Авторы

  • Sunnatulloh Jurakulov
    Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islomshunoslik yoʻnalishi 4-bosqich talabasi
  • Noʻmonjon Toʻrayev
    Ilmiy rahbar: Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126540

Ключевые слова:

Hadis sunnat mavzu hadis toʼqima hadis soxta hadis uydirma botil hadis hadisshunoslik isnod matn jarh va taʼdil roviy hadis toʼqish sabablari Ibn Hajar Asqaloniy jahobiza toʻqima hadisni aniqlashdagi metodlar.

Аннотация

Ushbu maqolada hadislarning ishonchliligi masalasi, xususan, hadisshunoslikda “mavzuʼ” yoki “toʼqima” hadislar muammosi tahlil qilinadi. Maqolada “mavzu hadis” atamasining mohiyati, uning hadisshunoslikdagi taʼrifi va tavsifi yoritiladi. Shuningdek, hadis toʼqishning sabablari – siyosiy ixtiloflar, firqachilik, shaxsiy manfaatlar, johillik yoki islom dushmanlarining harakatlari kabi omillar koʼrib chiqiladi. Hadis toʼqish bilan tanilgan shaxslar va jarh va taʼdil ilmi olimlarining (masalan, Ibn Hajar Asqaloniy, Aliyul Qoriy, Ibn Saloh kabi) ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega boʼlgan qarashlari va uslublari haqida soʼz yuritiladi.


background image

Page 47

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

TOʻQIMA HADIS BORASIDAGI QARASHLAR TAHLILI

Jurakulov Sunnatulloh

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Islomshunoslik yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

+998997581914

alnavaiyuz@gmail.com

Toʻrayev Noʻmonjon Nasibjonovich

Ilmiy rahbar:

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi

dotsenti, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.15631916

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07-June 2025 yil

Nashr qilindi: 10-June 2025 yil

Ushbu maqolada hadislarning ishonchliligi masalasi,
xususan, hadisshunoslikda “mavzuʼ” yoki “toʼqima”
hadislar muammosi tahlil qilinadi. Maqolada “mavzu
hadis” atamasining mohiyati, uning hadisshunoslikdagi
taʼrifi va tavsifi yoritiladi. Shuningdek, hadis
toʼqishning sabablari – siyosiy ixtiloflar, firqachilik,
shaxsiy manfaatlar, johillik yoki islom dushmanlarining
harakatlari kabi omillar koʼrib chiqiladi. Hadis toʼqish
bilan tanilgan shaxslar va jarh va taʼdil ilmi
olimlarining (masalan, Ibn Hajar Asqaloniy, Aliyul
Qoriy, Ibn Saloh kabi) ularni aniqlashda muhim
ahamiyatga ega boʼlgan qarashlari va uslublari haqida
soʼz yuritiladi.

KEY WORDS

Hadis, sunnat, mavzu hadis,
toʼqima

hadis,

soxta

hadis,

uydirma,

botil

hadis,

hadisshunoslik, isnod, matn, jarh
va taʼdil, roviy, hadis toʼqish
sabablari, Ibn Hajar Asqaloniy,
jahobiza,

toʻqima

hadisni

aniqlashdagi metodlar.

Islom dini mohiyatining insonparvarlik, bagʻrikenglik, maʼnaviy poklik va adolat asosida

barpo boʻlgani xalqimizga boy ilmiy meros orqali yetkazilmoqda. Hadis ilmining chuqur
anglanishi, sahih va zaif rivoyatlar orasidagi tafovutni tushunish esa bugungi kunda alohida
ahamiyat kasb etmoqda.

Maʼlumki, islom dini taʼlimotining asosiy manbalari Qurʼoni Karim va Paygʼambar

Muhammad (s.a.v)ning sunnatidir. Sunnat asosan hadislar orqali yetib kelgan boʼlib, ular
Paygʼambar (s.a.v)ning soʼzlari, ishlari, taqrirlari (maʼqullashlari) va sifatlarini oʼz ichiga oladi.
Hadislarning sahihligini taʼminlash, ularni vaqt oʼtishi bilan paydo boʼlishi mumkin boʼlgan
oʼzgartirishlar, qoʼshimchalar va ayniqsa, toʼqima (mavzu) rivoyatlardan himoya qilish
maqsadida ilk asrlardanoq islom olamida hadis ilmi shakllandi va rivojlandi. Bu fan hadisning
ham isnodi (roviylar zanjiri), ham matnini chuqur tahlil qilishga asoslangan maxsus
metodologiyani ishlab chiqdi.

