Page 99
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
PREZIDENTLIK INSTITUTINI AXBOROT
TAHDIDLARIDAN HIMOYALASHGA OID ILMIY
YONDASHUVLAR
Yunusov Javoxirbek Faxriddin o‘g‘li
O‘zbekiston milliy universiteti Siyosatshunoslik
yo‘nalishi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582336
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Ushbu maqolada globallashuv va raqamlashtirish
sharoitida
prezidentlik
institutini
axborot
tahdidlaridan
himoya
qilish
masalalariga
bag‘ishlangan. Maqolada axborot xavfsizligining davlat
milliy xavfsizligidagi o‘rni, prezidentlik institutiga
qarshi axborot tahdidlarining xususiyatlari va ularni
bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi..
KEY WORDS
Axborot xavfsizligi, prezidentlik
instituti,
ijtimoiy
tarmoqlar,
raqamlashtirish, milliy xavfsizlik,
kiberxavfsizlik, global axborot
makoni, psixologik ta’sir
Hozirgi globallashuv jarayonlari davom etayotgan bir sharoitda, xalqaro munosabatlar
tizimi sezilarli transformatsiyalarga duch kelmoqda. Global miqyosdagi harbiy-siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy dinamikalar xalqaro hamda mintaqaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi
omillarning spektrini kengaytirmoqda. Ushbu jarayon geosiyosiy qarama-qarshiliklarning
intensifikatsiyasi, mojarolarni qurolli kuch ishlatish orqali hal qilishga moyillikning ortishi,
ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llash ehtimoliyatining yuksalishi, xalqaro terrorizm va
ekstremizm faoliyatining avj olishi, shu bilan birga axborot va kiber makondagi raqobatning
keskinlashuvi kabi parametrlarni o‘z ichiga olgan holda izohlanadi.
DataReportal.com ma’lumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar holati bo‘yicha Oʻzbekistonda
Internetdan foydalanuvchi aholi soni 32,7 mln nafarni, umumiy aholining 89%ni tashkil
qiladi, shundan 11,7 mln. nafari yoki umumiy aholining 31,7%i ijtimoiy tarmoqlar
foydalanuvchilari hisoblanadi.
Xususan, “Telegram”da 22 mln, “Instagram”da 11,7 mln, “Facebook”da 2,30 mln,
“TikTok”da 2,57 mln, “X” (Twitter) da 250 ming
1
nafar oʻzbekistonlik foydalanuvchi mavjud
boʻlib, ularning koʻpchiligini yoshlar tashkil qilmoqda. Sodir etilayotgan axborot
tahdidlarining katta qismi aynan shu ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan tashkil etilmoqda.
Yuqoridagidan kelib chiqib, axborot oqimlarini boshqarish, nazorat qilish va cheklash
imkoniyatlari tobora murakkablashishi, bu esa ushbu oqimlarning inson ongiga turli metodlar
orqali infiltratsiya qilib, ijobiy yoki salbiy kognitiv va ijtimoiy effektlarni keltirib chiqarishiga
olib kelmoqda. Global miqyosda sakkiz milliarddan ziyod aholiga ega bo‘lgan Yer sayyorasida
ushbu shaxslarga yo‘naltirilgan axborot hajmi undan ham yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil
etadi. Shu bilan birga, ushbu axborot massivining qaysi qismi obyektiv xarakterga ega bo‘lib,
Page 100
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
qaysi qismi muayyan subyektlarning strategik manfaatlarini targ‘ib qilishga xizmat qilishini
differensiatsiya qilish jarayoni tobora muammoli tus olmoqda.
Bugungi kunda axborot inson ongi va tafakkuriga ta’sir o‘tkazuvchi, butun insoniyat
hayoti va taqdirini muhim yo‘nalishlarga burib yuboruvchi kuchli vositaga aylangan. Axborot
ijobiy, gohida salbiy mohiyatga ega bo‘lib, eng samarali qurol sifatida namoyon bo‘lmoqda.
