Page 167
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
SUT MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNI
TASHKIL ETISH.
Ungarov Azizbek Abdumo‘min o‘g‘li
Yoribekova Hulkar Ilhom qizi
Tuxtamishev Sayitkul Saydullayevich
Guliston Davlat Unversiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15671521
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-June 2025 yil
Ma’qullandi: 10-June 2025 yil
Nashr qilindi: 16-June 2025 yil
Joylashgan joyiga, tuzilishiga, bajariladigan ishlab
chiqarish jarayonlariga qarab, sutni birlamchi ishlov
berish jarayonlarini quyidagi tiplari mavjud: bevosita
ferma qoshidagi, markazlashtirilgan (markaziy sutni
qayta ishlash va saqlash joylari), sut zavodi, ferma-sut
zavodi. Ferma qoshidagi sutni dastlab ishlash joylari
(sutxona). Har bir fermada shu kabi joyni tashkil qilish
zarur. Yuqori navli sut mahsulotlarini faqat yuqori
sifatli xom sutdan ishlab chiqarish mumkin. Sutning
sifati uni qayta ishlashga yaroqliligini aniqlovchi
xususiyatlari majmuasi (kimyoviy tarkibi, fizik-
kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlari) bilan
belgilanadi.
KEY WORDS
sutni saqlash, tashish, sutxona,
seperator-tozalagichlar,
tarozi
SMI-250, labaratoriya xonalari,
rizervuar.
Xom sutni xususiyatlarini, ko‘p holda uning mikrobiologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi
sutga uning sog‘ib olishdagi sanitar-gigienik shartlariga rioya qilmaslik sababli kelib
tushadigan mikroorganizmlar xayot faoliyatiga bog‘liqdir. Sutni bakterial va mexanik
ifloslanishini asosiy manbalari hayvonlarni elini va terisi, sutni sog‘ish va birlamchi ishlov
berishda ishlatiladigan idish va jixozlar, shuningdek sut bilan bevosita yaqin aloqada
bo‘ladigan shaxslar hisoblanadi. Sutdagi mikroorganizmlarni o‘sishini susaytirish maqsadida
u tozalagich zudlik bilan 2-8
O
C haroratgacha sovutiladi. Sutni sovutish uchun formalarda
artezian suvi va muz ishlatiladi. Oxirgi yillarda plastinkali sovutgichlar, shuningdek
sovutuvchi idish va sovutish mashinasidan iborat bulgan idish-sovutigichlar keng
ko‘llaniladi.Sut formalarda past har oratda uzoq muddat davomida saqlanganda, undagi
vitaminlar miqdori pasayadi. Oqsilda struktura o‘zgarishlari (kazein mitsellarini o‘rta
o‘lchamini kamayishi, kazein va proteaz-pepton fraksiyalari miqdorini oshishi) ro‘y beradi.
Yog‘ shariklaridagi glitserinlarni qisman qotishi natijasida uning oqsilli muhofaza qoplamasini
tarkibi va xususiyatlari o‘zgaradi. Mexanik ta’sirlar (transportirovka, tozalash, aralashtirish va
boshqalar) natijasida qoplamani buzilishi va yog‘ fazasini destabilligini oshirish mumkin.
Sutni fermalarda past haroratda termik ishlov bermasdan saqlash, unda chirituvchi
mikroorganizmlarni ko‘payishiga, oqsillarni parchalanishiga va yog‘larni gidrolizlanishiga olib
keladi. Bu xolda sut achchiq ta’mga ega bo‘ladi.
Fermada sutni dastlab ishlov beruvchi joyda quydagi xonalar bo‘lishi shart; sut qabul
qiluvchi, asbob-uskuna, (idish, sog‘ish aparatlarini) saqlovchi xona, nasos-mashina xonasi va
Page 168
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
laboratoriya xonasi, hamda suv va par xosil qiluvchi xona, bug‘xona-qozonxona bo‘lishi shart.
