Page 177
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
ONA TILI TA’LIMIDA “O‘RGANISH” VA “O‘ZLASHTIRISH”
JARAYONINING BUGUNGI HOLATI TALQINI
Axmadjonova Nigina Jamshid qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15671558
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-June 2025 yil
Ma’qullandi: 10-June 2025 yil
Nashr qilindi: 16-June 2025 yil
Mazkur maqolada ona tili ta’limida “o‘rganish” va
“o‘zlashtirish” jarayonlari o‘rtasidagi psixolingvistik
farqlar, ularning zamonaviy ta’limdagi ahamiyati
hamda amaliyotga tadbiqi tahlil etilgan. Shuningdek,
5-sinf o‘quvchilarining tilni egallash bosqichlaridagi
kognitiv
xususiyatlari,
ularning
tilni
nazariy
o‘rganishdan
amaliy
o‘zlashtirishga
o‘tishidagi
qiyinchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Kompetensiyaviy
yondashuv, multimodal va interfaol metodlar orqali
ona tili darslarini tashkil etishning samarali usullari
yoritilgan.
KEY WORDS
til o‘rganish, til o‘zlashtirish,
kompetensiyaviy
yondashuv,
psixolingvistika, Davlat ta’lim
standarti,
multimodal
metod,
kognitiv rivojlanish, Milliy o‘quv
dasturi.
Introduction:
Bugungi global axborot jamiyatida ona tili ta’limining sifat darajasini
oshirish zarurati yanada dolzarb tus olmoqda. Bu jarayonda o‘quvchilarning til
kompetensiyasini shakllantirishda “o‘rganish” va “o‘zlashtirish” jarayonlarini farqlash va
ularning har biriga mos metodik yondashuvni ishlab chiqish muhim vazifalardan biri sanaladi.
Ayniqsa, 5-sinf o‘quvchilarining kognitiv rivojlanish bosqichlariga mos tarzda ona tili
darslarini tashkil etish, ularni nazariy bilimdan amaliy qo‘llashga o‘tkaza olish salohiyatini
shakllantirish zarur. Amaldagi DTS va davlat hujjatlarida ta’limga kompetensiyaviy yondashuv
asosida yondashish talabi ilgari surilgan bo‘lib, bu tilni o‘zlashtirishni real nutqiy kontekstda
tashkil qilishni taqozo etadi.
The main part.
Til egallash – tilni idrok etish qobiliyati bo‘lib, muayyan tilda so‘zlashish
uchun jumlalar tuza olish, tildan ma’lum miqdorda foydalana olish ko‘nikmasi hisoblanadi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da bu ikki tushuncha quyidagicha izohlangan:
O‘rganmoq – 1) Biror narsani bilib olish, oʻzlashtirish, egallash; 2) Tajriba orttirish,
malaka hosil qilish maʼnosida ishlatiladi
1
.
O‘zlashtirmoq – 1) Biror narsani egallab olish, oʻz mulkiga aylantirish, oʻziga
xoslashtirish; 2) Boshqaga tegishli narsani oʻziniki qilib olmoq
2
.
“O‘rganmoq” fe’lining lug‘aviy ta’rifida til yoki bilimni bilib olish, malaka orttirish kabi
jarayonlarni anglatadigan ma’no yotadi. Bu esa tilga tashqi yondashuvni, ya’ni tilni yangi
mahorat sifatida egallash bosqichini anglatadi. Odatda bu bosqich boshlang‘ich o‘rganish
darajasidagi o‘quvchilar yoki ikkinchi til sifatida til o‘rganuvchilar faoliyati bilan bog‘lanadi.
Page 178
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
“O‘zlashtirmoq” esa allaqachon o‘rganilgan bilimning ichki kompetensiyaga aylanishi,
ya’ni uni faol ravishda mustaqil qo‘llay olish darajasini anglatadi. Bu bosqich o‘quvchining
tilda fikr yuritish, nutqiy faoliyatga to‘liq kirishishi bilan bog‘liq. Demak, o‘zlashtirish – bu til
o‘rganish natijasining sifatli natijasi hisoblanadi.
Til o‘rganish jarayonini ikkinchi til (chet tili)ni o‘rganish asosida kuzatish mumkin.