“Kimki axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga egalik qiladi”, degan fikr bugungi kunda keng
miqyosda e’tirof etilmoqda.
Axborot bilan ta’minlanganlik darajasi insonning o‘zini anglashida, shuningdek,
axborot makonidagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy mavqeini belgilashda
asosiy omilga aylandi. Axborot orqali zamonaviy psixologik ta’sir texnologiyalarining
rivojlanishi inson va jamiyat tafakkurining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Birgina
noto‘g‘ri axborot mamlakatning tinchligini buzib yuborishi yoki bir-biriga qarshi davlatlarni
yarashtirib qo‘yishi mumkin.
Axborot oqimini to‘g‘ri yo‘naltira olmaslik esa yillar davomida shakllangan ma’naviy
qadriyatlarning yemirilishiga, davlatning siyosiy institutlari, xususan, prezidentlik institutiga
nisbatan salbiy axborotlarning kelib chiqishiga olib keladi. Shu sababli, axborotni boshqarish
va tarqatish jarayonlariga e’tibor qaratish zamon talabiga aylandi.
XXI asr boshiga kelib, texnologiyalar rivojlanishi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi, ular
tufayli insoniyat qulaylik va xavfsizlik darajasining sezilarli o‘sishiga erishdi. Shu bilan birga,
davlat va jamiyatning axborot-kommunikatsiya tizimlarining ushbu texnologiyalarga bo‘lgan
misli ko‘rilmagan darajadagi qaramligi ko‘plab xavf va tahdidlarni keltirib chiqaradi, bu esa
axborot xavfsizligini taʼminlashning ahamiyatini yanada oshiradi. Quyidagi 1.1. rasmda
M.I. Faleyev va G.S. Chernyxlarning “Davlatning milliy xavfsizligiga axborot sohasidagi
tahdidlar” tasnifi keltirilgan.
1.1. rasm – davlatning milliy xavfsizligiga axborot sohasidagi tahdidlar
Page 101
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
Hozirgi vaqtda ilmiy hamjamiyatda, davlat va siyosat arboblari hamda kommunikatsiya
mutaxassislari orasida davlatning axborot xavfsizligi masalalari faol muhokama qilinmoqda.
Bunga qiziqishning ortishi, birinchidan, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan,
ikkinchidan, ichki siyosiy va geosiyosiy jarayonlar hamda voqealarning ta’siri bilan bog‘liq.
Ushbu sohadagi qonunchilikning yaqinda kuchaytirilgan tartibga solinishiga, davlat
hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlariga tegishli vakolatlarning berilishiga qaramay,
milliy axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish va ularni samarali bartaraf etish
usullarini ishlab chiqish bo‘yicha muammolar hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
Qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha xavfsizlikni taʼminlash butun davlat va uning
asosiy institutlarining birlamchi vazifasi bo‘lib kelgan. M.A. Polojixinaning fikriga ko‘ra, o‘z
navbatida, jamiyat rivojlanishi bilan xavfsizlikni saqlash masalalari tobora rang-barang bo‘lib,
unga faqat tarixan shakllangan harbiy, kuch ishlatar jihatlar emas, balki harbiy bo‘lmagan
vositalar va harakatlarga ham ko‘proq eʼtibor qaratilmoqda
2
.
S.I. Kuzinaning fikriga ko‘ra, “Davlatning axborot xavfsizligi” tushunchasi sobiq sovet
davlatlari uchun nisbatan yangi hisoblanadi. Sovet Ittifoqida bu tushuncha keng tarqalmagan
edi va faqat 90-yillardan boshlab ilmiy muomalaga asta-sekin kiritila boshlandi, shundan
so‘ng harbiylar, siyosatchilar va ekspertlar muloqotida rasmiy va doimiy atamaga aylangan
3
.
