Page 130
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
QAYNONA KELIN MUNOSABATLARI
Nasimova Gulmira
Norboboyeva Zahro
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi
kechki ta’lim 24/1-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15591746
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Qaynona va kelin munosabatlari har bir oilada juda
muhim o‘rin tutadi. Bu munosabatlar o‘zaro hurmat,
sabr-toqat, va tushunish orqali rivojlanadi. Qaynona va
kelinning o‘zaro aloqalari turli ijtimoiy, madaniy va
psixologik omillarga bog‘liq bo‘lib, bu oiladagi umumiy
muhitni shakllantiradi. Ko‘pincha bu munosabatlar
ijobiy va salbiy tomonlari bilan birga boradi, chunki
ularning o‘zaro aloqalariga ko‘plab tashqi omillar
ta’sir qiladi. Maqolada qaynona va kelin o‘rtasidagi
munosabatlar, bu munosabatlarning shakllanishida rol
o‘ynovchi omillar, masalan, turmush tarzi, ijtimoiy
qadriyatlar, oilaviy an'analar va shaxsiy xarakterlar
haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, qaynona va kelin
o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar, ziddiyatlar va
ularni hal qilish usullari, o‘zaro tushunishning
ahamiyati ham tahlil etiladi. Bu maqola oiladagi bu
ikki muhim shaxsning o‘zaro munosabatlarini
yaxshilash va oilaviy farovonlikni saqlash uchun qaysi
yondoshuvlar samarali ekanligini ko‘rsatib beradi.
KEY WORDS
Qaynana ham, kelin ham ayol
sifatida
qanchalik
yaxshi
bo‘lmasin bir- biri bilan yaxshi
muomalada
bo‘lish
oson
bo‘lmaydi. Nega?
Qizlar yangi xonadonga kelin bo'lib tushgach, qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu er bilan
yangi munosabatlar qurish, erining uydagilari bilan yaxshi muomalada bo’lish, uy ishlari,
uyquga to‘ymaslik va boshqalar. Shu o‘rinda qaynana bilan til topishish alohida kuch va
matonat talab etadi. Qaynana ham, kelin ham ayol sifatida qanchalik yaxshi bo‘lmasin bir- biri
bilan yaxshi muomalada bo‘lish oson bo‘lmaydi. Nega?
Buning sababi juda ko‘p bo‘lib, biz ularni tahlil qilib o‘tirmaymiz. Undan ko‘ra qaynana-
kelin munosabatlarini yaxshi bo‘lishi uchun nima qilish kerakligi haqida so‘z yuritamiz. Shuni
ta’kidlab o‘tish muhimki, bu munosabatlarni yaxshilash uchun 90% harakatni kelin qilishi
kerak. Agar kelin “Qaynanam yomon”, “Qaynanam aybdor”, “Erim baribir meni deydi” degan
xayollar bilan yursa, oilaviy hayoti baxtli bo'lmaydi.Demak,
1. Unutmang, eringiz bilan yolg‘iz qolganingizda sizga qanchalik mehribon, jismonan zor
bo‘lmasin, sizga qanday gaplar gapirmasin baribir tanlash kerak bo‘lganda u Onasini tanlaydi.
To‘g‘ri, siz uning oilasisiz, aslida dili sizni deydi, muhabbati va hayoti ham sizniki, lekin u ONA
bo'lgani uchun uni tanlaydi. Agar qandaydir sabablar bilan sizni desa ham, siz bundan
Page 131
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
yutuqda qolmaysiz. Onani ranjitib baxtli bo‘la olmaysiz. Er uchun siz ham, onasi ham birdek
muhim va kerak. Munosabatlaringizni tanlov qilish darajasigacha olib bormang. yutqizasiz.
2. Qaynanangizni tushuning. To‘qqiz oy bag‘rida ko‘targan, keyin mehr va sabr bilan
voyaga yetkazgan, shunday ajoyib qilib tarbiyalab qo‘ygan o‘g‘lini bir kuni sizga topshiradi.
Nafaqat o‘g‘lini, sevgisini ham, mehrini ham, xayollarini ham sizga berib qo‘yadi. O‘ziga deyarli
hech narsa qoldirmaydi. Faqatgina uning o‘g‘lining g‘amxo‘rligi va shirin so‘zi unga kerak
bo‘ladi xolos. Bundan qaynanangizni ayirmang, agar o‘g‘lini sizdan rashq qilayotgan bo‘lsa, uni
tushuna biling.
3. Eringiz bilan qaynanangiz oldida suykalanmang. Erkalash, shirin so‘zlashish va
boshqa shu kabi intim munosabatlaringizni barchadan yiroqda, yagona qolganingizda amalga
oshiring.
4. Qaynanagiz nima desa u haq ekanligiga boshidan o‘rganing. Noto‘g‘ri ekanligiga 100%
amin bo‘lsangizgina shirin so‘z bilan shuni unga tushuntira oling.
