Page 100
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
ISLOM DINI QADRIYATLARI VA MA’RIFATINING HOZIRGI
ZAMONDAGI AHAMIYATI
Sadinov Ma'ruf
Ilmi rahbar:
Fayzullayeva Dilorom
Samarqand davlat Chet Tillari Instituti 2301 – guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15396210
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10-May 2025 yil
Nashr qilindi: 13-May 2025 yil
Ushbu maqolada Islom dini
qadriyatlarining
rivojlanayotgan davrdagi omillari hamda jamiyatdagi
ba’zi jabhalarga diniy va dunyoviy jihatdan
aloqadorligining ta’siri haqida bir qancha fikrlar
izohlab keltirilgan.
KEY WORDS
Islom dini, qadriyatlari, ma’rifat,
diniy bag’rikenglik, diniy va
dunyoviy
Turli xalqlar va millatlar hayotiga islomiy qadriyatlar kirib borganida dastlab
qarshilikka uchragan. Islom dini o‘zining insonparvarlikka asoslangan qadriyatlari tizimini
tavsiya qilar ekan, murosa va kelishish yo’lidan foydalangan.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va millatimizning tarix silsilalari, zamona zayllari,
turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib boraverdi. Milliy qadriyatlarimiz
millatning kelib chiqish xususiyatlari va hududiy makoni bilan bog‘liq holda shakllandi.
Qardosh xalqlarning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy-hududiy qadriyatlari ravnaqi
bilan uzviy aloqadorlikda davom etaverdi. Shu tariqa millatimiz o‘ziga xos rang-barang
qadriyatlarni takomillashtirib borishi natijasida, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirib,
uning qirralarini rivojlantirib,qadriyatlari mustahkamlana bordi.
Milliy qadriyatlarimiz rivojlanishidaida islom dinining o‘rni juda katta bo‘lib, u milliy
qadriyatlarimizni boyitdi. Ayniqsa, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining takomillashib
borishida islom dini keltirgan insonparvar g‘oyalar sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Islom
dini kelganidan keyin Markaziy Osiyo xalqlari hayotida diniy qadriyatlar tizimi yangilandi,
zaminimizdan ko‘plab mutafakkirlar, qomusiy olimlar yetishib chiqdi. Shuningdek, bu din
o‘zining bunyodkorlik taomiliga ko‘ra ko‘plab me’moriy obidalar, shaharlarning bunyod
bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Milliy qadriyatimizga aylangan islom dini g‘oyalari va ko‘rsatmalari
millatimizning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy turmushi, yashash tarzi, o‘tmishi, kelajagi,
madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari, tili, u vujudga kelgan hudud va boshqalar
bilan uzviy bog‘langan. U milliy qadriyatlarimiz bilan xilma-xil shakllarda, bir-biri bilan uzviy
aloqada namoyon bo‘ldi, o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimini tashkil qildi. Bu tizimda tabiiy-
tarixiy birlikni ta’minlovchi qadriyatlar – yagona e’tiqodlilik, qarindoshlik, madaniy-ma’naviy
yaqinlik, o‘tmish va ma’naviy meros, ona yurt tuyg‘usi va boshqalar barqaror hisoblanadi.
Bu borada marhum Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida quyidagi fikrni keltirganlar:
“Bizning
musulmonchiligimiz,
Allohga,
dinimizga
munosabatimiz
ba’zi
milliy
qadriyatlarimizda ham yaqqol ko‘rinadiki, har bir musulmon yurtdoshimiz ularga beixtiyor
Page 101
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
rioya qiladi”.
Islom qadriyatlari va ma’rifat hozirgi davrda inson hayotining turli jabhalarida katta
ahamiyat kasb etmoqda.Misol qilib:
1. Islom qadriyatlari va ularning mohiyati.
Islom qadriyatlari Qur’on va Hadislarga asoslangan holda insoniyat uchun eng muhim
axloqiy va ijtimoiy tamoyillarni belgilaydi. Ushbu qadriyatlar orasida quyidagilar alohida
ajralib turadi:
Adolat - insonlar o‘rtasida tenglik va huquqning ta’minlanishi.
Halollik va rostgo‘ylik - ishlarda va so‘zlarda halol bo‘lish.
Mehr-oqibat va kechirimlilik - yaqinlar va jamiyat bilan munosabatlarda bag‘rikenglik.
Mehnatsevarlik va mas’uliyat - har bir ishni vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish.