Sut qabul qiluvchi xona sut qabul qilishda va dastlabki ishlov beriladi.Bu xonaga sutdan
mexanik aralashmalarni tozalaydigan seperator- tozalagichlar, seperator-qaymoq ajratgichlar,
tarozi SMI-250, sut qabul qiladigan bak 1000 kg va nasoslar o‘rnatilgan bo‘ladi.Sog‘uvchi xona
hajmi har 100 bosh sigirga 102 m. bu xonaga issiq va sovuq suv kiritilgan bo‘ladi. Bu xonaga
sog‘uvchi va dizinfeksiyalovchi aralashmalari hamda toza suvli vanna (kata tog‘ora)lar, sut
idishlarini qo‘yish uchun stellaj, sog‘ish, ajratish bo‘laklarga bo‘lib yig‘adigan stollar, sut
sog‘ish aparatlarini va boshqa asboblarni zahira qismlarini qo‘yadigan shkaf bo‘lishi
kerak.Sutchilik laboratoriyasi maxsus jihozlangan xona bo‘lib, bu erda sutni sifatini (navini)
aniqlaydigan turli ko‘rsatichlar davlat standarti talablari asosida analiz qilinadi.
Laboratoriyani vazifasiga atsidofilin suti tayorlash uchun achitqi tayorlash, mastit sigirlarni
aniqlash, fermani sanitariya-gegena holatni kuzatib-nazorat qilishdan iboratdir.Laboratoriya
xonasi yorug‘, yaxshi shamollaydigan, metall plitalar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Kimyoviy
stollar, reaktivlar, qo‘yiladigan rakvina o‘rnatilgan bo‘ladi. Laboront malakali bo‘lishi kerak.
Ba’zi bir sut mahsulotlarini tayorlash (atsidofilin, odatiy qatiq, chakki va boshqa) jarayonni
biladigan, sigirlarni saqlashni va sut ishlab chiqarishni sanitariya-veterenariya qoidalarini
hamda sutning sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni bilishi kerak.
Nasos mashina xonasida sigirlarni mashinada sog‘ishda ishlatiladigan va boshqa asosiy
uskunalarni qo‘llashda qo‘shimcha zaxira qismlari joylashadi.Sut sog‘ib olingan zahotiyoq
ma’lum ishlov berilishi kerak. Sutga ishlov berishning mohiyati uning tabiiy holatini saqlab,
saqlash jarayonida uning saqlanuvchanligini oshirishdan iboratdir.Fermalarda sutga dastlabki
ishlov berish; sutni hisobga olish, sutni tozalash sovutish, yuqori xaroratda ishlov berish
saqlash va tashishi jarayonlaridan iborat.
Sutni birlamchi ishlov berilishidan oldin hisobga olinadi. Fermalarda sut sog‘ib olingan
vaqtida sut o‘lchagichda hajmi (litr) aniqlanadi. Sut sog‘ish qurilmalarida amalga oshirilganda
maxsus o‘lchamli minetkasi orqali hajmi aniqlanadi. So‘nggi vaqtlarda individual va guruh
sigirlar sutini o‘lchash uchun maxsus hisoblagich asboblar qo‘llanilmoqda.Sutning massa
birligida aniqlash uchun turli tarozilar qo‘llanilmoqda; mahsulotlarni o‘lchaydigan torozi
(500-600 kg) shkalali torozilar.Sut sog‘ish sog‘ish maydonlarida amalga oshirilganda sigirlar
sutining hisobga olish silindrsimon va shar shaklidagi sut o‘lchagichlaridan
foydalaniladi.Sigirlar ikki taktli apparatda, sog‘ilganda ular sutini maxsus UZM-1 sut
o‘lchagichda avtomatik ravishda aniqlash mumkin. Bunda sut miqdori sut yo‘lida aniqlanadi.
Bunday sut o‘lchagichlar shesterenkali, menzurkali va barabanli tipda bo‘ladi.Sutni suzish yo‘li
bilan tozalash.Suzishning eng ko‘p tarqalgan usuli sigirlar ko‘chma sog‘ish aparatlarida
sog‘ilganda har bir sigir yoki sog‘ish apparati to‘lgandan so‘ng uni flyaga og‘ziga o‘rnatgan
suzg‘ichlrdan o‘tkazishdir. Suzg‘ichlar; doka, ayronli, krujka-flanel, lavsonlar bo‘lishi mumkin.
