Page 172
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
MAMLAKATIMIZDA YERLARNI EKISHGA TAYYORLASH,
TUPROQNI QO‘SHIMCHA MAYDALASH VA DALA YUZASINI
TEKISLASH BO‘YICHA TAJRIBALAR.
Qurbonov Ermamat
Kushiyeva Muxayyo
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15671541
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-June 2025 yil
Ma’qullandi: 10-June 2025 yil
Nashr qilindi: 16-June 2025 yil
Ushbu maqolada mamlakatimizda yerlarni ekishga
tayyorlash, tuproqni erta bahorda namni saqlash,
begona o‘tlarni yo‘qotish hamda dala yuzini qisman
tekislab
ekishga
tayyorlash
jarayonida
foydalanilayotgan mavjud asbob uskunalar haqida so‘z
yuritilgan.
KEY WORDS
resurstejamkor,
ilmiy-tadqiqot,
texnologik ish, kesuvchi tish,
kvadrat, ZBZTU-1,0.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnat va energiya sarfini
kamaytirish, resurslarni tejash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilg‘or texnologiyalar asosida
yetishtirish va yuqori unumli qishloq xo‘jalik mashinalarini ishlab chiqish va qo‘llashga
alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida, jumladan, “qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat
tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash
uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat
ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish,
yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini
oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash” vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga
oshirishda jumladan, yerlarni ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan ikki izli osma boronalash
agregatini ishlab chiqish va uning talablar darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan
holda ta’minlaydigan parametrlarini asoslash muhim vazifalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi
mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan
ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4410-son va 2020 yil 11 maydagi “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi , PQ-4709-
son qarorlari, 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5853-son farmoni hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirish muhim hisoblanadi.
Yerlarni ekishga tayyorlash ekin ekiladigan maydonlarning tuprog‘ida kuz-qish davrida
to‘plangan namni saqlash uchun dala yuzasida mayin yumshatilgan qatlam hosil qilishni
hamda unib chiqqan begona o‘tlarni yo‘qotishni o‘z ichiga oladi.
Page 173
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
Bu talablar ishlov beriladigan tuproqlarning turi va holatiga mos ravishda ishlov berish
usullari va vositalari (qurollari)ni to‘g‘ri tanlash orqali bajarilishi mumkin.
Ma’lumki, Respublikamizda paxta yetishtiriladigan maydonlar tuproq – iqlim sharoitlari,
dalaning mexanik tarkibi, agrotexnikasi, yerga ishlov berish texnologiyasi, mashinalar
majmuasi va ularga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra uchta hududga bo‘linadi.
Birinchi hudud.
Yer osti suvlari chuqur joylashgan va tuprog‘i sho‘rlanmagan
maydonlar. Ular nam to‘plash va sho‘r yuvish uchun sug‘orishni talab qilmaydi, yog‘ingarchilik
nisbatan ko‘p va g‘o‘za nihollari tabiiy namlikka undirib olinadi. Bu hududning maydoni
O‘zbekistonda barcha paxta yetishtiriladigan maydonlarning 25 foizini tashkil etadi.
Ikkinchi hudud.
Bu hududga yog‘ingarchilik kam bo‘lgani uchun ekishdan oldin
tuproqda nam to‘plash maqsadida sug‘oriladigan maydonlar kiradi. O‘zbekistonda ushbu
hududning solishtirma maydoni 17 foizni tashkil qiladi.
Uchinchi hudud.
Har xil darajada sho‘rlangan maydonlar. Yer osti suvlari dala yuzasiga
yaqin joylashadi. Kuzda va erta bahorda sho‘r yuvilgandan keyin g‘o‘zaning unib chiqishi
ta’minlanadi. O‘zbekistonda ushbu hududning solishtirma maydoni 58 foizni tashkil qiladi.
G‘o‘zani hududlar bo‘yicha yetishtirish texnologiyasi avvalambor dalani ekishga
tayyorlash bo‘yicha farqlanadi
Birinchi hududda
kuzgi shudgor qilingan dalalarda namlikni saqlab qolish va begona
o‘tlarga qarshi kurashish uchun erta bahorda dalalarda boronalash o‘tkaziladi. Bu tadbir
dalaga chiqish imkoni bo‘lgan zahoti boshlanadi. Agar bahorda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lsa,
dala qayta boronaladi.
Boronalashda shudgorda hosil bo‘lgan katta tuproq bo‘laklari parchalanadi va dalalar
yuzasi biroz tekislanadi.
