Page 32
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
DAVLAT BOSHQARUVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASH
Qurbonov Oybek Xolli o‘g‘li
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15388894
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 08-May 2025 yil
Nashr qilindi: 12-May 2025 yil
mazkur maqolada qonuniylik tushunchasi va mazmuni,
davlat boshqaruvida qonuniylikning o‘ziga xos
xususiyatlari,
qonuniylik
kafolatlari,
davlat
boshqaruvida qonuniylikni taminlash usullariga
bag‘ishlangan.
KEY WORDS
qonuniylik, davlat boshqaruvi,
davlat boshqaruvida qonuniylik,
qonuniylik
kafolatlari,
qonun
ustuvorligi, davlat boshqaruvida
qonuniylikni taminlash
Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini
ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi –
Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi
ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak
marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi .
Bugungi zamonaviy davlat boshqaruvida qonuniylikni taminlash muhim masalalardan
biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston
Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan
olinadi” deb belgilangan. So’ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari
asosida davlat faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tuzulmasi, ularning huquqiy holati,
o‘zaro munosabatlari qayta ko‘rib chiqilib, zamon talablari darajasida tashkil etilmoqda.
Jamiyat rivojlanishi bilan turli xildagi yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga kelib, ularni
huquqiy tartibga solish muommosi paydo bo‘ladi. Bu muommlarni yechimini topishda
qonuniylik prinsipiga tayanishimiz kerak bo‘ladi. Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplaridan
biri ham qonuniylikdir. Qonuniylik tushunchasi haqida ko‘plab olimlar turlicha fiklar
bildirishgan. Masalan D.N.Baxraxning fikriga ko‘ra, qonuniylik mazmunini aniqlashda birinchi
navbatda qonunlarning sifatiga e’tibor qaratish ya’ni uning ijtimoiy munosabatlarga, huquqqa
mos kelishini aniqlash kerak. Qonunlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o‘ziga xos
vosita sifatida, jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy darajaga, tashkilotchilik, madaniyat va
axloqiy qoidalarga mos bo‘lishi kerak. Qonuniylik davlat huquqining jamiyat va fuqarolar
manfaati yo‘lida legalizatsiyalash vositasi bo‘lishi kerak. Qonuniylik bu yuqori sifatli
huquqiy normalarning yetarlicha mavjud bo‘lishi va barcha huquq subyektlari tomonidan
unga qat’iy rioya etilishidir .
Page 33
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
Demak qonuniylik bu qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga
barcha davlat organlari, mansabdor va boshqa shaxslarning ogʻishmay amal qilishiga aytiladi.
Qonuniylik demokratiya va huquqiy davlat elementlaridan biri hisoblanadi.
Y.M.Kozlov davlat boshqaruvida qonuniylikning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib
o‘tadi;
Birinchidan, barcha uchun qonunlarning majburiyligi. Aynan unda qonun talablarining
ustunligi, uning oliy yuridik kuchini ko‘rish mumkin. Hech kimga qonunni chetlab o‘tishga
yoki qonundan o‘zini ustun qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ikkinchidan, qonuniylikning yagonaligi bu mamlakat hududida qonun va qonunga
asoslangan hujjatlar bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini tushunishimiz mumkin;
Uchinchidan, qonuniylik va maqsadga muvofiqlikning mos kelishi. Qonunning o’zi
maqsadga muvofiqlikni namoyon bo’lishining yuqori darajasidir;
To‘rtinchidan, qonuniylik va aholi huquqiy madaniyatining chambarchas bog‘liqligi;
Beshinchidan, har qanday qaror qabul qilinganda, qonuniylik va adolat birinchi o‘rinda
turishi lozim;
Oltinchidan, davlat boshqaruvida qonuniylikni buzganlik uchun javobgarlik muqarrar
belgilanganida, ta’minlanishi mumkin .
Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarga toʻla rioya etishni taʼminlovchi vosita va
sharoitlar qonuniylikning kafolatlari hisoblanadi. Bunday kafolatlarning ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, tashkiliy, mafkuraviy, maxsus yuridik jihatlari bor. Jamiyatning iqtisodiy riuvojlanish
darajasi, turli shakldagi mulkchilik. jamiyatdagi iqtisodiy erkinliklar qonuniylikning ijtimoiy-
iqtisodiy kafolati boʻladi. Siyosiy hurfikrlilik, koʻppartiyaviylik, davlat tuzumining demokratik
tamoyillarga mosligi qonuniylikning siyosiy kafolatini belgilaydi. Qonun va qonunga
asoslangan hujjatlarni tatbiq etish va ularning nazoratini taʼminlovchi samarali mexanizmning
mavjudligi qonuniylikning tashkiliy kafolatidan darak beradi. Aholining huquqiy ongi darajasi,
axloqiy tarbiyasi qonuniylikka mafkuraviy kafolat beradi. Qonuniylikning taʼminlanishi uchun
amaldagi qonunchilikda mavjud usul va vositalar maxsus yuridik kafolat vazifasini bajaradi.
Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda davlat boshqaruvi organlari tomonidan
qo’llaniladigan bir necha usullar mavjud bo’lib, ular davlat boshqaruv organlarining kontrol
va nazorat faoliyati hamda fuqarolarning murojatlari orqali amalga oshiriladi.
Shu jumladan bu borada mamlakatimizda qonuniylikni taminlashda davlat boshqaruv
organlari huquqiy asoslarini yaratish va yaratilganlarini qayta ko’rib chiqish masalasi
qo’yilmoqda. Davlat boshqaruvida qonuniylikni taminlashda Prezidentlik instituti ham muhim
rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir deb belgilab qo‘yilgan.
Bu borada Prezident virtual qabulxonasi tashkil etildi. Prezident Xalq qabulxonalari davlat
organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash,
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini
ta’minlashda o‘ziga xos samarali mexanizmga aylandi. Bugungi kunga kelib Prezident virtual
qabulxonasiga birgina 2024-yilda
1 246 449 ta murojat kelib tushgan .
So‘ngi yillarda davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda huquqni muhofaza
qiluvchi organlar tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Bu borada sud tizimini isloh qilinilayotganligini
Page 34
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
alohida takidlab o‘tishimiz darkor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24
iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034 sonli farmoni sud tizimini yangi
bosqichga olib chiqdi. Bunda sud tizimi qayta takomillashtirilib vazifalar aniq taqsimlanib, sud
mustaqilligi ta’minlandi. Bu islohotlar inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilishda va davlat boshqaruvida qonuniylikni taminlanishida muhim qadam bo‘ldi..
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston. 2018.
2.
Mirziyoyev.Sh.M // Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir//Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag’ishlangan tantanali
marosimidagi ma’ruzasi// https://prezident.uz/
3.
Baxrax.D.N, Rossinskiy.B.V, Starilov.Y.N. Administrativnoye pravo: Uchebnik dlya buzov. –
M.:”Norma”, 2004. 707-b.
4.
Kozlov.Y.M. Administrativnoye pravo. - M.: “Yurist”, 2003. 210-215 b.
5.
https://pm.gov.uz/oz#/