Авторы

  • Nurullo Raximberdiyev
    Toshkent Davlat Yuridik Universiteti “Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti” “Advokatlik faoliyati” yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126514

Ключевые слова:

Nizolarni muqobil hal qilish Apellatsiya komissiyasi Apellatsiya kengashi shikoyat muqobil nizo vertikal huquqiy munosabatlar gorizontal huquqiy munosabatlar.

Аннотация

Nizolarni muqobil hal qilish butun dunyo katta tezlik bilan rivojlanib borayotgan sud-huquq sohasi hisoblanadi. U nizolarni hal qilishda  suddan ko‘ra tezroq, xarajatlar kamroq bo‘lgan va suddan ko‘ra “yumshoq” xarakterga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Sudlarda ish hajmining keskin oshib ketishi ham bu sohaning rivojlanishiga asosiy turtki bo‘lmoqda. Nizolarni muqobil hal qilish usullarini ko‘paytirish va ularning mexanizmlarini takomillashtirish bu – nizolarni hal qilishni va buzilgan huquqlarni tiklashni osonlashtirish demakdir. Maqolada ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi bojxona sohasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi.


background image

Page 150

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARIDA

NIZOLARNI SUDGACHA(MUQOBIL) HAL QILISHNING

ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Raximberdiyev Nurullo Yorqinjon o‘g‘li

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti

“Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti”

“Advokatlik faoliyati” yo‘nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15593527

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil

Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Nizolarni muqobil hal qilish butun dunyo katta tezlik
bilan rivojlanib borayotgan sud-huquq sohasi
hisoblanadi. U nizolarni hal qilishda suddan ko‘ra
tezroq, xarajatlar kamroq bo‘lgan va suddan ko‘ra
“yumshoq” xarakterga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.
Sudlarda ish hajmining keskin oshib ketishi ham bu
sohaning rivojlanishiga asosiy turtki bo‘lmoqda.
Nizolarni muqobil hal qilish usullarini ko‘paytirish va
ularning mexanizmlarini takomillashtirish bu –
nizolarni hal qilishni va buzilgan huquqlarni tiklashni
osonlashtirish demakdir. Maqolada ushbu yo‘nalishda
O‘zbekiston Respublikasi bojxona sohasida olib
borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi.

KEY WORDS

Nizolarni muqobil hal qilish,
Apellatsiya

komissiyasi,

Apellatsiya kengashi, shikoyat,
muqobil, nizo, vertikal huquqiy
munosabatlar, gorizontal huquqiy
munosabatlar.

Nizolarni muqobil hal qilish – taraflarning yuzaga kelgan nizolar (kelishmovchiliklar)ni

sud organlarining aralashuvisiz hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari hisoblanadi.
Boshqacha aytganda bu nizolarni suddan tashqari nizolarni hal qilish va buzilgan huquqlarni
tiklashni samarali usuli hisoblanadi. Jahon amaliyoti ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda sud
nizolarni hal qilishda va buzilgan huquqlarni tiklashda eskirgan usul hisoblanib, tomonlarning
ko‘p vaqtini va mablag‘ini yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun nizolarni tezroq,
samaraliroq va arzonroq hal qilishga yordam beradigan usullarga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu
ehtiyoj esa nizolarni hal qilishning yangi usullarini yaratilishiga olib kelyabdi. Hozirgi
nizolarni muqobil hal qilish usullari sudlardan ko‘ra ancha samaraliroq ekanligini butun
dunyo tan ola boshladi va har bir davlat o‘z huquq tizimidan kelib, o‘zi uchun mos keladigan
muqobil usullarni yaratmoqda.

Yurtimizda ham bu sohada allaqachon islohotlar boshlab yuborilgan. Misol uchun 2020-

yil 17-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizolarni muqobil hal etishning
mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4754 sonli Qarori
qabul qilindi va ushbu Qarorda bevosita bojxona organlari faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Shuningdek 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi”da nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur
tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada
kengaytirishga oid maqsadlar belgilangan.