Tuproqqa ishlov berish ekishdan oldingi tekislash va boronalash bilan yakunlanadi. Agar
tuproq haddan tashqari zichlangan bo‘lsa, boronalash (tirmalash) chizel-kultivator bilan
ishlov berishga almashtiriladi.
Ikkinchi hududda
birinchi navbatda, tuproqda nam to‘plash uchun sug‘orishlar amalga
oshiriladi, so‘ngra tuprog‘i boshqalarga qaraganda erta yetilgan maydonlar tanlab
boronalanadi.
Tuproq yetilishi bilan barcha dalalar boronalanadi va chizel-kultivator bilan ishlov
beriladi, so‘ngra dalalarga mola tekislagichlar bilan ekish oldidan ishlov beriladi.
Ba’zan tuproqda nam to‘plash uchun sug‘orish shudgorlashdan oldin amalga oshiriladi,
bunday hollarda bahorda erta bahorgi boronalash va bir vaqtning o‘zida ekishdan oldingi
boronalash va molalash bilan cheklanadi.
Uchinchi hududda
ham namlikni saqlab qolish, tuzlarning dala yuzasiga chiqib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va tuproqning bir tekis pishishini ta’minlash maqsadida tuproqqa
ishlov berish erta bahorgi boronalashdan boshlanadi.
Shundan so‘ng, chizel-kultivator bilan tuproqni chuqur (15-18 sm) yumshatilishi amalga
oshiriladi. Tuproqni ekishga tayyorlash bir vaqtning o‘zida 1-2 marta boronalash va molalash
(tuproq yuzasini tekislash) bilan yakunlanadi.
Shunday qilib, boronalash – tuproqqa ekishdan oldingi ishlov berish tizimida keng
qo‘llaniladigan va muhim tadbir hisoblanadi. O‘z vaqtida va sifatli boronalash kuz-qish
mavsumida yoki yuvish va zahirali sug‘orishda tuproqda to‘plangan namlik zahirasini
saqlanishini ta’minlaydi, tuproqning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi, uzoq vaqt
Page 174
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
davomida dalani begona o‘tlardan toza saqlash imkonini beradi. Bu bilan erta va durkin
nihollar olish uchun sharoitlar yaratiladi, ularni keyingi yaxshi rivojlanishi ta’minlanadi.
Tuproqda namlikni saqlab turish, urug‘larni ekish va unib chiqish uchun yaxshi
sharoitlarni yaratish maqsadida boronalashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Tuproq 4–6 cm chuqurlikda yumshatilgan bo‘lishi kerak.
2. Maqbul sharoitlarda (qattiqligi 0,8 MPa gacha, namlik miqdori 16- 18%) ishlov
berilgan tuproqning kamida 80 foizi o‘lchami 25 mm dan kichik fraktsiyalardan tashkil topgan
bo‘lishi kerak, 100 mm dan katta bo‘laklarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Bir yillik o‘sib chiqqan begona o‘tlar butunlay yo‘q qilinishi kerak.
Tuproqni qo‘shimcha maydalash va dala yuzasini tekislash uchun tishli boronali
agregatlarda shleyf-boronalar qo‘llaniladi. Agar dala yuzasi notekis bo‘lsa, u holda birinchi
qatorga shleyf-boronalar, ikkinchi qatorga tishli boronalar joylashtiriladi Mabodo agar
tuproq zichlangan bo‘lsa, unda birinchi qatorga tishli boronalar, ikkinchisiga esa shleyfli
boronalar o‘rnatiladi. Tuproq turiga qarab, har xil konstruktsiyadagi boronalar qo‘llaniladi.
1-rasm. Shleyfli boronani tishli borona bilan birgalikda joylashtirish sxemasi
:
1 – tirqish brusi (mahkamlagich); 2 – shleyf
–
borona; 3
–
tishli borona
Keng qamrovli shleyf
A.I.Baboshkin va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan va
boronalar orqasidan tuproqni tekislash uchun qo‘shimcha qurilma sifatida keng qo‘llaniladi.
Ish paytida shleyf boronalarning chetdagi sektsiyalariga o‘rnatilgan kronshteyn
korpuslariga joylashtirilgan podshipniklarda aylanadi. Shleyfning umumiy uzunligi 18-20 m.