5. Uy ishlarini bekamu ko‘st bajaring.
6. Farzandlaringiz tarbiyasiga, sog‘lig‘iga ahamiyatli bo‘ling.
7. Eringiz kiyimlariga, ovqatlanishiga ahamiyatli bo‘ling.
8. Qaynanangiz haqidagi gaplarni qizlik uyingizga olib bormang. Juda ham siqilib
ketsangiz, dugonalar bilan dardlashing, lekin hech qachon maslahat so‘ramang. Baribir
noto‘g‘ri maslahat berishadi.
9. Qaynanangizni yaxshi ko‘ra olmasangiz ham hurmat qilishingiz shart.
10. Ayb ish qilib qo‘ysangiz, kechirim so‘rashni biling.
11. Qaynanangiz bilan muammo paydo bo‘lsa, eringizdan hal qilib berishini kutmang. Er
xotin munosabatlari qaynana-kelin munosabatlariga aralashtirmang. Birini yaxshilaysiz,
ikkinchisiga zarb yetadi.
12. Qaynanangizga gap qaytarmang. Nohaq bo‘lsa, bir ozdan so‘ng o‘z fikringizni
tushuntirib bering. Agar yuqoridagi maslahatlarni amalga oshirsangiz ham, qaynanangiz sizga
nisbatan adolatsiz bo‘lsa, u holda bunga ko‘z yumib yashashni o‘rganing. Asabiylashish uchun
shundoq ham sizda muammolar kam emas, qaynana bilan aloqangiz yaxshi emasligi
asabiylashishga arzimaydi. Oila - bu er va farzandlaringiz. Qaynana bilan munosabatlaringiz
esa ana shu oilani baxtli qilishi uchun mavjud bo'lgan 100ta omillardan birigina xolos.
Oila byudjetini rejalashtirish shaxsiy mablag'ni boshqarish va moliyaviy farovonlikka
erishishning asoslaridan biridir.
Xulosa
Qaynona-kelin munosabatlari oilaviy tizimning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib, u
nafaqat o‘zaro aloqalar, balki jamiyatdagi qadriyatlar, an'analar va ijtimoiy strukturalar bilan
chambarchas bo‘langan. Ushbu munosabatlarning murakkabligi va xususiyatlari, har ikkala
tomonning o‘zaro hurmat, sabr-toqat va murosa talab qiluvchi munosabatlarining
shakllanishiga olib keladi. Kelin va qaynona o‘rtasidagi aloqalar, ko‘pincha, oilaning
farovonligi va barqarorligi uchun bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu munosabatlar
nafaqat individual nuqtai nazardan, balki jamiyat va millat darajasida ham muhim ahamiyatga
ega.
O‘zaro tushunish va muloqotning yaxshilanishi kelin va qaynona o‘rtasida kelib
chiqadigan muammolarni kamaytirishga yordam beradi. Bunday munosabatlar o‘zaro
bog‘lanish, ehtiyoj va hissiy aloqalarning o‘zaro hurmatga asoslangan rivojlanishi orqali
Page 132
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
mustahkamlanadi. Shuningdek, ijtimoiy va oilaviy qadriyatlar kelin va qaynona o‘rtasida
o‘zaro hurmat va muhabbatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Shu bilan birga, kelin va qaynona o‘rtasidagi aloqalar oilaning kelajagi uchun katta
ahamiyatga ega. Oilaviy ta'lim, erkin va ochiq muloqot muammolarni hal qilishda yordam
beradi, bu esa oilada sog‘lom psixologik muhitni ta'minlashga imkon yaratadi.
O‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlariga mos ravishda, kelin va qaynona
o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishi, oilaviy qadriyatlarning yangi shakllanishi va
yuksalishi uchun jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlar talab etiladi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmedova, Z. (2017). O'zbek oilasida ijtimoiy munosabatlar va oilaviy qiymatlar. Toshkent:
O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.
2.
Karimova, D. (2020). Qaynona-kelin munosabatlarining psixologik aspektlari. Toshkent:
3.
Mirzaeva, G. (2015). O'zbekistonda qaynona-kelin munosabatlari: Tarixiy va ijtimoiy tahlil.
Buxoro:
4.
Buxoriy, A. (2010). Oilaviy munosabatlar va ijtimoiy tizim. Toshkent: "O'zbekiston"
nashriyoti.
5.
Isroilov, M. (2018). Ayollar va oilaviy rollar: Ijtimoiy va psixologik tahlil. Samarqand:
Samarqand Davlat Universiteti
6.
Yusupov, D. (2019). Qaynona-kelin munosabatlarida etnik va madaniy omillar. Toshkent:
Sharq nashriyoti.
7.
Saidova, L. (2021). O'zbekiston oilalarida zamonaviy qaynona-kelin munosabatlari:
Muammolar va yechimlar. Tashkent: O'zbekistonda oilaviy munosabatlar jurnali.