Bu suzgichlar ichida eng qulay va yaxshisi sintetik mato bo‘lib (lovsan), uning bir metri 35-40
m dokani o‘rnini bosishi mumkin.Sut suzdirilgandan so‘ng har bir suzgich 2 % kalsiyli sodada
yuvilib, dizinfeksiyalanadi yoki qaynatiladi, so‘ngra toza iliq suvda yuvib quritilib, qaytadan
ishlatiladi. Paxtali krujka ishlatilaganda ayron ikkinchi marta ishlatilmaydi.Agar sigirlar
sog‘ish qurilmalari ADM-8, UDE-8 va UDT-6 larda sog‘ilsa, sutni mexanik aralashmalardan
tozalash sut yo‘llarida amalga oshiriladi. Sut yo‘liga maxsus potrubkaga o‘ralgan suzg‘ich
(lavsan) qo‘yiladi va bu suzg‘ichdan sut o‘tib tozalanadi. So‘ngra sut vakuum sovutgichlarga
yuboriladi.
Sutni hatto eng shakllangan sut tozalagichlarda tozalaganda ham to‘la mexanik
Page 169
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
aralashmalardan xalos qilib bo‘lmaydi. Mexanik aralashmalarni ma’lum qismi sutda erib,
suzg‘ichadan o‘tadi va sut tarkibida qoladi. Ular bilan birga sutga mikroblar ham o‘tadi.
SHuning uchun, sutni maxsus markazdan qochma kuchga asoslangan sut tozalagichlarda
tozalash maqsadga muvafiqdir. Bunda OOM-1000 A separatoridan foydalaniladi.Bu aparatdan
sutni mexanik aralashmalardan tozalash va sutdan qaymoq ajratish uchun ishlatish ham
mumkin. Tozalanganda 1000 kg/soat, qaymoq ajratilganda 600 kg/soat quvvatga ega.Bundan
tashqari, agar fermadan sut bevosita istemolchiga jo‘natilsa sutning OMA-3M sut tozalagich-
normalizatordan foydalaniladi.Yangi sog‘ib olingan sutda mikroblar rivojlana olmaydi, bunga
uning bakteritsidlik xususiyati to‘sqinlik qiladi. Sutning bakteritsid xususiyatini davomiyligi,
sutning mikroblar bilan ifloslanishi darajasiga, uning tez va past darajada sovutilishiga
bog‘liqdir.Sog‘ib olingan sut tezda past xaroratga sovutilsa uzoq vaqt buzilmay saqalandi,
sovutilmagan sut esa 2-3 soatda bakteritsit xususiyatini yo‘qotib, tezda achib qoladi.Sutni
sovutishda suv, muz va har xil kimyoviy sovutgich manbalaridan (NH
3
,CO
2
) foydalaniladi.
Eng oddiy va qulay sovutish usuldir. Sut solingan idishlarni (flyagalarni) hovuzlarga
solib, suv tarmog‘i suvida, ariq suvi va muz solib sovutishdir. Bunda 35
O
Sli sut, 3-4 soat ichida
8
O
Sgacha sovutilishi mumkin.Xo‘jaliklarning fermalarida va kichik sut zavodlarida ikki
seksiyali yassi sovutkichlar qo‘llaniladi, ODD -1000 va 2000 kg/s, yassi sug‘oruvchi 00M-1000
sovutgichlardan foydalaniladi.
.
Bu tipli sovutkichlar birmuncha takomillashgan bo‘lib, bir
seksiyali bo‘lib, (POM-1A 500 kg/S. POJB-100 kg/S) va ikki seksiyali (00t-m-3000 kg/s, 00U-
m-5000 kg/s) bo‘lishi mumkin. Plastinkali sovutkichlar avtomatik usulda ishlab, ish quvvati
yuqori zanglamaydigan metaldan yasaladi.Sog‘ish qurilmalaridan ko‘pincha OM-400 markali
plastinkali sovutkich qo‘llaniladi. OOT-M va OOU-M markali sovutkichlar kompleks va
fermalarga o‘rnatilib avtomatik usulda ishlab sutni 4±2
O
Sgacha sovutish mumkin.
Sut rizervsialarda sovutilganda.TOM-1, TOM-2 va TO-2 tanklaridan foydalaniladi. Ularga
1;1,8;2 tonna sut solinadi.
Sutni saqlash.