Bugungi
kunda
axborot
xavfsizligi
tushunchasiga
ko‘plab
ta’riflar
berilgan. Axborot xavfsizligi – axborot va tegishli infratuzilmani, shuningdek ma’lumot
egalariga yoki foydalanuvchilariga zarar etkazish bilan bog‘liq tasodifiy yoki qasddan
ta’sirlardan himoya qilinganligi. Axborot xavfsizligi – ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va
mavjudligini ta’minlash
4
.
Rossiya Federatsiyasining “Axborot xavfsizligi doktrinasi”da ― .... uning axborot
sohasidagi manfaatlari himoyalangani holati tushuniladi, himoyalanganlik holati shaxs,
jamiyat va davlatning balansga keltirilgan manfaatlari yigʻindisi bilan belgilanadi
5
. Qozogʻiston
Respublikasi “Milliy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga koʻra esa, ― axborot borasidagi
xavfsizlik–davlat axborot resurslarining, shuningdek, axborot sohasida shaxsning huquqlari
va jamiyatning manfaatlari himoyalanganlik holatidir
6
.
Buyuk Britaniyalik mutaxassis Ross Anderson axborot xavfsizligini davlat rahbarlari,
jumladan Prezident darajasida himoya qilish uchun tizimlarning doimiy yangilanishi va
kiberxavflarga moslashishini zarur deb biladi”
7
. U davlat rahbarlariga qarshi axborot
tahdidlarini davlat homiyligidagi kiberhujumlar, ma’lumotlarni o‘g‘irlash va manipulyatsiya
sifatida tasniflaydi. Andersonning fikricha, bu tahdidlarni bartaraf etish uchun shifrlash
texnologiyalari (masalan, AES yoki RSA algoritmlari) va xavfsizlik protokollarini
mustahkamlash kerak. Texnologiyalar rivojlanishi bilan birga kiberxavf-xatarlar ham
murakkablashib, yangi shakllarga kirib bormoqda. Hukumatlar katta hajmdagi maxfiy va
muhim ma’lumotlarni saqlaydi, shuning uchun ularning xavfsizlik tizimlari doimiy
yangilanishga muhtoj. Agar bu tizimlar eskirib qolsa yoki zaif bo‘lib qolsa, nafaqat davlat
manfaatlari, balki fuqarolarning shaxsiy hayoti ham xavf ostida qolishi mumkin.
Page 102
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
E.S. Polunin “umuman olganda, davlatning axborot xavfsizligi milliy manfaatlarning
axborot sohasida himoyalanganligini anglatadi”
8
. Shundan kelib chiqib, axborot xavfsizligi
davlat milliy xavfsizligining tarkibiy qismi ekanligini xulosa qilish mumkin.
Y.I. Litvinova va S.V. Kissning fikriga ko‘ra, “axborot xavfsizligini taʼminlash – bu shaxs,
jamiyat va davlatning axborot manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatini
shakllantirish va amalga oshirishning murakkab ijtimoiy-huquqiy mexanizmi bo‘lib, u
davlatning axborot mustaqilligini taʼminlash hamda uning axborot tizimini ichki va tashqi
tahdidlardan himoya qilishni maqsad qiladi”
9
. Muallifning fikricha, bu yondashuv zamonaviy
dunyoda juda dolzarb, chunki axborot oqimi shunchalik katta va tezki, uni nazorat qilish yoki
himoya qilish uchun faqat texnologiyaga tayanib bo‘lmaydi – bu yerda qonunlar, siyosat va
ijtimoiy mas’uliyat ham katta rol o‘ynaydi.
A.S. Boytsovning talqinicha, “axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmi - bu, avvalo,
tahdid manbalarining axborot xavfsizligi tarkibiy elementlariga salbiy ta’sirini oldindan
bashorat qilish va bartaraf etishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik choralar tizimidir”
10
.
Bu mexanizmning muvaffaqiyati davlatning resurslari va mutaxassislarning malakasiga
bog‘liq. Agar biror mamlakatda texnik infratuzilma zaif bo‘lsa yoki huquqiy baza eskirgan
bo‘lsa, bu tizim samarali ishlay olmaydi.
