Авторы

  • Jasmina Isroiljonova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O’zbek tili va adabiyoti 1-kurs talabalari
  • Muhabbat Jo’rayeva
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O’zbek tili va adabiyoti 1-kurs talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126489

Ключевые слова:

gerontopsixologiya keksalik psixologik o’zgarishlar ijtimoiy moslashuvchanlik ruhiy salomatlik depressiya aqliy o’zgarishlar.

Аннотация

Gerontopsixologiya,ya’ni gerontologiya va yosh psixologiya sohasi hisoblanib,keksalar ruhiyati va fe’lining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi va keksalikda yuzaga keladigan psixologik o’zgarishlarni tahlil qiladi. Ushbu maqolada, keksalik davrida yuzaga keladigan ruhiy o’zgarishlar, ijtimoiy va psixologik moslashuvchanlik, shuningdek, keksalar uchun psixologik yordam ko’rsatishning ahamiyatini muhokama qiladi. Maqolada,shuningdek,keksalikda ruhiy salomatlikni saqlash, depressiya va boshqa psixologik muammolarni aniqlash va ularga qarshi kurashish usullari ham ko’rib chiqiladi.


background image

Page 117

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

GERONTOPSIXOLOGIYA

Isroiljonova Jasmina Ilhomjon qizi

Jo’rayeva Muhabbat Jamshid qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti 1-kurs talabalari

Isroiljonovajasmina8@gmail.com

jorayevamuhabbat1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15591610

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil

Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Gerontopsixologiya,ya’ni

gerontologiya

va

yosh

psixologiya sohasi hisoblanib,keksalar ruhiyati va
fe’lining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi va
keksalikda yuzaga keladigan psixologik o’zgarishlarni
tahlil qiladi. Ushbu maqolada, keksalik davrida yuzaga
keladigan ruhiy o’zgarishlar, ijtimoiy va psixologik
moslashuvchanlik,

shuningdek,

keksalar

uchun

psixologik

yordam

ko’rsatishning

ahamiyatini

muhokama qiladi. Maqolada,shuningdek,keksalikda
ruhiy salomatlikni saqlash, depressiya va boshqa
psixologik muammolarni aniqlash va ularga qarshi
kurashish usullari ham ko’rib chiqiladi.

KEY WORDS

gerontopsixologiya,

keksalik,

psixologik o’zgarishlar, ijtimoiy
moslashuvchanlik,

ruhiy

salomatlik,

depressiya,

aqliy

o’zgarishlar.

Gerontopsixologiya-yunoncha “geron”-qari, keksa, qariya, ya’ni keksalarning ruhiy

holatini o’rganadigan psixologiyaning bir bo’limidir.Inson hayotining har bir bosqichi o’ziga
xos psixologik jarayonlar bilan tavsiflanadi. Qarilik esa biologik, psixologik va ijtimoiy
jihatdan eng murakkab davrlardan biri sanaladi. Aholining qarish sur’ati ortib borayotgan
bugungi kunda, olimlar kishilarda keksayish tufayli paydo bo’ladigan ruhiy xususiyat va
o’zgarishlarga avvaldan qiziqib kelsalarda, gerontopsixologiya alohida fan sohasi sifatida XX
asrning 2-yarmidagina shakllana boshladi. Uning vujudga kelishiga ijtimoiy omillar: keksalar
sonining ko’payishi, ularning ishga layoqati va turmush sharoiti masalalari sabab bo’ldi.
Gerontopsixologiya qari kishilardagi umumfiziologik va psixofizik xususiyatlar bilan ularning
xatti-harakatlari, fe’lining psixologik xususiyatlari o’rtasidagi aloqadorlikni, shaxsning
faoliyati va boshqa omillar bilan bog’liq o’zgarishlarni o’rganadi. Gerontopsixologiyaning
umumiy vazifasi kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan
vositalarni izlab topishdir. Mazkur maqolada aynan qarilik bosqichidagi shaxsiy va ijtimoiy
omillar, ularning psixik holatga ta’siri hamda samarali psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi.

Asosiy qism

Keksalik davri inson hayotidagi tabiiy bosqichdir. Bu davrda nafaqat jismoniy, balki

ruhiy o’zgarishlar ham yuz beradi. Masalan, emotsional o’zgarishlar, ya’ni yolg’izlik hissi,
depressiya, xavotir va qo’rquv, xotira pasayishi, ijtimoiy faollik kamayishi, diqqat va fikrlashda
sustlik paydo bo’lishi kuzatiladi. Ba’zi keksa odamlar ruhiy jihatdan barqaror, sabrli va
donishmand bo’lib qolishadi. Ular ko’p narsaga boshqacha qarashadi va yosh avlodga
maslahat bera olishadi. Keksalikda inson ijtimoiy rolidan ayrilishi mumkin, ya’ni pensiyaga