“Bojxona xizmati” tor ma’noda davlat xizmatining bir turi bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyat

hisoblanadi. Demak, jismoniy va yuridik


background image

Page 151

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi .

Bojxona organlari faoliyatini huquqiy jihatdan tahlil etilganda bojxonaga oid milliy va

xalqaro tartibda qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlar jamlanmasi va qonunosti
xujjatlarni keltirish mumkin. Bojxona organlari faoliyatini huquqiy ta’minlashni
takomillashtirish moddiy va protsessual huquq normalarini o‘z ichiga olgan mustaqil
normativ-huquqiy hujjatlarga bo‘linadi. Shu bilan birgalikda huquqiy tahlilda bojxona
organlarining huquqiy ta’minlashning qonuniylik va maqsadga muvofiqlik, imperativlik,
izchillik, mas’uliyatlilik, shaxsiy va jamoat manfaatlari muvozanatini optimallashtirish kabi
xususiyatlari aniqlanadi .

Bojxona organi nizolarini muqobil hal qilish – bu yuzaga kelgan nizolarni suddan

tashqari hal qilishga qaratilgan, qonunda, taraflarning kelishuvida yoki ichki lokal hujjatlarda
belgilangan tartib-taomillar, usullar va mexanizmlar hisoblanadi.

Qisqa qilib bojxona nizosi tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, bojxona nizolari bu –

bojxona organlari o‘z vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirish chog‘ida tashqi
iqtisodiy faoliyat subyektlari bilan yuzaga keladigan va da’vo bilan ifodalangan ziddiyatli
holatlar hisoblanadi. Agar ushbu ziddiyatli holatlar da’vo bilan ifodalanmasa, ya’ni boshqa
tomonga bildirilmasa ularni biz nizo deb ayta olmaymiz.

Bojxona organlari jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatga ham davlat

tashkiloti(yuridik shaxs) sifatida, ham davlatning ma’muriy organi sifatida kirishadi. Davlat
tashkiloti(yuridik shaxs) sifatida fuqarolik huquqiy munosabatlarga, ya’ni jismoniy va yuridik
shaxslar bilan shartnomaviy huquqiy munosabatlarga va boshqa turdagi fuqarolik huquqiy
munosabatlarga kirishadi. Bulardan kelib chiqadigan nizolar esa fuqarolik, iqtisodiy sudlarida
ko‘riladi, shuningdek, ma’lum bir nizolarni sudgacha hal qilish usullarini ham qo‘llab, kelib
chiqqan nizoni hal qilish ham mumkin. Bojxona organlari ma’muriy huquqiy munosabatlarga
ma’muriy bo‘ysuniv tartibida jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarga
kirishadi, kelib chiqqan nizolar esa ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqiladi. Ma’muriy nizolarni
sudgacha hal qilish sohasida hozirgi kunda qo‘llanilayotgan usullardan biri bu – bo‘ysinuv
tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat berish hisoblanadi.

Biz shartli ravishda yuqoridagi huquqiy munosabatlarni 1)vertikal huquqiy

munosabatlar; hamda 2)gorizontal huquqiy munosabatlar deb nomlashimiz mumkin. Vertikal
huquqiy munosabatlar uchun nizolarni muqobil hal qilish usullarini qo‘llash gorizantal
huquqiy munosabatlarga qo‘llashdan ko‘ra qiyinroq hisoblanadi. Chunki vertikal huquqiy
munosabatlarda bo‘ysinuv tartibi mavjud bo‘ladi(ya’ni bir tarafda vakolat kattaroq bo‘ladi)
buni esa suddan tashqari bo‘lgan usulda hal qilish qiyin. Birgalikda umumiy yechimga kelish
ham juda kam hollarda uchraydi. Gorizontal huquqiy munosabatlarda esa har doim ikkita
taraf teng bo‘ladi va ular uchun o‘zaro umumiy yechimga kelish, uchinchi taraf tomonidan
chiqarilgan majburiy qarorga bo‘ysunishdan ko‘ra afzalroq hisoblanadi. Bu esa ularning
keyingi faoliyatidagi hamkorligiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Endi esa bojxona organlari faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan

nizolarning qanday kelib chiqishi va ular nimalarda namoyon bo‘lishi haqida so‘z yuritsak.

