Page 52
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
SHOSH O‘LKASIDA FAOLIYAT OLIB BORGAN
MUHADDISLAR
Mahamadjonov Qobil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi
Telefon raqami: (90) 355-65-38
Sh.Umaraliyev
Ilmiy rahbar:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15631963
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07-June 2025 yil
Nashr qilindi: 10-June 2025 yil
Maqolada
O‘zbekistonning
Shosh
o‘lkasidagi
muhaddislarning hadis ilmi faoliyati, ilmiy safarlari,
ularning mintaqa hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissalari
to‘g‘risida gap boradi.
KEY WORDS
Hadis, muhaddis, roviy, Shosh,
Movarounnahr, Qaffol Shoshiy,
Haysam Shoshiy.
Asosiy qism
Shosh (
شاش
) shahri arab tilida “shin” harfi bilan yoziladi. Ushbu nom qadimgi
Movarounnahr, hozirda O‘zbekiston hududida joylashgan Toshkent shahri hamda uning
atrofidagi joylarga nisbatan qo‘llangan. Yoqut Hamaviy “Mu’jam al-buldon” asarida Shosh
shahriga haqida quyidagi ma’lumotlarni berib o‘tgan: “Bu — Shosh deb ataladigan shahar.
Unga nisbat qilinadigan shaxslar kamdan-kam uchraydi. Biroq Shoshdan ko‘plab olimlar
yetishib chiqqan bo‘lib, ulamo, roviylar va adiblar shu yerga nisbat berilgan. Mazkur mintaqa
Movaurronahrda joylashgan bo‘lib, undan keyin esa turkiylar yurtiga tutashgan Sirjon va unga
yaqin hududlar joylashgan” .
Tarixiy manbalar va adabiyotlardan ma’lumki, IX-XV asrlarda O‘rta Osiyoda ilm-fan va
madaniyat jadal taraqqiy qilgan. Binobarin, bu mintaqadagi Buxoro, Samarqand, Nasaf
(Qarshi), Termiz, Xiva, Shosh (Toshkent) kabi qadimiy shaharlar islom dunyosida ilmiy-
madaniy madaniy markazlar sifatida mashhur bo‘lgan. Jumladan, Shoshdan hadis, fiqh kabi
islom ilmlarida ko‘plab taniqli olimlar yetishib chiqqan. Bu yerda tug‘ilib, faoliyat ko‘rsatgan
ko‘plab buyuk zotlar, olimlar “Shoshiy” nisbasi bilan butun dunyoga tanilganlar . Ushbu
maqolada “Shoshiy” nisbasini olgan ayrim muhaddislarning faoliyati hamda ilmiy merosi
to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tiladi.
Yoqut Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida hozirgi Toshkent mintaqasida
joylashgan Shosh o‘lkasi Shosh diyorida faoliyat yuritgan Abul Hasan Ali ibn al-Hojib ibn
Junayd Shoshiy, Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad ash-Shoshiy, al-Hokim Abdulaziz ibn
Abdurrahmon as-Sullamiy ash-Shoshiy ismli muhaddislar borligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Ushbu asarda nomi zikr etilgan hadis ilmi bilan shug‘ullangan olimlardan biri Abul
Hasan Ali ibn al-Hojib ibn Junayd Shoshiy sanaladi. Ayrim manbalarda uning ismi Abu Ali
Hasan ibn Sohib ibn Humayd Shoshiy deb ham atalgan. Ilm talabida safar qilib, Huroson, Iroq,
Hijoz va Shomga borgan. U hadis olimlaridan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Ali
Shoshiy Shoshda milodiy 926-yil (hijriy 314-yil)da vafot etgan . U Yunus ibn Abd al-A’la va Ali
Page 53
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
ibn Xushramdan hadis rivoyat qilgan. Abu Bakr ibn Ja’bariy, Muhammad ibn Muzaffar va
boshqalar undan hadis rivoyat qilishgan. “Al-Irshod” (“Rahnamolik qilish”) asari Ali ibn Hojib
ibn Junayd Shoshiy qalamlariga mansub .
Yoqut Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asaridan boshqa manbalarda Ali ibn Nasr
Shoshiy, Abu Ali al-Hofiz Shoshiy, Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Qaffol Shoshiy, Abu
Isʼhoq Ibrohim Shoshiy kabi muhaddislar keltirilgan bo‘lib, quyida ular haqida qisqacha
ma’lumotlar berib o‘tiladi.
Birinchisi, Ali ibn Nasr Shoshiy bo‘lib, ushbu olim manbalarda shayx, olim, ishonchli
muhaddis sifatida tilga olingan. Olimning to‘liq ismi Abu Fath Nasr bin Hassan bin Qosim
Turkiy Shoshiy sanaladi. Ali ibn Nasr Shoshiy 406/1015-yilda tavallud topgan.