Ammo, turli tarixiy, ijtimoiy, siyosiy va shaxsiy sabablarga ko‘ra Payg‘ambar (s.a.v)

nomidan yolg‘on so‘zlarni to‘qish, yaʼni “hadis to‘qish” hollari uchrab turgan. Bu holat islom
taʼlimotining sofligiga jiddiy tahdid solgan va musulmonlar orasida ixtiloflarga sabab boʼlgan.
Shuning uchun ham muhaddis olimlar mavzu hadislarni aniqlash, ularni sahih hadislardan
ajratish va bunday hadislarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikni o‘zlarining asosiy vazifalaridan
biri deb bilganlar.

ASOSIY QISM


background image

Page 48

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

Toʻqima hadis atamasi, unga berilgan taʼriflar tahlili.

Hadisshunoslikda toʻqima

hadis atamasi mavjud boʻlib, u “mavzu hadis” deb nomlanadi. “Mavzu” soʻzi “vazaa-yazau”
feʼlidan olingan ismi mafʼul bo‘lib, lugʻatda “belgilangan”, “qoʻyilgan”, “uydirma”, “oʻylab
chiqarilgan” kabi maʼnolarni bildiradi.

Zabidiy “Al-Qomus” sharhida yozadi: “Majoziy maʼnoda “ahodis mavzuʼa”

(soxtalashtirilgan hadislar) deganda toʻqib chiqarilgan va Paygʻambar (s.a.v.) nomiga yolgʻon
toʻqilgan hadislar tushuniladi. “Biror narsani “vaz” qildi” deganda esa uni oʻylab topdi, degan
maʼno koʻzda tutiladi”.

“Mavzu hadis” atamasiga muhaddis-olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Mavzu xabar – toʻqilgan yolgʻon boʻlib,

Rasululloh (s.a.v.)ga nisbat berilgan xabardir”, – deb aytgan.

Agar roviyga qarshi tanqid sababi Rasululloh (s.a.v.)ga yolgʻon soʻzlash boʻlsa, uning

hadisi “mavzu” deb ataladi. Bu, Rasulullohga nisbat berilgan, oʻylab chiqarilgan yolgʻon
xabardir .

Hadis olimlari toʻqima hadisni quyidagicha taʼriflaganlar: “Bu, Paygʻambar Muhammad

(s.a.v.)dan soʻz, amal yoki tasdiq shaklida chiqmagan, lekin unga bilimsizlik yoki yomon
niyatdan kelib chiqqan holda notoʻgʻri (xato bilan) yoki ataylab (qasddan) qoʻshib yuborilgan
hadisdir. Baʼzi olimlar esa “mavzu” atamasini faqat ataylab toʻqilgan hadislar uchun ishlatib,
Paygʻambar (s.a.v)ga notoʻgʻri nisbat etilgan, lekin qasddan emas, balki xato bilan yuzaga
kelgan rivoyatlarni esa “botil”, yaʼni yolgʻon, haqiqatdan holi deb ataganlar.

Mavzu hadis atamasining hadisshunoslik manbalariga ilmiy istiloh sifatida kirishi

qachondan boshlangani borasida yoritiladigan boʻlsa, dastlabki diroyat ilmi (hadis istilohi)
kitoblaridan Hokim Naysaburiyning “Maʼrifat ulumul hadis”, Romahurmuziyning “Muhaddisul
fosil baynar roviy val voʻiy” kabi kitoblarda aynan “mavzu” hadis atamasi uchramaydi, balki
bu kitoblarda hadis toʻqishlik borasida Paygʻambar (s.a.v) alayhissalomdan mutavotir
darajadagi rivoyat bir necha marta takrorlangan: “

يلع بذك نم

رانلا نم هدعقم أوبتيلف ادمعتم

” (Kim

menga qasddan yolgʻon toʻqisa, doʻzaxdan oʻrnini hozirlayversin). Bundan tashqari bir nechta
toʻqilgan hadislar yoki bor hadisga oʻzidan soʻz qoʻshib qoʻyilgan hadislar hamda jarh va taʼdil
qismida ayrim yolgʻon toʻqigan kimsalar eslab oʻtilgan. Ushbu kitoblardan keyin hadis istilohi
borasida yozilgan Xatib Bagʻdodiyning “Kifoya fi ilmir rivoya” asarida alohida “Mavzu hadis”
borasida nomlangan bob boʻlmasa ham, “Kazzob” (yolgʻonchi) borasidagi bob boʻlib undan
hadis qabul qilinishi yoki qilinmasligi haqida tahlillarni keltirganlar.

