Авторы

  • Aygul Meretgeldieva
    Ajinyoz nomidagi NDPI 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126497

Ключевые слова:

Xalqaro baholash PIRLS PISA TIMSS oʻqish savodxonligi ta’lim sifati.

Аннотация

ushbu maqolada xalqaro baholash dasturi PIRLSning mazmun mohiyati, talablari va oʻqish savodxonligini rivojlantirishdagi oʻrni xaqida fikrlar bildirilgan.


background image

Page 78

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

BOSHLANG’ICH SINF OQUVCHILARINING O’QISH

SAVODXONLIGINI BAHOLASH BO’YICHA PIRLS XALQARO

TADQIQOTI

Meretgeldieva Aygul Bekmuratovna

Ajinyoz nomidagi NDPI 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572946

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil

Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

ushbu maqolada xalqaro baholash dasturi PIRLSning
mazmun mohiyati, talablari va oʻqish savodxonligini
rivojlantirishdagi oʻrni xaqida fikrlar bildirilgan.

KEY WORDS

Xalqaro baholash, PIRLS, PISA,
TIMSS, oʻqish savodxonligi, ta’lim
sifati.

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʻlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir

davrda kelajagimiz davomchilari boʻlgan yoshlarning ijodiy gʻoyalari va mehnatlarini har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish asosiy
vazifamiz hisoblanadi. Ilgor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash
tizimini takomillashtirib borish, shu yoʻlda xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizimni har
tomonlama taxlil qilish, ilimiy tadqiqot muossasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim
ahamiyatga egadir. [4.67-68]

Hozirgi kunda butun dunyo boylab har bir sohada globallashuv va integrasiya

jarayonlari oʻz aksini koʻrsatmoqda. Shu qatorda ta’lim ham davlat siyosatining ustuvor
sohasiga aylandi va ushbu sohada ta’limni yangicha innovatsion gʻoyalar asosida rivojlantirish
boʻyicha islohotlar amalga oshirila boshlandi.

Jamiyat va hayotda sodir boʻlayotgan yangilanishlar ta’lim tizimiga ham yangicha

innovatsion yondashuvni, ta’lim fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integrasiya jarayonlarini
yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga
tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oladi. [6.97]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida” gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA PIRLS xalqaro dasturlari reytingida
jahonning birinchi 30 ta ilgor mamlakatlari qatoriga kirishga erishish hamda xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida ta’lim
sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi 997-sonli qarorida eng ustuvor
vazifa qilib quyidagilar olindi:

Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda oʻqish;


background image

Page 79

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

PISA, PIRLS baholash dasturi yoʻnalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va oquv

dasturlariga integratsiya qilish.

Oʻzbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan amaliy, ta’lim sifatini

baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi toʻgʻrisida hukumat qarorining
qabul qilinishi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli
tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yoʻlga qoʻyilishi ta’lim tizimida muhim ahamiyat kasb
etadi. [1]

O‘qish savodxonligini tadqiq etishda ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro

assotsiatsiyasining (IEA) PIRLS tadqiqoti (Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib
tushunish darajasini baholash xalqaro tadqiqoti) mazkur assotsiatsiyaning 1991-yildagi
o‘qish savodxonligini tadqiq etish dasturiga qo‘shimcha holda 2001-yildan joriy etila
boshlandi. [2]

Har besh yilda o‘tkaziladigan ushbu xalqaro tadqiqot bolaning mustaqil inson sifatida

rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, boshlang‘ich ta’limda tahsil olayotgan
o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. Odatda, ushbu
rivojlanish davrida o‘quvchilar o‘qish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘lib, endi bu ko‘nikmadan
boshqa fanlarni o‘rganishda foydalanayotgan bo‘ladi. PIRLS xalqaro tadqiqoti o‘qish
savodxonligini tadqiq etishda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasining (IEA) o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan
o‘zlashtirish darajasini baholash tadqiqotiga (Trends in International Mathematics and
Science Study–TIMSS) qo‘shimcha tarzda ishlab chiqilgan. PIRLS xalqaro tadqiqoti o‘qish
savodxonligini tadqiq etishda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasining (IEA) Boston kollejida olib boriladigan TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot
markazi tomonidan IEA xalqaro assotsiatsiyasinig Amsterdam va Gamburg shaharlaridagi
idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi.

