Авторы

  • Behzod Bazarbayev
    Qoraqalpoq davlat universiteti magistr bo’limi, tarix mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126542

Ключевые слова:

jadidchilik ma’rifat Gaspirinskiy Behbudiy yangi usul maktablari mustaqillik Turkiston muxtoriyati renessans.

Аннотация

Mazkur  maqolada  O‘zbekiston  tarixining  bir  qismiga  aylangan  jadidchilik, ushbu harakat namoyandalari, jadidlar tomonidan amalga oshirilgan ibratli  ishlar va milliy uyg‘onish davri haqida yoritberadi..


background image

Page 38

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

JADIDCHILIKNING TURKISTON TARIXIDA TUTGAN O’RNI

VA RO’LI

Bazarbayev Behzod Begmurat ug’li

Qoraqalpoq davlat universiteti magistr bo’limi,

tarix mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15623940

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2025 yil

Ma’qullandi: 07-June 2025 yil
Nashr qilindi: 09-June 2025 yil

Mazkur maqolada O‘zbekiston tarixining bir qismiga
aylangan jadidchilik, ushbu harakat namoyandalari,
jadidlar tomonidan amalga oshirilgan ibratli ishlar va
milliy uyg‘onish davri haqida yoritberadi..

KEY WORDS

jadidchilik, ma’rifat, Gaspirinskiy,
Behbudiy, yangi usul
maktablari, mustaqillik, Turkiston
muxtoriyati, renessans.

Hech shubhasiz bu buyuk tarixni o‘rganish biz uchun ham farz ham qarzdir. Zero,

Prezidentimiz so‘zi bilan aytganda “ Har bir millat har bir xalq o‘z nasl nasabini kelajak
avlodini asrab avaylab uning qadrini bilsa unday millatning, unday davlatning kelajagi buyuk
bo‘lishi muqarrar. Tarix xalq ma’naviyatining asosidir.” Hurmatli Prezidentimizning o‘zbek
xalqi tarixini davlatchiligimiz tarixshunosligini haqqoniy qilib yaratish uchun ahamiyat berib
kelayotganliklarining mohiyati ham shundadir.

XIX asr oxiri va XX asr boshida Sharqiy mamlakatlari bo‘ylab yoyilgan
Islohotchilik harakati chor Rossiyasi tobeligidagi Turkiston o‘lkasiga ham kirib keldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 30-sentyabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar
kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida jadidchilik harakati to‘g‘risida
alohida to‘xtalib, jumladan shunday dedi: «Ko‘pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni
hamisha katta armon bilan o‘ylayman: mamlakatimizda Uchinchi Renessansni yigirmanchi
asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu
fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani
jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idanqutqarish uchun bor
kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon
qildilar. Ular “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas” degan hadisi sharifni
hayotiy e’tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat
orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish
mumkin, deb hisobladilar.»

Ma’lumki, “jadid” so‘zi “yangi”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi. Insoniyat tarixida

biror makon va zamon bo‘lmaganki, jamiyatning bir maromda kechayotgan hayotiga kirib
kelgan yangilik katta qarshilikka uchramagan bo‘lsin. Jamiyat va inson hayotining bir
maromda kechishi, ertami-kechmi, tanazzulga olib boradi. Shuning uchun ham
zamonining peshqadam ziyolilari jamiyat va inson hayotida kecha boshlagan tanazzulga


background image

Page 39

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

qarshi kurashish yoki uning oldini olish uchun yangi g‘oyalarni darkor xisoblangan. Ammo
jamiyatda tanazzulning issiq bag‘rida yashayotgan, shunga ko‘nikma hosil qilgan ayrim
kishilar bu hayotbaxsh g‘oyalarni qurol bilan qarshi olishadi.

Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohotlar uchun olib borilgan
harakatlarning falsafiy tajribasiga tayanib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga
intildi, ayni paytda ijtimoiy taraqqiyot yo‘llari haqidagi turli qarashlarning to‘qnashuv

maydoni ham bo‘ldi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g‘oyasi ana shu
murakkab yo‘lda shakllanib yetildi.