Masalan, o‘quvchi ingliz tilini o‘rganayotganda,
“do”
yordamchi fe’li yoki
“present simple”
zamonini rasmiy tushuntirish orqali o‘rganadi. Bu ikki hodisaning farqli jihatlarini ushbu
jadval orqali ko‘rib chiqamiz:
Xususiyatlari
Til o‘zlashtirish
Til o‘rganish
Tabiiylik darajasi
Tabiiy, o‘z-o‘zidan
Sun’iy, maxsus ta’lim asosida
Jarayon
O‘z-o‘zidan
Ongli
Grammatik qoidalar
Intuitsiya asosida o‘zlashadi
Maxsus o‘rganiladi
Muhit
Tabiiy muhit
Sun’iy, dars muhitida
Til egallash tezligi
Sekin-asta
Tez
Muddati
Uzoq vaqt
Cheklangan
Natija
Mukammal til egallash Cheklangan, formal bilimlar
1-jadval.
Ona tili ta’limi tizimida til o‘rganish va til o‘zlashtirish tushunchalari zamonaviy ta’lim
jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ikki jarayon bir-biriga yaqin, lekin mohiyat
jihatdan farq qiluvchi psixolingvistik hodisalardir. Til o‘zlashtirish ko‘proq tabiiy, ijtimoiy
muhitda yuzaga keladigan ong osti faoliyatiga asoslangan bo‘lsa, til o‘rganish maqsadli, ongli,
tashkil etilgan ta’limiy faoliyat asosida shakllanadi. Aynan shu jihatlar bugungi ta’lim
strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish, ularni zamon talablari asosida boyitish zaruratini keltirib
chiqarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori
3
bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti (DTS)da ona tili fani
bo‘yicha o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar, ularning mazmuni va
ta’lim natijalari aniq ifodalangan. Mazkur standartda ta’lim jarayonining natijaviyligi, ya’ni
o‘quvchining egallashi zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalari asosiy o‘ringa qo‘yilgan. Bu esa
dissertatsiyamizda ilgari surilgan til o‘rganish va til o‘zlashtirish jarayonlarini farqlab, ularni
bosqichma-bosqich amalga oshirish g‘oyasi bilan bevosita uyg‘unlashadi.
DTSda belgilanganidek, ona tili ta’limi o‘quvchilarda funksional savodxonlikni, ya’ni
og‘zaki va yozma nutqda til birliklaridan to‘g‘ri foydalanish, muloqotga kirishish, axborotni
tahlil qilish, fikrni mantiqiy asoslash, mustaqil qaror qabul qilish, matn bilan ishlash kabi
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu esa til o‘zlashtirish jarayonining
asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, DTS talablarida
nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi yetarli emasligi, balki ularni amaliy faoliyatda samarali
qo‘llay olish muhimligi ta’kidlangan.
Boshqacha aytganda, DTSda belgilangan nutqiy, ijtimoiy-madaniy, axborot-
kommunikativ, shaxsiy va fuqarolik kompetensiyalari o‘quvchining tilni egallashidagi ikki
bosqichli jarayonni – avval til haqidagi nazariy bilimlarni o‘rganish (til o‘rganish), so‘ngra esa
Page 179
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
bu bilimlarni nutqiy faoliyatda qo‘llay olish (til o‘zlashtirish) bosqichlarini izchil amalga
oshirishni talab qiladi. Dissertatsiyada taklif etilayotgan metodika ham o‘quvchi avval
tushunchalarni ongli ravishda egallashi, keyin esa uni amaliy mashg‘ulotlar orqali real hayotiy
kontekstda mustahkamlashi zarurligini asoslab beradi.
DTSda 5–9-sinflar uchun belgilanadigan ta’lim mazmuni, metodik yondashuvlar va
baholash mezonlari o‘quvchi faoliyatini faollashtiruvchi, izlanishga undovchi, muloqotga
tayyorlovchi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilishi lozimligi qayd etilgan. Ushbu
yondashuv aynan til o‘zlashtirish jarayonini sifatli tashkil etishning zamonaviy metodik
asoslarini belgilaydi.
