Авторы

  • Shodiyona Abdiyeva
    Shahrisabz davlat pedogogika instituti Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (BT) yoʻnalishi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126528

Ключевые слова:

kreativ fikrlash o‘qituvchi tayyorlash pedagogik innovatsiyalar tanqidiy fikrlash interaktiv metodlar kreativ muhit zamonaviy ta’lim ijodiy kompetensiya..

Аннотация

Mazkur maqolada o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning amaldagi holati va bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar tahlil etilgan. Kreativ fikrlash zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning asosiy kompetensiyalaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda hozirgi o‘quv dasturlari va metodik yondashuvlar kreativ fikrlashni rivojlantirishga qanchalik xizmat qilayotgani o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, loyihaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar asosida ta‘lim, interaktiv metodlar orqali o‘qituvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘rganilgan materiallar asosida ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola, zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali o‘qituvchi shaxsida kreativlikni shakllantirish masalasiga ilmiy-nazariy yondashuv asosida yechim taklif qiladi.


background image

Page 99

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KREATIV FIKRLASH

KONIKMALARINI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING

AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

Abdiyeva Shodiyona Yodgor qizi

Shahrisabz davlat pedogogika instituti

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (BT) yoʻnalishi

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15645840

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2025 yil

Ma’qullandi: 07-June 2025 yil
Nashr qilindi: 12-June 2025 yil

Mazkur

maqolada

o‘qituvchilarni

tayyorlash

jarayonida

kreativ

fikrlash

ko‘nikmalarini

shakllantirishning amaldagi holati va bu yo‘nalishdagi
mavjud muammolar tahlil etilgan. Kreativ fikrlash
zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning asosiy
kompetensiyalaridan

biri

sifatida

qaralmoqda.

Tadqiqotda hozirgi o‘quv dasturlari va metodik
yondashuvlar kreativ fikrlashni rivojlantirishga
qanchalik xizmat qilayotgani o‘rganiladi. Shuningdek,
innovatsion pedagogik texnologiyalar, loyihaviy
faoliyat, muammoli vaziyatlar asosida ta‘lim, interaktiv
metodlar orqali o‘qituvchilarda ijodiy fikrlashni
shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘rganilgan materiallar asosida ushbu jarayonni
takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan. Maqola, zamonaviy pedagogik yondashuvlar
orqali o‘qituvchi shaxsida kreativlikni shakllantirish
masalasiga ilmiy-nazariy yondashuv asosida yechim
taklif qiladi.

KEY WORDS

kreativ

fikrlash,

o‘qituvchi

tayyorlash,

pedagogik

innovatsiyalar, tanqidiy fikrlash,
interaktiv metodlar, kreativ muhit,
zamonaviy

ta’lim,

ijodiy

kompetensiya..

Hozirgi zamonaviy ta‘lim tizimi shaxs sifatida har tomonlama yetuk, mustaqil

fikrlaydigan va ijodiy yondasha oladigan pedagoglarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchilarda yangicha fikrlash va kreativ ko‘nikmalarni
shakllantirishni davr talabi sifatida qaralishiga olib kelmoqda. Kreativ fikrlash deganda,
mavjud muammoni yangicha, ilg‘or va noodatiy yondashuvlar orqali hal eta olish layoqati
tushuniladi. O‘qituvchi nafaqat o‘quvchilar uchun, balki butun jamiyat uchun ibratli ijodkor
shaxs bo‘lishi lozim. Shu boisdan, pedagog kadrlarni tayyorlashda ularning ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ustuvorliklardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda
Prezident farmonlari va Hukumat qarorlarida ta‘lim sifatini oshirish, innovatsion
yondashuvlarni keng joriy qilish, kreativ fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun” hamda “Ilm-fan va innovatsiyalarni
rivojlantirish strategiyasi” bu yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.