Muayyan g‘oya, qarash, fikr, fakt, argumentni tarqatish, uni jamoatchilik ongiga
singdirish va shu yo‘l bilan jamoatchilik fikrini shakllantirish zaruriyati insoniyat

taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud b o‘lgan. Aksariyat hollarda jamiyatni
boshqarish, barqarorlikni saqlash, ijtimoiy taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirish, ma’lum
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy masalalar yechimi shuni taqazo etgan. “Chunki jamoatchilik
fikrisiz jamiyat taraqqiyotini amalga oshirib b o‘lmasligi oddiy haqiqatdir.” Targ‘ibot
sistemasining shakllanishiga sabab bo‘lgan asl muddao ham shundan iborat

Jadidchilikning tariximizda tutgan ahamiyati shundaki, birinchi bo‘lib mustaqillik milliy

mafkurasiga asos solinadi, g‘aflat uyqusida yotgan mazlum Sharqni uyg‘otadi va ko‘zini
ochdi, ozodlik, erk, milliy g‘urur va sha’n haqida, buyuk ajdodlari, boy madaniyati,
umuman mustamlaka istibdodi davrida unutilayozgan qadriyatlar to‘g‘risida jar soldi,
ovoza qildi. Jadidlarning buyuk tarixiy xizmatlari shundan iboratki, ular yetilib qolgan
ijtimoiy muammolarni hal q ilishda evolyusion islohot yo‘li asosida ishlab chiqdilar, ijtimoiy-
davriy tuzum o‘zgarishlarining eng maksimal effektiv yo‘lini taklif qildilar va
mustamlakachilik tartibotini yo‘q qilishga urunadilar

1

.

Chor Rossiyasi tomonidan amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosati esa vaziyatni

o‘mamlakatni qoloqlik botqog‘idan olib chiqish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishning
yagona yo‘lini ma’rifatdan izlay boshladilar. Ilg‘or ziyolilarning bu intilishlari qisqa muddat
ichida mintaqadagi ma ’rifatparvarlikni katta g‘oyaviy hamda nazariy oqimga aylantirilishga
katta hissalarini qo‘shadilar. Markaziy Osiyo ma’rifatparvarligining birinchi bosqichida
mavjud ijtimoiy tuzum t anqidiga katta e’tibor berildi, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-
madaniy qoloqlikdan qutulishning yagona yo‘li ma’rifat bilan bog‘liqligi asoslab berildi.
Ikkinchi bosqichda esa ma’rifatparvarlik g‘oyalarini xalq orasida targ‘ib qilish ishlariga
e’tibor qaratildi.

Bunda jadidchilik harakatining roli nihoyatda katta bo‘ldi. “Jadidchilik – jahon
sivilizatsiyasi yutuqlari, xususan ilg‘or ilm-fan, madaniyat-ma’naviyatga, milliy va

umuminsoniy qadriyatlar birligiga asoslangan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy
qoloqlikka, Mustamlakachilik istibdodiga qarshi, milliy mustaqillikni barqaror etishga
qaratilgan demokratik harakat edi.”

Jadidchilik harakati tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot kishilar dunyoqarashi va

ruhiyatini tubdan o‘zgartirishda, ma’rifatparvarlik g‘oyalarining jamiyat hayotidan o‘rin
olishida, milliy mustaqillikning ma’naviy-madaniy va g‘oyaviy-nazariy asoslarini yaratishda


background image

Page 40

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Hozirgi zamon targ‘iboti o‘zining plyuralistik xarakteri, targ‘ib
etilayotgan g‘oyalarning turli-tumanligi bilan ajralib turadi

XX asr boshlarida ma’rifatparvarlik faoliyati bilan milliy ta’lim-tarbiya tizimini

yaratishga hamda yurtimiz istiqloli, xalqimiz ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning
obod va farovon hayotini ta’minlashga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarimiz Abdulla
Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari
uchun” ordeni bilan taqdirlandi

2

. Ularga hukumat tomonidan ko‘rsatilgan bunday yuksak

e’tiborni kelgusida jadidlarning millat kelajagi va mamlakat taraqqiyoti, uning mustaqilligi va
erki yo‘lida qilgan xizmatlarini keng jamoatchilikka, xususan, navqiron yosh avlodga asl
holicha yetkazish borasida amalga oshirilajak ishlarning dengizdan tomchi deyish mumkin.
Zero, jadidchilik harakati va jadidlar faoliyatini bugungi kunda o‘rganish va targ‘ib qilish
hozirgi va kelajak avlodga zarur xisoblanadi. Biz Uchinchi Renessansni strategik vazifa
hisoblab, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqchi bo‘lsak, jadidlarimiz ta’kidlashganidek, har
kim o‘zgarishi va o‘zgarishni o‘zidan boshlashi yani menidan kerak. Jadidchilik rus
mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik harakat bo‘lib, u o‘sha zamondagi Turkiston
qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma ’rifatlashtirish,
jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o‘tkazish, pirovardida milliy mustaqillik
g‘oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan edi. Turkistonda jadidchilik
g‘oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshlab XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o‘lka
ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o‘ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi
olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni

farqlashmoqda:
1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik;
2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;
3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi
faoliyati.
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo‘lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda
XIX asrning 80-yillarida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur

egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo‘ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil
etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o‘qitish usuli “usuli savtiya”, ya’ni
“yangi usul” nomi bilan shuxrat qozondi. “Jadid” arabcha so‘z bo‘lib, “yangi” degan ma’noni
bildiradi. Ismoilbek g‘oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari “jadidlar”, uning
g‘oyalari esa “jadidchilik” nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o‘zining
“Tarjimon” (1883-1914) gazetasini tashkil etib,jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng tar
g‘ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi. I. Gasprali 1893 yilda
Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga
ko‘ndiradi. Bu maktabga “Muzaffariya” nomi beriladi. 1898 yilda To‘qmoqda xam shunday
maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo‘qonda Salohiddin
domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar
birinchi bo‘lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari
jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning “Ustozi


background image

Page 41

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

avval” (1903), Munavvarqorining “Adibi avval” (1907), Abdullavloniyning “Birinchi
muallim”, “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari aloxida e’tiborga molikdir.

Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim,

zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy bu borada safdoshlari va izdoshlariga ibrat ko‘rsatdi. Xulosa
o‘rnida shuni aytish lozimki, jadidchilik harakati va jadidlar zamonaviy o‘zbek jamiyati
va davlatchiligi shakllanishiga katta hissa qo‘shgan ajdodlarimiz xisoblanadi . Ularning
boy ilmiy va ijodiy merosi bugungi murakkab davrda O‘zbekistonda milliy g‘oya va
mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda, o‘z mustaqil fikriga ega hamda fidoyi va
vatanparvar avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Behbudiy,
Munavvarqori, Fitrat, Ch o‘lpon va boshqa jadid ma’rifatparvarlarining g‘oyaviy merosi biz
uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak, deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Zaynobiddin Abdurashidov. Kelajakni bashorat qilgan jadidlar “Ishonch” gazetasi
2021-yil 8-dekabr, 149-150-son.
2. Qosimov B."Milliy uyg‘onish", T.,"Sharq".
3. Qosimov B. Milliy uyg‘onish – jasorat, marifat, fidoiylik. Toshkent. “Ma’naviyat” 2002.
4. Achilov B. Jadidlarning maqsadi, haqiqiy yutuqlari va zamonaviylik. Tarjumon.uz, 2019.
5. Raxmonov M. O‘zbek teatri tarixi. Toshkent, 1992
6. Чориев А., Чориев С. Ренессанс даври Европа фалсафаси.- Т.: Тафаккуқаноти,
2015.
7. Язданов У. Ўзбекистонда жамаоатчилик фикрини ривожлантириш
масалалари.- Т.: Нишон-ношир, 2015.- Б.3.
8. B.Xasanov. N.Karimov. Jadid ma’rifatparvarlik xarakatining g‘oyaviy asoslari. “Toshkent
islom unversiteti” Toshkent 2016.

Библиографические ссылки

Zaynobiddin Abdurashidov. Kelajakni bashorat qilgan jadidlar “Ishonch” gazetasi

-yil 8-dekabr, 149-150-son.

Qosimov B."Milliy uyg‘onish", T.,"Sharq".

Qosimov B. Milliy uyg‘onish – jasorat, marifat, fidoiylik. Toshkent. “Ma’naviyat” 2002.

Achilov B. Jadidlarning maqsadi, haqiqiy yutuqlari va zamonaviylik. Tarjumon.uz, 2019.

Raxmonov M. O‘zbek teatri tarixi. Toshkent, 1992

Чориев А., Чориев С. Ренессанс даври Европа фалсафаси.- Т.: Тафаккуқаноти, 2015.

Язданов У. Ўзбекистонда жамаоатчилик фикрини ривожлантириш

масалалари.- Т.: Нишон-ношир, 2015.- Б.3.

B.Xasanov. N.Karimov. Jadid ma’rifatparvarlik xarakatining g‘oyaviy asoslari. “Toshkent islom unversiteti” Toshkent 2016.