“Progress in International Reading Literacy Study” -(PIRLS) toʻrtinchi sinf

oʻquvchilarining oʻqish savodxonligi boʻyicha yirik xalqaro qiyosiy tadqiqot hisoblanadi.
Tadqiqot Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan, har bir ishtirokchi
ta'lim tizimida milliy homiylar bilan olib boriladi. Masalan: AQSH Taʼlim Departamenti
qoshidagi Taʼlim fanlari institutidagi Milliy Taʼlim Statistika Markazi Qoʻshma Shtatlarda
PIRLSni joriy qilish uchun masʼuldir. O‘zbekistonda esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim
sifatini baholash bo’yicha xalqaro taqdiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etilgan.
Oʻqish savodxonligi o'quvchilarning birinchi maktab yillarida erishadigan eng muhim
qobiliyatlaridan biridir. Bu barcha fanlarni o'rganish uchun asos boʻlib, undan dam olish va
shaxsiy o'sish uchun foydalanish mumkin va u yosh bolalarni o'z jamoalarida va katta
jamiyatda to'liq ishtirok etish qobiliyati bilan jihozlaydi. PIRLS ishtirokchilari qatoriga davlat
ham, submilliy tashkilotlar ham kiradi, ularning ikkalasi ham ta’lim tizimi deb ataladi. PIRLS
to'rtinchi sinfga teng bo'lgan sinflardagi bolalarning yutuqlari va o'qish tajribasiga e'tibor
qaratadi. Tadqiqot o'qishni tushunishning yozma testini va o'qish savodxonligini rivojlantirish
bilan bog'liq omillarga qaratilgan bir qator anketalarni o'z ichiga oladi. PIRLS 2001 yilda 35 ta
ta’lim tizimidagi o‘quvchilarga, 2006 yilda 45 ta ta’lim tizimidagi o‘quvchilarga, 2011 yilda 53
ta ta’lim tizimidagi o‘quvchilarga va 2016 yilda 61 ta ta’lim tizimidagi o‘quvchilarga
qo‘llanilgan. [4.67-68]


background image

Page 80

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Maqsad – PIRLS puxta tuzilgan oʻqishni baholash boʻlib, toʻrtinchi sinf oʻquvchilarining

oʻqish savodxonligini tekshirish va toʻrtinchi sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini
baholashga oid maʼlumotlarni toʻplash uchun soʻrovnomalardan iborat. PIRLS to'rtta
maqsadni ko'zlaydi:

(1) har bir ishtirokchi ta'lim tizimlarida xalqaro miqyosda taqqoslanadigan
savodxonlik darajasini o'rnatish uchun mos bo'lgan o'qish savodxonligini o'lchash uchun

xalqaro miqyosda amal qiluvchi vositalarni ishlab chiqish;

(2) har bir ishtirokchi ta'lim tizimlarida maktabning to'rtinchi sinf o'quvchilarining
savodxonlik profilini bir shkalada tavsiflash;
(3) har bir ishtirokchi ta'lim tizimidagi to'rtinchi sinf o'quvchilarining o'qish odatlarini

tavsiflash;

(4) maktabdagi to'rtinchi sinf o'quvchilarining savodxonlik darajasi va o'qish odatlari

bilan bog'liq bo'lgan uy, maktab va ijtimoiy omillarni aniqlash.

