Авторы

  • D. Iminova
    Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
  • H. Yaqubjonova
    Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 1- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126429

Ключевые слова:

ilk qadam o`yin kompetensiya bola pedagog..

Аннотация

Mazkur maqolada “Ilk qadam” davlat o`quv dasturining 3-4-boblari chuqur tahlil qilinadi hamda mazkur boblarning maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishdagi o`rni yoritiladi. 3-bob “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda kompetensiyaviy yondashuv” bo‘lib, bu bo`limda bolaning rivojlanish kompetensiyalari bayon etilgan.


background image

Page 14

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA`LIM

BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

D.Iminova

Andijon davlat pedagogika instituti

o‘qituvchisi

H. Yaqubjonova

Maktabgacha ta`lim yo`nalishi

1- bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15363456

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-May 2025 yil
Ma’qullandi: 05-May 2025 yil

Nashr qilindi: 08-May 2025 yil

Mazkur maqolada “Ilk qadam” davlat o`quv
dasturining 3-4-boblari chuqur tahlil qilinadi hamda
mazkur boblarning maktabgacha yoshdagi bolalarni
har tomonlama rivojlantirishdagi o`rni yoritiladi. 3-bob
“Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda
kompetensiyaviy yondashuv” bo‘lib, bu bo`limda
bolaning rivojlanish kompetensiyalari bayon etilgan.

KEY WORDS

ilk qadam, o`yin, kompetensiya,
bola, pedagog..

Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv Dasturi maktabgacha ta`lim tashkilotlari

direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ilmiy
kengashining 2021-yil 23-dekabrdagi 10-sonli bayonnomasi, O`zbekiston Respublikasi ta`lim
vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi
bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.

Davlat o`quv dasturi – bu bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan

bo`lib, ta`lim va tarbiya jarayonining maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan natijalari,
mazmuni va tashkil etilishini belgilaydigan tayanch hujjat hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda kompetensiyaviy yondashuv oʻsib

borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish
uchun zarur boʻlgan, axloqiy meʼyor va qadriyatlarni oʻzlashtirish, boshqa insonlar bilan
muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat usullarini shakllantirishga
tayyorgarlikni koʻzda tutadi.

1

Maktabgacha ta`lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos

bo`lib xizmat qiladi. U ta`limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida
rivojlanib boradi.

Davlat o`quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta`lim

va va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Kompetensiya-bolaning bilim, ko`nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda kompetensiyaviy yondashuv

bolalarning bilish bilan bog`liq bo`lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali
javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me`yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish,


background image

Page 15

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy “Men” konsepsiyasini shakllantirishni o`z ichiga
oladi. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari quyidagilar:

Kommunikativ.

Ijtimoiy.

Shaxsiy (“Men” kontsepsiyasini qurish).

Bilish.

Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari:
Rivojlanish sohalari bo`yicha kompetensiyalarni o`zaro bog`liq holda takomillashtirish

bolaning har tomonlama rivojlanishini ta`minlash, shuningdek, uning maktab ta`limi bo`lgan
keyingi bosqichiga muammosiz o`tishi va unga tayyor bo`lishi, boshlang`ich ta`limda
kompetensiyalarni shakllantirishi uchun zarurdir.

Kompetensiyalarni bola maktabgacha yosh davrida egallab borishini tarbiyachi-

pedagoglarkuzatib nazorat qilib boradilar va shu orqali bolaning maktabga tayyorgarlik
darajasi belgilanadishunday ekan, bola maktabgacha ta`lim tashkilotida har tomonlama
maktabga tayyorlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining
maqsadi bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini
shakllantirish

uchunshart-sharoitlarni

yaratishdir.

Rivojlanish

sohalari

bo‘yicha

kompetensiyalarni o‘zaro bog‘liq holda takomillashtirish bolaning har tomonlama
rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning maktab ta'limi bo‘lgan keying bosqichiga
muammosiz o‘tishi va unga tayyor bo‘lishi, boshlang‘ich ta'limda kompetensiyalarni
shakllantirishi uchun zarurdir.

2

Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:

Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi;

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari;

Bilish jarayonining rivojlanishi;

Ijodiy rivojlanish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Toshpo`latova SH. Q. Kayumova N.M A`zamova M.N.Maktabgacha ta`llim pedagogika.
2.Ilk qadam davlat o`quv dasturi 2022.
3.Sodiqova.Sh Maktabgacha pedagogika. O`quv qo`llanma. “Metodist nashriyoti” 2023.
4. Karimova M “MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TAʼLIM BERISHDA
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV”. «Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish:
amaliyot va xorijiy tajriba» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2024 yil 23-24 may

Библиографические ссылки

Toshpo`latova SH. Q. Kayumova N.M A`zamova M.N.Maktabgacha ta`llim pedagogika.

Ilk qadam davlat o`quv dasturi 2022.

Sodiqova.Sh Maktabgacha pedagogika. O`quv qo`llanma. “Metodist nashriyoti” 2023.

Karimova M “MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TAʼLIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV”. «Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2024 yil 23-24 may