnologik taraqqiyotga tayangan
barqaror siyosat olib borishini ko‘rsatdi. Unda quyidagi asosiy maqsadlar ilgari surilgan:

-

sun’iy intellekt bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar sonini

ko‘paytirish;

-

ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish orqali mintaqaviy va

xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;

-

sun’iy intellekt sohasida iqtisodiy, siyosiy va axloqiy tartibga solish bo‘yicha

global yetakchilikni ta’minlash.
Strategiyaning ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, u nafaqat texnologik rivojlanishni,

balki sun’iy intellektni axloqiy va huquqiy nuqtai nazardan muvozanatlashni ko‘zlaydi. Bu
Kanada hukumati tomonidan texnologik suverenitet va ijtimoiy mas’uliyat o‘rtasidagi
barqarorlikni saqlashga qaratilgan yondashuv sifatida talqin qilinadi.

Buyuk Britaniya yondashuvi. Britaniya hukumati tomonidan 2017 yilda e’lon qilingan

“Sanoat strategiyasi: Oq kitob”da sun’iy intellekt sohasidagi yetakchilik mamlakatning asosiy
to‘rtta strategik maqsadidan biri sifatida belgilandi. Mazkur hujjat asosida ishlab chiqilgan va
2018-yil aprel oyida rasman e’lon qilingan “Sun’iy intellekt sektori kelishuvi” (AI Sector Deal)
milliy siyosat darajasida muhim o‘rin egallaydi. Unda quyidagi tashkiliy va huquqiy choralar
nazarda tutilgan:

hukumat siyosatini amalga oshirishda sun’iy intellekt sohasida yetakchilikni

mustahkamlash;

davlat siyosati ijrosini monitoring qilish;
sanoat vakillarini jalb etish;
mustaqil maslahat beruvchi organ – Sun’iy intellekt kengashini tashkil etish.
Britaniya hukumati strategiyani keng ijtimoiy va iqtisodiy kontekstda ishlab chiqqan

bo‘lib, u beshta asosiy ustuvorlikni qamrab oladi:

1. Innovatsiyalar – dunyodagi eng ilg‘or iqtisodiyotga asos bo‘lish;
2. Inson resurslari – yuqori daromadli, barqaror ish o‘rinlari yaratish;
3.Infratuzilma – zamonaviy texnologiyalar asosidagi infratuzilma shakllantirish;
4. Biznes muhiti – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish;
5. Yashash muhitlari – butun mamlakat bo‘ylab jozibador va gullab-yashnayotgan

jamoalarni rivojlantirish.

Axloqiy va huquqiy masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, sun’iy intellekt

texnologiyalaridan mas’uliyatli, shaffof va inson huquqlariga zid bo‘lmagan tarzda foydalanish


background image

Page 25

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

uchun Ma’lumot etikasi va innovatsiyalar markazi (Centre for Data Ethics and Innovation)
tashkil etildi. Ushbu markaz sun’iy intellekt sohasidagi davlat siyosati va tartibga solish
faoliyatiga metodologik asoslar ishlab chiqish, ma’lumotlar xavfsizligi, shaxsiy daxlsizlik va
algoritmik adolat masalalarini tartibga solishda muhim vosita sifatida faoliyat yuritmoqda.

2019-yil 10-iyun kuni hukumat tomonidan e’lon qilingan “Sun’iy intellekt etikasi va

xavfsizligini tushunish” bo‘yicha yo‘riqnoma davlat sektorida sun’iy intellekt
texnologiyalaridan foydalanishda axloqiy yondashuvning zarurligini e’tirof etdi. Ushbu
qo‘llanma Alan Turing instituti tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarga asoslanib, sun’iy
intellekt tizimlarini loyihalash va amaliyotda qo‘llashda halollik, hisobdorlik, shaffoflik, inson
qadr-qimmatini hurmat qilish kabi umumqabul qilingan axloqiy qadriyatlarni ilgari surdi.

2020-yilda nashr etilgan Milliy Ma’lumotlar Strategiyasi Buyuk Britaniyaning

ma’lumotlar iqtisodiyotida global yetakchilikni egallashiga xizmat qiluvchi tamal toshi bo‘ldi.
Strategiyada ma’lumotlarning erkin va xavfsiz aylanishi, raqamli ishonchni mustahkamlash va
innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markaziy o‘rinni egalladi.

