Page 85
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI VA ULARNING
HUQUQIY MUHOFAZASI ASOSLARI
Ashurov Nuriddin Nuraliyevich
Ilmiy rahbar: –
Toshkent davlat agrar universiteti
Huquqshunoslik kafedrasi assistenti
Tel: +998909403641
Elektron pochta: ashurovn92@mail.ru
Zinat Xudoyberdiyeva Xayrullo qizi
Talaba:
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
Tel:+998502220298
Elektron pochta:Djumanazarovulugbek98@gmail.com
Iroda Totliboyeva
Talaba:
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
Tel:+998958171805
Elektron pochta:iroda2293@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15574052
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Mazkur
maqolada
fuqarolik
qonunchiligida
belgilangan intellektual mulk obyektlari turlari hamda
ularni huquqiy muhofaza qilish asoslari, shuningdek,
intellektual mulk obyektlariga vakolatli davlat organi
tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishining
tartibi haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Mavzuga oid
amaliyot va nazariy yondashuvlar tahlil qilingan.
KEY WORDS
Intellekt, intellektual faoliyat,
muallif,
patent,
guvohnoma,
mualliflik huquqi.
Zamonaviy iqtisodiyot rivojida intellektual faoliyat natijalari asosida yaratilgan
obyektlar muhim rol o‘ynamoqda. Ayrim mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining uchdan bir
qismi aynan intellektual mulk obyektlari keltiradigan daromad hisobiga shakllanmoqda.
Mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida intellektual mulk huquqi instituti alohida institut
sifatida shakllanib ulgurdi. So‘nggi yillarda bu sohani tartibga solishga qaratilgan bir qancha
qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, intellektual mulk obyektlari huquqiy muhofazasiga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Hayotimizni yengillashtirayotgan, vaqtni tejashga imkon
yaratayotgan va yuqori daromad keltirayotgan har bir soha zamirida intellektual faoliyat
natijasi mavjud. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, davlat tomonidan intellektual mulk
obyektlarini muhofaza qilishni takomillashtirish har doimgi asosiy vazifalardan biridir.
Fuqarolik kodeksi 1031-moddasiga ko‘ra intellektual mulk obyektlari jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1) intellektual faoliyat natijalari:
fan, adabiyot va san’at asarlari;
ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi
tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari (bundan
buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalari;
Page 86
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy
alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
firma nomlari;
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
geografik ko‘rsatkichlar;
tovarlar chiqarilgan joy nomi;
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual
faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va
xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar. Intellektual mulk obyektlarini
huquqiy muhofaza qilish mazkur obyektlarning yaratilganlik, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib
huquqiy muhofaza berilishi asosida yuzaga keladi.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish:
- ularning yaratilganlilik fakti asosida;
- FKda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat
organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati berilishi asosida vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan
belgilanadi.
Intellektual obyektlarning quyidagi turlari boʻyicha ularni huquqiy muhofaza qilish
ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir boʻladi:
- fan, adabiyot, san'at asarlari;
- EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari;
- ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va koʻrsatuvlar;
- topologik va integral sxemalar.
Bunda obyekt ijodkor tomonidan ogʻzaki, yozma, tasvir shaklida yoki boshqalar
tomonidan idrok etish (qabul qilish) uchun imkon beradigan boshqa obyektiv shaklda
mujassam etilishi bilan yaratilgan hisoblanadi. Binobarin, shu vaqtdan boshlab unga nisbatan
boshqa shaxslarda subyektiv huquqlar vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Bunday
holda obyektdan uchinchi shaxslarning foydalangan boʻlishi, obyekt roʻyxatdan oʻtkazilishi
yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmaydi. Hatto obyekt keyinchalik
roʻyxatdan oʻtkazilishi lozimligi haqidagi qoida mavjud boʻlsa ham (masalan, EHM uchun
dasturlar va ma'lumotlar bazalari uchun davlat roʻyxati mavjud) bu holat ularning huquqiy
muhofaza qilish holatiga ta'sir etmaydi. Bunda intellektual mulk obyektlari Oʻzbekiston
Respublikasi hududida yoki xorijiy davlat hududida yaratilganligi fakti ahamiyatga ega emas.
Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi tomonidan
huquqiy muhofaza yorligʻi berilishi asosida vujudga keladi:
- ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi;
- foydali modelga nisbatan guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat namunalari, foydali
modellar toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi);
- seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi;
- tovar (xizmat koʻrsatish) belgisiga nisbatan u davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, guvohnoma
beriladi;
- firma nomi davlat roʻyxatidan oʻtkazilib (reestrga kiritilib) bu haqda dalolatnoma
Page 87
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
beriladi;
- tovar chiqarilgan joy nomiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, undan
foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi. Intellektual mulkni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazib, huquqiy muhofazasini ta’minlashda Adliya vazirligining Intellektual mulk
departamenti vakolatli organ hisoblanadi. Intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan
huquqiy muhofaza yorligʻida obyekt nomi, uning alohida xususiyatlari, ushbu obyekt muallifi
(ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga nisbatan huquqlar sohibining
nomi) huquqiy muhofaza muddatining boshlanish va bekor boʻlish vaqti, ushbu yorliqni
bergan vakolatli davlat organi nomi koʻrsatiladi, uning rahbari tomonidan imzolanib, muhr
bilan tasdiqlanadi. Firma nomiga berilgan huquqiy muhofaza yorligʻining amal qilishi muddat
bilan chegaralanmaydi. Tovar (xizmat koʻrsatish) belgisi, tovar chiqarilgan joy nomiga
boʻlgan huquq boʻyicha berilgan huquqiy muhofaza yorligʻi amal qilish muddati vakolatli
davlat organi tomonidan belgilangan tartibda uzaytirib turilishi mumkin. Sanoat namunasi
va foydali modelga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorligʻi cheklangan muddatga
uzaytirilishi mumkin. Xulosa o‘rnida qayd etish kerakki, hayotimizning har jabhasida raqamli
texnologiyalarning kirib borishi, bunga aholi ehtiyojlarining ortishi, hayot suratlarining
tezlashishi, insonlarning yashash tarzini yanada yengillashtirishga qaratilgan islohotlarning
zamirida davlatning intellektual faoliyatni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlari
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda intellectual mulk obyektlari huquqiy
muhofazasini ta’minlash, mualliflarning intellectual faoliyati natijasi asosida oladigan
daromadini kafolatlash nafaqat fuqarolarning balki mamalakat iqtisodiyoti farovonligiga hissa
qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi
qonuni 2006-yil 20-iyul, O‘RQ 42-son. https://lex.uz/ru/docs/-1022944
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to‘g‘risida”gi qonuni. 2002-yil 29-avgust, 397-II-son. URL: https://lex.uz/docs/-76671
4. Intellektual mulk. Darslik. Mualliflar jamoasi.-T.: TDYU nashriyoti, 2019. -588 bet.
5. www.lex.uz
6. www.ima.uz