Sovitilgan sut past haroratda saqlanishi kerak. Sutning sifatiga putur
yetkazmay saqlash uchun hajmi 1000–10000 litrli maxsus tank sovitgich va saqlagichlardan
foydalaniladi. Uning qo‘sh devori oralig‘ida issiq yoki sovuq haroratni saqlaydigan material
joylashtirilgan bo‘ladi. Binobarin, bunday idishlarda sut uzoq vaqt (36–48 soat) saqlanishi
mumkin.Sut saqlash tanklari
vertikal yoki gorizontal ko‘rinishga ega bo‘ladi va ulardan asosan
yirik xo‘jaliklarda, sut sanoatida va sut zavodlarida ko‘proq foydalaniladi. Sutni saqlash ishlari
qaysi bir usulda olib borilmasin, qancha past haroratda u sovitilgan bo‘lsa, shuncha uzoq vaqt
saqlash mumkin. Buning uchun ayrim tavsiyalardan foydalanish mumkin
.
Maxsus xona yer
to‘lalarda 8-10
O
S da flyagalarda saqlanadi. Flyagalarda basseynlarda oqar suvda og‘zini ochib,
doka yopib saqlanadi. Uzoq muddatga saqlash uchun hovuzga muz solinadi. Sutni vanna va
tank sovutkichlarda saqlash maqsadga muvofiq. VO-1000 vanna sovutkich mashina
akkumulyator bilan ulangan, sut 5
O
Sgacha sovutilib saqlanadi.
Rizervuar termoslarda saqlash.
Buning uchun ikki xil; RMGI va RMVI termoslar
mavjud. Ular sig‘imi turlicha 2,4,6,10,20 va 36 t bo‘lishi mumkin. Estoniyada 100 t, Moskvada
50 t sig‘imli rezervuar termoslar sutni saqlashda qo‘llanilmoqda. Odatda ular sut
kombinatlariga o‘rnatiladi.
Sut vа sut-qаtiq mаhsulоtlаrini ishlаb chiqаrish uchun sutchilik
bo‘limlаri vа blоklаri uchun zаmоnаviy, uzluksiz ishlаydigаn, ish unumi yuqоri bo‘lgаn аsbоb-
uskunаlаrni tаnlаsh muhim iqtisоdiy vа хo‘jаlik аhаmiyatigа egаdir. Buning uchun bir qаnchа
оmillаr hisоbgа оlinishi lоzim. Маsаlаn, bir sutkаdа eng ko‘p miqdоrdа qаbul qilingаn sut; sut
Page 170
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
mаhsulоtlаrini qisqа vаqt ichidа sifаtli dаrаjаdа ishlаb chiqаrish ishlаrini to‘g‘ri tаshkil etish
vа uni unumli bоshqаrish; хo‘jаlikni yaqin 5–7 yil mоbаynidа rivоj tоpish rejаlаri аsоsiy
оmillаrdаn hisоblаnаdi. Shu bilаn birgа kerаkli vа fоydаlаnishi lоzim bo‘lgаn аsbоb-
ukunаlаrni to‘g‘ri tаnlаsh hаm muhim аhаmiyatgа egаdir. Buning uchun quyidаgilаr
mutахаssislаrning diqqаt mаrkаzidа bo‘lmоg‘i lоzim:
1. Bаrchа аsbоb-uskunаlаr qo‘l mehnаti bilаn emаs, bаlki meхаnizаtsiya, аvtоmаtikа
yordаmidа ishlаshi kerаk.
2. Sut-qаtiq mаhsulоtlаri (pishlоq, аtsidоfin, sаriyog‘) ishlаb chiqаrishgа sаrflаnаdigаn
vаqtni tejаsh.
3. Bаrchа аsbоb-uskunаlаrning ishlаshi qulаy, tuzilishi sоddа vа ish unumdоrligi yuqоri
bo‘lishi kerаk.
4. Sutchilik bo‘limlаridаgi sоvutgichlаr, pаsterizаtоrlаr vа sepаrаtоrlаr uzluksiz
ishlаshini tа’minlаsh tаlаb etilаdi.
