Page 92
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH JAZOSI
MAZMUNI VA UNING QO‘LLANILISHI
Kalbaeva Eldora Uzaqbaevna
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Yuridika fakulteti 3-bosqich talabasi
E-mail: eldorakalbaeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15581246
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksiga muvofiq, jinoyat sodir etgan shaxslarga
tayinlanadigan muayyan huquqdan mahrum qilish
jazosining mazmuni, maqsadi va qo‘llanilish tartibi
o‘rganiladi. Ushbu jazo turi jinoyatchining fuqarolik,
kasbiy yoki siyosiy huquqlarini vaqtincha cheklash
orqali jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi
ochib berilgan.
KEY WORDS
aybdor,
muayyan
huquqdan
mahrum qilish, jinoiy faoliyat,
sudlangan shaxs, jinoyat qonuni..
Inson hayoti davomida jamiyatda muayyan ijtimoiy vazifani bajaradi - bu vazifaga kasb,
ijtimoiy maqom yoki fuqarolik huquqlari orqali erishiladi. Jinoyat sodir etgan shaxs esa, o‘z
xatti-harakati bilan qonun talablarini buzishi bilan birga jamiyat ishonchini, axloq-odob
me’yorlarini ham buzadi. Bu holatda, uni erkinlikdan mahrum etish emas, aksincha, uning
vazifasi, maqomini vaqtincha cheklash orqali javobgarlikka tortish – zamonaviy huquqiy
tizimlarda muhim harakatlardan biri hisoblanadi. Bunday jazo turlaridan biri sifatida
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan – muayyan huquqdan mahrum
qilish jazosini ko‘rsatishimiz mumkin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – uning
jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan "maqsadli" tarzda qo‘llaniladi - ya’ni, jinoyatni sodir
etgan shaxsni faoliyat, lavozim yoki kasb doirasi bilan bog‘liq holda huquqdan cheklash orqali
unga ijtimoiy-huquqiy ta’sir ko‘rsatilib, uning yana shunday jinoyat sodir etishining oldini
olishda qo‘llaniladi. Bunda jazo sodir etilgan jinoyat shaxsning bevosita muayyan huquqi bilan
bog‘liq bo‘lsagina qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq, muayyan
huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar,
muassasalar yoki tashkilotlarda biron-bir lavozimni egallashi yoki biron-bir faoliyat bilan
shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir [1].
Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanishni taqiqlash deganda, aybdorning doimiy
ravishda shug‘ullanadigan kasbiy kasbiy, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishdan mahrum qilish tushuniladi. Sud tomonidan aybdorga faqat bitta (aniq) faoliyat
turi bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Bunday taqiq esa faqat qonuniy faoliyat turlariga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Sud o‘z hukmida shaxsni jinoiy faoliyatni amalga oshirish huquqidan mahrum qila olmaydi,
chunki mazkur shaxs bu faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega emas. Masalan, sudlangan
shaxsga giyohvand moddalar, ularning analoglarini sotish bo‘yicha faoliyatni amalga
Page 93
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
oshirishni taqiqlashga yo‘l qo‘yish mumkin emas [2, 430].
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosining yana bir xususiyatlaridan biri – uning
asosiy va qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanishi mumkinligidir. Agar u asosiy jazo tariqasida
tayinlansa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi sanksiyasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda esa, hukmning tavsif
qismida ko‘rsatiladi.
Jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining probatsiya bo‘limi
tomonidan amalga oshiriladi. U qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanganda esa, uning ijrosi asosiy
jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi [3].
Uning asosiy va qo‘shimcha jazo turi sifatida qo‘llanilganda muddatlari ham bir-biridan
farq qiladi. Ya’ni, muayyan huquqdan mahrum qilish asosiy jazo sifatida tayinlanganda uning
muddati – bir yildan besh yilgacha, qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanganda – bir yildan uch
yilgacha belgilanadi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdor jinoyat sodir etish vaqtida bunday huquqqa
ega bo‘lgan taqdirdagina qo‘llaniladi. Agar u bu huquqqa jinoyat sodir etganidan keyin ega
bo‘lgan bo‘lsa, sud bu jazo turini qo‘llamaydi.
Agar sodir etilgan jinoyat o‘zining xususiyatlariga ko‘ra shaxsning egallab turgan
lavozimi yoki uning faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa, bu holda ushbu lavozimni
egallash huquqidan yoki ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqidan mahrum etilishi mumkin
emas. Biroq, hukm chiqarilayotgan vaqtda sudlanuvchi jinoyat sodir etilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan lavozimni egallamaganligi yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanmaganligi holati
qo‘shimcha jazo qo‘llash uchun to‘siq bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligiga muvofiq, muayyan
huquqdan cheklash jazosini qo‘llashda bunday faoliyat turi aybdorning asosiy moddiy
ta’minoti, ya’ni tirikchilik manbai ekanligiga e’tibor qaratiladi. Agar faoliyat aybdorning asosiy
moddiy ta’minoti manbai bo‘lsa yoki sud ko‘rib chiqayotgan davlat majburlov chorasini
muayyan shaxslarning yagona kasbiy faoliyati bo‘lgan faoliyat turlari egalari bo‘lgan
shaxslarga tayinlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi lozim
bo‘ladi. Masalan, muayyan shaxslar uchun davlat tomonidan majburiy ravishda
litsenziyalangan yoki ruxsat etilgan kasbiy faoliyat - tadbirkorlik, ovchilik, transport
vositalarini boshqarish kabi - ularning yagona daromad manbai bo‘lishi mumkin. Shu sababli,
sud tomonidan ushbu jazoning maqsadga muvofiqligi alohida baholanishi zarur bo‘ladi.