Bojxona organlari fuqarolik huquqiy munosabatlari bo‘yicha shartnoma tuzadigan

bo‘lsa, agar ikkinchi taraf(jismoniy yoki yuridik shaxs) shartnomani to‘laqonli bajarmasa, yoki
kechiktirib bajarsa, unga nisbatan bojxona organi shartnomada belgilangan yoki qonunda
belgilangan tartibda buzilgan huquqlarini tiklashni talab qilishi mumkin. Bu sud tartibida,


background image

Page 152

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

talabnoma yuborish, muzokara, mediativ kelishuv, kelishuv bitimi imzolash va hokazo
tartiblarda ham bo‘lishi mumkin. Bojxona organlari bu huquqiy munosabatlardan kelib
chiqqan nizolar uchun qonunda ta’qiqlanmagan istalgan nizolarni muqobil hal qilish usullarini
qo‘llashi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga

qaraydigan bo‘lsak, ushbu modda “Davlat organining ish bo‘yicha mediatsiya tartib- taomilini
amalga oshirish chog‘idagi harakatlari” deb nomlanib, unda davlat organi fuqarolik huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar yuzasidan mediatsiyani amalga oshirishi
uchun qilishi zarur bo‘lgan harakatlari keltirib o‘tilgan. Aynan shu Qonunning 18-
moddasi(Davlat organi ishtirokidagi nizoda mediatsiyani qo‘llash)da “Davlat organi
ishtirokida nizo kelib chiqqan taqdirda, davlat organi mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha choralar
ko‘rishi kerak” ekanligi ham bevosita belgilab qo‘yilgan. Aslida har bir davlat organi fuqarolik
huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar uchun birinchi o‘rinda mediatsiyaga
murojaat qilishi va nizoni u orqali hal qilishga urinishi kerak. Mediatsiya orqali nizo hal qilib
bo‘lmaganidan keyin davlat organi sudga ushbu ish bo‘yicha da’vo arizasi kiritishi mumkin.

Vertikal(ma’muriy) huquqiy munosabatlarda ham bojxona organlari jismoniy va yuridik

shaxslar bilan huquqiy munosabatga kirishadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, “ma’muriy
huquqiy munosabatlar” tushunchasiga qarash so‘nggi yillarda tubdan o‘zgardi. Ma’muriy
ishlar avval fuqarolik va iqtisodiy sudlari(qoida tariqasida bir-biriga tobe bo‘lmagan ikkita
taraf o‘rtasidagi nizolarni ko‘ruvchi sud) tomonidan ko‘rib chiqilardi. Hozir esa ma’muriy
huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar umumyurisdiksiya sudlaridan alohida
tartibda tashkil qilingan ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Dunyoning rivojlangan
davlatlarida ham ma’muriy sudlar ma’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslari xatti-
harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar bo‘yicha ish yuritadi, ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar esa Jinoyat sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Yuqoridagilar orqali biz ma’muriy huquqiy munosabatlar deganda nimani nazarda
tutayotganimizni va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib olishni maqsad qildik.