Komponentlar – PIRLS o'qish uchun ikkita maqsadning har biri doirasida to'rtta keng

qamrovli tushunish jarayonini baholaydi:

- diqqatni jamlash va aniq ifodalangan ma'lumotni olish;
- to'g'ridan-to'g'ri xulosalar chiqarish;
- g'oyalar va ma'lumotlarni sharhlash va birlashtirish;
- mazmuni va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
Shuningdek, PIRLS o'qish savodxonligining uchta jihatiga e'tibor qaratadi:
- o'qish maqsadlari;
- tushunish jarayonlari;
- talabalarning o'qish xatti-harakatlari va munosabatlari.
Dastlabki ikki jihat har bir ishtirokchi talabaga qo'llaniladigan PIRLS baholash
komponenti orqali o'lchanadi. Uchinchi o'lchov, o'qish xulq-atvori va munosabati fon

so'rovlarining alohida komponenti orqali o'lchanadi. 2016 yilda PIRLS ma’muriyati PIRLS
baholashini, shuningdek, onlayn ma'lumot o'qishni baholash PIRLSni o'z ichiga oldi.

PIRLS 2021 raqamli internetga asoslangan raqamli PIRLS deb nomlangan yangi yetkazib

berish tizimini taqdim etadi. Davlatlar toʻliq kompyuterga asoslangan baholashdan
foydalanishlari uchun digital PIRLS taklif etiladi. DigitalPIRLS baholashlari 2016-yilda
boshlangan onlayn oʻqishning PIRLS baholashini oʻz ichiga oladi. Digital PIRLS yordamida
mamlakatlar chop etish yoki joʻnatish zaruratisiz tarjima va tarjimani tekshirish,
maʼlumotlarni kiritish va baholashda yuqori operatsion samaradorlikka ega boʻladi. Raqamli
PIRLS maktab yoki Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi veb-serverlari yoki
Windows operatsion tizimiga ega shaxsiy kompyuterga mahalliy ravishda ulangan USB disk

orqali veb-asoslangan tizim sifatida taqdim etiladi. Digital PIRLS ga muqobil sifatida

mamlakatlar PIRLS 2021 ni qog‘oz formatida boshqarishi mumkin. PIRLS 2021 yilda faqat
digital PIRLS bilan birgalikda mavjud. [3.696-700]

Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, O’quv dasturlarida o’quvchilarning muammolarni

hal etish qobiliyatini rivojlantirishning uchta o’zaro bog’liq komponentlari qo’llab-
quvvatlanadi: tushunchalar, ko’nikmalar, jarayonlar. Ushbu tizim o’quv dasturlarini o’qitish,
o’rganish va baholash yo’nalishlarini ta’minlab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

Page 81

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

1.Oʻzbekston Respublikasi Prezidentining - Oʻzbekston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2019-yil 29-apreldagi PF –
5217 sonli farmoni [1]
2. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar strategiyasi. Oʻzbekston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 7-fevraldagi PF
– 4947 Farmoni [2]
3. Assessment Program. European Multidisciplinary Journal of Modern Science [3.696-700]
4. Abdug‘aniyeva Z. 2016-yilgi PIRLSning natijalariga ko‘ra boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini ta’minlaydigan omillar. Maqola. PIRLS xalqaro baholash
dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy masofaviy konferensiya
[4.67-68]
5. I.Abdirimova, Z.Boymuradova “Xalqaro baholash tizimining asosiy xususiyatlari va ta’lim
sohasidagi ahamiyati” maqolasi. International Conference Chirchiq-2023 [5.123-124]
6. Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash”
(Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, metodistlar va soha mutaxasislari uchun metodik qoʻllanma)
Toshkent-2019 [6.97]

Библиографические ссылки

Oʻzbekston Respublikasi Prezidentining - Oʻzbekston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2019-yil 29-apreldagi PF – 5217 sonli farmoni [1]

-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi. Oʻzbekston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 7-fevraldagi PF – 4947 Farmoni [2]

Assessment Program. European Multidisciplinary Journal of Modern Science [3.696-700]

Abdug‘aniyeva Z. 2016-yilgi PIRLSning natijalariga ko‘ra boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini ta’minlaydigan omillar. Maqola. PIRLS xalqaro baholash dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy masofaviy konferensiya [4.67-68]

I.Abdirimova, Z.Boymuradova “Xalqaro baholash tizimining asosiy xususiyatlari va ta’lim sohasidagi ahamiyati” maqolasi. International Conference Chirchiq-2023 [5.123-124]

Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash” (Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, metodistlar va soha mutaxasislari uchun metodik qoʻllanma) Toshkent-2019 [6.97]