Авторы

  • Ubaydullohon Shodmonov
    ISFT (International school of finance technology and science) instituti Fundamental iqtisodiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126468

Ключевые слова:

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlar profilaktik tadbirlar huquqiy ong yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi bolalar huquqlari oilaviy muhit ijtimoiy integratsiya inspektor-psixologlar jamoatchilik hamkorligi

Аннотация

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining bugungi holatini tahlil qiladi. “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” (2022-2026) doirasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy hayotga integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘rib chiqiladi. 2022 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 6,3 foizga oshgan bo‘lsa, 2024 yilning dastlabki ikki oyida 8,1 foizga kamaygan. Markazlarning faoliyati, ular tomonidan 2022 yilda 89 098 nafar tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan olib borilgan profilaktik ishlar va 2024 yilda 1 321 nafar voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilgan yordam natijalari tahlil etiladi. Muammolar sifatida profilaktik tadbirlarning yetarli emasligi, oilaviy muhitning salbiy ta’siri va ijtimoiy-iqtisodiy omillar keltiriladi. Maqolada markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha byudjet mablag‘larini maqsadli ajratish, ijtimoiy buyurtmalar tizimini joriy etish, jamoatchilik bilan hamkorlikni kengaytirish kabi takliflar beriladi


background image

Page 140

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM

KO‘RSATISH MARKAZINING BUGUNGI HOLATI

Shodmonov Ubaydullohon To‘raho‘jayevich

ISFT (International school of finance technology and science) instituti

Fundamental iqtisodiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15475614

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2025 yil

Ma’qullandi: 15-May 2025 yil
Nashr qilindi: 20-May 2025 yil

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish
markazlarining bugungi holatini tahlil qiladi. “Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” (2022-2026)
doirasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini
olish, ularning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy
hayotga

integratsiya

qilish

bo‘yicha

amalga

oshirilayotgan islohotlar ko‘rib chiqiladi. 2022 yilda
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
6,3 foizga oshgan bo‘lsa, 2024 yilning dastlabki ikki
oyida 8,1 foizga kamaygan. Markazlarning faoliyati,
ular tomonidan 2022 yilda 89 098 nafar tarbiyasi og‘ir
o‘quvchilar bilan olib borilgan profilaktik ishlar va
2024 yilda 1 321 nafar voyaga yetmaganlarga
ko‘rsatilgan

yordam

natijalari

tahlil

etiladi.

Muammolar sifatida profilaktik tadbirlarning yetarli
emasligi, oilaviy muhitning salbiy ta’siri va ijtimoiy-
iqtisodiy omillar keltiriladi. Maqolada markazlar
faoliyatini

takomillashtirish

bo‘yicha

byudjet

mablag‘larini maqsadli ajratish, ijtimoiy buyurtmalar
tizimini joriy etish, jamoatchilik bilan hamkorlikni
kengaytirish kabi takliflar beriladi

KEY WORDS

Voyaga

yetmaganlar

jinoyatchiligi,

ijtimoiy-huquqiy

yordam ko‘rsatish, markazlar,
profilaktik tadbirlar, huquqiy ong,
yangi

O‘zbekiston

taraqqiyot

strategiyasi, bolalar huquqlari,
oilaviy

muhit,

ijtimoiy

integratsiya,

inspektor-

psixologlar,

jamoatchilik

hamkorligi

Respublikamizda voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishiga qarshi

kurashish, profilaktik ta’sirchoralarini amalga oshirish hamda voyaga yetmaganlarning
huquqlarini himoya qilishga oid qator maqsadli choratadbirlar: voyaga yetmaganlar va
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish; voyaga yetmaganlarning huquqiy
ongi va huquqiy madaniyatini oshirish; ularga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolarni yanada
liberallashtirish, ularning huquqlarini himoya qilishga oid keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.

“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab

chiqilgan mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng
asosiy va zarur shartiga aylantirish ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va
faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”

[1]

bo‘yicha Taraqqiyot


background image

Page 141

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

strategiyasidagi vazifalarni bajarish maqsadida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini o‘rganish
va uning oldini olishning tadqiq etilishi kerakligi ushbu mavzuni o‘rganish zarurati
mavjudligidan dalolat beradi,

Bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan

ishlarga qaramasdan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sezilarli
darajada kamaymasdan qolmoqda.

Xususan, Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan

profilaktika inspektorlari, mahalla faollari hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda
yetarli profilaktik tadbirlar tashkil etilmaganligi oqibatida 2022 yilning 12 oyida voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2 404 tani

(2 404/2 262)

tashkil etib, o‘tgan

yilning shu davriga nisbatan 142 taga yoki 6,3 foizga oshgan.

