Авторы

  • Abdulvosi Ergashev
    O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126496

Ключевые слова:

Sa’duddin Taftazoniy islomiy ilmlar Sharh al-Aqoid Al-Mutavval kalom va mantiq Movarounnahr ilmiy muhiti

Аннотация

Ushbu maqolada mashhur islomiy mutafakkir va ilm fidoiysi Sa’duddin Mas'ud ibn Umar at-Taftazoniyning hayoti va ilmiy merosi har tomonlama tahlil qilinadi. Muallif Taftazoniyning ilmiy kamoloti, ta'lim olgan muhitlari, ustozlari va istiqomat qilgan hududlari haqida tarixiy manbalar asosida xolis ma'lumotlarni taqdim etadi.


background image

Page 82

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

SA’DUDDIN TAFTAZONIYNING HAYOTI VA YOZGAN

ASARLARI

Ergashev Abdulvosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15573107

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil

Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Ushbu maqolada mashhur islomiy mutafakkir va ilm
fidoiysi Sa’duddin Mas'ud ibn Umar at-Taftazoniyning
hayoti va ilmiy merosi har tomonlama tahlil qilinadi.
Muallif Taftazoniyning ilmiy kamoloti, ta'lim olgan
muhitlari, ustozlari va istiqomat qilgan hududlari
haqida tarixiy manbalar asosida xolis ma'lumotlarni
taqdim etadi.
Maqolada Taftazoniyning turli ilm sohalarida –
xususan, mantiq, balog‘at, aqiyda, fiqh, sarf-nahv va
kalom kabi fanlarda yozgan mashhur asarlari tahlil
qilinadi. Jumladan, “Sharh al-Aqoid an-Nasafiyya”, “Al-
Mutavval”, “Tahzib al-Mantiq”, “Sharh at-Tanqih”,
“Sharh ash-Shamsiya” kabi ilmiy meroslari orqali uning
tafakkur chuqurligi va mukammal metodologiyasi
yoritib beriladi.
Maqolada ta'kidlanishicha, Taftazoniy nafaqat Xuroson
va Movarounnahrda, balki Eron, Turkmaniston va
Afg‘oniston kabi mintaqalarda ham ilmiy muhitga
ta'sir ko‘rsatgan, talabalar yetishtirgan va fikriy meros
qoldirgan mutafakkir sifatida tan olingan. Uning
asarlari Islom tafakkurining ilmiy va mantiqiy
poydevorini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb
etgan.
Shuningdek, maqolada turli islomiy va g‘arb
manbalaridan – az-Zirikliy, ash-Shavkoniy, Ibn Hajar,
Ibn Xaldun kabi mualliflar fikrlari orqali Taftazoniy
haqidagi ilmiy qarashlar keltirilgan. Bu esa maqolani
keng qamrovli va xolis manbaga asoslangan ilmiy
tadqiqot sifatida baholashga imkon beradi.

KEY WORDS

Sa’duddin Taftazoniy, islomiy
ilmlar,

Sharh

al-Aqoid,

Al-

Mutavval, kalom va mantiq,
Movarounnahr ilmiy muhiti

Imom Taftazoniy (r.a) to‘liq ismi Sa’duddin Mas’ud ibn Umar ibn Abdulloh Taftazoniydir.
Alloma Taftazoniyning hayotini sinchiklab o‘rgangan olimlarning ta’kidlashlaricha, u kishi
hijriy 722 (milodiy 1322-yili) safar oyida, Movarounnahrning mashhur shaharlaridan bo‘lgan
Niso shahriga qarashli Taftazon qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘sha vaqtlarda Niso shahri
mashhur ilmiy markazlardan bo‘lgan. Imom Taftazoniy yoshligidan o‘z qishlog‘i Taftazonni


