Авторы

  • Nuriddin Turg‘unov
    O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126513

Ключевые слова:

Mumtoz turkiy adabiyot Qutadgʻu bilig Devonu lugʻotit turk badiiylik vositalari tilshunoslik tahlili XI asr yozma manbalari

Аннотация

Mazkur maqolada XI asr turkiy adabiyoti doirasida yaratilgan “Qutadgʻu bilig”, “Devonu lugʻotit turk” va “Hibatul haqoyiq” kabi mumtoz asarlardagi badiiylikni ifodalovchi til vositalarining matn hosil qilishdagi roli chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayniqsa fonetik, morfologik va leksik birliklar, ularning badiiy funksional xususiyatlari va tilshunoslikdagi ahamiyati yoritib beriladi.


background image

Page 156

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

XI ASR MUMTOZ TURKIY MANBALARDAGI BADIIYLIKNI

IFODALOVCHI SO‘ZLARNING MATN HOSIL QILISHDA ROLI

Turg‘unov Nuriddin

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15599789

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil

Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Mazkur maqolada XI asr turkiy adabiyoti doirasida
yaratilgan “Qutadgʻu bilig”, “Devonu lugʻotit turk” va
“Hibatul haqoyiq” kabi mumtoz asarlardagi badiiylikni
ifodalovchi til vositalarining matn hosil qilishdagi roli
chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayniqsa fonetik,
morfologik va leksik birliklar, ularning badiiy
funksional xususiyatlari va tilshunoslikdagi ahamiyati
yoritib beriladi.
Yusuf Xos Hojib asaridagi omonim va antonimlar,
istiora, tazod, sifatlash kabi badiiy san’at vositalarining
qo‘llanilishi hamda Mahmud Koshgʻariy tomonidan
keltirilgan zoonimlar va dialektal xususiyatlar chuqur
o‘rganiladi. Asarlarda milliy lug‘aviy boylik, qadimgi
turkiy tilning tabiiy rivojlanish bosqichlari va til
taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliq jihatlar ilmiy asosda
bayon etiladi.
Muallif Mahmud Koshgʻariy tomonidan yaratilgan
“Devonu lugʻotit turk” asarining leksikografik
yondashuvlarini, fonetik tahlil usullarini, shuningdek,
morfologik kategoriyalar va zoonimlarning turkiy tillar
tarixidagi ahamiyatini izchil yoritadi. Shuningdek,
maqolada qadimgi turkiy adabiy merosda til
vositalarining jamiyat, madaniyat va tafakkur
shakllanishidagi roli alohida urgʻu bilan ta’kidlanadi.
Mazkur maqola orqali o‘zbek tilining tarixiy
taraqqiyotida XI asr manbalarining leksik boyligi,
badiiy-estetik qadriyati va hozirgi adabiy tilga
ko‘rsatgan ta’siri haqida chuqur ilmiy xulosalar
chiqariladi.

KEY WORDS

Mumtoz turkiy adabiyot, Qutadgʻu
bilig,

Devonu

lugʻotit

turk,

badiiylik vositalari, tilshunoslik
tahlili, XI asr yozma manbalari

XI asr turkiy adabiyoti o‘zining yuksak badiiylik darajasi, boy mazmuni va turli janrlari

bilan ajralib turadi. Bu davrga kelib, turkiy xalqlar orasida yozma adabiyotning rivojlanishi
sezilarli darajada jadallashib, adabiy janrlar ko‘lami kengaygan. Ayniqsa, ushbu asrda
yaratilgan mumtoz turkiy manbalar badiiy mahorati va mavzu ko‘lami bilan nafaqat o‘sha
davrning, balki keyingi asrlardagi adabiy taraqqiyotga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan.


background image

Page 157

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

Bu davrning eng yirik namunalari orasida Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Mahmud

Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, va Ahmad Yugnakiyga nisbat berilgan “Hibatul
haqoyiq” kabi asarlar alohida o‘rin tutadi. Ushbu asarlar turli janrlarda yozilgan bo‘lib,
ularning har biri o‘ziga xos badiiylik usullari orqali maʻnaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy va ilmiy-
falsafiy g‘oyalarni ifodalagan.