Endi esa bojxona organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida ma’muriy

nizolar qayerdan kelib chiqishi va nimalarda namoyon bo‘lishi haqida to‘xtalsak. Buning
uchun biz Bojxona Kodeksiga hamda boshqa bojxona sohasidagi qonun hujjatlariga murojaat
qilishimiz zarur. Bojxona Kodeksining bir necha moddalarida jismoniy va yuridik shaxslarga
bojxona organlarining qarori va uning mansabdor shaxslarining harakat yoki harakatsizligi
ustidan shikoyat qilish huquqi berilgan. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, bojxona organlari
hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni shartli
ravishda quyidagi turlarga ajratib olishimiz mumkin:

Bojxona organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida fuqarolik huquqiy

munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar;

-Tovarning bojxona qiymati bilan bog‘liq nizolar;
-Tovarning TIF TN kodi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar;
-Bojxona ekspertizasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar;
Bojxona organlari tomonidan ruxsatnoma, guvohnoma va litsenziya berish bilan bog‘liq

nizolar;

-Shuningdek bojxona organi va uning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini amalga

oshirish chog‘ida kelib chiquvchi boshqa nizolar.


background image

Page 153

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, jismoniy va yuridik shaxslar bojxona organining bojxona

to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojxona
organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga
molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat ya’ni
bojxona organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan qarori ustidan shikoyat qilishlari
mumkin.

Hozirgi kunda bojxona organlarining amaliyotida ma’muriy huquqiy munosabatlardan

kelib chiqadigan nizolarni muqobil hal qilish usullaridan “shikoyat berish” usuli keng
qo‘llanilmoqda. Bu usul huquqiy jihatdan Bojxona Kodeksiga XI1 bo‘lim “Bojxona
organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
shikoyat qilish” nomli kiritilgan bo‘lim, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4754-sonli Qarori bilan mustahkamlangan.

XI1 bo‘lim bo‘lim 01.02.2022 yildagi O‘RQ-748-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

bilan Bojxona Kodeksiga kiritilgan va 03.05.2022 sanadan boshlab kuchga kirgan. Ushbu
bo‘limda Davlat Bojxona Qo‘mitasi “Apellatsiya Komissiyasi”ga beriladigan shikoyatning
tartibi, muddatlari, uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar, shikoyatni rad etish asoslari, uni
ko‘rib chiqish tartiblarini va hokazolarni tartibga soladi.

Bojxona Kodeksiga kiritilgan XI1 bo‘lim bo‘yicha Davlat Bojxona Qo‘mitasida jismoniy

va yuridik shaxslarning bojxona organi qarori va mansabdor shaxsining xatti-haraki yoki
harakatsizligi ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiquvchi “Apellatsiya Komissiyasi” faoliyati yo‘lga
qo‘yilishi va uning faoliyati hamda shikoyatni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Bojxona Qo‘mitasi tomonidan belgilanishi ta’kidlab o‘tilgan.

Shu maqsadda, ya’ni “Apellatsiya Komissiyasi” faoliyatini tashkil etish va unga kelib

tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilash uchun Davlat Bojxona Qo‘mitasi
tomonidan 2022-yil 17-martda Davlat Bojxona Qo‘mitasi Raisining 61-sonli “Jismoniy va
yuridik shaxslarning bojxona organlarining qarorlari va mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Apellyatsiya komissiyasi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Buyrug‘i qabul qilindi. Bu buyruqqa asosan Jismoniy va
yuridik shaxslarning bojxona organlarining qarorlari va mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Apellyatsiya komissiyasi
to‘g‘risidagi Nizom hamda Apellyatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlangan.

Ushbu buyruqqa asosan barcha bojxona organlari boshliqlari tomonidan Apellatsiya

Komissiyasiga kelib tushgan shikoyatlar bo‘yicha hujjatlar taqdim etilishi hamda Kengash
tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ta’minlanishi belgilab berilgan. Apellatsiya
Komissiyasi tarafidan qabul qilingan qarorlar barcha bojxona organlari uchun bir xil yuridik
kuchga ega va majburiy hisoblanadi.