Sodir etilgan jinoyatlarning eng yuqori salmog‘i ya’ni, 1 628 tasi yoki 67,7 foizi Farg‘ona

(750 yoki 31,1 foizi)

(1-o‘rin)

,

Toshkent shahri

(308 ta yoki 12,8 foizi)

(2-o‘rin)

,

Toshkent

(255

yoki 10,6 foizi)

(3-o‘rin)

,

Namangan

(171 yoki 7,1 foizi)

(4-o‘rin)

va

Surxondaryo

(144 yoki 5,9

foizi)

viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Voyaga yetmaganlar tomonidan 1 162 ta o‘g‘rilik, 171 ta bezorilik, 137 ta firibgarlik, 78 ta

talonchilik, 74 ta og‘ir TJE, 42 ta nomusga tegish, 29 ta avtotransport vositasini olib qochish,
21 ta bosqinchilik va 10 ta qotillik kabi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilgan.

Voyaga yetmaganlar jinoyati tuman-shaharlar kesimida ko‘rilganda, eng ko‘p Qo‘qon

shahrida 151 ta (1-o‘rin), Farg‘ona shahrida 149 ta (2-o‘rin),

Namangan shahrida 68 ta (3-

o‘rin), Marg‘ilon shahrida 58 ta (4 o‘rin), Uchko‘prikda 44 ta, Chilonzor va Quvada 41 tadan,
Farg‘ona tumanida 40 ta,

Oltiariqda 37 ta, Uchtepada 36 ta, Olmazorda 34 ta sodir etilgan.

Mahallalar kesimida tahlil qilingan-da, eng ko‘p voyaga yetmaganlar jinoyati Farg‘ona

shahrining “Oybek” mahallasida 17 ta, Qo‘qon shahrining “Sunbula” mahallasida 13 ta,
Uchko‘prik tumanining “Uchko‘prik” mahallasida 9 ta, Chirchiq shahrining “Kamolot”, Qo‘qon
shahrining “Vaqf Chorsu”, “Yangiobod”, Farg‘ona shahrining “Yoshlar” va “Ma’rifat”
mahallalarida 8 tadan, Termiz shahrining “Guliston” mahallasida 7 ta, Qo‘qon shahrining
“Obod” mahallasida 5 ta sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Misol uchun, 2022 yil 2 mart kuniga o‘tar kechasi

Qo‘qon shahar XTBga qarashli 28-

maktabning 8-A-sinf o‘quvchisi 2007 y.t. A.Botirov “Vaqf Chorsu” mahallasi hududida joylashgan
fuqaro D.Irgashboyeva tegishli savdo do‘koniga deraza oynasini sindirib kirib, 300 ming so‘mlik
elektron sigaret, 800 ming so‘mlik kuzatuv kamerasi va 300 ming so‘m pullarini o‘g‘irlab moddiy
zarar yetkazgan.

Jinoyat kelib chiqish sababi, Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-

psixologlar tomonidan hududiy profilaktika inspektorlari, mahalla faollari hamda maktab
ma’muriyati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada
tashkil etilmaganligi, voyaga yetmagan A.Botirovni o‘z vaqtida dars mashg‘ulotiga qatnashishi
nazorat qilinmaganligi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida turli sport yoki
hunarmandchilik yoki bu kabi maqsadli to‘garaklarga jalb qilish choralari ko‘rilmasdan o‘z
holiga tashlab qo‘yilganligi, shuningdek, ota-onasi yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarning
nazoratsizligi oqibatida ushbu jinoyatga qo‘l urishiga zamin yaratilgan.

Shuningdek, 2022 yil davomida, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan og‘ir tan

jarohati yetkazish jinoyati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga

(79/74)

kamaygan

bo‘lsa-da, ushbu turdagi jinoyatlarning salmog‘i ya’ni 57 foizi

(42 tasi)

Farg‘ona

(15 ta)

,


background image

Page 142

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

Andijon

(10 ta),

Qashqadaryo

(9 ta)

va Qashqadaryo

(8 ta)

viloyatlari

hissasiga to‘g‘ri kelib,

mazkur jinoyatlarning har ikkinchisi aynan ushbu hududlarda sodir etilgan bo‘lsa, Jizzax

(0/5

taga)

viloyatida mazkur turdagi jinoyatlar keskin oshib ketgan.

Respublikada xizmat olib borayotgan inspektor psixologlar tomonidan biriktirilgan

umumta’lim maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt
oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot
ishlari to‘g‘ri va yetarli tashkil etilmaganligi oqibatida, 2022 yil davomida sodir etilgan 2 404
ta jinoyatlarda 2 089 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan 234 nafarga yoki 12,6 foizga

(2021 yilda 1855 nafar)

oshgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahrida 176 nafarga

(197/373)

(1-o‘rin)

,

Toshkent viloyatida 44 nafarga

(180/224)

(2-o‘rin)

,

Buxoroda 32 nafarga

(92/124)

(3-o‘rin)

,

Namanganda 30 nafarga

(144/174)

(4-o‘rin)

,

Sirdaryoda 29 nafarga

(25/54),

Qashqadaryoda

24 nafarga

(91/115),

Jizzaxda 8 nafarga

(26/34),

Navoiyda 8 nafarga

(33/41),

Qoraqalpog‘istonda 7 nafarga

(39/46)

va

Samarqandda 4 nafarga

(95/99)

oshishiga yo‘l

qo‘yilgan.