Fermаlаrdа fоydаlаnilаdigаn sut idishlаrining miqdоri yetаrli dаrаjаdа bo‘lishi
mаqsаdgа muvоfiqdir. Маsаlаn, sut flyaglаri hаr bir хo‘jаlikdа sоg‘ib оlinаdigаn eng ko‘p sut
miqdоrigа yetаrli bo‘lishi kerаk. Ya’ni, аgаr fermаdа bir sutkаdа 1140 kg sut sоg‘ib оlinsа, u
hоldа (1140:35=30 tа) kаmidа 30 tа flyag bo‘lishi tаlаb qilinаdi. Shuningdek, аyrim
chiqindilаr (yog‘i оlingаn sut, sut zаrdоbi vа h.k.lаr)ni sоlish uchun hаm flyaglаr tаlаb etilsа,
hаmdа ulаrni bа’zаn teshilishi yoki ishdаn chiqishini hаm hisоbgа оlsаk, shu fermа uchu n
yanа qo‘shimchа 10–12 tа flyag bo‘lishi mаqsаdgа muvоfiqdir.Sut sоvitgich аppаrаtlаrining
ish unumdоrligi jihаtidаn yuqоri bo‘lishi, ya’ni sоg‘ilgаn sutni uzоg‘i bilаn bir sоаtdа sоvitib
berishi lоzim.Sepаrаtоrlаr hаm unumdоrligi jihаtidаn sоg‘ib оlingаn sutni bir sоаt ichidа
yog‘ini оlib berа оlish quvvаtigа egа bo‘lishi kerаk. Fermаdа ish unumi sоаtigа 600–1000 litr
sutning yog‘ini оlib berаdigаn ikkitа sepаrаtоr bo‘lishi tаlаb qilinаdi. Chunki sepаrаtоrlаrning
biri buzilsа, ikkinchisidаn fоydаlаnish mumkin.Suv isitgich аppаrаtining bo‘lishi hаm
mаqsаdgа muvоfiqdir. Chunki issiq suv bo‘lmаsа, idish, аsbоb-uskunа vа хоnаlаrni tоzа
sаqlаsh imkоni bo‘lmаydi.Binоbаrin, sut bo‘limlаridа sifаtli sut vа sut mаhsulоtlаrini
yetishtirish murаkkаblаshаdi. Bir qаnchа sut bo‘limlаridа VET–200 mаrkаli elektr quvvаti
bilаn ishlаy digаn suv isitgichlаrdаn fоydаlаnib kelinmоqdа.Pаsterizаtоrlаrdаn hаm unumli
fоydаlаnish vа kerаkli mаrkаlаrini tаnlаsh tаlаb etilаdi. Buning uchun sig‘imi 300 vа 600 l
bo‘lgаn silindr shаklidаgi qo‘sh devоrli qоzоndаn ibоrаt vаnnаlаrdаn fоydаlаnish mumkin.
Shuningdek, OPD-1 yoki PT-4 mаrkаli pаsterizаtоrlаr birmunchа qulаy hisоblаnаdi. Bug‘
qоzоnini bo‘lishi sutchilik bo‘limidаgi sut yoki qаymоqni pаsterlаshgа kerаk bo‘lgаn bug‘
miqdоri bilаn tа’minlаshdа muhim аhаmiyatgа egа. Hоzirgi vаqtdа bug‘ ko‘plаb хo‘jаliklаrdа
KB-200 mаrkаli bug‘ tаyyorlаr berish quvvаtigа egаdir. Buning hаrоrаti 120–130°C bo‘lgаni
hоldа uzluksiz bug‘ tаyyorlаsh ishlаrini bоqаrish mumkin.Sutchilik bo‘limidа sutni sоvitish,
pаsterlаsh vа sepаrаtgа mоslаshgаn bir nechа хоnаlаrning bo‘lishi hаm tаlаb etilаdi. Unda
quyidagi xonalar bo‘lishi shart: sog‘ib olingan va sovitilgan sut, sut zavodlariga yoki sut qabul
qiluvchi punktlarga turli tranport vositalari yordamida jo‘natiladi.Jo‘natiladigan sut
avtotsisternalarda, sut flyaglarida bo‘lishi mumkin. Buning uchun bu idishlar nihoyatda toza
va hidsiz bo‘lmog‘i kerak. Jo‘natiladigan sut idishlarining qopqog‘i germetik jihatidan
yaxshilab yopilishi lozim. Ko‘pincha xo‘jaliklardan jo‘natiladigan sut hajmi 38 litr, bo‘yin qismi
170–220 mm bo‘lgan,zanglamaydigan alyumin flyaglarga solinadi. Lekin yirik xo‘jaliklardan
jo‘natiladigan sut asosan hajmi 2000 litrdan 10 000 litrgacha bo‘lgan sisternalar yordamida
Page 171
