Авторы

  • Otabek Nazarov
    Yangi Asr Universiteti, Tarix yo‘nalishi, 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126579

Ключевые слова:

Movarounnahr ta’lim tizimi madrasalar islomiy sivilizatsiya O‘rta asr ilmiy maktablari Buxoro va Samarqand ilmiy markazlari

Аннотация

Mazkur maqolada X–XIIIasrlarda Movarounnahrning markaziy shaharlari — Buxoro, Samarqand, Termiz, Nasaf (Qarshi), Xiva, Shosh (Toshkent), Marg‘ilon kabi ilmiy-ma’rifiy markazlarda shakllangan ta’lim tizimi, uning diniy va dunyoviy fanlar asosidagi tarkibi, madrasalar faoliyati va buyuk allomalar merosi asosida ilm-fanning rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida ilmiy izlanish olib borilgan.


background image

Page 134

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

X-XIII ASRLARDA TA’LIM TIZIMINING MOVAROUNNAHR

MARKAZIY SHAHARLARIDAGI TUTGAN O‘RNI

Nazarov Otabek Ramazonovich

Yangi Asr Universiteti, Tarix yo‘nalishi, 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15721528

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil

Mazkur maqolada X–XIIIasrlarda Movarounnahrning
markaziy shaharlari — Buxoro, Samarqand, Termiz,
Nasaf (Qarshi), Xiva, Shosh (Toshkent), Marg‘ilon kabi
ilmiy-ma’rifiy markazlarda shakllangan ta’lim tizimi,
uning diniy va dunyoviy fanlar asosidagi tarkibi,
madrasalar faoliyati va buyuk allomalar merosi
asosida ilm-fanning rivojlanish yo‘nalishlari tahlil
qilinadi. Maqolada tarixiy manbalar va zamonaviy
tadqiqotlar asosida ilmiy izlanish olib borilgan.

KEY WORDS

Movarounnahr,

ta’lim

tizimi,

madrasalar,islomiy

sivilizatsiya,

O‘rta asr ilmiy maktablari, Buxoro
va Samarqand ilmiy markazlari

Islom dini Movarounnahrga kirib kelgach, bu hududda diniy ta’lim tizimi shakllandi. IX

asrga kelib esa bu ta’lim tizimi mustaqil ravishda rasmiy madrasalar shaklida takomillasha
boshladi. X-XIII asrlarda Movarounnahr markaziy shaharlarida ta’lim tizimi, ilm-fan va
madaniyat rivojlanishida ajralmas o‘rin tutgan Buxoro, Samarkand, Termiz, Nasaf (Qarshi), Xiva,
Shosh (Toshkent), Marg‘ilon kabi shaharlar musulmon sharqidagi ilmiy-madaniy markazlar
qatorida shuhrat qozongan. Madrasalar Movarounnahrning ilmiy va diniy ta’lim
muassasalarining markazi bo‘lib, ularda Qur’on, hadis, fiqh, tafsir, matematika, astronomiya,
mantiq, falsafa va boshqa ilmiy va dunyoviy fanlarni ham o‘rgatadigan muassasalarga
aylandi

1

. Madrasalar o‘zining tizimli o‘quv dasturi bilan ajralib turardi. Har bir madrasada

ma’lum bir ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimlar berilar edi, shu bilan birga, diniy ta’lim
va dunyoviy ilmni birlashtirish orqali o‘quvchilarni yuksak bilim va ma’naviyatga
tayyorlashga harakat qilinardi.

X-XIII asrlarda barcha musulmon mamlakatlarida ta’lim-tarbiya tizimi uch bosqichdan:

boshlang‘ich ta’lim, umumta’lim va oliy ta’limdan iborat bo‘lgan. Boshlang‘ich ta’lim masjidlar
qoshidagi maktablarda berilgan va u besh yilga mo‘ljallangan, o‘quvchilar 4-5 yoshdan qabul
qilingan. O‘g‘il bolalar masjid imomlari, qizlar ayol xalfalar qo‘lida tarbiyalangan. Boshlang‘ich
maktablarda arab yozuvi va o‘qish, Qur’oni Karim va hadisdan olingan namunalar, abjad
hisobi, she’riy kitoblar, pandnoma, axloq-odob qoidalari o‘qitilgan. O‘quvchilar o‘qitilish
bosqichiga qarab “Haftiyakxon”, “Abjadxon” va “Qur’onxon” deb yuritilgan. Maktablardagi
ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod o‘rgatish jarayoni ko‘p
vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida
undan ham ko‘p vaqt sarflangan. Har bir maktabda 20 ga yaqin o‘quvchi bilim olgan. Maktab
darslarini mullalar olib borgan. Mulla

Movarounnahrda musulmon odatining bilimdoni, din

1

Bobojonov. Sh. Movarounnahrda islom ilmlari rivoji. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2008. –B.45.


background image

Page 135

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

xizmatchisi, diniy maktab o‘qituvchisi, savodli, ilmli kishi hisoblangan. Domla – katta mulla
degan ma’noni anglatgan.