Shu sababli, XI asr turkiy adabiyotidagi turli janrlar nafaqat badiiylikni ifodalashda, balki

xalqlar o‘rtasida maʻnaviy aloqalarni mustahkamlashda ham muhim o‘rin egallaydi. Bu mavzu
turkiy yozma anʻanalarning ildizlarini o‘rganish va ularning badiiylikni yuksaltirishdagi rolini
yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida yuqorida zikri o‘tgan adabiyotlardagi
badiiylikni ifodalovchi so‘zlarning matn hosil qilishdagi tutgan o‘rnini ba’zi misollar bilan
bayon qilamiz.

Ma’lumki, til va nutq, nutqning yozma va ogʻzaki shakllari xususidagi masalalar

tilshunoslikda muhim oʻrin tutadi. Tilshunos Q.Sodiqov “Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati”
gazetasining 2010-yil 50-sonida chop etilgan “Mangu qumaru” maqolasida yozadi: “Buning
haqiqatini Yevropa tilshunoslari XIX yuzyillikka kelib tushunib yetgan boʻlsalar, Sharq,
xususan, oʻzbek tilshunosligi tarixida bu tushunchalar eskidan bor. Buning yorqin misolini
“Qutadgʻu bilig”da kuzatamiz. Yusuf Xos Hojibning til bilimida yozma til va nutq farqlanadi. U
yozma tilni “bitig soʻz” deb atagan edi .

“Devonu lugʻotit turk” asarida esa qabila va urugʻ tillariga oid lingvistik maʻlumotlar

ancha batafsil berilgan, har bir turkiy soʻz va uning maʻnolari chuqur tahlil qilingan, ayrim
soʻzlarning etimologiyasiga oid maʻlumotlar ham keltirib oʻtilgan. Asarda qabila va urugʻ
tillariga oid tovushlar (fonemalar) ancha mukammal izohlangan, unli va undosh fonemalar,
choʻziq va qisqa unlilar, fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil tahlil etilgan. Morfologiya
sohasida soʻz turkumlari, davr anʻanasiga koʻra, uch soʻz turkumiga, yaʻni ismlar, feʻllar va
bogʻlovchiga ajratilib, ularning yasalish va turlanish yoʻllari ochib berilgan. Tilshunos olim
V.I.Belyaev asar haqida shunday yozadi: “Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz
kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga
asoslangan”.

“Devonu lugʻatit turk” asarining bor-yoʻgʻi bitta qoʻlyozmasi mavjud. U hozir

Istanbuldagi Millat kutubxonasining Ali Amiriy fondida saqlanadi. Qoʻlyozma 319 varaqli katta
bir jilddan iborat boʻlib, varaqlari tarqoq, yirtiq, boshi-oxiri nomaʻlum¸ sahifalari qoʻyilmagan.
Asar qoʻlyozmasi uchga boʻlinib, birinchi va ikkinchi jildlari 1915-yilda, uchinchi jildi 1917-
yilda Istanbulda Kilisli Rifat muharrirligida nashr etildi. Ushbu fotonusxasi asosida Bosim
Atalay asarni turk tiliga birinchi boʻlib mukammal tarjima qildi va uni 1939-1941-yillarda uch
jildli etib chop qiladi. Uning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957-yil amalga oshiriladi .

“Devonu lugʻatit turk” ikki – muqaddima va lugʻat boʻlimlaridan tashkil topgan.

Muqaddimada kitobning yozilish sababi, uning tuzilishi; turkiy urugʻ va qabilalar qoʻllaydigan
yozuv; otlarning yasalishi; feʻllarning tuslanishi; soʻz tarkibi (morfem tuzilishi); kitobda eʻtibor
qaratilgan grammatik qoidalar; turkiy xalqlarning taʻrifi va ularning oʻrnashgan oʻrni; turkiy
lahjalardagi farqlar xususida soʻz yuritiladi. Lugʻat sakkiz boʻlimdan iborat. Ular quyidagilar: 1.
Hamzali soʻzlar, yaʻni “alif” bilan boshlanadigan soʻzlar boʻlimi. 2. Solim, yaʻni “alif”, “vav”, “ya”
harflari boʻlmagan soʻzlar boʻlimi. 3. Muzoaf, yaʻni undoshlari ikkilanadigan soʻzlar boʻlimi. 4.
Misol, yaʻni tarkibida “alif”, “vav”, “ya” boʻlgan soʻzlar boʻlimi 5. Zavatu-s-salasa (uch harfli
soʻzlar), yaʻni “alif”, “vav”, “ya” harflari qisqa unli sifatida oʻqiladigan soʻzlar boʻlimi. 6. Zavatu-


