Авторы

  • Anvar Usubbayev
    Toshkent farmasevtika instituti Uzbekistan, Ташкент, Oybek 45
  • Shahnoza Usubbayeva
    Toshkent farmasevtika instituti Uzbekistan, Ташкент, Oybek 45

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126568

Ключевые слова:

lagovin substansiya texnologiya tabletka granulyasiya. Respublikamizning boy tabiiy zahiralaridan foydalanib yangi mahalliy xom ashyolar asosida tayyorlanadigan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan bezarar import o‘rnini bosuvchi dori vositalari texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etish farmasevtik texnologiyaning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi

Аннотация

Olib borilgan tadqiqotlarning asosiy maqsadi presslanadigan massadagi qoldiq namlikni va bosim kuchini “Lagovin” tabletkasining sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganishdan iborat. “Lagovin” tabletkasining presslanadigan massasidagi qoldiq namlikni aniqlashda Yaponiyaning «Kett» firmasining namlik o‘lchagich asbobidadan foydalanildi.


background image

Page 36

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

“LAGOVIN” TABLETKASINING SIFAT

KO`RSATKICHLARIGA PRESSLANADIGAN MASSADAGI

QOLDIQ NAMLIK VA BOSIM KUCHINING TA`SIRINI

O`RGANISH

Anvar Muxammadjanovich Usubbayev

Shahnoza Muxammadjanovna Usubbayeva

Toshkent farmasevtika instituti

Uzbekistan, Ташкент, Oybek 45

https://doi.org/10.5281/zenodo.15684710

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17-Iyun 2025 yil

Olib borilgan tadqiqotlarning asosiy maqsadi
presslanadigan massadagi qoldiq namlikni va bosim
kuchini “Lagovin” tabletkasining sifat ko‘rsatkichlariga
ta’sirini o‘rganishdan iborat.
“Lagovin”

tabletkasining

presslanadigan

massasidagi qoldiq namlikni aniqlashda Yaponiyaning
«Kett» firmasining namlik o‘lchagich asbobidadan
foydalanildi.

KEY WORDS

lagovin, substansiya, texnologiya,
tabletka, granulyasiya.
Respublikamizning boy tabiiy
zahiralaridan foydalanib, yangi,
mahalliy xom ashyolar asosida
tayyorlanadigan,

yuqori

samaradorlikka

ega

bo‘lgan,

bezarar, import o‘rnini bosuvchi
dori vositalari texnologiyalarini
ishlab

chiqish

va

tibbiyot

amaliyotiga

joriy

etish,

farmasevtik

texnologiyaning

dolzarb

vazifalaridan

biri

hisoblanadi

Shularni inobatga olib, vatanimiz boy tabiiy zahiralaridan oqilona foydalanib gemostatik

ta’sirga ega, qon to‘htatuvchi tabletka dori shaklini tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishni
lozim deb topdik. Shuni alohida takidlash lozimki, Respublikmizda xirurgiya va akusherlik
amaliyotida tashqi va ichki qon ketishini to‘xtatuvchi gemostatik ta’sirga ega, yuqori
samarador mahalliy dori vositalari yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik

kimyo instituti olimlari tomonidan logoxolinni polivenilpirolidon bilan hosil qilgan
supromolekulyar birikmasi “Lagovin” olingan. Olib borilgan dastlabki farmakologik
tadqiqotlar “Lagovin” faol substansiyasi 0,01 g dozada yuqori samarali qon to‘xtatuvchi
ta’sirga ega dori vositasi ekanligini ko‘rsatdi. Yuqoridagilarni inobatga olib, Toshkent
farmasevtika institutining mutaxasisilari tomonidan gemostatik ta’sirga ega qon to‘htatuvchi
“Lagovin” tabletkasining ilmiy jihatdan asoslangan tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqildi.

Zamonaviy tabletka mashinalarida sifatli tabletka olish uchun presslanadigan

massadagi mo‘tadil qoldiq namlikni belgilash va presslash jarayoni uchun bosim kuchini
tanlash katta amaliy ahamiyatga ega. Qoldiq namlik presslanadigan massaning fraksion


background image

Page 37

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

tarkibi, sochiluvchanligi, sochiluvchan zichligi ka’bi texnologik ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillardan biri hisoblanadi.

