Page 54
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04, Part 2 April 2025
www.in-academy.uz
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI FANINI
O‘QITISHDA O‘YIN METODLARINING AHAMIYATI
Z.D.Abralova
Nizomiy nomidagi TDPU, katta o‘qituvchi
S.I.Komilova
Nizomiy nomidagi TDPU, 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15342023
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 28- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 30- Aprel 2025 yil
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ingliz tili
o‘qitishda o‘yin metodlarining samaraliroqligi, bu
metoddan foydalanish maqsadi va imkoniyatlari
yoritilgan.
KEY WORDS
Таълим, тарбия, оила ,Ватан,
муасисахои
то
мактаби,
муасисахои умумии миёнаи
таълим, конун дар бораи
таълим.
Ingliz tilini boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘qitish bugungi kunda global va murakkab
jarayondir. Bola o‘z ona tilini o‘rganishdan tashqari yana bir yangi tilni kashf qiladi. Bu
jarayon juda muhim va dolzarb masaladir. Shuning uchun ham yoshlikdan chet tillarini
o‘rganishning foydalari va samarali usullarini muhokama qilish zaruriydir. Avvalo, ingliz tilini
boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘rganishning ahamiyati juda kattadir. Bola yoshlikdan yangi bir
tilni o‘rganishi uning lingvistik qobiliyatlari rivojlanishiga, o‘z fikrlarini ifodalashda
qiyinchiliklar bo‘lmasligiga va dunyoqarashi kengayishiga sabab bo‘ladi. Aynan ularning
yoshi, ya’ni 7 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan davrlarida ularning eslab qolish qobiliyatlari
yuqori bo‘lib, o‘zlashtirishlari tez va yaxshi bo‘ladi va talaffuzni to‘g‘ri shakllantirish
imkoniyati kattaroq bo‘ladi. Bu yoshda o‘quvchilarni an’anaviy darslardan ko‘ra o‘yinlar,
musiqiy mashqlar va vizual vositalar ko‘proq qiziqtiradi.
Shuning uchun ham boshqa metodlar bilan solishtirganda aynan o‘yin metodlarining
samarasi ko‘zga ko‘rinarli ekanligi ham shundandir. Yosh davrlar psixologiyasiga ko‘ra, bola
o‘yinqaroqlik davridan maktab davriga o‘tishi biroz qiyin davrdir, aynan shuning uchun ham
deyarli barcha darslarda o‘yin mashqlari foydalaniladi. Bu metod ularning bu davrda
qiynalmasliklari va shu bilan birgalikda fanlarni yaxshi o‘zlashtirish kabi yaxshi natijalarga
olib keladi. Ingliz tili O‘zbekistonning barcha maktablarida boshlang‘ich sinfdan boshlab
o‘rgatilishi hamda boshqa fanlarga nisbatan aynan ingliz tili fani darsi turli xil o‘yin
metodlaridan tashkil topganligi ma’lum.
“O‘yin – chet tili o‘qituvchisiga murakkab o‘qitish jarayonini qiziqarli va o‘quvchilar
sevadigan mashg‘ulotga aylantirishga yordam beradigan universal vositadir. O‘yin hatto “zaif”
o‘quvchini ham o‘quv jarayoniga jalb qilish imkonini beradi, chunki unda nafaqat bilim, balki
zukkolik va topqirlik ham namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, til bo‘yicha tayyorgarligi zaif
bo‘lgan o‘quvchi ham o‘yinda birinchi o‘rinni egallashi mumkin: topqirlik va zukkolik ba’zan
Page 55
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 04, Part 2 April 2025
www.in-academy.uz
fandan ko‘ra muhimroq bo‘lib chiqadi. O‘yinni chet tilini o‘rganish jarayoniga ilk darslardan
boshlab kiritish mumkin va zarur. Ingliz tili darslarida o‘yinlardan foydalanishning
dolzarbligi shundaki, ular yordamida o‘quvchilarning umumiy o‘quv faoliyatini shakllantirish,
kuzatuvchanlikni rivojlantirish va e’tiborini faollashtirish mumkin. O‘yin ijodiy qobiliyatlarni,
shaxsiy ijodiy salohiyatni rivojlantirishga, o‘z-o‘zini baholashni oshirishga, mustaqil qaror
qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. O‘yin orqali xotira, diqqat, idrokni
rivojlantirish, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, malakalarni shakllantirish va shunchaki
hordiq chiqarish ham mumkin”.