Bugungi kunda kreativ tafakkur ta‘lim jarayonida alohida o‘rin tutmoqda. U yangi

g‘oyalarni ilgari surish, shuningdek,


background image

Page 100

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

muammolarga yangicha qarash bilan ularni samarali hal etish imkonini beradi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida shaxsning har tomonlama
yetukligini ta’minlash, uning manfaatlarini amalga oshirish, farovon yashashi uchun zarur
sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda interfaol
ta‘lim usullaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.Ushbu maqolada pedagogik
faoliyatda kreativ fikrlashning dolzarbligi, hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni
bartaraf etish yo‘llari atroflicha tahlil qilinadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Turli olimlarning nazariy qarashlariga ko‘ra,

kreativ insonda motivatsiya va faoliyat o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bu holat kasbiy xulq-atvor
bilan chambarchas aloqador. Motivatsiya bu shaxsning ichki harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib,
uning professional faoliyatidagi asosiy omillardan biri sifatida qaraladi. Shu sababli, kasbiy
rivojlanishga erishish uchun aynan motivatsiyaga alohida e’tibor qaratish muhim hisoblanadi.
Insonning hatti-harakatiga ta’sir etuvchi ushbu omil doimo harakatda bo‘lib, u dinamik
xarakterga ega.

MDHga oid ilmiy tadqiqotchilar L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, D.B. Elkonin, O. Vasilchenko,

E. Melkumova, V. Miretskaya, M. Suxomlinova va E. Emmanuellar shaxs ijodkorlik
salohiyatining rivojlanishiga oid nazariy asoslarni chuqur o‘rganib chiqqan. Xorijlik
olimlardan esa E.P. Torrance, K. Rogers, J. Purnell, P. Roberts, A.M. Galligan va Sh. Tatsuno
kabilar ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsning individualligi va ijodiy imkoniyatlarini
namoyon etish borasidagi izlanishlar bilan ajralib turadi.[1; 184,189-b]

Mutaxassislar va psixologlar ta’kidlashicha, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish inson

tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va shu jarayonda metakognitiv qobiliyatlar, samarali
muloqot qilish, o‘zini anglash, shuningdek muammoni hal etish kabi muhim ko‘nikmalar
shakllanadi. Bundan tashqari, insonning hayotdagi yutuqlari ta‘limdagi muvaffaqiyati,
kelajakdagi kasbiy erishuvlari va jamoatchilik orasidagi nufuzi ham bevosita kreativ fikrlash
salohiyatiga bog‘liqdir.

Finlyandiya modeli: Bu davlatda ijodkorlikni rivojlantirish ishlari maktabgacha

ta‘limdan boshlanadi. Ta‘lim jarayoni erkin va ijodiy muhitda, ko‘proq loyihaviy yondashuv
asosida olib boriladi. O‘qituvchilar o‘z darslarini mustaqil rejalashtiradi, o‘quvchilar esa
mavzular tanlovida faol qatnashadi.

Singapur tajribasi: Bu yerda o‘qituvchilarni saralashda kreativlik asosiy mezonlardan

biri hisoblanadi. Maktablarda maxsus kreativ fikrlash laboratoriyalari tashkil etilgan.
Talabalarga dars berishdan avval ularning ijodiy salohiyati treninglar orqali rivojlantiriladi.

AQSh ta‘lim tizimi: Liberal ta‘lim modeli asosida har bir fan integratsiyalashgan shaklda

o‘rgatiladi. Design thinking ya’ni g‘oya, prototip va sinov bosqichlarini o‘z ichiga olgan model
asosida ijodiy yondashuv rivojlantiriladi. Fanlararo loyihalar orqali talabalar mustaqil
fikrlashga undaladi.[3; 285-b]

Muhokama va natijalar.