Hozirda axborotning ishonchliligi masalasi yanada dolzarblashgan. Agarda bundan 20-
30 yillar avvallari axborotning ishonchsizligi inson bilimining sayozligi yoki yanglishish bilan
tushuntirilsa, endilikda bunday noxolislik koʻpincha qasddan sodir etilmoqda. Natijada, xorijiy
OAV tomonidan tarqatilayotgan har qanday axborotning haqqoniyligini tekshirib koʻrish
zarurati yuzaga kelmoqda. Shu nuqtai nazardan axborotning oʻzini va uni iste’mol qiluvchi
inson va jamiyatni xavfsizlik obyekti sifatida qarash lozim.
Axborot borasidagi xavfsizlik tushunchasining qonunchilik asoslari birinchi navbatda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekistonda demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, har kim erkinlik va shaxsiy
daxlsizlik huquqiga ega. Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim
istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Axborotni izlash, olish va
tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy
tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini
himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat
sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida
zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi
Qonunida ― axborot borasidagi xavfsizlik tushunchasiga quyidagi ta’rif berilgan: “axborot
borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining
himoyalanganlik holatidir”
11
.
Qonunning
14-moddasida
jamiyatning
axborot
borasidagi
xavfsizligiga
– “demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinligini
ta’minlash; qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir koʻrsatishga,
Page 103
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
uni chalgʻitishga yoʻl qoʻymaslik; jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini,
mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish; milliy
oʻzlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an’analar hamda urf-
odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, millatlararo va
konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga qarshi harakat
tizimini barpo etish”
12
yoʻli bilan erishilishi ta’kidlanadi.
Ushbu qonunning 15-moddasida davlatning axborot borasidagi xavfsizligi “axborot
xavfsizligini ta’minlash uchun iqtisodiy, siyosiy va tashkiliy choralarni amalga oshirish; davlat
sirlarini va axborot resurslarini himoya qilish; O‘zbekistonning jahon axborot makoni va
zamonaviy telekommunikasiya tizimlariga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash; konstitusiyaviy
tuzum, suverenitet va hududiy yaxlitlikka putur yetkazuvchi, hokimiyatni zo‘rlik bilan
o‘zgartirishga undovchi axborot tarqalishidan saqlash; urush, zo‘ravonlik, shafqatsizlik,
terrorizm, diniy ekstremizm va ijtimoiy, milliy, irqiy, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi axborotga
qarshi kurashish”
13
yoʻllari bilan ta’minlanishi belgilangan. Axborot xavfsizligi insonning
salbiy ta’sirlar, yovuz kuchlar va zararli g‘oyalarning ommaviy axborot vositalari orqali
tarqatilishidan himoyalanganligidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, qonuniy ravishda saylab
qo‘yilgan prezidentni hokimiyatdan chetlatishga, shaxs sifatida sha’ni va qadr-qimmatini
kamsituvchi, hokimiyatni bosib olish, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga
qarshi chiqishga ochiqdan-ochiq da’vat etish, uning oila a’zolarini haqoratlash tarzidagi
ma’lumotlarni internet va ommaviy axborot vositalarida tarqatish, izohlar yozish prezidentlik
instituti uchun axborot tahdidi sifatida ko‘riladi.
Globallashuv va to‘liq raqamlashtirish sharoitida davlatning axborot xavfsizligi alohida
va izolyatsiyalangan holda mavjud bo‘la olmaydi, bugungi kunda noqonuniy harakatlar xavfi
xalqaro xarakter kasb etmoqda. Shu munosabat bilan ilmiy hamjamiyat tobora ko‘proq
“xalqaro axborot xavfsizligi” va “milliy axborot suvereniteti” atamalarini axborot makonini
global tahdidlardan himoya qilish kontekstida qo‘llamoqda.