O‘yin metodlarining foydali ekanligi ma’lum, ammo ulardan qanday foydalanish kerak?
Ingliz tilini o‘rganish qanday o‘yinlar bilan mustahkamlanishi mumkin?
Avvalo, qo‘llanilayotgan o‘yin o‘tilgan mavzuga aloqador bo‘lishi, o‘quvchilarni jalb
etishi, yoshlariga mos bo‘lishi, o‘quvchilarni o‘ylashga, jamoa bo‘lib ishlashlariga,
raqobatlashishlariga undashi lozim. Shu kabi bir qancha shartlarga javob bera oladigan turli
xil o‘yin-mashqlari mavjud.
Masalan,
“Twenty questions”
(20 xil savol) o‘yini. Bunda o‘quvchilar navbatma-navbat
qatnashadilar, bir o‘quvchi hayolida biron bir hayvon yoki predmetni o‘ylaydi va qolgan
o‘quvchilar birin-ketin savol berib topishlari kerak bo‘ladi. Savollar soni 20 dan oshmasligi va
javob faqatgina “ha” yoki “yo‘q”dan iborat bo‘lishi lozim. Bu o‘yinning foydali jihati shundaki,
o‘quvchilarni bosh qotirishga, zukkolikka, topqirlikka hamda so‘z boyliklarini sinashlariga
undaydi.
“Clap-clap”
(Qarsak-qarsak) o‘yini. Bu o‘yin-mashqida esa o‘quvchilar o‘tirgan joylarida
ketma-ketlikda qatnashadilar. Birinchi o‘quvchi o‘tilgan mavzuga doir bitta gap aytadi va
qarsak chaladi, keyingi o‘quvchi esa birinchi aytilgan gapni takrorlab o‘zining gapini aytadi va
qarsak chaladi, shunday qilib bu o‘yin oxirgi o‘quvchigacha zanjirsimon tarzda yetib boradi.
Bu o‘yin, asosan, xotirani yaxshilash maqsadida qo‘llanilib, o‘quvchilar bir-birini yaxshilab
tinglashi va o‘zining gap tuza olish ko‘nikmalarini sinaydi.
“Past and Future”
(O‘tmish va kelajak) o‘yini. Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan
ishlaydi, ya’ni o‘qituvchi gapni o‘tgan zamonda aytsa, o‘quvchi uni kelasi zamonga o‘girishi,
yoki aksincha, o‘qituvchi gapni kelasi zamonda aytsa, uni o‘quvchi o‘tgan zamonga o‘girib
aytishi lozim bo‘ladi. Bu o‘yinning samarasi o‘quvchini zamonlarni tahlil qilishda
qiynalmasligiga va diqqatining oshishida namoyon bo‘ladi. Shu kabi o‘yinlar 1-, 2-, 3-, 4- sinf
o‘quvchilariga birday mosligi va yuqoridagi sifatlarga to‘liq javob bera olishi bilan boshqa
metodlardan ajralib turadi.
Ammo shuni ham aytib o‘tish kerakki, darsda faqatgina o‘yinlardan foydalanish va buni
uzluksiz davom ettirish o‘quvchilarning fanga nisbatan yuzaki qarashlariga, jiddiy
munosabatda bo‘lmasliklariga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, o‘yin metodlari boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilar uchun juda foydali
hisoblanib, ulardan to‘g‘ri foydalanish ta’lim jarayonining sifatli va samarali bo‘lishi uchun
kerak bo‘lgan muhim omillaridan biri sifatida qaraladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Алиева И.Ф. Пути повышения эффективности обучения английскому языку в
начальных классах // Вестник науки и образования. – 2020. – № 12-2 (90). – С. 92-94.
2.
Simpson A. Using Games in the Language Classroom / A. Simpson // Smashwords Edition
License Notes. – 2015. – № 6. P. 1-25