Jinoyatni sodir etganligi uchun muayyan huquqdan mahrum qilish, muddatli xususiyatga
ega bo‘lib, u jinoyat qonunida belgilangan doirada tayinlanadi. Muayyan huquqdan mahrum
qilishning muddati belgilanmagan taqdirda, bu masala Jinoyat Kodeksining Umumiy qismi
qonun-qoidalari asosida hal etiladi. Sud tomonidan jazo qonunda ko‘rsatilgan muddatlar
(asosiy va qo‘shimcha jazo uchun) doirasida tayinlanishi kerak. Chunki, jazoning belgilangan
muddati ko‘rsatilmaganligi jinoyat qonunining noto‘g‘ri qo‘llanilishi sifatida qaraladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, birinchi navbatda, jinoiy faoliyatni davom
ettirishning oldini olish bilan birga, jazoning ogohlantirish funksiyasini amalga oshirishga
qaratilgan. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy
qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun
muddatiga va undan keyin hukmda belgilangan muddatga qadar davom etadi. Boshqa asosiy
jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda, uning muddati hukm qonuniy kuchga
Page 94
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
kirgan paytdan boshlab hisoblanadi. Shaxs shartli hukm qilinganda, muddatning o‘tishi hukm
chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Agar shaxsga asosiy jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy bo‘linmaga
jo‘natish yoki mehnat bilan tuzatish ishlari jazolaridan biri tayinlangan bo‘lsa, hukm qonuniy
kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
Dunyoning bir qator rivojlangan mamlakatlarida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq
bo‘lmagan jazolarning biri sifatida keng qo‘llaniladi. Masalan, Germaniyada ushbu jazo turi
asosan korrupsiyaviy jinoyatlar, davlat mulkini o‘zlashtirish va boshqa mansabdor shaxslarga
nisbatan keng qo‘llaniladi. shaxsni muayyan kasbiy faoliyatdan cheklash orqali jinoyatning
oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Agar bunday jinoyatlarni mansabdor shaxslar sodir
etsa, ular kelgusida davlat lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etiladi. Bu choralar
davlat sektorida korrupsiya bilan bog‘liq salbiy holatlarni kamaytirish va davlat
xizmatchilariga ishonchni oshirishga qaratilgan [4].
AQShda esa jinoyat sodir etgan shaxslarni muayyan huquqlardan mahrum qilish - qurol
saqlash huquqi, saylovlarda ovoz berish kabi bir qator huquqlardan mahrum qilishdan iborat
cheklovlarni o‘z ichiga oladi [5].
Bir qator rivojlangan davlatlar jinoyat qonunchiligida jinoyat sodir etgan shaxslarga
tayinlanadigan muayyan huquqdan cheklash jazosi bilan O‘zbekiston jinoyat-huquqiy tizimi
o‘rtasida ayrim farqlar mavjud bo‘lishi bilan birga ularning umumiy o‘xshashliklarga ega
bo‘lishi
mamlakatimizda
jazo
tizimining
jahon
standartlariga
muvofiq
takomillashtirilayotganligining yaqqol ifodasidir.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi
jinoyat huquqida alohida o‘rin tutadi. U shaxsni muayyan kasbiy yoki jamoat faoliyatidan
cheklash orqali unga ijtimoiy-huquqiy ta’sir o‘tkazishni nazarda tutib, zamonaviy huquqiy
tizimlarda ozodlikdan mahrum etishga muqobil bo‘lgan samarali choradir. Jazo chorasi
nafaqat jazolash, balki profilaktik ahamiyatga ham ega bo‘lib, jinoyatchining kelgusi xatti-
harakatlariga ta’sir o‘tkazadi. Shu bois, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyat-
huquqiy tizimning muhim qismi sifatida xalqaro tajribada o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси https://www.lex.uz/acts/111453
2.
М.Х. Рустамбаев. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига шархлар. Умумий
қисм/М.Х.Рустамбаев – Тошкент: "Yuridik adabiyotlar publish", 2021. – 430 б.
3.
Ўзбекистон Республикаси Жиноят-ижроия кодекси https://lex.uz/acts/163629
4.
Germany. Strafgesetzbuch (StGB) – German Criminal Code. Rejim kirish turi:
https://www.gesetze-im-internet.de/stgb/ (murojaat qilingan sana: 14.05.2025).
5.
United States Code. Title 18 – Crimes and Criminal Procedure. Rejim kirish turi:
https://www.law.cornell.edu/uscode/text/18 (murojaat qilingan sana: 14.05.2025).