M.M. Kucheryaviy milliy axborot suverenitetini “milliy va global axborot makonida
siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda davlat hokimiyatining ustuvorligi va
mustaqilligi”
14
deb tushunadi. D.L. Sivovolov esa “milliy axborot suvereniteti tushunchasini
qo‘llash zaruratini, chunki hozirgi vaqtda axborot xavfsizligi inson faoliyatining deyarli barcha
turlarining ajralmas qismiga aylanganini”
15
ta’kidlaydi. Ushbu yondashuvga asoslanib,
“raqamli suverenitet
– axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, ma’naviy suverenitet – milliy
g‘oya va millatning madaniy o‘ziga xosligini himoya qilish, shuningdek, davlatning axborot
suvereniteti siyosati” haqida gapirish mumkin.
Shubhasizki, axborot davlat uchun strategik resursdir. Uning yordamida jamoat fikriga,
saylovchilarga ta’sir ko‘rsatish, noqonuniy harbiy, siyosiy va iqtisodiy maqsadlarda
foydalanish mumkin. To‘liq raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining rivojlanishi
natijasida deyarli barcha axborot endi raqamli tashuvchilarda saqlanadi. Dasturiy ta’minotga
qaramlik, ma’lumotlarni uzatish tezligi, onlayn muhitda aloqa kanallarining katta soni,
Page 104
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
kontent oqimining nazoratsizligi, axborotning ishonchliligi va sifatining pasayishi, uning
talqin qilishdagi farqlari – bularning barchasi davlat suvereniteti, barqarorligi va milliy
manfaatlarga tahdidlarni keltirib chiqaradi.
Davlatning axborot infratuzilmasi, xususan, kompyuter dasturlari va tizimlari,
telekommunikatsiya tarmoqlari, boshqaruv tizimlari, internet va axborot makoni noqonuniy
ta’sir qilish xavfiga duchor bo‘ladi. O‘z navbatida, tahdidlar raqobatchi davlatlar va qarshi
davlatlar hukumatlaridan, maxsus xizmatlar, terrorchilar, xakerlar, faollar, radikal
oppozitsionerlar, biznes tuzilmalar, jinoyat guruhlari va boshqa shaxslar tomonidan kelib
chiqishi mumkin.
Turli ilmiy va tarmoq manbalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirib, biz
davlatning axborot xavfsizligiga tahdidlarning quyidagi tasnifini 1.1. jadvalda ko‘rishimiz
mumkin.
1.1. jadval – axborot xavfsizligiga tahdidlarning tasnifi
Tahdid manbalariga ko‘ra
Tashqi (noqonuniy harakatlar raqib
davlatlar, jinoiy va terroristik guruhlardan
kelib chiqadi)
Ichki (noqonuniy harakatlar siyosiy
raqobatchilar, radikal muxolifat, jinoiy
tashkilotlar va shaxslar tomonidan sodir
bo‘ladi)
Motiviga ko‘ra
Zararli
bo‘lmagan
(tasodifiy
yoki
befarqlikdan kelib chiqqan tahdidlar)
Zararli
(maqsadli,
zarar
keltirishga
qaratilgan tahdidlar)
Yo‘naltirilganligi ko‘ra
Axborot
infratuzilmasiga
tahdidlar
Axborot
resurslariga
tahdidlar
Axborot
muhitida
fuqarolarning
huquqlariga
tahdidlar
Millat
ma’naviy
hayotiga tahdidlar
Tahdid obyektiga ko‘ra
Axborot-texnik
(kiberhujumlar,
kiberjosuslik, kiberterrorizm)
Axborot-psixologik (ijtimoiy muhandislik,
axborot urushi)
Yetkazilgan zarar darajasiga ko‘ra
Kichik
Muhim
Tanqidiy
Keng ma’noda, davlatning axborot xavfsizligi tanqidiy axborot va uni
qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmani tasodifiy yoki maqsadli ta’sirdan himoya qilish uchun turli
vositalar va usullarni o‘z ichiga oladi. Rasmiy darajada davlatning axborot xavfsizligini
taʼminlash axborot tahdidlarini prognozlash, aniqlash, to‘xtatish, oldini olish, aks ettirish va
ularning namoyon bo‘lishi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy, razvedka,
qidiruv, kontrrazvedka, ilmiy-texnik, axborot-tahliliy, kadrlar, iqtisodiy va boshqa chora-
tadbirlarni o‘zaro bog‘lab amalga oshirishni anglatadi.