Page 175
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
2-rasm. Keng qamrovli shleyf:
1 – tishli borona; 2
–
kronshteyn; 3
–
sharnir; 4
–
shleyf
Paxta yetishtirish hududlarida ishlatiladigan shleyf (1.6-rasm) mayda tishli yoki tishsiz
4
-
5 ta yog‘och yoki metall bruslardan iborat. Tuproq ekishdan oldin boronalaganda, shleyf
zanjirlari bilan boronaga biriktiriladi.
3-rasm. Tishli borona va shleyfdan tashkil topgan boronalash agregati
Ekishdan oldingi boronalash bir vaqtda shleyflash bilan amalga oshirilsa, unda dala
yuzasi nisbatan yaxshi tekislanadi, ekish uchun qulay sharoit yaratiladi.
Xorijiy mamlakatlarda aksariyat hollarda boronalash uchun asosan o‘rta va og‘ir turdagi
tishli boronalar qo‘llaniladi.
Angliya va Amerika firmalarining tishli boronalari turli xil chuqurliklarda ishlash uchun
tishlarning tuproqqa kirish burchagini sozlash mexanizmi bilan ta’minlangan. Bunda tishlar
begona o‘tlardan o‘z-o‘zidan tozalanadi.
Yevropa mamlakatlarida ko‘proq tishlari egilgan boronalardan foydalaniladi.
Boronaning tishlari egri qismi bilan oldinga qarab joylashganda, har bir tishga to‘g‘ri
keladigan boronaning massasidan qat’iy nazar tuproqqa chuqurroq ishlov beriladi.
Boronaning tishlari egri qismi bilan orqaga qarab joylashganda, ishlov berish sayozroq
bo‘ladi, bunda borona tuproqning ustki qatlamini zichlaydi, tekislaydi va tuproqqa toshlarni,
tuproq bo‘laklarini va hokazolarni bosadi. Borona ishlashining ikkala usuli uni 180º ga burish
orqali amalga oshiriladi.
Boronalar qamrash kengligi turlicha bo‘lgan tirkamalar vositasida 0,9–6 toifali traktorlar
bilan bir va ikki izli etib agregatlanadi.
Fermer xo‘jaliklarida agregatlar traktorga biriktirilgan ko‘ndalang brusga (to‘singa) ikki
qatorga boronalarni ulash orqali tuziladi. Bunday agregatdan foydalanish juda noqulaydir.
Page 176
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
Boronalarni begona o‘tlardan va o‘simlik qoldiqlaridan tozalash uchun agregatni
to‘xtatish va har bir boronani qo‘lda tozalash kerak. Bir daladan ikkinchisiga o‘tish uchun,
agregat qismlarga ajratiladi va transport vositasi yordamida tashiladi.
G‘o‘za yetishtirishning sanoat texnologiyasiga o‘tish munosabati bilan, boronalash
agregatlarining ish unumini oshirish, uning sifat va energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilash,
metall sarfini kamaytirish va unumdorligini oshirish maqsadida, boronalash agregatlarini
takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar juda dolzarb bo‘lib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. www.fao.orgdocrep018i1688ri1688r03.pdf
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son «O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi Farmoni.
3. To‘xtaqo‘ziyev A, U.Bababekov А study of the working process of a two-track harrow //
Journal of agriculture & horticulture international scientific journal JAH ISSN: 2770-9132
JAH UIF = 8.1SJIF = 5.69 /2023. – 64-68 b.
4. Курбанов Э, Бабабеков У, Тухтакузиев А, Давлатов П, Худойбердиев Р Oбоснование
основных параметров экспериментального двухcледного навесного бороновального
агрегата // O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali. – Toshkent, –2022, № 4 – 80-81-б.
5. Kurbanov E, To‘xtaqo‘ziyev A, Bababekov U, V.Ermatov Ikki izli osma borona tishlar
uzunligini aniqlashda laboratoriya sharoitida olib borilgan tajribalarining natijalari //
Евразийский журнал технологий и инноваций, 2023, 1(6), – C. 23-26.
6. Patent Uz № FAP 02333. Tuproqqa ishlov berish quroli / To‘xtaqo‘ziyev A, Kurbanov E.S,
O‘sarov M.M, Bababekov U. // Rasmiy axborotnoma. – 2023, № 9.
7. Tuxtakuziev A, Bababekov U Osma ikki izli borona parametrlarini asoslash // Agro ilm
jurnali. – Toshkent maxsus son [3] 2023 64-66 b.