Bu qadriyatlar nafaqat diniy hayot, balki kundalik hayotda ham tartib va barqarorlikni
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
2. Ma’rifatning ahamiyati:
Ma’rifat - islom dinida o‘ta muhim o‘rin tutadi. Qur’onda “O‘qish” buyrug‘i (“Iqro’”) bilan
boshlanishi, bilim olish va ma’rifatni targ‘ib qilishning muhimligini ko‘rsatadi:
Ilm-ma’rifatning fazilati - payg‘ambar Muhammad (s.a.v) “Ilm talab qilish har bir
musulmon uchun farzdir” deb marhamat qilgan.
Zamonaviy fan va texnologiya - islom ta’limotida ilm olish va uni hayotga tadbiq qilish
rag‘batlantiriladi. Hozirgi kunda musulmon olimlar zamonaviy fan, texnologiya va tibbiyot
sohalarida ulkan yutuqlarga erishmoqda.
Ma’naviy va moddiy taraqqiyot - ma’rifat nafaqat individual rivojlanishga, balki
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ham hissa qo‘shadi.
3. Hozirgi zamonda Islom qadriyatlari va ma’rifatning ahamiyati.Bugungi globallashuv
va axborot asrida Islom qadriyatlari va ma’rifatning ahamiyati quyidagi yo‘nalishlarda yaqqol
namoyon bo‘ladi:
Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash - islom dinidagi bag‘rikenglik, hurmat va
adolat tamoyillari jamiyatlararo hamkorlikni rivojlantirishda muhim vosita bo‘lmoqda. Diniy
ma’rifat esa ekstremizm va noto‘g‘ri tushunchalarga qarshi kurashda muhim omil hisoblanadi.
Axloqiy va ma’naviy tarbiya - axloqiy qadriyatlar yosh avlodni tarbiyalashda asosiy
vosita hisoblanadi.Ma’rifat orqali insonlarda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ruhiy va jismoniy
sog‘lomlikni ta’minlashga ko‘mak beriladi.
Ijtimoiy muammolarni hal qilish - islomda zakot va sadaqa tizimlari orqali
kambag‘allikka qarshi kurash va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga hissa qo‘shiladi.Ma’rifat orqali
insonlarning huquq va burchlarini anglab yetishiga imkon yaratiladi.
4. Islom qadriyatlari va ma’rifatning global ta’siri.
Hozirgi davrda Islom qadriyatlari va ma’rifatning global miqyosdagi ahamiyati
quyidagicha namoyon bo‘lmoqda:
Muloqot va integratsiya - islom dunyosi va boshqa madaniyatlar o‘rtasida muloqotni
rivojlantirish.
Ekologik mas’uliyat - Qur’onda tabiatni muhofaza qilishga oid ko‘rsatmalar bugungi
ekologik muammolarni hal qilishda foydali bo‘lmoqda.
Inson huquqlari - islom qadriyatlari inson huquqlarini hurmat qilishga undaydi va bu
xalqaro miqyosda qo‘llanmoqda.
Page 102
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
5. O‘zbekiston misolida Islom qadriyatlari va ma’rifat.
O‘zbekistonda Islom qadriyatlari va ma’rifat davlat siyosatida ham o‘z aksini topmoqda:
Ta’lim tizimi - maktab va oliy ta’lim muassasalarida diniy ma’rifat targ‘ib qilinmoqda.
Madaniy meros - hadis ilmi va Islom madaniyatiga oid asarlar tiklanmoqda (Imom
Buxoriy, Imom Termiziy, va boshqalar).
Tinchlik siyosati - diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida jamiyatda millatlararo va
dinlararo muloqot rivojlantirilmoqda. Milliy qadriyatlarimiz tarkibidagi ba’zi islomiy
qadriyatlarimiz kishilarning yashash joylari, turmush sharoitlari bilan bog‘liqlikda shakllandi.
Shu sababli ham mintaqamizda bizning turmush tarzimiz, shart-sharoitlarimizga mos tarzda
shariatning hanafiylik yo‘nalishi rivojlandi.
Xulosa qilib aytganda, xalqimizning ma’naviy merosi, an’analari, urf-odatlari, adabiyoti,
san’ati bilan umuminsoniy qadriyatlarning milliy darajada namoyon bo‘lish shakllari islomiy
qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Ular millatimizning tarixiy rivojlanish jarayonida avloddan
avlodga o‘tib kelayotgan madaniy xususiyatlar va jihatlarda o‘z aksini topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A. Mo’minov, X. Yo’ldoshxo’jayev, D. Raximjonov, M. Komilov, A.Abdusattorov, A. Oripov. –
DINSHUNOSLIK. – T.:Toshkent – “Mehnat”, 2004.
2.
A. Rippin, J. Knappert. – TEXTUAL SOURSES FOR THE STUDY OF ISLAM. – T.:Chicago, 1990.
3.
ISLOM VA MILLIY QADRIYATLAR. - https://muslim.uz.