2021-yil 6-yanvarda hukumat tomonidan AI bo‘yicha kengash tayyorlagan yo‘l xaritasi

e’lon qilindi. Bu hujjat sun’iy intellekt sohasidagi siyosiy ustuvorliklarni aniqlashtirishga
xizmat qilgan. Shu yili sentabr oyida ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar
bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi boshlangan bo‘lib, u quyidagi asosiy o‘zgarishlarni nazarda
tutgan:

spam xabarlar va qo‘ng‘iroqlarga qarshi choralarning kuchaytirilishi;
tadqiqot va innovatsiyalar uchun ma’lumotlar oqimini soddalashtirish;
sun’iy intellekt orqali qabul qilinadigan qarorlar ustidan inson nazoratining ba’zi

holatlarda bekor qilinishi;

algoritmik adolatsizlikka qarshi me’yoriy talablar joriy etilishi.
Bu yondashuv Yevropa Ittifoqi bilan Britaniya o‘rtasidagi normativ tafovutlarni ham aks

ettirgan bo‘lib, o‘zini sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha suveren davlat sifatida
ko‘rsatishga intilish sifatida talqin qilinadi.

Milliy sun’iy intellekt strategiyasi va xavfsizlik choralari. 2021-yil sentabr oyida nashr

etilgan yangi Milliy sun’iy intellekt strategiyasi Buyuk Britaniyaning sun’iy intellekt sohasida
innovatsiyalarni jadallashtirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sinergiyani kuchaytirish
hamda global raqobatbardoshlikni oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. Strategiya doirasida
hukumat hali to‘liq raqamlashtirilmagan tarmoqlarda (masalan, energetika, qishloq xo‘jaligi)
sun’iy intellekt salohiyatini kengaytirish uchun sarmoyalarni ko‘paytirishni rejalashtirdi.

Sun’iy intellektning milliy xavfsizlik bilan bog‘liqligini yorituvchi muhim huquqiy

hujjatlardan biri – 2022-yil 4-yanvarda kuchga kirgan Milliy xavfsizlik va investitsiyalar
to‘g‘risidagi qonun bo‘ldi. Bu qonun Buyuk Britaniya hukumatiga strategik texnologiyalar,
xususan, sun’iy intellekt, robototexnika va boshqa ilg‘or raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq
tranzaktsiyalarni nazorat qilish, shubhali investitsiyalarni tekshirish va muayyan bitimlarni
milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholash imkoniyatini beradi. Ushbu yondashuv AQSh,
Germaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan
bo‘lib, Britaniyaning sun’iy intellekt sohasida suveren nazoratni saqlash siyosatini
kuchaytiradi.


background image

Page 26

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

Foydalanilgan adabiyotlar va elektron resurslar:

1.

Cardillo, A. (2025, March 4). How many companies use AI? (New Data).

https://explodingtopics.com/blog/companies-using-ai
2.

Deloitte. (2024, May 31). Over 18 million people in the UK have now used Generative AI.

https://www.deloitte.com/uk/en/about/press-room/over-eighteen-million-people-in-the-
uk-have-now-used-generative-ai.html
3.

James Lau, ‘Artificial Intelligence, Machine Learning, Technology and the Legal Profession-

Perspective of an Asian Chief Legal Officer’, International In-House Counsel Journal, 2019.
4.

“Lex AI” platformasi yuzasidan ommaviy oferta https://ai.lex.uz/terms

5.

Adliya vazirligi (2024, 23 dekabr). “LexAI” platformasi taqdimoti o’tkazildi.

https://adliya.uz/ru/posts/lexai-platformasi-taqdimoti-o%CA%BBtkazildi

Библиографические ссылки

Cardillo, A. (2025, March 4). How many companies use AI? (New Data). https://explodingtopics.com/blog/companies-using-ai

Deloitte. (2024, May 31). Over 18 million people in the UK have now used Generative AI. https://www.deloitte.com/uk/en/about/press-room/over-eighteen-million-people-in-the-uk-have-now-used-generative-ai.html

James Lau, ‘Artificial Intelligence, Machine Learning, Technology and the Legal Profession-Perspective of an Asian Chief Legal Officer’, International In-House Counsel Journal, 2019.

“Lex AI” platformasi yuzasidan ommaviy oferta https://ai.lex.uz/terms

Adliya vazirligi (2024, 23 dekabr). “LexAI” platformasi taqdimoti o’tkazildi. https://adliya.uz/ru/posts/lexai-platformasi-taqdimoti-o%CA%BBtkazildi