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 06,June 2025
www.in-academy.uz
yetkaziladi. Sut topshirilib bo‘lgach, sut sisternalari zavodning o‘zida issiq suv bilan tozalab
yuviladi, dezinfeksiya qilinadi va fermalarga jo‘natiladi.Sut fermalaridan sut zavodi-
kombinatlariga odatda sut, filyagalarda avtomashinalarda tashiladi. Sutni tashish uchun
maxsus jihozlangan avtositsisternalarda – sut tashigich mashinalarda tashish maqsadga
muvofiq.Ularni 0,9 1,9 2,8 5,6 12 va 20 t sig‘imlilari mavjud. Ushbu siternalar MAZ, ZIL, GAZ,
GAZel, ISUZI, MAN, LABO avtomashinalariga o‘rnatilib, tashilishi mumkin. Sutni temir yo‘l
transportlarida tashilganda maxsus izotermik sut sitsernalarida yoki flyagalarda izotermik
vagonlarda tashiladi. Sutni suv transportlarida tashilganda bu transportlar sovutkichlar bilan
jihozlanadi.Sutni sut yo‘llari (trubalar)da etkazishda YAraslav obl, Karachaev, CHerkass
avtonom viloyatlarda sut quvurlari orqali sut zavodiga etkaziladi. Juda ko‘p afzalliklarga ega.
Sut manzilga ifloslanmay etkaziladi.Universal tank plastinkali posterizatorlar turubkali
posterizatorlar ham mavjud.
Sutga juda past haroratda ishlov berish shimoliy mintaqalarda tabiiy sovuqlikdan
foydalanib (-18-25
O
C) maxsus qoliplarda sutni muzlatishdir. Bunda sut tezda -25
O
Cda
muzlatilsa tarkibidagi barcha moddalar sut tarkibidagi suv muzlamagan qismida qand va
tuzlar qoladi, oqsillar o‘zgaradi, ba’zan to‘liq va qisman kaogulyasiyalanadi. Sutni birlamchi
ishlov berish xonalari sovuq va issiq suv hamda sovuq par bilan ta’minlanagan bo‘lib turli
ishishlar va asbob uskunalarni yuvish va dizinfeksiya qilish uchun etarli darajada bo‘lishi
kerak. Ishlatiladaigan suv davlat standartini ichimlik suvlariga qo‘yiladigan barcha talabalarga
javob berishi kerak. Agar sutxonalarda issiq suv etishmasa barcha sanitariya-gigena
xolatlarini yaxshilash qiyin. Issiq suv hosil qilish uchun avtomatik ravishda ishlaydigan
isitkich termos VET-200 dan foydalanish mumkin. U 90
O
S isitilgan suv hosil qiladi.Suv isitkich
titan va suv qaynatkich titanlar mavjud. Umumiy suv sarfi ishlab chiqarilayotgan sutga
qaraganda 3-4 marta ortiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Қурбонов А.М., Абдураимов А.А., Қурбонов М.А. Озиқ-овқат маҳсулотлари
технологияси. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2019. – 312 б.
2.
Жўраев Р.О. Гўшт маҳсулотларини ишлаб чиқариш технологияси. – Тошкент:
“Иқтисод-молия”, 2020. – 280 б.
3.
Lawrie R.A., Ledward D.A. Lawrie’s Meat Science. 8th edition. – Cambridge: Woodhead
Publishing, 2014. – 432 p.
4.
Heinz G., Hautzinger P. Meat Processing Technology for Small- to Medium-Scale Producers.
– Bangkok: FAO Regional Office for Asia and the Pacific, 2007. – 456 p.
5.
Petrov N., Aleksandrova T. Modern Meat Processing Technologies. – Moscow: Food
Industry Publishing, 2020. – 390 p.