Muhaddis savdogar va roviy sifatida Shosh o‘lkasidan boshqa yurtlarni ham kezib,
moddiy va ma’naviy tomondan muvaffaqiyatlarga erishdi. Umrining oxirlarida Misrda Abu
Hasan Taffoldan, Nishopurda Abu Husayn Forisiy va Ibn Masrurdan, Surda Xatibdan,
Iskandariyada Husayn ibn Muhammad Ma’fariydan hadis eshitgan.
Ali ibn Nasr Shoshiydan Abu Qosim Ibn Samarqandiy, Abdulxoliq Yusufiy, Nasr Ibn Nasr
Akbariy va Tohir Ibn Mufavvoz kabi muhaddislar rivoyat qilganlar. Olim 486/1093 yili vafot
etgan .
Ikkinchisi, Hofiz Abu Ali Shoshiy(
ظفاحلا
وبأ
يلع
يشاشلا
) bo‘lib,hofiz va muhaddis darajasiga
yetgan olim bo‘lgan. Abu Ali Shohiy milodiy to‘qqizinchi asrda Shoshda tug‘ilib, voyaga yetgan.
Uning tug‘ilgan yili borasida aniq ma’lumotlar uchramaydi. Manbalarda imom, hofiz kabi
nomlar bilan eslangan Abu Ali Shoshiy ko‘p yurtlarni kezgan boʻlib, ilm talabida Xuroson, Iroq,
Shom, Makka va Madina, Yaman, Misrdagi turli tabaqa (daraja) egalari bo‘lgan
muhaddislardan hadislar eshitgan. Abu Ali Shoshiy haqida “al-Irshod” asari muallifi
quyidagicha keltirgan: “U Xuroson shayxlarining kitoblarida zikr etilgan yirik hofiz edi”.
Abu Ali Shoshiy nafaqat hadislar, balki yuqorida aytilganidek, o‘zi safar qilgan
mamlakatlar, shuningdek, mashhur olimlar, shayxlar to‘g‘risida tarixiy maʼlumotlar qoldirgan.
Jumladan, Imom Shofeiydan Qur’on haqida quyidagilarni eshitgan: “Qur’on Allohning
kalomidir. Kimki, uni maxluq desa, kofir bo‘ladi”. O‘sha davrda muʼtaziliylar tomonidan
“Qur’on maxluqmi yo‘ki yo‘qmi?”, degan masalada ixtiloflar chiqqan. Imom Shofeʼiydan bu
haqida so‘ralganida, u “uf” tortib, keyin javob bergan.
Halimiyning aytishicha, Abu Ali Shoshiy hofiz darajasiga erishgan muhaddis boʻlib,
Xuroson shayxlaridan hadislar yozib olgan. “Tarixu Bag‘dod” asarida Abu Ali Shoshiyning
Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom shaharlariga uyushtirgan safarlari haqida turli maʼlumotlar
yozganligi qayd etilgan.
Abu Ali Shoshiy Shimoliy Afrika mintaqasida joylashgan Jazoir o‘lkasiga ham safar qilib,
u yerda alloma Abu al-Qosim Umar ibn Muhammad ibn Ikrima ibn Bazriy Jazariyga shogird
tushgan. O‘z navbatida, Abu Ali Shoshiydan Abu Ali Naysoburiy, Abu Bakr Muhammad ibn
Juabiy, Muhammad ibn Ismoil Varroq, Abu Ali Hofiz, Muhammad ibn Muzaffar va boshqalar
hadis rivoyat qilganlar. Buyuk allomalardan Abu Bakr Qaffol ¬Shoshiy ham Hofiz Abu Ali
Shoshiydan hadis rivoyat qilgan.
Muhaddis 311/923-yilda Bag‘dodga qilgan safarida, Ali ibn Xashram, Is’hoq ibn Mansur,
Abu Zur’a Roziy, Amir ibn Abdulloh Udiy, Muhammad ibn Avf Himsiy, Abdulloh ibn Sulaymon
Basriy, Iso ibn Gʻiylon, Hubayra ibn Hasan Zohid, Muhammad ibn Abdulaziz Daynuriy va
boshqalardan hadis rivoyat qilgan .
Page 54
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
Uchinchisi, Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiy bo‘lib, hadis ilmiga o‘z hissasini
qo‘shgan olimlardan bo‘lgan. Ko‘plab manbalarda “siqa” (ishonchli roviy) sifatida e’tirof
etilgan.