Shuningdek, 2017-yilgi DTSda fanlararo integratsiyaga, kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan darslarni tashkil etish tavsiya etilishi tilni hayotiy faoliyat bilan bog‘liq holatda
o‘zlashtirish, o‘quvchining faolligini oshirish, tilda mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Bu holat amaliyotda, ayniqsa, til o‘zlashtirishga qaratilgan topshiriq va mashqlarni
samarali tanlashda muhim omil hisoblanadi.
2017-yilgi Davlat ta’lim standarti ona tili ta’limida til o‘rganish va til o‘zlashtirish
jarayonlarini bir-biridan ajratgan holda, ularni uzviy bog‘lanishda amalga oshirishni talab
etadi. Dissertatsiyaviy tadqiqotda taklif qilinayotgan farqlangan metodika ham aynan DTS
talablariga mos holda, o‘quvchi nutqiy salohiyatini bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat
qiladi. Bu esa ta’lim mazmunining yangilanishi va metodik yondashuvlarning zamon talablari
asosida takomillashuviga xizmat qiluvchi ilmiy asos bo‘la oladi.
Hozirgi davrda o‘zbek tilini o‘rgatish va o‘zlashtirish jarayonlari keng ko‘lamli pedagogik
va psixolingvistik tahlil markazida turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6084-
sonli va PF-6097-sonli farmonlari
4
bilan ona tilini o‘rganish bo‘yicha strategik vazifalar
belgilanib, o‘quv dasturlari va metodikalarga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. Shu
bilan birga, zamonaviy o‘quvchilarning, ayniqsa 5-sinfdagi bolalarning kognitiv rivojlanish
darajasi, tahliliy fikrlash salohiyati, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasi kabi omillarni
inobatga olgan holda metodik yondashuvlar yangilanmoqda.
5-sinf o‘quvchilari ona tili fanida grammatik birliklarni o‘zlashtirishda, ayniqsa, so‘z
turkumlari, gap bo‘laklari, so‘z yasalishi, imlo kabi mavzularda ayrim qiyinchiliklarga duch
kelmoqda. Bu holat til o‘rganishdan tilni ongli ravishda o‘zlashtirish bosqichiga o‘tishda
yuzaga keladigan muammolar bilan bog‘liq. Masalan, o‘quvchilar morfologik birliklarni yod
olishda qiyinchilik sezmasligi mumkin, biroq ularni nutqiy faoliyatda qo‘llashda, ayniqsa
yozma nutqda foydalanishda sustkashlik kuzatiladi. Bu esa, ta’limda faqat bilim berishga
emas, balki ko‘nikma va malaka shakllantirishga yo‘naltirilgan yondashuvni talab qiladi.
Zamonaviy til o‘zlashtirish metodikasida kompetensiyaviy yondashuv yetakchi o‘ringa
chiqmoqda. Bu yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi faqat bilim olmasligi, balki uni amaliyotda qo‘llay
olishi lozim. Bu yondashuv 5-sinf o‘quvchilari uchun ayniqsa muhim, chunki ular maktabning
boshlang‘ich bosqichidan umumiy o‘rta ta’lim bosqichiga o‘tish davrida tilga nisbatan yangi
munosabat shakllantiradi. Bu davrda mashg‘ulotlar nafaqat o‘qituvchi markazli bo‘lishi, balki
o‘quvchi faoliyatini ham o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shu sababli, tilni faqat
o‘qituvchining tushuntirishlari asosida emas, balki o‘quvchining mustaqil faoliyati orqali
o‘zlashtirishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Page 180
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
Bu borada raqamli texnologiyalar va interfaol usullar muhim vositaga aylanmoqda.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masalan, onlayn mashqlar, test tizimlari,
sun’iy intellekt yordamida tahliliy topshiriqlar tuzish imkoniyati til o‘zlashtirish jarayonini
individuallashtirish imkonini beradi. Bunday metodlar o‘quvchining til materialiga nisbatan
mustaqil yondashuvini kuchaytiradi, ularni o‘z bilimi va tajribasi asosida umumlashtirishga
undaydi. Shu orqali tilni o‘zlashtirish faqat passiv bilim yig‘ish emas, balki faol kommunikativ
faoliyatga aylanadi.
Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, multimodal metodlardan foydalanish til
o‘zlashtirishda samarali natijalar beradi. Masalan, bir vaqtning o‘zida tinglab anglash, ko‘rish,
yozish va gapirish kabi faoliyat turlari uyg‘un holda tashkil etilgan ta’lim o‘quvchining nutqiy
malakalarini kompleks shakllantiradi. Bu usullar, ayniqsa, morfologiya va sintaksis kabi
grammatik mavzularni o‘zlashtirishda qo‘llanilsa, grammatik birliklarni faqat qoidalar asosida
emas, balki nutqiy holatlarda qo‘llash orqali mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Til o‘zlashtirishda o‘quvchilarning psixolingvistik xususiyatlari ham inobatga olinishi
lozim. 5-sinf o‘quvchilari hali kognitiv jihatdan mavhum tushunchalarni to‘liq anglab
yetolmaydigan davrda bo‘lgani uchun ularga beriladigan topshiriqlar vizual, kinestetik va
audial vositalar bilan boyitilishi kerak.
Shu jihatdan qaralganda, interfaol metodlar, masalan, rol ijro etish o‘yinlari, juftlikda
ishlash, muammoli savollar berish, hikoya tuzish, mantiqiy zanjir yaratish kabi faoliyatlar
o‘quvchining tilga nisbatan faol, ongli munosabatini shakllantiradi.
Bugungi ta’limda til o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonlari o‘rtasidagi farqlarni aniq
belgilash, ularni metodik yondashuvlar bilan to‘ldirish zaruriyati dolzarb. Chunki ona tilini
o‘rganish tabiiy muhitda boshlansa-da, u maktab muhitida ongli, maqsadli o‘zlashtirishga
aylanishi kerak. Bu jarayonni yengillashtirishda individual yondashuv, differensial
topshiriqlar, ko‘p bosqichli savol-javoblar, o‘zaro fikr almashish kabi usullar yordam beradi.
Ta’limda til o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlash uchun yana bir muhim omil bu –
fanlararo integratsiya. Ya’ni o‘quvchilar ona tilini boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rganishi zarur.
Masalan, tabiatshunoslik darsida matn yozish topshirig‘i berish, tarix darsida hikoya tuzdirish,
texnologiya fanida esa jarayonni tavsiflash orqali o‘quvchi so‘z boyligini faqat til darslarida
emas, balki turli kontekstda ham qo‘llashni o‘rganadi. Bu esa til o‘zlashtirishni mazmunan
boyitadi, bilimlarni hayotiy holatlarda qo‘llashga o‘rgatadi.
Yuqoridagi holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ona tilini o‘rgatish va o‘zlashtirishda faqat
grammatik va leksik bilimlar bilan cheklanib qolmaslik, balki tilning kommunikativ, madaniy
va funksional jihatlariga ham e’tibor qaratish zarur. O‘quvchi tilda fikr bildirishni, o‘z nuqtayi
nazarini ifodalashni, tushunganini tahlil qilishni, savolga javob berishni, mavzu bo‘yicha
mulohaza yuritishni o‘rganishi kerak. Bu esa til o‘zlashtirishda yuqori darajadagi ma’naviy-
madaniy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi.
Shunday qilib, ona tili ta’limida til o‘rganish va til o‘zlashtirish jarayonining bugungi
holati tubdan yangilangan, amaliyotga yo‘naltirilgan va texnologiyalar bilan
integratsiyalashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Endilikda o‘quvchi bilimi faqat baholash
uchun emas, balki hayotiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur jarayon sifatida
ko‘rilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ona tili o‘qituvchisining metodik madaniyati, innovatsion
yondashuvi, tahliliy salohiyatiga yuqori talab qo‘ymoqda.
Page 181
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
Bugungi kunda ona tili ta’limida til o‘rganish va til o‘zlashtirish jarayonining holati
zamonaviy ilmiy izlanishlar, texnologik taraqqiyot va global ta’lim muhitidagi o‘zgarishlar
bilan bevosita bog‘liq.