Page 105
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
Xulosa sifatida texnologiyalar rivoji qulaylik bilan birga yangi tahdidlarni keltirib
chiqarmoqda, axborot xavfsizligini davlatning milliy xavfsizligi va suverenitetining ajralmas
qismiga aylantirmoqda. Olimlar (R. Anderson, Y.I. Litvinova, S.V. Kiss, A.S. Boytsov va
boshqalar) axborot xavfsizligini ta’minlashda shifrlash, huquqiy-tashkiliy choralar va
tahdidlarni oldindan bashorat qilish zarurligini ta’kidlaydi. O‘zbekiston qonunchiligida
axborot xavfsizligi shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya sifatida tasniflanib,
Prezidentga qarshi axborot tahdidlari – masalan, uni obro‘sizlantirish yoki hokimiyatni zo‘rlik
bilan o‘zgartirishga chaqiriqlar – jiddiy xavf sifatida qaraladi. Global raqamlashtirish
sharoitida milliy axborot suvereniteti va xalqaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
davlat infratuzilmasi va fuqarolar huquqlarini kiber va psixologik tahdidlardan himoya qilish
dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va
kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/acts/-52268.
2. DataReportal ma’lumotlari. https://datareportal.com/reports/digital-2025-uzbekis
tan?rq=uzbekistan.
3. Положихина М.А. Влияние цифровизации на безопасность: от индивидуума до
социума / М.А. Положихина // Социальные новации и социальные науки, 2020. – № 1. –
С. 10.
4. Кузина С.И. Информационное насилие: аспекты национальной безопасности / С.И.
Кузина, Д.А. Мякинченко // Государственное и муниципальное управление. Ученые
записки СКАГС, 2017. – № 3. – С. 206.
5. Галяутдинов Р.Р. Информационная безопасность. Виды угроз и защита информации
// Сайт преподавателя экономики. 2014. https://galyautdinov.ru
/post/informacionnaya-bezopasnost.
6. Указ Президента Российской Федерации “Доктрина информационной безопасности
Российской Федерации”. 2016. http://www.kremlin.ru
/acts/bank/41413.
7.
Закон
Республики
Казахстан
“О
национальной
безопасности”.
2012.
https://adilet.zan.kz/rus/docs/Z1200000527.
8. Anderson, R. “Security Engineering”. Cambridge University Press. 2023.
https://www.wiley.com/ens/Security+Engineering%3A+A+Guide+to+Building+Dependable+
Distributed+Systems%2C+3rd+Edition-p-9781119642787.
9. Полунин Е.С. Проблема информационной безопасности государства в современных
научных исследованиях / Е.С. Полунин // Воздушно-космические силы. Теория и
практика, 2018. – № 7. – С. 44.
10. Литвинова Ю.И. Механизм обеспечения информационной безопасности
государства: теоретико-методологические основы / Ю.И.Литвинова, С.В.Кисс // Юрист-
Правовед, 2020. – № 2 (93). – С. 49–50.
11. Бойцов А.С. Организационно-правовой механизм обеспечения информационной
безопасности пограничных органов / А.С. Бойцов // Актуальные проблемы рос. Права,
2015. – № 2 (51). – С. 38.
Page 106
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
12. Кучерявый М.М. Государственная политика информационного суверенитета России
в условиях современного глобального мира / М.М.Кучерявый// Управленческое
консультирование, 2017. – № 9
(69). – С. 8.
13. Сивоволов Д.Л. Новые угрозы национальному суверенитету России в сфере
национальной безопасности / Д.Л.Сивоволов // Социум и власть, 2015. – № 6 (56). – С.
84.