Kreativ fikrlash bu yangi g‘oyalarni ilgari surish, mavjud

ma’lumotlarni yangicha talqin qilish, tanqidiy tahlil etish va odatiy bo‘lmagan yondashuvlar
orqali muammolarni yechishga intilish jarayonidir. Ushbu jarayon ta’lim sohasida o‘quvchilar
shaxsini har tomonlama rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish hamda noan’anaviy fikr
yuritish qobiliyatlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Kreativ fikrlash yaratilgan g‘oyalarni amaliyotga joriy etishga tayyorlik bilan birga


background image

Page 101

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi (1-rasm).

1-rasm.Kreativ fikrlashninng tarkibiy qismlari
Kreativ o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan birga, dars

jarayonini o‘quvchilar faolligini oshiradigan va ularni ilhomlantiradigan usullarda olib boradi.
Hozirgi kunda pedagogik oliy ta‘lim muassasalarida zamonaviy ta‘lim texnologiyalari,
interaktiv metodlar, muammoli o‘qitish asoslari bo‘yicha bilim berilmoqda. Biroq, amaliyotda
ushbu metodikalar ko‘plab hollarda kreativ fikrlashni yetarli darajada shakllantira
olmayotgani, ayrim hollarda esa an’anaviy usullar ustuvor bo‘lib qolayotgani kuzatilmoqda.

Kreativ fikrlashni shakllantirishda mavjud muammolar:

An’anaviy yondashuvlarga tayanish o ‘qituvchilar klassik metodlardan voz

kechmasdan, innovatsion topshiriqlarga yetarli e’tibor qaratmayapti.

Amaliy mashg‘ulotlar yetishmovchiligi talabalarni mustaqil fikrlashga

undaydigan amaliy topshiriqlarning kamligi seziladi.

Resurslar tanqisligi Ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalar va

o‘quv adabiyotlari yetarli emas.O‘qituvchi tayyorlovchilar malakasining pastligi Kreativlikni
o‘rgatishi kerak bo‘lgan o‘qituvchilar o‘zlari ham bu borada kuchli salohiyatga ega
emas.Raqamli texnologiyalardan kam foydalanish Innovatsion vositalardan foydalanish
ko‘nikmasi hanuz past darajada.Muammoli vaziyat asosida ta‘lim olish o‘quvchilarga real
hayotga yaqin bo‘lgan holatlar orqali muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish, takliflar
ishlab chiqish va eng optimal yechimni amalda qo‘llash imkonini beradi.[5; 184,189-b]

Quyidagi interaktiv metodlar kreativ fikrlashni rivojlantirishda samaralidir(2-rasm).







Kreativ fikrlash

Yangi tasavvurlar

yaratish va ijodkorlik

Tanqidiy yondashuv va
Intellektual mustaqillik

Moslashuvchanlik va

muqobil qarorlar

ishlab chiqish


background image

Page 102

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz


2-rasm.Interfaol metodlar
Shuningdek, quyidagi zamonaviy platformalar ham ijodiy faoliyatni rag‘batlantiradi:

Padlet, Canva, Mentimeter, Kahoot, Google Classroom kabi. Ular orqali mustaqil ijodiy
topshiriqlar, interfaol testlar, g‘oya almashinuvi, vizual materiallar yaratish, komiks, video,
podkastlar tayyorlash mumkin.

Kreativ fikrlash darajasini baholash vositalari:

Portfolio- talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar to‘plami

Refleksiya daftarlari - har bir mashg‘ulotdan keyingi tahliliy yozuvlar

Tanqidiy fikrlash testlari -savol-javob shaklida o‘rganish

O‘zini o‘zi baholash varaqalari- mustaqil tahlil asosidagi yondashuv

XULOSA.

Agar ushbu taklif va tavsiyalar o’quv jarayonida qo’llanilsa yuksak natijalarg

erishish mumkin.