Til o‘rganishda zamonaviy tendensiyalar va multidisiplinar yondashuvlar til o‘zlashtirish
jarayonini yanada samarali qilishga xizmat qilmoqda. Bugungi ilmiy tadqiqotlar til
o‘zlashtirishni faqat lingvistik jarayon sifatida emas, balki psixologik, sotsiologik,
neurolingvistik va pedagogik jihatdan ham o‘rganmoqda. Bu jarayonda grammatik, leksik-
semantik, diskursiv va pragmatik kompetensiyalar bir butunlikda shakllantiriladi. Ayniqsa,
monolingval va bilingval muhitda til o‘zlashtirishning farqlari, yosh guruhlari bo‘yicha
rivojlanish bosqichlari, tipik til rivoji, savodxonlikni shakllantirish, til o‘zlashtirishdagi
baholash va aralashuv usullari, yangi metodologik yondashuvlar bugungi ilmiy izlanishlarning
asosiy yo‘nalishlari sifatida ajralib turadi.
Zamonaviy til o‘rgatish metodikalarida innovatsion strategiyalar, jumladan,
texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchi markazli yondashuvlar, mustaqil o‘rganishni
rag‘batlantirish va madaniy immersiya muhim o‘rin tutmoqda. Texnologiyalar, xususan,
multimodal materiallar, onlayn platformalar va sun’iy intellekt asosidagi interaktiv vositalar
til
o‘zlashtirish
jarayonini
individuallashtirish,
motivatsiyani
oshirish
va
til
kompetensiyalarini chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. O‘quvchilar mustaqil o‘rganish va
o‘z-o‘zini baholash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu esa til o‘zlashtirishda yuqori natijalarga olib
kelmoqda.
Bugungi kunda til o‘zlashtirishda individual yondashuvlar, kontekstual va differensial
ta’lim, multimodal va interaktiv usullar, shuningdek, texnologiyalardan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Til o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari, ilgari
o‘zlashtirgan bilimlari va madaniy tajribasi inobatga olinmoqda. Shu bilan birga, til
o‘zlashtirishda motivatsiya, ijtimoiy muhit, oilaviy va maktab omillari, shuningdek, samarali
aralashuv strategiyalari ham muhim rol o‘ynaydi.
Ona tili ta’limi jarayonida zamonaviy baholash tizimlari va diagnostika vositalari,
jumladan, bolalarning nutqini baholash uchun ko‘z harakatlarini kuzatish, multimodal
metodlar, texnologik aralashuv kabi usullar keng qo‘llanilmoqda. Bu esa til o‘zlashtirish
jarayonini chuqur va aniq baholash imkonini beradi va erta bosqichda til rivojidagi
muammolarni aniqlash hamda samarali aralashuv choralarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Texnologiyalar va innovatsion metodikalar til o‘rganish samaradorligini oshirmoqda.
Ona tili asosidagi ta’lim keyingi bosqichlarda boshqa tillarni o‘zlashtirish va umumiy
akademik muvaffaqiyat uchun mustahkam poydevor yaratmoqda va, aksincha, xorijiy tillarni
o‘rganish bolalarning ona tilidagi til ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi tomonidan
ishlab chiqilgan va 2020-yildan boshlab amaliyotga joriy etilgan Milliy o‘quv dasturi
5
umumiy
o‘rta ta’limning mazmunini tubdan yangilashga, o‘quvchining hayotiy faoliyatga
tayyorgarligini ta’minlovchi kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limni tashkil etishga
qaratilgan. Dasturda fanning nazariy asoslarini o‘rganish (ya’ni til o‘rganish) bilan birga,
ularni amaliyotda qo‘llay olish (ya’ni til o‘zlashtirish) zarurligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ona
tili ta’limida ushbu ikki jarayonni farqlab yondashish dars jarayonlarini samarali tashkil qilish,
Page 182
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalda tatbiq etish va individual strategiyalarni
aniqlashda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy o‘quv dasturida ona tili fanidan o‘quvchilar quyidagi asosiy kompetensiyalarni
egallashi lozim: fikrni og‘zaki va yozma shaklda ifodalash, muloqotga kirishish, matn yaratish,
uni tahlil qilish, til vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish, axborotni izlash, saralash,
baholash va undan foydalanish. Ushbu kompetensiyalar, avvalo, tilni ongli ravishda
o‘rganishni, so‘ngra esa bu bilimlarni nutqiy faoliyatda to‘laqonli qo‘llay olishni talab qiladi.