background image

Page 158

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

l-arbaʻa (toʻrt harfli soʻzlar), yaʻni “alif”, “vav”, “ya” qisqa talaffuz qilinadigan soʻzlar boʻlimi. 7.
Gʻunnalilar, yaʻni tarkibida burun (dumogʻ) tovushlari kelgan soʻzlar boʻlimi. 8. Al-jamʻ
baynas-sakinayi, yaʻni harakatsiz ikki undoshli soʻzlar boʻlimi. Har bir bob ism va fe’llardan
iborat ikki qismga ajratilgan. Otlar oldin, fe’llar esa keyin oʻz sirasiga qarab boblarga ajratilib,
oldinma-ketin beriladi. Soʻzlarning berilish ketma-ketligi ham arab lugʻatchiligi ishlab chiqqan
tamoyillarga tayanadi: oldin ikki harflilar, soʻng uch, toʻrt, besh, soʻng olti harfli soʻzlar keladi.
Lugʻatda oʻsha zamondagi turkiy tilning deyarli barcha sohalariga tegishli soʻzlar jamlangan,
isteʻmoldan chiqqan soʻzlar berilmagan, faqat faol iste’moldagi soʻzlargina berilgan. Lugʻatda
soʻzlarning izohlanishi quyidagicha: avval turkiy soʻz, soʻng uning arabcha tarjimasi keltiriladi.
Izohlanganda esa uning fonetik variantlari, sheva soʻzi boʻlsa, qanday shevada uchrashi qayd
etiladi .

Yusuf Xos Hojib omonim va antonimlardan asari tilini boyitish, uning taʻsirchanligini

oshirish maqsadida keng foydalangan. Adib asarida at omolksemasi ot hayvoni, kishi nomi va
otmoq harakati maʻnolarida qoʻllanilgan. Zid maʻnoli soʻzlardan yaxshï – yaman, yumshaq –
qatïgʻ, achïgʻ –tatïgʻ kabilar asarda tazod badiiy san’atini voqelantirishga xizmat qilgan.
“Qutadgʻu bilig” asarining istioralari ham oʻziga xos. Tun bir oʻrinda sevuglar qoshi, boshqa bir
oʻrinda qora koʻylak va qora soch istioralari bilan ifodalangan. Tabiat tasviriga alohida
ahamiyat bergan Yusuf Xos Hojib oʻndan ortiq qushlarning nomini tilga oladi: qaz (gʻoz),
oʻrdak, turna, kaklik, chumgʻuq (chumchuq), sanvach (bulbul), aqqush (oqqush) va boshq.
Misol: Qaz, oʻrdak, qugʻu, qil qaligʻligʻ tudi, Qaqilayu qaynar yuqaru qudi. (Tavsifi: gʻoz, oʻrdak,
oqqush, qil quyruqlar osmonni toʻldirdi, (ular) qagʻillashib yuqori va quyini toʻldirib
uchmoqda). Hayvon nomlaridan ilikkulmiz (erkak va urgʻochi jayron), sigʻun-muygʻaq (erkak
va urgʻochi bugʻu), tuya kabilarni qayd etadi: Ilik-kulmiz oʻynar chechaklar uza, Sugʻun-
muygʻaq oʻynar yurir tab keza . (Tavsifi: erkak va urgʻochi jayron chechaklar ustida
oʻynamoqda, erkak va urgʻochi bugʻu bogʻ kezib yurmoqda). Yusuf Xos Hojib asarida omonim
va antonimlardan ham unumli foydalangan. Asar tilida I at (ot, hayvon), II at (ism, nom), III at
(otmoq) kabi omonimlar; yaruq – qaraqu, yaxshi – yaman, yumshaq – qatïgʻ, achïgʻ– tatïgʻ,
beduk – qodu kabi antonimlarni uchratish mumkin. Asar tilida singarmonizm qonuniyati
saqlangan. Asarning morfologiyasi boʻyicha koʻzga tashlanadigan hodisa shundaki, unda
kelishiklar ichida vosita kelishigi ham uchraydi: Tirig ölgü аxïr töshänär yerig Kishi älsä edgün
kör atï tirig. (Izohi: tirik kishi oxiri oʻladi, yer uni yoʻq etadi, Kishi yaxshilik bilan oʻlsa, oti tirik
qoladi.” E’tiborli tomoni shundaki, asar tilida turk soʻzi ikki maʻnoda – turkiy tilda
soʻzlashuvchi xalqlar va kuch-qudrat maʻnolarida qoʻllangan. “Qutadgʻu bilig” asarining tili
oʻsha davr turk qabilalari tillari asosini oʻzida aks ettirgan. Shuning uchun ham “Qutadgʻu
bilig”ni XI asrda yashagan biror turkiy xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qatʻiy fikrga
kelish qiyin. Shunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining til xususiyatlari nisbatan
ustunlikka ega.