Toʻqima hadislarning paydo boʻlish sabab va omillari.

Hadis toʻqishning turlari va

sabablarini dastlabki hadis istilohi kitoblaridan XIII asrda “Ibn Salohning muqaddima”sida
quyidagicha taʼrif keltiradi:

“Hadis toʻqib chiqaruvchilar (mavzu hadis qoʻshuvchilar) turlicha toifalardir. Ularning

ichida eng katta zarar keltirganlari – zuhdga mansub boʻlgan ayrim kishilar boʻlib, ular (soxta)
hadislarni savob uchun toʻqib chiqarganliklarini iddao qilganlar. Odamlar esa ularga ishonib
va ularga tayanib, ularning mavzu hadislarini qabul qilib yuborganlar .

Keyin esa hadis ilmidagi yetuk muhaddislar bu soxta rivoyatlarning mohiyatini fosh

qilib, ularning isnodini bekor qilishga harakat qilganlar.

Bizga yetib kelgan xabarlarga koʻra, Imom Abu Bakr Samʼoniy shunday degan:
Karromiyadan boʻlgan ayrim kishilar targʻib va tarxib (ragʻbatlantirish va qoʻrqitish)

masalalarida hadis toʻqish joiz, deb hisoblaganlar”.


background image

Page 49

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

Bilgin, yolgʻonchilar ikki xil boʻladi:
1. Birinchisi, Paygʻambar (s.a.v) haqida notoʻgʻri gapiruvchilar, ular bir nechta turga

boʻlinadi:

– Baʼzilari dinni hurmat qilmagan holda Paygʻambar (s.a.v)ga nisbat bergan gapni toʻqib

chiqaradi.

– Baʼzilari johil zohidlar, fazilatli va ragʻbatlantiruvchi hadislarni yaratib chiqargan.
– Gʻaroyiblikni eʼlon qilish uchun gapirgan fosiq roviylar.
– Bidʼatchi va mazhab taʼqibchilar tarafidan tarqatilgan rivoyatlar.
– Dunyo havosiga ergashib, uzr qidiruvchi roviylar.
Bu toifalarda hadis ilmi ustalari va roviyni tanish mutaxassislar tomonidan fosh qilingan

roviylar mavjud.

2. Ikkinchi turdagi yolgʻonchilar:
– Yolgʻon matnga sahih isnodni qoʻshgan.
– Isnodlarga oʻzgartirish kiritib, ortiqcha narsalarni qoʻshgan.
– Yolgʻon gapirib, koʻrmagan odamni koʻrdim deb daʼvo qilgan.
Shuningdek, aniqlik, xotira yoki shubhasizlik bilan hadisni rivoyat qilishga jurʼat etgan

roviylar ham yolgʻonchi hisoblanadi.

Bunday odamlarning rivoyatlari qabul qilinmaydi, hatto bir marta yolgʻon gapirsa ham,

uning rivoyati ishonchsiz hisoblanadi.

Soxta hadis toʻqib chiqaruvchi (voziʼ) kishi baʼzan oʻzidan gap toʻqib, uni rivoyat qiladi.

Baʼzan esa donishmandlarning yoki boshqalarning gapini olib, uni Rasululloh (s.a.v.) ga nisbat
beradi

1

.

Ibn Salohning davriga qadar tarqalgan soxta hadis borasida ham misol keltirib ayrim

mufassirlarning oʻz tafsirlarida soxta hadisni keltirgani va bu xato ekanligini aytadi.

Hadisning soxtaligini belgilashga doir mezonlar: tarixiy qiyosiy tahlil.

“Hadis

roviylarining kimdan rivoyat qilganida yolgʻon gapirganini bilishning dalillaridan biri – u
rivoyat qilayotgan kishining vafot sanasini va roviyning tugʻilgan yili hamda hayot
davomiyligini bilishdir,” — deya Xatib Bagʻdodiy oʻzining “Kifoya” kitobida toʻqima hadisni
aniqlashga oid fikrlarini keltiradi.

Ibn Saloh hadisning mavzu (toʻqima) ekanligi quyidagilar orqali aniqlanadi deb yozadi:
1. Uni toʻqib chiqargan kishining oʻzi eʼtirof etishi, yoki shu eʼtirof darajasida boʻlgan

biror narsa orqali.