Bu esa dissertatsiyaviy tadqiqot doirasida ilgari surilayotgan “til o‘rganish” va “til
o‘zlashtirish” bosqichlari o‘rtasidagi farqni amalda tatbiq etish zarurligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, Milliy o‘quv dasturida o‘quvchining faol ishtirokini, mustaqil fikrlashini,
tanqidiy yondashuvini, ijodiy va muloqotga tayyor shaxs sifatida shakllanishini ta’minlash
asosiy tamoyillardan biri sifatida belgilangan. Bu esa ona tili fanida faqat nazariy bilimlarni
berish bilan cheklanmay, balki o‘quvchining individual nutqiy salohiyatini rivojlantirish, ya’ni
tilni to‘laqonli o‘zlashtirish jarayoniga ustuvor ahamiyat qaratilishini ko‘rsatadi.
Milliy o‘quv dasturining muhim jihatlaridan biri – matn asosidagi yondashuvdir. Unda til
birliklarini matn asosida o‘rgatish, til vositalarining kontekstda qo‘llanilishini anglash, matnni
yaratish, tahrirlash, qayta ishlash kabi faoliyatlar orqali o‘quvchining amaliy
kompetensiyalarini shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Aynan shu nuqta dissertatsiya
mavzusida til o‘zlashtirish jarayonini tashkil etishda matn bilan ishlash usullarining ustunligi
haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Milliy o‘quv dasturida ta’lim mazmuni yosh xususiyatlariga, psixologik rivojlanish
bosqichlariga, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos tarzda shakllantirilgani tilni
o‘rganish va o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu holat, ayniqsa, 5-
sinf bosqichida o‘quvchilarning Piaget nazariyasi asosidagi kognitiv rivojlanish
xususiyatlariga mos metodik yondashuvlarni ishlab chiqishni ham taqozo etadi.
Umuman olganda, Milliy o‘quv dasturi til o‘rganish va til o‘zlashtirish bosqichlarini
nazariy va amaliy jihatdan uyg‘unlashtirgan holda, ona tili ta’limining kompetensiyaviy asosda
tashkil etilishini belgilab bergan zamonaviy metodik asosdir. Dissertatsiyada taklif etilayotgan
farqlangan metodika – ya’ni til haqidagi bilimlarni izchil o‘rgatish va bu bilimlarni real nutqiy
vaziyatlarda qo‘llay olishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatini tashkil etish – aynan Milliy o‘quv
dasturi talablari bilan mushtaraklikda amalga oshiriladi. Shu boisdan, Milliy o‘quv dasturi til
o‘rganish va til o‘zlashtirish jarayonlarini farqlab o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va tatbiq
etishda muhim ilmiy-amaliy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalda bo‘lgan 5-sinf ona tili darsligi
o‘quvchiga tilni nafaqat o‘rganish, balki o‘zlashtirish bosqichiga yo‘naltirishi tomonlama
nisbatan ancha mukammalroq tuzilgan. 2015-yilda nashr etilgan ona tili darsligida
6
,
garmmatika, to‘g‘ri talaffuz va imlo me’yorlarini ko‘nikma sifatida shakllantirish borasida
ko‘plab mashqlar, turli tushuntirishlar berilgan. Ammo nutqiy faoliyat davomida ayrim nutq
tovushlarining adabiy talaffuzi va imlosini o‘quvchiga o‘rgatish qator qiyinchiliklarni keltirib
chiqaraveradi. Bunday darsliklar axborot berishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda amaliy
mashg‘ulotlarga kamroq e’tibor qaratilgan. Shuningdek, avvalgi ona tili darsliklari tilning
tuzilishiga oid tizimli qoidalar va bu qoidalarning yod olinishini ta’minlovchi mashqlardan
iborat edi.