Mahmud Koshgʻariy oʻz davridagi dialektlarning leksik xususiyatlarini ham toʻliq

koʻrsatib bergan. Muallif soʻzlarni izohlar ekan, oʻrni bilan ularning qaysi bir dialektga mansub
ekanligi, dialektlardagi oʻziga xos maʻno xususiyatlari va boshqa muhim tomonlari haqida ham
toʻxtalib oʻtadi. Bu esa ana shu soʻzning dialektal xarakterini ochib beradi. Olim maʻlum bir
dialektga mansub soʻzlarni alohida ajratib koʻrsatadi.

Mahmud Koshgʻariy oʻgʻuzlar qoʻllaydigan soʻzlar sifatida pamuq “momiq, paxta”, töläk

“tinch va ogʻir kishi” , sïndu “qaychi” , qarïnchaq “chumoli” , sechä “chumchuq”; chigillar


background image

Page 159

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

qoʻllaydigan soʻzlar sifatida quchgʻundï “piyoz”, ud “sigir”, ajun “dunyo”, saman “somon”;
qipchoqcha soʻzlar sifatida ökil “koʻp”, aba “ayiq”, sulaq “qora jigar”; argʻucha soʻzlar sifatida
qïz kishi “baxil odam”, chigit “paxta urugʻi, chigit”, tudrïch “goʻng” , bashtar “oʻroq” kabilarni
aniq koʻrsatib oʻtadi. Ayrim soʻzlar bir dialektda maʻlum bir shaklda boʻlsa, ikkinchi dialektda
uning oʻrnida boshqa soʻz qoʻllanilgan. Bu narsa Mahmud Koshgʻariy tomonidan ham alohida
qayd etilgan: Masalan, boshqa turklar idish, kosa, piyolani ayaq desalar, oʻgʻuzlar uning
oʻrnida janaq soʻzini qoʻllaganlar .

“Devonu lugʻotit turk” asarida turli sohalarga doir soʻzlar bilan bir qatorda zoonimlar

ham ifodalangan. Maʻlumki¸ zoonim yunoncha soʻz boʻlib¸ hayvon nomlari bilan bogʻliq soʻzlar
maʻnosini ifodalaydi. “Devon”dagi zoonimlarni hozirgi oʻzbek adabiy tili nuqtai nazardan
ikkita guruhga ajratish mumkin: hozirgi oʻzbek adabiy tilida qoʻllaniladigan qadimgi turkiy
zoonimlar va hozirgi oʻzbek adabiy tilida qoʻllanilmaydigan qadimgi turkiy zoonimlar.

Hozirgi oʻzbek adabiy tilida qoʻllaniladigan qadimgi turkiy zoonimlar jumlasiga echku

(echki)¸ tuya¸ ayigʻ¸ it¸ ilon¸ qoʻy kabilarni aytib oʻtish mumkin. Ushbu soʻzlarning til va
lahjalarda turlicha ifodalanishini olim aniq koʻrsatib oʻtadi. Yuqorida keltirilgan tuya¸ qoʻy
kabi soʻzlar har bir tilda¸ ya’ni turkiy va oʻgʻuz tillarida turlicha talaffuz etilishini Mahmud
Koshgʻariy shunday izohlaydi: “Soʻzdagi “t”ni oʻgʻuzlar va ularga yaqinlar “d”ga aylantiradilar¸
chunoni¸ tuyani turklar teve desalar¸ oʻgʻuzlar devey deydilar. Soʻz oʻrtasida yoki oxirida
kelgan “y”ni argʻular “n”ga almashtiradilar. Masalan¸ turklar ― qoy (qoʻy) desalar¸ ular ― qon
(qoʻn) deydilar”.