Bugungi kunda ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan, ayniqsa ilgari

sudlangan voyaga yemaganlar bilan profilaktik ishlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi oqibatida,
ular tomonidan qayta jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.

Misol uchun, Jarqo‘rg‘on tumani, “Dam” MFYda joylashgan 28-sonli umuta’lim maktabi 9-

sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan F.Berdimuradov 2022 yil 16 may kuni soat taxminan 09:30lar
atrofida, ushbu mahallada yashovchi fuqaro M.Raxmanovaning yashash uyiga kirib, uyidagi
sandiq ichidan 500 AQSH dollari va 10 mln so‘m pullarni o‘g‘irlagan.

Vaholanki, voyaga yetmagan F.Berdimurodov muqaddam 2021 yil 1 avgust kuni

O‘zbekiston Respublikasi JKning 169 moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun
Probatsiya hisobida turgan.

Jinoyat kelib chiqish sababi o‘rganilganda, 9-sinfda o‘qiyotgan F.Berdumurodov jinoyat

sodir etilgan vaqtda dars mashg‘ulotida bo‘lishi kerak bo‘lsada, maktab, mahalla, probatsiya va
hududiy inspektor-psixolog tomondan profilaktik tadbirlar tizimli tashkil etilmaganligi, jinoyat
va huquqbuzarlik sodir etishga moyil o‘quvchilarning oilaviy sharoiti to‘liq o‘rganilmaganligi
sabab bo‘lgan.

Voyaga yetmagan F.Berdimurodov onasi G.Beknazarova va otasi X.Yusupovlar mahalla

jamoatchilik ishlariga vaqti-vaqti bilan jalb qilingan, oilaning daromad manbai past, ushbu
fuqarolar doimiy ish joyiga ega emas. Ushbu fuqarolarni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlash
choralari ko‘rilmagan.

Shu bilan birga, joylarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni sodir etilishiga moyil bo‘lgan

shaxslarni aniqlash va hisobga olish, ular bilan manzilli profilaktik tadbirlar to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilmaganligi natijasida ayrim toifadagi shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi keskin
oshib bormoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kundagi 5050-son

qaroriga asosan tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000 ta

(hozirda ushbu

shtatlar Milliy gvardiyaga berildi)

shtat birliklaridan iborat voyaga yetmaganlar masalalari

bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlarini joriy etildi hamda ularning bevosita xizmat o‘tash
joyi etib umumiy o‘rta ta’lim muassasalari belgilandi.

Inspektor-psixologlar tomonidan 2022 yilda 89 098 nafar tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar


background image

Page 143

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

bilan olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 62 312 nafari ijobiy tomonga o‘zgargan

.

Biroq, Toshkent shahrida 5 203 nafar, Qoraqalpog‘istonda 3 527 nafar, Andijonda 3 511

nafar, Samarqandda 2 445 nafar, Toshkent viloyatida 2 427 nafar va Farg‘onada 2 357 nafar
tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan profilaktik tadbirlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi oqibatida
ijobiy tomonga o‘zgarmagan.

2024 yilning 2 oyida respublikamizda 359 nafar (357/359) voyaga yetmaganlar

tomonidan 339 ta (369/339) yoki 30 taga kam jinoyatlar sodir etilib, salmog‘i 8,1 foizga
kamaygan.

Salmog‘i bo‘yicha umumiy jinoyatning 2,2 foizini tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 257,1 foizga (7/25), Sirdaryoda 83,3 foizga (6/11),

Toshkent shahrida 65.3 foizga (49/81), Xorazmda 42,9 foizga (7/10), Jizzaxda 40 foizga (5/7)
va Toshkent viloyatida 20 foizga (35/42) oshgan.

Ushbu ko‘rsatkich Buxoroda 53 foizga (30/14), Farg‘onada 38 foizga (99/61),

Namanganda 37 foizga (32/20), Qashqadaryoda 36 foizga (19/12), Navoiyda 33 foizga (9/6),
Surxondaryoda 31 foizga (16/11), Samarqandda 29 foizga (24/17), Andijonda 29 foizga
(31/22) kamayishiga erishilgan.

Jinoyatda ishtirok etgan voyaga yetmagan shaxslar 359 nafarni tashkil etib, respublikada

0,6 foizga (357/359) oshgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 283,3 foizga (6/23), Toshkent shahrida 79,5 foizga

(44/79), Toshkent viloyatida 62,5 foizga (32/52), Sirdaryoda 55,6 foizga (9/14), Xorazmda
14,3 foizga (7/8) oshgan.