background image

Page 83

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

tark qilib, ilm olish uchun Niso shahriga keladi. U yerda xat qoidalarini, imloni, dastlabki diniy
ilmlarni o‘rgandi va Qur’onni yod oldi.
So‘ngra Imom Taftazoniy turli ilmlar markazi bo‘lgan Samarqand tomon yuzlanadilar. U kishi
ko‘plab ilmlarda olim bo‘lib yetishdilar.
U kishi hanafiy mazhabining imomi edilar. Shuningdek, shofeiy mazhabi bo‘yicha ham bilimga
ega edilar. O‘z zamonasida hanafiy mazhabining rahbarligi u kishida tugagan edi.
U kishi Turkmanistonning Niso shahridagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan (Niso shahri hozirgi
Ashxobod shahridir). U kishi hozirgi Afg‘onistondagi Hirot, Eronning Naysobur shahri,
O‘zbekistonning Samarqand va Xorazm shaharlarida yashaganlar. Samarqandda vafot
etganlaridan keyin oradan bir qancha vaqt o‘tgach jasadlari Saraxsga ko‘chirilgan.
Saraxs – Turkmaniston bilan Eron chegarasidagi bir shahar bo‘lib, Harirod daryosining
shimoliy sohilida joylashgan. Rus imperiyasi bu hududni bosib olgach, Eron ham huddi shu
chegara bo‘ylab Harirodning janubiy sohilida yangi bir shahar qurib, unga ham Saraxs deb
nom bergan.
Yaqut al-Hamaviy o‘zining “Mu’jam al-buldon” asarida shunday deydi: Nasa - bu Xurosonning
qadimiy shahri bo‘lib, Saraxs bilan Marv orasida joylashgan. Nasadan Saraxsga borish ikki
kunlik yo’l, Marvga esa besh kunlik yo‘l. Abivard shahridan bir kunlik masofada joylashgan.
Naysaburdan esa olti yoki yetti kunlik masofada joylashgan

1

.

Hirotda Taftazoniy nomli masjid mavjud bo‘lib, u yerda u zot ta’lim bergani ham aytilgan.
Hozir ham u kishining avlodlari Hirotda ilm ahli sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ustozlari:

1. Izzuddin Abdurahmon ibn Ahmad al-Ijiy - hijriy 756 yilda vafot etgan.
2. Qutbuddin Mahmud ibn Muhammad Nizomuddin ar-Roziy at-Tahtaniy - hijriy 766 yilda
vafot etgan.
3. Bahouddin Samarqandiy - hanafiy mazhabi olimi.

U kishi haqida olimlar aytgan so‘zlari:

Az-Zirikliy shunday deydi: Mas’ud ibn Umar ibn Abdulloh at-Taftazoniy arab tili, bayon, va
mantiq ilmlarining imomlaridan biridir. U Xuroson o‘lkasidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan,
Saraxsda yashagan. Amir Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan va shu yerda vafot
etgan. So‘ng jasadi Saraxsga ko‘chirilib dafn etilgan.

2

Ash-Shavkoniy esa uni shunday ta’riflaydi: U kishi katta imom, mashhur asarlar muallifi bo‘lib,
o‘z davrining yirik ulamolaridan - Izuddin (Ijiy) va uning zamondoshlaridan ta’lim olgan.
Nahv, sarf, mantiq, maoniy va bayon, usul, tafsir, kalom va boshqa ko‘plab ilmlarda mutloq
ustunlikka erishgan. Uning shon-shuhrati keng yoyilgan, talabalar unga kelib ta’lim olganlar

3

.

Abdulhay ibn Ahmad al Ukariy shunday deydi: Sa’duddin Mas’ud ibn Umar ibn Abdulloh - bu
ismini as-Suyutiy “Tabaqot an-nuhat” kitobida Mas’ud shaklida keltirgan va bu mashhur
shaklidir. Ammo Ibn Hajar ikki kitobida - “Ad-durar al- kaamina” va “Inba al-g‘umar”da uni
“Mahmud ibn Umar ibn Abdulloh at-Taftazoniy” deb qayd etgan.
Ibn Hajar shunday yozadi: U kishi hijriy 712 yilda Niso hududidagi Taftazon qishlog‘ida
tug‘ilganlar. Qutbiddin Mahmud va Izuddin Abdurahmon kabi ulamolaridan ilm olib, ko‘plab




background image

Page 84

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

fanlarda yuqori darajaga erishganlar, dunyoga tanilib, asarlari orqali odamlar foyda topgan. U
zot Samarqand shahrida vafot etganlar

4

.