“Devon”da hozirgi oʻzbek adabiy tilida qoʻllanilmaydigan qadimgi turkiy zoonimlar ham

mavjud. Bunday soʻzlar jumlasiga enoʻk (yosh arslon¸ arslon bolasi)¸ aba (ayiq)¸ erkach (taka¸
erkak echki)¸ obkoʻk (sassiqpopishak)¸ alavan (timsoh)¸ ud (sigir)¸ as (karkas qushi; burgut)
kabilarni aytish mumkin. Mahmud Koshgʻariy bulardan tashqari arqar¸ arju kabi zoonimlarni
ham izohlaydi: “arqar ― urgʻochi togʻ echkisi; uning shoxidan pichoqqa sop qilinadi; arju –
shoqol¸ chiya boʻri deyilgan yirtqich bir hayvon”.

Mahmud Koshgʻariy ayrim zoonimlarning qaysi til (sheva va lahja)ga oidligini ham qayd

etgan. Masalan¸ ud¸ obkoʻk kabilar chigilcha¸ aba qipchoqcha ekanligini misollar asosida aniq
koʻrsatib oʻtgan. Olim ayrim zoonimlarni maqollar asosida izohlagan. Chunonchi¸ ordak
(oʻrdak)¸ ogʻlaq (uloq¸ echki bolasi) soʻzlarini maqol bilan shunday izohlaydi: “Ordak (oʻrdak)
maqolda shunday kelgan: qaz qopsa¸ ordak kolig iganoʻr ― “gʻoz qoʻzgʻalsa¸ oʻrdak koʻlni
egallaydi”. Bu maqol xalq orasidan biror katta kishi ketgandan keyin¸ uning oʻrniga undan
tuban bir kishining koʻtarilishini eslatish uchun qoʻllaniladi (I.129); “Ogʻlaq (uloq¸ echki
bolasi) maqolda shunday kelgan: ogʻlaq yiliksiz¸ ogʻlan biliksiz ― “echki bolasida ilik yoʻq¸
yosh bolada aql yoʻq”.

Mahmud Koshgʻariy zoonimlarning omonimli xususiyatini ingak¸ at kabi soʻzlari

vositasida izohlaydi: 1) “turkiylar sigirni ingak desa¸ oʻgʻuzlar toshbaqaning urgʻochisini ingak
deydilar; at I ― ot¸ ism; at II ― ot (hayvon); at III ― laqab; unvon. Beg angar at berdi ― bek
unga unvon berdi. Qabilaning ulugʻi yoki boshligʻini ham atligʻ deyish shundandir” (I.107).
“Devon”da yuqoridagi zoonimlardan tashqari yana bugʻra (ikki oʻrkachli tuya)¸ azgʻir (aygʻir)¸
taqagʻu (tovuq) kabilar ifodalangan .

Mahmud Koshgʻariy chetdan qabul qilingan soʻzlarga ikki xil munosabatda boʻladi.

Predmet va tushuncha bilan bogʻliq ravishda kirib kelgan soʻzlarga ijobiy munosabatda
boʻladi. Tilda mavjud boʻlgan soʻzlar oʻrnida boshqa tildan olingan soʻzni qoʻllashga salbiy


background image

Page 160

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05,May 2025

www.in-academy.uz

qaragan va bu holatni zararli holat deb bilgan. Bunga koʻra bilge, bitik, uragʻut kabi turkiy
soʻzlar oʻrnida arabiy olim, kitob, ayol soʻzlarini qoʻllamaslik kerak.

Mahmud Koshg‘ariy o‘sha davr fonetikasiga doir qimmatli fikrlarni bayon qiladi. Shu

davr alfaviti to‘g‘risida: “Turkiy tillarda qo’llaniladigan asosiy harflar soni 18 tadir. Holbuki,
tildagi tovushlar 18 ta emas, ko‘pdir. Bu 18 harf yetishmaydi. Bulardan boshqa tilda mavjud
bo’lgan tovushlarni berish uchun yana 7 ta tovushni ana shu mavjud harflar ustiga maxsus
belgi qo‘yib yoziladi”.

Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy unli va undosh tovushlar, ularning xarakteristikasi,

tovush almashinishi qonuniyatlari haqida o’rinli fikrlarni bayon qiladi. Lug‘atda mavjud so’z
turkumlariga doir leksik birliklarning atroflicha izohiga e’tibor berilgan. Leksemalarga
birlamchi (asl) ma’nosidan farqli qo’shimcha (sema) yuklatish, shu yo‘l bilan yangi leksema
hosil qilish ham Mahmud Koshg‘ariy nazaridan chetda qolmagan. Uning mulohazasiga ko‘ra,
yangi so‘zlar yasash faqat affikslar yoki so’zlarni bir-biriga biriktirish, kompozitsiya bilan hosil
qilingan qo‘shma so‘zlar orqaligina amalga oshirilmaydi. Balki, quyidagi usullardan
foydalangan tarzda ham yangi so‘z yasash o‘zini oqlaydi:

a) so‘zlarni qarama-qarshi, zid qo‘llash bilan. Masalan, süchük so’zi oldin shirinlikka

nisbatangina ishlatilgan, so‘ng achchiq ta’m-mazalik ichkilikka nisbatan ham qo‘llanishi
shunga misoldir;

b) butun o‘rnida bo‘lak, bo‘lak o‘rnida butun qo‘llash natijasida yangi so‘z yuzaga

chiqadi. Bu erda hozirgi zamonaviy tilshunoslikdagi integral va differenstial semalar nazarda
tutilgan, ya’ni saban istilohi avval qo‘sh va omochning umumiy ma’nosini bildirgan bo‘lsa,
keyin faqat omochga nisbatan qo‘llanganligi ta’kidlangan;

v) so‘zlar ma’no doirasining kengayishi yangi ma’no anglatadi. Xususan, “qiz bola”

ma’nosidagi qïz leksemasining majoziy “qimmatbaho” ma’nosi shular jumlasindandir.

Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari oʻzbek tili tarixida yaratilgan

asarlar orasida oʻzining ilmiy qiymatiga koʻra alohida ajralib turadi. Turkologlar, tarixchilar.
adabiyotshunoslar va arxeologlar har doim aniq va toʻgʻri manba sifatida uning asariga
asoslanadilar. Xalqimizning boy tarixini har tomonlama oʻrganish, uning taraqqiyot
bosqichlariga xos jihatlarni umumlashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. “Devonu
lugʻotit turk” asari oʻzbek xalqi tarixida muhim ahamiyatga ega noyob manbadir.

Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining buyuk tilshunosi tarzida turkiy tillarda qoʻllangan

soʻzlarni jamladi va ularni oʻziga xos bilimdonlik va chidam bilan tadqiq qildi. “Devonu lugʻotit
turk” qoraxoniylar davri ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy-madaniy, maishiy, etnografik
turmush tarzini anglashda, shu jihatlarga doir tushunchalarni ifodolovchi leksemalar tizimini
idrok etishda bebaho manba hisoblanadi.

Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Saidov Y. O‘zbek adabiy tili tarixi. – Buxoro: “Durdona” nashriyoti, 2021. – 186 b.

2.

Abdullaeva V. Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asarining oʻrganilishi hamda asardagi

somatik frazeologik birliklarning qoʻllanilishi. – Qo‘qon. Qo‘qon universiteti xabarnomasi,
2023. – 187 b.
3.

Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. // Б.Тўхлиев нашрга тайёрлаган . –Тошкент:

Юлдузча, 1990. – 187 б.
4.

Содиқов Қ. Тарихий лексикография / Ўқув қўлланма. –Тошкент: Тошкент давлат

шарқшунослик институти, 2012. – 145 б.

Библиографические ссылки

Saidov Y. O‘zbek adabiy tili tarixi. – Buxoro: “Durdona” nashriyoti, 2021. – 186 b.

Abdullaeva V. Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asarining oʻrganilishi hamda asardagi somatik frazeologik birliklarning qoʻllanilishi. – Qo‘qon. Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 2023. – 187 b.

Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. // Б.Тўхлиев нашрга тайёрлаган . –Тошкент: Юлдузча, 1990. – 187 б.

Содиқов Қ. Тарихий лексикография / Ўқув қўлланма. –Тошкент: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2012. – 145 б.