Presslanadigan massada qoldiq namlik me’yoridan ko‘p bo‘lsa, yirik fraksiyalar

miqdori ortib ketadi va natijada tabletkaning sirti xoldor bo‘lib qoladi. Qoldiq namlikni
me’yoridan kam bo‘lishi esa, massaning sochiluvchanligi va sochiluvchan zichligiga ta’sir etib,
tabletkalarning cheti uqalanib, tashqi ko‘rinishida qoniqarsiz holat bo‘lishi kuzatiladi. [1]

Tajriba qismi:

Olib borilgan tadqiqotlarning asosiy maqsadi presslanadigan

massadagi qoldiq namlikni va bosim kuchini “Lagovin” tabletkasining sifat ko‘rsatkichlariga
ta’sirini o‘rganishdan iborat.

“Lagovin” tabletkasining presslanadigan massasidagi qoldiq namlikni aniqlashda

Yaponiyaning «Kett» firmasining namlik o‘lchagich asbobidadan foydalanildi.

«Lagovin» tabletkasining sifat ko‘rsatkichlarini baholash TST TSt 42-01:2002 «Dori

vositalar sifatini standartlash. Asosiy qoidalar» yo‘riqnomasi va XI DF asosida olib borildi.
Tabletkalar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholandi: tashqi ko‘rinishi, parchalanuvchanligi,
sinishga va ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi. Tabletkalarning tashqiy ko‘rinishi qurollanmagan
ko‘z bilan 20 ta tabletkani vizual tekshirish orqali amalga oshirildi. Tabletkalarning sinishga
bo‘lgan qattiqligi «ERRWEKA» firmasining TBH-30 rusumli asbobida tekshirildi.

«Lagovin» tabletkalarining suyuqlikdagi parchalanishi «ERRWEKA» DT-identifikator

asbobida aniqlandi. [4]

Ishimizning birinchi bosqichida alohida-alohida taklif etilgan tarkib va texnologiya

asosida, turli seriyalarda presslanadigan massalar tayyorlandi, hamda quritgich javonida 40

0

C haroratda quritildi. Quritish davomida har 5 daqiqada presslanadigan massalardan 10,0 g
dan namunalar olinib, Yaponiyaning «Kett» firmasining namlik o‘lchagich asbobida, har bir
seriyadagi massaning qoldiq namligi aniqlab borildi..

Mo‘tadil namlikkacha quritilgan massalardan qo‘l gidropressida standart sharoitda

andoza tabletkalar olinib, ular tashqi ko‘rinishi, sinishga bo‘lgan qattiqligi va parchalanishi
bo‘yicha baholandi. Tadqiqot natijalari 1-jadvalda keltirilgan bo‘lib, undan ko‘rinib turibdiki
presslanadigan massaning mo‘tadil qoldiq namligi 2,2-4,0 % oralig‘ida bo‘lishi maqsadga
muvofiq deb topildi [3].

1-jadval.
“Lagovin” tabletkasining sifat ko‘rsatkichlariga qoldiq namlikni ta’siri

Presslanadigan massaning
qoldiq namligi, %

Andoza tabletkalarning sifat ko‘rsatkichlari
Tashqi
ko‘rinishi

Sinishga

bo‘lgan

qattiqligi, N

Parchalanishi,
daqiqa

9,0

qoniqarsiz

100,0

24

7,6

qoniqarsiz

80

16

4,0

qoniqarli

60

9,0

3,5

qoniqarli

40

7,0

2,2

qoniqarli

30

5,0

1,3

qoniqarsiz

15

1,0


background image

Page 38

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Tadqiqotlarimizning keyingi bosqichi presslash jarayoni uchun bosim kuchini

belgilashga bag‘ishlangan bo‘lib, har bir seriyadagi quritilgan massalardan qo‘l gidropressida,
standart sharoitda turli bosimlarda andoza tabletkalar tayyorlandi.

