Page 176
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
OYBEK SHE’RIYATIDA O‘XSHATISHNING BADIIY
XUSUSIYATI
Abdurahmonova Sofiya
NavDU Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti
yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478834
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-May 2025 yil
Ma’qullandi: 15-May 2025 yil
Nashr qilindi: 21-May 2025 yil
Oybek
shaxsiyati
va
faoliyatini
begilashda
o‘xshatishlarning o‘rni benihoya katta. Oybek vafotidan
keyin necha yillar o‘tmasin, uning ijodi, uning o‘lmas
satrlari xalqimiz yuragida qon kabi gupillab yashab
turibdi.
KEY WORDS
O‘xshatish, badiiy xususiyat, obraz
o‘xshatishi.
She’riyat – yurakning poklanish vositasi. U insonni idrok etish va his etishga undaydi,
o‘rgatadi, inson ma’naviy dunyosi chegaralarini tobora kengaytiradi, insondagi estetik
qarashlarni tarbiyalaydi. Oybek she’riyati xuddi shunday asl she’riyatdir. Oybek she’riyatini
tahil ostiga tortadigan bo‘lsak, uning serqira ijodkor, xalqning sevimli adibi bo‘lganligini
ko‘rishimiz mumkin. She’rlarida satrlardagi har bir so‘zni o‘rniga quyib, satrlarda esa juda
chiroyli o‘xshatishlarni maromiga yetkazib kuylaganini guvohi bo‘lamiz. Shoir o‘z she’rlarida
voqea-hodisani hech qanaqa ortiqcha bo‘yoqlarsiz, ro‘y-u rost haqiqatni baralla kuylagan.
Oybek she’riyatida o‘xshatishlarni ko‘p uchratamiz. Bugungi maqolamizda Oybekning
o‘xshatishlarini tahlil ostiga olamiz.
Qoshlar, kipriklar qirov
Yuraman hushsiz, hayron
Qornim och, esga kelmas
Xaltamdagi gishtdek non..
Yuqoridagi parchada shoir qosh va kiprigi qirovdek oq ekanligini, xaltasida esa g‘ishtdek
noni borligini ham esidan chiqarib, sarson yurgan holarini juda chiroyli o‘xshatishlar orqali
ifodalagan.
Yoki uning “ Dengizda oqshom” nomli she’rida:
Yor ko‘zlarining ishqini, xumorini yod et!
Ko‘k gulshani durlar kabi porlaydi bu oqshom
Har tog’da-yu, qirda yotadi nozli xush orom.
Dunyodagi ko‘zlar aro shahlosini yod et!
O‘shbu parchada shoir oyni- ko‘k Gulshanni deya o‘xshatish qiladi, go‘yoki oy ko‘kning
bir chiroy tarqatuvchi gulshanidir. Shoir baxtliligidan uning ko‘ziga butun olam o‘zgacha
chiroyga to‘la ko‘rinmaoq. Oyning ko‘k gulshani bo‘lib, oyning nuri esa dur kabi porlashi
o‘quvchi hayolotida juda chiroyli jonlanadi. Shoir boshqa she’rlarida ham judayam chiroyli
o‘xshatishlardan foydalangan.
Page 177
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05,May 2025
www.in-academy.uz
Oybekning “Oqshom sezgisi” nomli she’rida ham betakror o‘xshatishlarni ko‘rishimiz
mumkin.
Hamon mulkimdagi siym-u zarim- she’r
Sochimdan, chehralarni yillardan nishon,
Sajdagohim tanho Vatan, Ona Yer,
Orzularim- karvon, sarbonim- ishonch.
Yuqoridagi parchada shoir bor boyligi, barcha mulki – she’ri ekanligini chiroyli
o‘xshatishlar orqali ifodalaydi. Shoir orzularini – karvonga qiyoslaydi, ishonchini esa sarbonga
o‘xshatadi. Orzularining karvondek uzunligini, bu orzularini ishonadigan shaxs esa sarbon(
ya’ni o‘zi) ekanligini ta’kidlaydi.
Oybekning “Ko‘klam hislari” she’rida bir chiroyli o‘xshatish uchratamiz.
Daraxtlar ko‘tarmish guI qadahchalar.
Ko‘klamning, hayotning sog'ligi uchun...
Yasansa, quvonsa qirlar, bog'chalar
Nega mehnat, yerni maqtamay bugun?
Erta bahorda daraxtlar gullay boshlaydi, shoir shu hodisani daraxtlar ko‘tarmish gul
qadahchalar deya o‘xshatish qiladi . Qadah ko‘tarish albatta insonga hos hodisadir, shoir
bahorni shu darajada chiroyli ta’riflab, hatto daraxtlarga ham jon ato qilmoqda. Bahor va
hayotni borligi uchun daraxtlar gullardan qadah ko‘tarmoqda.
Oybek she’riyatini o‘qigan inson uning she’rlaridan ko‘ngil o‘zolmay, uning
qahramonlari bilan, uning samimiyati bilan yashashni istay boshlaydi. Yozuvchi o‘quvchiga
estetik zavaq berish maqsadida she’riyatida ko‘plab o‘xshatishlardan foydalangan.
Bir narsani boshqa narsaga o‘xshatish orqali yorqin va samimiy gohida bo‘rttirib
tasvirlashimiz mumkin. Oybek she’riyatidagi o‘xshatishlarning hammasi o‘z o‘rnida samiyat
uchun xizmat qilmoqda .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek “She’rlar”. Toshkent: 2023.
2.Расулов Т. Бадиий тасвир ва образли тасвирий воситалар// Ўзбек тили bа адабиёти,
1965. №5, – Б 10.
3.Маҳмудов Н. Ўхшатишлар – образли тафаккур маҳсули // Ўзбек тили ва Адабиёти. –
Т., 2011. – № 3. – Б.9