Olimning to‘liq ismi Abu Said Haysam ibn Kulayb ibn Shurayh ibn Ma’qil Shoshiy
Binkatiy Turkiy Ma’qiliydir . Muhaddis IX-asrda tavallud topgan, ammo, tug‘ilgan yili
manbalarda aniq ko‘rsatilmagan. Olimning vafot yili sifatida 335/947 yil ko‘rsatiladi.
III/IX asrda Movarounnahr va Xurosonda hadis ilmi o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga
ko‘tarilgan. Ushbu davr barcha manbalarda hadis ilmining oltin davri sifatida e’tirof etiladi.
Haysam ibn Kulayb Shoshiy aynan mana shu oltin davrda faoliyat ko‘rsatdi. Manbalarda
keltirilishicha, Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiy ilm-ma’rifat o‘rganish maqsadida
Buxoro, Samarqand, Nasaf va Termiz kabi shaharlarda bo‘lib, taniqli muhaddislardan saboq
olgan. U o‘z ilmini yanada boyitish maqsadida xorijiy yurtlarga ham safar qilib, ko‘plab
muhaddislardan hadis eshitgan. Jumladan, Balx shahrida Zakariyo ibn Yahyo ibn Asad
Marvaziy, Iso ibn Ahmad Asqaloniy, Bag‘dodda Abbos ibn Muhammad Duriy, Yahyo ibn Ja’far
Zabarqon va boshqalardan hadis ilmini o‘rgangan .
Shamsiddin Zahabiyning yozishicha, Haysam ibn Kulayb Shoshiy Iso ibn Asqaloniy,
buyuk muhaddis Abu Iso Muhammad Termiziy, Zakariyo ibn Marvaziy, Abu Ja’far Muhammad
ibn Ubaydulloh ibn Munodiy, Hamdon ibn Ali Varroq, Ahmad ibn Muloib, Muhammad ibn Iso
Madoiniy, Abu Buxtariy, Ibn Shokir, Ali ibn Sahl, Ibrohim ibn Abdulloh Qassor, Yahyo Abu
Tolib, Abbos ibn Muhammad Duriy, Muhammad ibn Ishoq Sag‘oniy va boshqalardan hadis
eshitgan hamda o‘rgangan.
To‘rtinchisi, Qaffol Shoshiy bo‘lib, toʻliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol
Shoshiy Kabirdir. Muhaddis 287/904—366/976 yillar mobaynida yashab ijod qilgan. Shofeiy
mazhabining yetakchi olimlaridan, muhaddis, faqih, lug‘at olimi, shoirligi ham e’tirof aytilgan.
Qaffol Shoshiy Hazrati Imom nomi bilan mashhur. Alloma mohir hunarmand boʻlib, qulfsozlik
va pichoqchilikda shuhrat qozongan. Manbalarga koʻra, u ogʻirligi 0,5 gr keladigan jajji qulf-
kalit yasagani uchun “Qaffol” (Qulfchi) laqabi berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga
“Imom al-kabir” (Ulugʻ imom) deb taʼriflangan . Qaffol Shoshiy Shoshda hunarmand oilasida
tugʻilib, dastlabki bilimni oʻz yurtida olgan.
Arab va Sharq mamlakatlari boʻylab uzoq safarda boʻladi. U Bagʻdod, Kufa, Damashqda
zamonasining zabardast olimlaridan ta’lim olib, ancha vaqt Bagʻdodda istiqomat qiladi.
Mazkur muddat davomida xalifalikda turli lavozimda ishlab, faoliyat yuritgan.
Qaffol Shoshiy ona vatani Shoshga qaytgach, shofeiy mazhabini keng yoyib, diniy
bilimlarning tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. Shofeiy mazhabi usuli va furu’ sohalariga oid
bir qancha asarlar yozgan. Uning fiqh, mantiq kabi sohalarga oid “
بدأ
يضاقلا
” (Qozining feʼl-
atvori), “
بدأ
ثحبلا
” (Bahs odobi) kabi asarlari islom olamida e‘tibor qozongan.
Qaffol Shoshiy sheʼrlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar shofeiy olimi Tojiddin
Subkiyning “Tabaqot ash-shofeiya” (Shofeiy olimlari darajalari) kitobi orqali saqlanib qolgan.
Hatto manbalarda olim Rum imperatori “Kisro”ga yozgan maktubdagi she’ri sababli Halifa
Muti‘lilloh (hukm.davri 946-974 yy.) tomonidan Qaffol Shoshiyga “Usmon Mus‘hafi”ni tuhfa
qilgani aytiladi .
U taniqli muhaddis Haysam ibn Kulayb Shoshiydan saboq olgan va Samarqand, Buxoro,
Termiz shaharlarida Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning asarlari bilan tanishgan. Qaffol
Shoshiy Shoshda vafot etgan. Kaykovus arig‘iga yaqin yerga Mozorxon mahallasiga dafn
Page 55
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
etiladi. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan .
Beshinchisi, Abu Is‘hoq Ibrohim Shoshiy bo‘lib, toʻliq ismi Abu Isʼhoq Ibrohim ibn
Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiydir. Uning tug‘ilgan sanasi borasida ma’lumotlar
uchramaydi. Olim 952-milodiy sanada vafot etgan. (vaf. 952 y.).
Abu Is‘hoq Ibrohim Shoshiy, Shosh vohasininng Xarashkat shaharchasida tavallud
topgan. Abbos ibn Umar Samarqandiydan ko‘plab hadislar rivoyat qilgan. Shamsiddin Zahabiy
“Siyar aʼlom an-nubalao” asarida keltirilishicha, Abu Is‘hoq Ibrohim Shoshiyning hayoti va
faoliyati haqida yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo, Abu Is‘hoq Ibrohim Shoshiy
ishonchli muhaddislar sanalgan va uzoq yillar yashab 90 yoshdan koʻproq umr koʻrgani
ma’lum .
Tadqiqot davomida zikr etilgan yuqoridagi olimlar mashhur muhaddislardan sanaladi.
Ulardan boshqa manbalarda keltirilgan hadis ilmi bilan shug‘ullangan olimlar ham mavjud
bo‘lib, ular quyidagilar: Iso ibn Solim Shoshiy (vaf. 232/847 y.), Abu Said Sal ibn Abu Aroba
Shoshiy (vaf. 244/858 y.), Sa’d ibn Abdulloh ibn Abu Aroba Shoshiy (vaf. 249/863 y.), Umar
ibn Abdulloh ibn Abu Aroba Shoshiy (vaf. 258/872 y.), Abu Muso Horun ibn Humayd Shoshiy
(vaf. 266/880 y.), Hotam ibn Hasan ibn Fath Shoshiy (vaf. 291/ 904 y.), Abu Ali Hasan ibn
Sohib ibn Humayd Shoshiy (vaf. 314/926 y.), Nasr Shoshiy (vaf. 486/1093 y.) va Ahmad ibn
Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (vaf. 592/1196 y.) .
Abu Hafs Nasafiyning “Kitob al-qand” va “Kitob al-ansob” nomli asarlarida kelgan
ma‘lumotlarda VIII-XII asrlar moyaynida Movarounnahrda 3000 dan ziyod ko‘zga koringan
muhaddis istiqomat qilib, faoliyat olib borishgan. Ulardan 1000 dan ortig‘i Samarqandda, 600
dan ko‘prog‘i Buxoroda yashagan bo‘lsa, 400 dan ortig‘ining hayoti va faoliyati Nasaf shahri
bilan bog‘liq. Qolgan 1000 muhaddisdan 70 nafari aynan Shosh shahriga mansub ekanligi
keltirib o‘tilgan .
Shoshiy nisbali muhaddislar bor,
Gar Buxoriyga yetmas, so‘zi erur zor.
Hadis ilmidin ko‘p fozil yetishdi,
Shosh diyori — ulumg‘a mahkam chor.
Xulosa
Movarounnahrning Buxoroda: Imom Buxoriy va Abdulloh Subazmuniy; Samarqandda:
Imom Dorimiy va Abu Amr Samarqandiy; Termizda: Imom Termiziy va Hakim Termiziy kabi
yirik muhaddislar yetishib chiqqani bilan bir qatorda Shosh shahridan ham o‘z o‘rnida yirik
muhaddislar tavallud topib, ushbu diyorda faoliyat olib borganlar. Ular Payg‘ambar
alayhissalomning hadislari tarqalishiga katta hissa qo’shganlar. Nafaqat hadis, balki fiqh,
mantiq, tafsir va boshqa ilmlarni chuqur o‘zlashtirib o‘z yurtlarida ilmiy majlislar tashkil
qilganlari bayon etilgan.
“Shoshiy” nisbasini olgan Abul Hasan Ali ibn al-Hojib ibn Junayd Shoshiy, Ali ibn Nasr
Shoshiy, Hofiz Abu Ali Shoshiy, Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Qaffol Shoshiy, Abu
Isʼhoq Ibrohim Shoshiy kabi muhaddislar Payg‘aymbar alayhissalom hadislarini
Movarounnahrning Shosh va boshqa mintaqalariga tarqalishiga ulkan hissa qo’shganlar.
Ushbu olimlar hayoti va ijodi salmoqli bo’lib, ular to‘g‘risida chuqur tadqiqotlar olib borish
bugungi kunda dolzarb sanaladi.