Page 183
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
Yangi ona tili darsliklari (2024
7
) va o‘quv-metodik qo‘llanmalarda esa o‘quvchining
tanqidiy, tahliliy, kreativ fikrlashiga , unda bilimlarni faqat eshitish yoki o‘qish bilan emas,
balki amaliy mashg‘ulotlar yordamida egallashlariga, shu bilan birga, ularning tadqiqotchilik,
muammolarga original yechimlarni topish va qaror qabul qilish ko‘nikmlarini shakllantirishga
katta ahamiyat beriladi. Bundan tashqari, fonetika, grafika, talaffuz va imlo me’yorlari,
leksikologiya, leksikografiya, punktuatsiya va ish qog‘ozlari bo‘limlari mufassal yoritib
berilgan. Yangi ona tili darsliklarida o‘rganilgan til qoidalari tizimli tarzda emas, balki matnlar
asosida beriladi. Aksariyat hollarda, qoidalar ixcham, ortiqcha terminologiyadan xoli tarzda
keltiriladi. Mashqlar matn asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarda matnni o‘qib tushunish,
yaratish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Yangi 5-sinf ona tili darsliklari til o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonlarini
integratsiyalashgan holda tashkil etgan bo‘lib, bu o‘quvchining faqat bilim olishini emas, balki
shu bilimlarni hayotda qo‘llay olishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, bugungi kunda ona tili ta’limida til o‘zlashtirish jarayoni zamonaviy ilmiy
yondashuvlar, texnologik yangiliklar va individual ehtiyojlarga moslashuvchanlik asosida
rivojlanib bormoqda. Bu esa til o‘rganish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, har bir
o‘quvchi uchun optimal rivojlanish sharoitini yaratish imkonini bermoqda.
2025-yilda til o‘zlashtirish sohasidagi so‘nggi tendensiyalar texnologik yangiliklar,
pedagogik rivojlanish va o‘quvchi markazli yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida
shakllanmoqda. Ushbu tendensiyalar dunyo bo‘ylab tillarni o‘rganish, o‘qitish va baholash
usullarini tubdan o‘zgartirmoqda, shuningdek, shaxsiylashtirish, immersiya va o‘zaro aloqaga
katta e’tibor qaratilmoqda.
Eng avvalo, sun’iy intellekt til o‘zlashtirish jarayonini tubdan o‘zgartirmoqda. Sun’iy
intellekt asosidagi platformalar o‘quvchining kuchli va zaif tomonlari, rivojlanish sur’ati
asosida individual o‘quv yo‘llarini yaratadi. Bu tizimlar talaffuz, grammatikani va ravonlikni
real vaqt rejimida tahlil qilib, o‘quvchiga moslashtirilgan vazifalar beradi. Sun’iy intellekt chat-
botlari esa haqiqiy suhbatlarni simulyatsiya qilib, o‘quvchiga xavfsiz va interaktiv muhitda til
amaliyotini taklif etadi. Shunga qaramay, madaniy kontekst va nozik fikr-mulohazalarni
yetkazishda o‘qituvchilarining o‘rni saqlanib qolmoqda, shuning uchun eng samarali
yondashuv sun’iy intellekt va mutaxassislar tomonidan olib boriladigan o‘qitishning
uyg‘unlashgan shaklidir.
Moslashuvchan va qulay til ta’limiga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli, onlayn va
an’anaviy o‘qitishni birlashtirgan gibrid modellar ommalashmoqda. Ushbu modellar raqamli
platformalarning keng qamrov va qulayligi bilan yuzma-yuz o‘qitishning shaxsiy aloqasi va
madaniy immersiyasini uyg‘unlashtiradi. Masalan, Berlitz Fleks kabi dasturlar sun’iy intellekt
asosidagi shaxsiylashtirilgan o‘rganish va jonli mutaxassis nazoratini birlashtirib,
o‘quvchilarga istalgan vaqtda va joyda o‘qish imkonini beradi.
Globalizatsiya ko‘p tillilikka bo‘lgan e’tiborni kuchaytirmoqda, ota-onalar va ta’lim
tizimlari bolalarni erta yoshda bir nechta tilni o‘rganishga rag‘batlantirmoqda. O‘yin asosida
va integratsiyalashgan ko‘p tilli dasturlar kengaymoqda, bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta
tilni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Shuningdek, eshitish, ko‘rish va harakatga asoslangan
multimodal o‘rganish usullari turli o‘rganish uslublariga moslashib, tinglash, gapirish, o‘qish
va yozish ko‘nikmalarini yaxshilaydi.