2. Roviy yoki rivoyat qilingan gapning oʻzidan kelib chiqadigan dalillar orqali.
Chunki baʼzan soʻz va maʼnosidagi ojizlik va nooʻrinlik uydirma ekanligiga ochiq-oydin

dalil boʻladi

2

.

Ibn Saloh mavzu hadisni aniqlash borasida xulosa qilib deydi: “Kimdir: “Agar biror kishi

oʻzining hadis toʻqiganini tan olsa ham, bu uning uydirma ekanini isbotlamaydi. Chunki odam
oʻziga oʻzi tuhmat qilib, odamlarda oʻsha hadisga nisbatan shubha uygʻotish yoki uni rad etish
uchun yolgʻon aytishi mumkin” – desa, biz bunga shunday javob beramiz:

Agar bir hadis faqat bitta kishi orqali maʼlum boʻlsa va u kishi oʻzining uni uydirganini

tan olsa, bu uning rivoyatini butunlay yoʻqqa chiqaradi. Shariat qoidalariga koʻra, odam oʻz
iqrori asosida hukm qilinadi, hatto aslida bu gap rost boʻlmasa ham. Shuning uchun bunday

1

Dr. Oysha Abdurahmon. Muqaddima ibn Saloh – Qohira: Dorul Maʼorif, 1990. – B. 279.

2

Dr. Oysha Abdurahmon Muqaddima ibn Saloh – Qohira: Dorul Maʼorif, 1990. – B. 280.


background image

Page 50

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

hadis uydirma (mavzu) deb hukm qilinadi, va bu orqali hadis toʻqiganligini inkor etib
boʻlmaydi.

“Nuzhatun nazar”da Asqaloniy hadisning mavzu (soxta) ekanligi qanday aniqlanishi

mumkinligini izohlaydi. Quyida ularning qanday fikr bildirganlarini koʻrishimiz mumkin:

َنوكي نأ لامتحلا ،كلذب عَطْقُي لا نكل :ديعلا قيقد نبا لاق ،ِهِعضاو رارقإب عضولا ف َرْعُي دقو

َك

رارقلإا كلذ يف بَذ

Baʼzida toʻqima hadisni uni toʻqigan odamning iqroridan bilib olish mumkin. Ibn Daqiqul

Iyd aytadi: “Ammo bu bilan qatʼiy hukm qilib boʻlmaydi, chunki u kishi bu iqrorida ham
yolgʻon gapirgan boʻlishi mumkin” .

ْفَن عطقلا ِيْفَن نِم مزلي لاو ،كلذب ِعطقلا ُيْفَن امنإو ،هَدارُم كلذ سيلو ،ًلاصأ رارقلإا كلذب لمعُي لا هنأ مهُضعب هنم مِهَفو

َي

كلذك انه وهو ،بلاغلا نظلاب عقي مكحلا نلأ ؛ ِمْكحلا

Baʼzi kishilar bu gapdan butunlay bunday iqrorga amal qilinmaydi, deb tushunib

qolishgan. Holbuki bu muallifning maqsadi emas . Maqsad — faqat qatʼiy hukm
chiqarilmasligi. Ammo qatʼiylik boʻlmasa ham, hukm chiqarish mumkin, chunki hukm gʻalaba
qilgan gumon asosida chiqariladi — bu yerda ham shunday.

Bu har doim ham ustun kelgan gumonga tayanmaydi; baʼzida u boʻladi, baʼzida esa yoʻq.

Chunki bu qarinalar (dalillar) va holatlarga qarab belgilanadi. Bu ham ularning usulining
goʻzal jihatlaridan biri: ular bu masalaga eʼtibor berishgan va aqlni oʻrnida ishlatishgan.

ذاك انوكي نأ لامتحلا ؛ىنزلاب ِفرتعملا ُمْج َر لاو ،لتقلاب ِرِقُمْلا ُلْتَق غاس امل كلذ لا ولو

هب افرتعا اميف ِنْيب

Agar bu (yaʼni, ustun kelgan gumon asosida hukm chiqarish) boʻlmaganida edi, unda

oʻzini qotillikka iqror etgan kishini oʻldirish, yoki zino qilganini tan olgan kishini toshboʻron
qilish ham joiz boʻlmas edi — axir ularning iqrorida ham yolgʻon boʻlishi mumkin, bu toʻgʻri.
Ammo bu ikki holat orasidagi farqni ham eʼtiborga olish kerak. Chunki hadis toʻqiganini tan
olish — dinni buzish va uni tahqirlashga tengdir. Ammo kazzob odam bunday iqrorining uni
oʻldirishga olib kelishini bilmasligi mumkin. Zino yoki qotillikni tan olish esa sharʼiy jazoni
aniq talab qiladi.