Pedagogik ta‘limda “Kreativ fikrlash asoslari” fanini joriy etish;

O‘qituvchilarni tayyorlashda muammoli holatlarga asoslangan metodlarni keng

qo‘llash;

Raqamli platformalardan ijodiy topshiriqlar yaratishda faol foydalanish;

Metodik materiallar va resurslar bazasini kengaytirish;

Kreativ pedagoglar tajribasini ommalashtirish;

Malaka oshirish kurslari orqali kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish;

O‘zbekiston ta‘lim tizimiga mos kreativlikni baholash mezonlarini ishlab

chiqish[8; 443,448-b]

Interfaol

metodlar

Amaliy

holatlarni tahlil

qilish (case

study)

Kichik guruhlar

bilan ishlash

Rolli o‘yinlar

(role play)

Sokratik suhbat

usuli

Aqliy

xaritalar

(mind mapping)

Aqliy hujum

( brainstorming)


background image

Page 103

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

Zamonaviy pedagogik faoliyatda kreativ fikrlash muhim kompetensiyalardan biri

sifatida e’tirof etiladi. O‘qituvchilarning ushbu ko‘nikmalarini rivojlantirish nafaqat ta‘lim
jarayonining samaradorligini oshiradi, balki mustaqil fikrlaydigan va yangilik yarata oladigan
yosh avlodni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli, kreativ fikrlashni rivojlantirishga
qaratilgan metodik yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar, treninglar va maxsus o‘quv
kurslarini ta‘lim tizimiga keng joriy etish dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqola esa pedagoglarni
tayyorlovchi muassasalar uchun nazariy asos va amaliy yo‘nalishlar sifatida foydalanish
imkoniyatini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Tilakova, M., & Qoraev, S. (2020). Recommendations for students 'creative ability
development. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.
2. Abdujalilova, S. A., & Qorayev, S. B. (2020). The Role Of Pedagogical Technologies In The
Formation Of Students' Scientific Outlook. European Journal of Molecular & Clinical Medicine,
7(03), 2020.
3. Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития
креативности. СПб, 2006. -285с
4. Закирова Ф. М., Позилова Ш. Х. Креативное обучение на курсах повышения
квалификации преподавателей информатики высших образовательных учреждений
//Science for Education Today. 2018. Т. 8.-№. 3. С. 23-36.
5. Тилакова, М., & Қораев, С. (2020). Ўқувчилар креативлик қобилиятларини
ривожлантириш бўйича тавсиялар. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-
189.
6. Ғофуров Шерали. Фанларни ўқитишда табақалаштирилган таълим технологиясини
жорий этиш масалалари. Таълим технологиялари, Science for Education Today 2022. 45-
50
7. Qorayev, S. B., & Janbayeva, M. S. (2021). Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan
tashqari ishlarni tashkil etish. academic research in educational sciences, 2(4), 149-153.
8. Abdiyeva Shodiyona Yodgor qizi (2025). Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda
innovatsion yondashuvlar.IQRO INDEXING,14(02),1215-1219

Библиографические ссылки

Tilakova, M., & Qoraev, S. (2020). Recommendations for students 'creative ability development. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.

Abdujalilova, S. A., & Qorayev, S. B. (2020). The Role Of Pedagogical Technologies In The Formation Of Students' Scientific Outlook. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности. СПб, 2006. -285с

Закирова Ф. М., Позилова Ш. Х. Креативное обучение на курсах повышения квалификации преподавателей информатики высших образовательных учреждений //Science for Education Today. 2018. Т. 8.-№. 3. С. 23-36.

Тилакова, М., & Қораев, С. (2020). Ўқувчилар креативлик қобилиятларини ривожлантириш бўйича тавсиялар. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.

Ғофуров Шерали. Фанларни ўқитишда табақалаштирилган таълим технологиясини жорий этиш масалалари. Таълим технологиялари, Science for Education Today 2022. 45-50

Qorayev, S. B., & Janbayeva, M. S. (2021). Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. academic research in educational sciences, 2(4), 149-153.

Abdiyeva Shodiyona Yodgor qizi (2025). Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlar.IQRO INDEXING,14(02),1215-1219