Navoiyda (8/8), Samarqandda (23/23), Surxondaryoda (15/15) barqaror saqlangan

bo‘lsa, Buxoroda 58,3 foizga (36/15), Qashqadaryoda 45 foizga (20/11), Namanganda 41,7
foizga (36/21), Farg‘onada 28,4 foizga (81/58), Jizzaxda 22,2 foizga (9/7), Andijonda 19,4
foizga (31/25) kamaygan.

Mazkur shaxslarning 218 nafarini yoki 61 foizini maktab o‘quvchilari, 50 nafarini yoki

14 foizini akademik litsey va kollej o‘quvchilari, 32 nafarini yoki 9 foizini ishlaydiganlar, 59
nafarini yoki 16 foizini maktabni tugatib o‘qimaydiganlar tashkil etadi.

Voyaga yetmaganlar tomonidan 6 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 8 ta nomusga tegish,

151 ta o‘g‘irlik, 12 ta talonchilik, 6 ta bosqinchilik, 21 ta firibgarlik, 38 ta bezorilik, 9 ta
transport vositasini olib qochish va 88 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan.

Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar kelib chiqish sabablari

tahlil qilinganda,

– 299 nafari yoki 83 foizi ota-onasi farzandi tarbiyasiga e’tiborsiz oilada tarbiyalanib

kelayotganlar;

– 25 nafari yoki 7 foizi ajrim yoqasidagi oilalarda tarbiyalanib kelayotganlar;
– 14 nafari yoki 4 foizi ota yoki onasi chet elda bo‘lganlar;
– 5 nafari yoki 1,4 foizi surinkali ichuvchi oilalarda tarbiyalanib kelayotganlar;
– 5 nafari yoki 1,4 foizi ota-onasi yo‘q (vasiy va xomiy) oilalarda tarbiyalanib

kelayotganlar;

– 5 nafari yoki 1,4 foizi ota-onasi profilaktik xisobda turuvchi oilalarda tarbiyalanib

kelayotganlar;

– 4 nafari yoki 1,1 foizi oilaviy janjalkash oilalarda tarbiyalanib kelayotganlar;
– 2 nafari yoki 0,7 foizi otasi yoki onasi muqaddam sudlangan oilalarda tarbiyalanib


background image

Page 144

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

kelayotganlarni tashkil etgan.

Amalga oshirilgan ishlar:

Maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar maktablar kesimida 3 yilligi

tahlil qilinib o‘quvchilari jinoyat sodir etgan 2 155 ta maktablarga ichki ishlar idoralarining
rahbar xodimlari biriktirildi.

O‘z majburiyatlarini bajarmagan 29 583 nafar ota-onalarga nisbatan MJtKning 47-

moddasi asosida ma’muriy choralar ko‘rildi. 1 321 nafar (o‘g‘il bolalar 825 nafar, qiz bola 496
nafar) nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam
ko‘rsatish markazlariga joylashtirilib ijtimoiy, huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Hozirda, 2024 yilning 2 oyi davomida ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga

joylashtirilgan voyaga yetmaganlardan 1113 nafari ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslarga qaytarildi, 4 nafari Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasiga, 6 nafari
oilaviy bolalar uylariga, 114 nafari vasiylik va homiylik organlariga, 11 nafari
ixtisoslashtirilgan o‘quv ta’lim muassasalariga joylashtirildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasini

yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni berishni joiz topdik:

1) ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga byudjet mablag‘larini aniq ijtimoiy

maqsadlarni ko‘zlagan holda ajratish mexanizmini hamda ulardan foydalanishning
samaradorligini aniqlash bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqish;

2) ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga

davlat granti

shaklidan aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy buyurtma berish orqali moliyalashtirish

amaliyotini kengaytirish;

3) ichki ishlar vazirligi boshqaruvi organlari tomonidan bajarilayotgan vazifa va

funksiyalarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari orqali amalga oshirish miqdorini
ko‘paytirish;

4) «huquqbuzarliklar profilaktikasi» fani bo‘yicha o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarini

tayyorlashda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlar faoliyati yoritish, uning asosida
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun doimiy ravishda maxsus
o‘quv kurslarini tashkil etish;

5) fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlarning huquqlari

va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ijtimoiy-
huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari rahbarlarining jamoatchilik eshituvini Jamoatchilik
palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari tomonidan har yili tashkil etish amaliyotini joriy
etish;

6) ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining ixtisoslashuvini qo‘llab-

quvvatlash va ushbu muassasa xodimlarni faoliyatini rag‘batlantirish.

Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022- 2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni //
elektron manba: http://old.lex.uz/docs/5841063

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni // elektron manba: http://old.lex.uz/docs/5841063