يوارلا لاح ن ِم ُذخؤُي ام ،ُعضولا اهب ُك َردُي يتلا ،نئارقلا نِمو

Toʻqima hadisni aniqlashda yordam beruvchi dalillardan biri — bu roviyning holatidan

olinadigan belgilardir.

Yana bir dalil:

يورملا لاح ن ِم ذخؤي ام اهنمو

...

Baʼzan toʻqima hadisning matnidan ham bilib olish mumkin — yaʼni, u Qurʼonga,

mutavotir sunnatga, qatʼiy ijmoga yoki ochiq aqlga qarama-qarshi boʻlsa va bunday holatda
hech qanday taʼvil (mazmuniy izoh) boʻlmasa.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, hadis ilmi oʻz ahamiyati muhim tafsiloti nazaridan islom ilmlari
orasida qadimda va aynan bugungi ushbu ilm yuzasidan masalalar qayta koʻtarilgan zamonda
muhim oʻrin egallaydi. Mazkur ehtiyojdan kelib chiqib, soha vakillari tomonidan xalqimizda
yot gʻoyalarga nisbatan imunitetni shakllantirish maqsadida ommabop asarlar yozilmoqda.
Xalq birligi, tinchligini saqlash uchun ularni tafriqaga tushuruvchi maʼlumotlarga ham naqlan,
ham aqlan yondasha oladigan, ommaga toʻgʻri tarafni koʻrsatib bera oladigan ilmiy kadrlarni
tayyorlash maqsadida qonun ruxsat etgan taʼlim muasassalarida ushbu fan reja asosida
oʻqitilmoqda hamda ustoz va talabalar tomonidan fan doirasidagi asarlar tadqiq qilinmoqda.
Hozirda omma oarasida yurgan toʻqima rivoyatlar va ularning paygʻambar (s.a.v.)ga nisbat
berilishiga doir masalalar ham kun tartibiga koʻndalang qoʻyilmoqda. Shu sababli ham bu


background image

Page 51

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

masala doirasida ilmiy va ommabop materiallar tayyorlanmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Muhammad Avvoma. Hadisi sharifning oʻrni. – Toshkent: Hilol nashr, 2018. – B. 222.

2.

Rahimjonov D, Murodov D, Obidov R, Alimova M. Hadisshunoslik. – Toshkent: Toshkent

islom universiteti, 2013. – B. 133.
3.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. – Toshkent: Sharq, 2011. – B.

376.
4.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. – Toshkent: Hilol nashr, 2016.

– J.1. – B. 276.
5.

Mulla Aliy Qoriy. Al-Asrorul marfuʼa fi axboril mavzuʼa – Bayrut: al-Maktabul islamiy. 1986.

– B. 268
6.

Jaloliddin Suyutiy. Tadribur roviy fi sharhi taqriybin navaviy. – Bayrut: Maktabatul kavsar,

2006. –B. 1078.
7.

Luqmon Hakim Azhariy. Imdodul mugʻis bitashili ulumil hadis. – Qohira: Dorus solih, 2017.

–B. 223.
8.

Ali ibn Muhammad Haroviy Qoriy. Sharhu Nuxbatil fikar. – Bayrut: Dorul qolam, 2015. –B.

929.

Библиографические ссылки

Muhammad Avvoma. Hadisi sharifning oʻrni. – Toshkent: Hilol nashr, 2018. – B. 222.

Rahimjonov D, Murodov D, Obidov R, Alimova M. Hadisshunoslik. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2013. – B. 133.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. – Toshkent: Sharq, 2011. – B. 376.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. – Toshkent: Hilol nashr, 2016. – J.1. – B. 276.

Mulla Aliy Qoriy. Al-Asrorul marfuʼa fi axboril mavzuʼa – Bayrut: al-Maktabul islamiy. 1986. – B. 268

Jaloliddin Suyutiy. Tadribur roviy fi sharhi taqriybin navaviy. – Bayrut: Maktabatul kavsar, 2006. –B. 1078.

Luqmon Hakim Azhariy. Imdodul mugʻis bitashili ulumil hadis. – Qohira: Dorus solih, 2017. –B. 223.

Ali ibn Muhammad Haroviy Qoriy. Sharhu Nuxbatil fikar. – Bayrut: Dorul qolam, 2015. –B. 929.