Shuningdek bojxona orgalarida 2020-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 4754-son “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori asosida tashkil qilingan “Apellatsiya
kengashi” ham nizolarni sudgacha hal qilish sohasida faoliyat yuritmoqda. Ushbu Kengash
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini
takomillashtirish, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek,


background image

Page 154

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

sudlarda ish hajmini maqbullashtirish maqsadida tuzilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 4754-son Qarorida keltirilgan “Jismoniy va yuridik shaxslar
hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellatsiya kengashi
to‘g‘risida” Nizom asosida tashkil qiladi. Ushbu Kengashga jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan bojxona organlari qarorlari yoki ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari
ustidan shikoyat bilan murojaat qiladi. Kengash esa ushbu shikoyatlarni Nizomda belgilangan
tartibda ko‘rib chiqadi, va ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha “xulosa”(qaror) qabul qiladi.

Apellatsiya kengashi Davlat Bojxona Qo‘mitasi huzurida nizolarni sudgacha hal qilish

maqsadida tuzilgan kollegial-maslahat organi hisoblanadi. Apellatsiya kengashi davlat
organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolardan mustaqil ravishda
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar qabul
qiladi.

Nizolarni muqobil hal qilish usullarini afzallik tomonlarini sanaydigan bo‘lsak:
-birinchidan, nizoni qisqa muddatda hal qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud;
-ikkinchidan, taraflar nizoni hal qilish uchun uchinchi shaxs (mediator, hakamlik sudi

sudyasi, ekspert)ni mustaqil tanlash huquqiga ega;

-uchinchidan, sud muhokamasining boʻlmasligi, taraflarning daʼvogar va javobgar singari

maqomga ega emasliklari sababli taraflar oʻrtasida sogʻlom muhit saqlanib qoladi;

-toʻrtinchidan, sud muhokamasidan farqli ravishda norasmiy shaklda oʻtkazilishi

natijasida taraflar oʻzini erkin tutishlari mumkin;

-beshinchidan, maxfiyligi, yaʼni hech qanday bayonnomalar yuritilmaydi, yopiq tarzda

oʻtkaziladi;

-oltinchidan, taomillarning moslashuvchanligi taraflar tomonidan nizolarni hal

qilishning muqobil usullarini erkin tanlay olishlari, oʻzgartirishlari mumkin;

-yettinchidan, taraflar oʻrtasida oʻzaro munosabat bir-biriga raqib, nizolashuvchi taraf

sifatida emas, balki hamkorlik va oʻrtoqlik aloqalarining rivojlanishi bilan belgilanadi.

Xulosa qilib aytganda, nizolarni muqobil hal qilish usullari XXI asr talabi, nizolarni hal

qilish sohasida sudlarga bevosita raqobatchi va inson huquqlarini tiklashning tezkor vositasi
sifatida dunyo mamlakatlari orasida keng qo‘llanilmoqda. Ularning rivojlanishi va keng
ko‘lamda qo‘llanilishi barcha uchun birdek foydali bo‘lishi aniq. Shuningdek bojxona organi
nizolarni sudgacha hal qilish tizimini takomillashtirish yurtimizga investorlarni jalb qilishda,
iqtisodiyotni tezlashtirishda, TIF subyektlari tomondan bojxona organlariga bo‘lgan ishonchni
oshirishda hamda sudlarda bojxona organlarining sudlardagi ish hajmini kamaytirishda juda
katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4754-son “Nizolarni muqobil hal etishning

mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni


background image

Page 155

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

6.

Abdurahmonova Xosiyatxon Baxtiyorjon qizi. “Iqtisodiy protsessual huquqi”. Darslik. 2020

7.

Davlat Bojxona Qo‘mitasi Raisining 61-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning bojxona

organlarining qarorlari va mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” Buyrug‘i

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi

O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4754-son “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni

Abdurahmonova Xosiyatxon Baxtiyorjon qizi. “Iqtisodiy protsessual huquqi”. Darslik. 2020

Davlat Bojxona Qo‘mitasi Raisining 61-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning bojxona organlarining qarorlari va mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Buyrug‘i