background image

Page 118

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

chiqish, kasbiy faoliyatining tugashi, jismoniy imkoniyatlarning kamayishi, yaqin insonlar
bilan aloqalarning kamayishi – bularning barchasi ijtimoiy moslashuvda qiyinchilik tug’diradi.
Shu sababli psixologik yordam ko’rsatish, oilaviy va jamoaviy qo’llab-quvvatlash muhim
ahamiyatga ega. Keksalarni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish, ularni o’ziga bo’lgan ishonchini
oshirish zarur. Keksalar o’z hayotini foydali va mazmunli deb his qilishsa, ular ruhiy
barqarorlikni saqlab qoladilar. Ijtimoiy faollik, ko’ngillilik, avlodlararo aloqalar, madaniy va
ma’naviy qadriyatlarga asoslangan faoliyatlar ularning psixik salomatligiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Ko’p keksalar umr yo’ldoshi, do’stlari yoki qarindoshlaridan ayrilgan bo’ladi. Bu
esa chuqur ruhiy bo’shliq va qayg’uga olib keladi. Ishdan ketish, farzandlarining alohida
yashashi, jamiyatdagi faol rolning kamayishi – o’z-o’zini foydasiz his qilishga olib keladi.
Yolg’izlik: bu eng xavfli psixologik holatlardan biri hisoblanadi. Yolg’izlik depressiya, befarqlik,
hatto o’z joniga qasd qilish xatarini kuchaytiradi.

Bunday holatlarda keksalar uchun

samarali psixologik yordam shakllari: shaxsiy suhbatlar orqali keksa inson o’zini
tinglashayotganini, tushunilayotganini his qiladi. Bu esa o’z-o’zini qadrlash hissini oshiradi.
Keksalarni nabiralari yoki yoshlarga o’z hayotiy bilimlarini o’rgatish jarayoniga jalb qilish
ularning motivatsiyasini oshiradi. Diniy va ma’naviy qadriyatlar asosida olib borilgan
suhbatlar keksalarni ruhiy jihatdan taskinlantiradi,umid bag’ishlaydi. Keksalar uchun
psixologik yordamning ijobiy ta’sirlari: depressiya darajasi kamayadi,xotira va fikrlash
faoliyati yaxshilanadi, uyqu va ishtaha normallashadi, hayotdan mamnunlik darajasi oshadi,
sog’liq bilan bog’liq muammolarga bardoshlik kuchayadi. Keksalarga psixologik yordam
ko’rsatishda psixologlarning roli muhim bo’lsa ham, oilaviy mehr-muhabbat ham katta
ahamiyatga ega. Masalan, farzandlar va nabiralarning mehrli munosabati, etiborli tinglovchi
bo’lish, ularning qarorini hurmat qilish va inobatga olish, bolalarning tarbiyasida ham
keksalarning o’rni katta ahamiyatga ega. Chunki ular sabr-toqatli, shoshilmasdan
tushuntiradigan, bolaga e’tiborli bo’lganlari sababli ularning qalbiga chuqur kirib bora oladi.
Bu orqali bolalar yaxshilik va yomonlikni ajratish, har bir ishning oqibatini anglash, or-nomus,
hayo, rostgo’ylik, sabrli bo’lish kabi jihatlarni o’rganadi. Keksalar ko’p narsalarni hayotiy
misollar bilan o’rgatgani uchun bolalar ularni tinglab, jamiyatda qanday yashash, o’zini
qanday tutish kerakligini anglaydi.

Xulosa

Gerontopsixologiya inson hayotining keksalik davrini har tomomlama o’rganish va bu

bosqichda yuzaga keladigan psixologik muammolarni aniqlash hamda yengillashtirishga
qaratilgan muhim sohadir. Bugungi kunda Yoshi kattalar sonining ortib borishi
gerontopsixologik xizmatlarga bo’lgan ehtiyojni oshirmoqda. Shuning uchun psixologlar,
ijtimoiy xodimlar va tibbiyot mutaxassislari keksalarning ruhiy salomatligini saqlashda
hamkorlikda ishlashlari lozim. Ushbu maqolada keltirilgan mulohazalar shuni ko’rsatadiki,
keksalik bu – zaiflik emas, balki tajriba, donolik va insoniy qadriyatlar mabai bo’lib, unga
nisbatan hurmat va psixologik e’tibor zarur. Har bir keksani qadrlash, ularning hayotiy
faoliyatini qo’llab-quvvatlash sog’lom jamiyat garovidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.G’.S. Abramova. “Yosh davrlari psixologiyasi”, Toshkent, 2020.
2. E.H. Erikson. “Bolalik va jamiyat”, Toshkent, 2018.


background image

Page 119

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

3. H. Berkowitz. “Keksalik psixologiyasi”,Toshkent: Piter nashriyoti, 2019.
4. D. Sultonova. “Keksalik psixologiyasi”, Toshkent: O’zbekiston, 2021.
5.O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi.” Keksalar salomatligi bo’yicha
tavsiyalar”, 2023.
6. R.N. Batler. “Uzun umr inqilobi: uzoq umr ko’rishning foydalari va muammolari”, Toshkent,
2020.
7. O’Zme. Birinchi jild. Toshkent, 2000.

Библиографические ссылки

G’.S. Abramova. “Yosh davrlari psixologiyasi”, Toshkent, 2020.

E.H. Erikson. “Bolalik va jamiyat”, Toshkent, 2018.

H. Berkowitz. “Keksalik psixologiyasi”,Toshkent: Piter nashriyoti, 2019.

D. Sultonova. “Keksalik psixologiyasi”, Toshkent: O’zbekiston, 2021.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi.” Keksalar salomatligi bo’yicha tavsiyalar”, 2023.

R.N. Batler. “Uzun umr inqilobi: uzoq umr ko’rishning foydalari va muammolari”, Toshkent, 2020.

O’Zme. Birinchi jild. Toshkent, 2000.