Yozgan kitoblari:

Xoyruddin az-Zirikliy quyidagi asarlarni qayd etgan

5

:

1. Tahzib al-mantiq. (Mantiq ilmi bo‘yicha yozilgan)
2. Al-mutovval. (Balog‘at ilmiga oid mashhur asar)
3. Muxtasar al-maoniy (Balog‘at ilmiga oid)
4. Maqosid at-tolibin. (Kalom ilmiga oid)
5. Sharh maqosid at-tolibin. (Yuqoridagi asarning sharhi)
6. An-ni’am as-savobig‘. (Zamaxshariyning “Al-kalim an-navobig‘” asariga yozilgan sharh)
7. Irshod al-hadiy. (Nahv ilmiga oid asar)
8. Sharh aqoid an-Nasafiyya. (Aqoid ilmi bo‘yicha yozilgan mashhur asar)
9. Hoshiyat ala sharh Izuddin ala muxtasar ibn al-Hojib. (Usul al-fiqh bo‘yicha yozilgan)
10. At-talvih ala kashf g‘ovamid at-tanqih. (Usul al-fiqh bo‘yicha yozilgan)
11. Sharh tasrif al-Izziy. (Sarf ilmi bo‘yicha yozilgan)
12. Sharh ash-shamsiyya. (Mantiq ilmiga oid asar)
13. Sharh al-arbain an-Navaviy.
Ibn Xaldun shunday deydi: Men Misrda bo‘lganimda Xurosonning Hirot shahridan bo‘lgan
buyuk zot - Sa’duddin nomi bilan mashhur bir kishining aqliy fanlarga oid asarini ko‘rdim. Bu
asar, uning bu fanlarda chuqur va mustahkam bilimga ega ekanligiga guvohlik beradi. Asarda,
u hikmat (falsafa) ilmlariga ham chuqur nazar tashlagani va ularga aloqador bo‘lgani,
shuningdek, boshqa barcha aqliy fanlarda yuqori darajada bo‘lgani aniq ko‘rinadi. Albatta,
Alloh O‘zi istagan kishini (ilm bilan) quvvatlaydi.
Sa’duddin Taftazoniy hijriy 791 (milodiy 1389-yili) Samarqandda vafot etadilar. Vafotlaridan
bir qancha vaqt o‘tgach u kishining qabrlari Saraxs shariga ko‘chiriladi

.

Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Yoqut al-Hamaviy. Mu‘jam al-Buldon. – J:5. – Bayrut: Dor Sadr,1977. – B.450.

2.

Xayruddin az-Zirikliy. Al-A‘lam. – J:7. – Bayrut: Dor al-ilm lil-malayin,2002. –B.219.

3.

Ash-Shavkoniy. Al-Badr at-Toli’. – J:2. – Qohira: Dor al-kutub al-islamiy,2003. – B.400.

4.

Abdulhayy ibn Ahmad al Ukariy. Shazarat az-zahab. – J:10. – Bayrut: Dor ibn Kasir,1986. –

B.424.


Библиографические ссылки

Yoqut al-Hamaviy. Mu‘jam al-Buldon. – J:5. – Bayrut: Dor Sadr,1977. – B.450.

Xayruddin az-Zirikliy. Al-A‘lam. – J:7. – Bayrut: Dor al-ilm lil-malayin,2002. –B.219.

Ash-Shavkoniy. Al-Badr at-Toli’. – J:2. – Qohira: Dor al-kutub al-islamiy,2003. – B.400.

Abdulhayy ibn Ahmad al Ukariy. Shazarat az-zahab. – J:10. – Bayrut: Dor ibn Kasir,1986. – B.424.