Tayyorlangan andoza tabletkalar: tashqi ko‘rinishi, sinishga bo‘lgan qattiqligi va

parchalanishi bo‘yicha baholandi. Olingan natijalar 2-jadvalda keltirilgan. Natijalarning
ko‘rsatishicha, bosim kuchining ortib borishi bilan andoza tabletkalarining tashqi ko‘rinishida
xoldorliklar kuzatildi, tabletkalarning qattiqligi va parchalanish vaqti ortib bordi. Olib
borilgan tajribalar natijasiga ko‘ra bosim kuchi 100-120 MPa diapazonida bo‘lishi maqsadga
muvofiq deb topildi. 90 MPa va undan past bosimda olingan tabletkalar tashqi ko‘rinishi va
sinishga bo‘lgan qattiqligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha talab darajasida bo‘lmadi. 140 MPa va
undan yuqori bosimda olingan tabletkalar esa parchalanishi bo‘yicha MH lar talabiga javob
bermadi.

2 – jadval
“Lagovin” tabletkasining sifat ko‘rsatkichlariga bosim kuchining ta’siri

Bosim kuchi,

MPa

Andoza tabletkalarning sifat ko‘rsatkichlari

Tashqi
ko‘rinishi

Parchalanishi,
soniya

Sinishga

bo‘lgan

qattiqlik, N

80

qoniqarsiz

265

15

100

qoniqarli

420

30

120

qoniqarli

590

50

140

qoniqarsiz

950

90

Shunday qilib, olib borilgan texnologik tadqiqotlar “Lagovin” presslanadigan

massasining mo‘tadil qoldiq namligi 2,2,-4,0 % diapazonida bo‘lishi maqsadga muvofiqligini
ko‘rsatdi. Optimal presslash bosim kuchi 100-120 MPa deb belgilandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

1.S.V. Shcherbakov, A.M. Usubbayev, Sh.M. Usubbayeva / Study of physic-chemical and

bulk-technological properties of the active substance “Bioalbendazole”/ / Eurasian journal of
academic research Volume 2, Issure 6, June 2024.-p 35-48
2.

2.Sh.M.

Usubbaeva

/Otsenko

fiziko-mexanicheskix

pokazateley

tabletok

«Bioalbendazola»/Eurasian journal of Medical and Natural sciences/Collection of materials
from the scientific and practical conference “Modern Achievements and prospects of
pharmaceutical technology” 2024-22 february-Volume 4. Issue 2. Special issue. P-435.
3.

3.Gosudarstvennaya farmakopeya SSSR.- XI izd. - Moskva.: Meditsina, 1987.- Vыp, 1. – S.

334.
4.

4.Gosudarstvennaya farmakopeya SSSR.- XI izd. - Moskva.: Meditsina, 1989.- Vыp. 2. – S.

398.
5.

5.A.M. Usubbaev., Sh.M. Usubbaeva., Development of the scientific based composition and

technology of the “Antivirus tablet” / Eurasian journal of academic research Volume 3 Issure

6, June 2023.-p 39-42

Библиографические ссылки

S.V. Shcherbakov, A.M. Usubbayev, Sh.M. Usubbayeva / Study of physic-chemical and bulk-technological properties of the active substance “Bioalbendazole”/ / Eurasian journal of academic research Volume 2, Issure 6, June 2024.-p 35-48

Sh.M. Usubbaeva /Otsenko fiziko-mexanicheskix pokazateley tabletok «Bioalbendazola»/Eurasian journal of Medical and Natural sciences/Collection of materials from the scientific and practical conference “Modern Achievements and prospects of pharmaceutical technology” 2024-22 february-Volume 4. Issue 2. Special issue. P-435.

Gosudarstvennaya farmakopeya SSSR.- XI izd. - Moskva.: Meditsina, 1987.- Vыp, 1. – S. 334.

Gosudarstvennaya farmakopeya SSSR.- XI izd. - Moskva.: Meditsina, 1989.- Vыp. 2. – S. 398.

A.M. Usubbaev., Sh.M. Usubbaeva., Development of the scientific based composition and technology of the “Antivirus tablet” / Eurasian journal of academic research Volume 3 Issure 6, June 2023.-p 39-42