Page 184
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
Til o‘zlashtirish tadqiqotlarida kommunikatsiya, empatiya va hissiy intellekt kabi nozik
fikr-mulohazalarni ifodalashga xizmat qiladigan ko‘nikmalarni til ta’limiga integratsiyalash
muhimligi ortmoqda. Ushbu ko‘nikmalar samarali muloqot va madaniy tushunishni
ta’minlaydi, bu esa sun’iy intellekt tomonidan to‘liq qoplanmaydi. Til va madaniyat
almashinuvi uchun yaratilgan “peer-to-peer” platformalar o‘quvchilarning global
kompetensiyasini va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sun’iy intellekt asosidagi adaptiv baholash vositalari nutq, tinglash, o‘qish va yozish kabi
barcha til ko‘nikmalarini aniq va real vaqt rejimida baholaydi. Bu vositalar o‘quv jarayonini
doimiy monitoring qilish va sertifikatlashda an’anaviy standartlashtirilgan testlardan ko‘ra
samaraliroqdir. Shuningdek, ular til rivojidagi muammolarni erta aniqlash va individual
aralashuv strategiyalarini ishlab chiqishda yordam beradi.
Conclusion
Xulosa qilib aytganda, 2025-yilda til o‘zlashtirish sohasidagi so‘nggi tadqiqotlar va
amaliyotlar sun’iy intellekt va o‘qituvchilarning uyg‘unligi, immersiv texnologiyalar,
moslashuvchan o‘rganish shakllari, erta va multimodal til o‘rganish, ma’lumotlarga
asoslangan shaxsiylashtirish hamda ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Bu yondashuvlar o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini, samaradorligini va amaliy
muloqot qobiliyatini sezilarli darajada oshirmoqda. Ona tili ta’limida tilni o‘rganish va
o‘zlashtirish jarayonlarini farqlab, ularni uzviy bog‘liqlikda olib borish zarur. Faqat nazariy
bilim berish emas, balki uni amaliy nutqiy faoliyatda qo‘llashga o‘rgatish zamonaviy ta’limning
asosiy vazifalaridandir. 2017-yilgi DTS, Prezident farmonlari va kompetensiyaviy
yondashuvlar til o‘zlashtirishning real kontekstda amalga oshirilishini talab qilmoqda. 5-sinf
o‘quvchilari bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda ularning kognitiv xususiyatlari,
multimodal qabul imkoniyatlari, mustaqil faoliyatga yo‘naltirilgan interfaol usullar
qo‘llanilishi lozim. Bu yondashuvlar ona tili ta’limini yangi bosqichga olib chiqadi va
o‘quvchining til salohiyatini mukammal shakllantirishga xizmat qiladi.
References:
1.
Mahmudov, N., Nurmonov, A., Sobirov, A., Qodirov, V., Jo‘raboyeva, Z.
2.
Ona tili: 5-sinf uchun darslik. To‘ldirilgan 4-nashr. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2015. – 224 b.
3.
Mavlonova K.M., Qodirova S.H., Hakimova N.S., Siddiqov M.R. Ona tili: 5-sinf, II qism. –
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2024.
4.
Muhiddinova X. Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili o‘qitilishi uzluksizligini ta’minlashning
ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish: ped. fan. nom-di diss. TDPI – Toshkent, 2011. –
270 b.
5.
Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish
metodikasini takomillashtirish: ped. fan. bo‘yicha fal. Dok. (PhD) ilm. daraj. olish uchun
yozilgan diss. avtoreferati. – Toshkent, 2019.
6.
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006, 2-jild.
7.
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008, 3-jild.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standarti: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son
qarori. – Toshkent, 2017. – 22 b. – Elektron manba: https://lex.uz/docs/3160843
Page 185
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Ta’lim va tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 6-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni. – Toshkent, 2021. – 10 b. – Elektron manba:
https://lex.uz/docs/5672445
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini
2022–2026 yillarda amalga oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-oktabrdagi PF-6097-son Farmoni. – Toshkent, 2021.
– 12 b. – Elektron manba: https://lex.uz/docs/5714625
11.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim mazmunini belgilovchi Milliy o‘quv
dasturi / O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi. – Toshkent,
2020. – 48 b. – [Elektron manba]: https://uzedu.uz/national-curriculum.pdf