O‘quvchilar dastlabki o‘qish ko‘nikmalarini egallaganlaridan so‘ng “Haftiyak”ni (forscha,

“Qur’oni Karimning yettidan bir qismi”) o‘qishni boshlaganlar. Ushbu kitob Qur’oni Karimning
diniy marosimlarni ado etishda ko‘proq (13-14 ta) o‘qiladigan kichikroq suralarini o‘zida
jamlagan, qiroat kitobi shakliga keltirilgan. “Haftiyak”ni o‘qish maktablarda ikki yilgacha,
ba’zan undan ham uzoq davom etgan. “Haftiyak” maktablarda xrestomatiya vazifasini o‘tagan
birinchi qo‘llanma hisoblanadi. O‘quvchilar “Haftiyak”ni tugatganlaridan so‘ng “Chor-kitob”
(To‘rt kitob)ni o‘qishga kirishganlar. “Chor-kitob”

islomga oid pand-nasihatlar kitobi.

Kitobda toat-ibodat, shariatning qonun-qoidalari: farz, sunnat, namoz va ro‘za haqida fikr
yuritiladi. Shuningdek, unda qiziqarli voqea va hikoyatlar, sharqona donolik namunalari
bayon etilgan. Kitob fors-tojik tilida yozilgan bo‘lib, turkiy-o‘zbek tilidagi tarjimalari ham
mavjud. “Chor-kitob” har xil davrlarda turli mualliflar tomonidan tuzilgan. IX asrda
Sharafiddin Sanoiy al-Buxoriy qalamiga mansub bo‘lib, u 2 she’riy va 2 nasriy majmuadan
iborat “Nomi Haq”, “Chahor kitob” (“To‘rt kitob”) deb nomlanuvchi maktab darsligining
birinchi qismida diniy amallar (tahorat, namoz, ro‘za va h.k.)ga oid masalalar she’riy usulda
bayon etilgan, ikkinchi qismida Qozi Azmuddinning “Bidon” (Bilgil) nomli kitobidan olingan
va yuqoridagi masalalar izoh shaklida ancha keng yoritilgan parchalar o‘rin olgan. “Chor-
kitob”ning “Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi o‘quvchilarni
shariatning asosiy ustuni, ya’ni musulmon huquqshunosligi bilan tanishtiradi. Kitobning
“Pandnoma” (Nasihat kitobi) deb nomlangan to‘rtinchi qismi XIII asrda yozilgan va Qur’oni
Karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar she’riy shaklda bayon etilgan. XIII
asrda 150 ming aholi yashagan Samarqandda 250 ta masjid va 40 ta madrasa bo‘lgan.
Buxoroda esa 200 ming aholiga 400 masjid va 30 ta madrasa to‘g‘ri kelgan. Olim
K.Kattayevning fikriga ko‘ra, Samarqanddagi Raboti G‘oziyon madrasasi yana ham qadimiyroq
bo‘lib, unda Imom Moturidiy, Abulqosim Hakim kabilar Muhammad ibn Fazl Balxiydan (vaf.
931-y.) tahsil olgan

2

. Madrasaga maktabni tugatgan o‘spirinlar qabul qilingan. Talabalar yoshi

10 dan 40 yoshgacha bo‘lgan. Ular madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega bo‘lgan.
Talabalar kunduzgi bo‘lim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi bo‘lim talabalari toifalariga
ajratilgan. Madrasalarda ta’lim olayotgan talabalar uchun ta’lim dasturlari uch bosqichga
ajratilgan: birinchi, quyi bosqich

(adno yoki iptidoiy), ikkinchi, o‘rta bosqich – (avsat yoki

rushdiy) va uchinchi, yuqori, oliy bosqich – (a’lo yoki iqdadiy) guruhi deb yuritilgan

3

. Har bir

bosqich uchun alohida dastur ishlangan bo‘lib, bir bosqichdan navbatdagi bosqichga o‘tish
yakuniy imtihonlar orqali hal etilgan. Shu bilan talabalarning oladigan nafaqalari (stipendiya)
ham oshirilib borilgan.

Madrasa o‘quv kursi, odatda, “Avvali ilm” deb nomlangan fors tilidagi o‘quv

qo‘llanmasini o‘zlashtirish bilan boshlangan. Adno bosqichi “Aqoid” kitobini o‘qishga
o‘tguncha davom etgan, avsat bosqichi “Aqoid” kitobini o‘qishdan boshlanib, “Sharhi mulla”
kitobini o‘rganguncha bo‘lgan va undan keyingi murakkab qo‘llanmalarni o‘rganuvchilar a’lo
bosqich talabalari hisoblangan. Madrasada o‘qish talabalar iqtidoriga qarab, o‘rtacha 7-12 yil
davom etgan

4

. Har bir madrasada 60-100 ga yaqin talabalar bilim olganlar. O‘rta bosqichdagi

2

http://fikr.uz/blog/toshkent_islom_universiteti/html

3

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent: Akademnashr, 2017. – B.58.

4

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – J:5.– Toshkent: O ‘zME, 2003. – B. 376.


background image

Page 136

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

madrasalarda ta’lim oluvchilar musulmon ta’limoti, qonunshunoslik, mantiq, qadimiy falsafa,
qiroat, tajvid, hisob-kitob, geografiya, arab va fors tillarini o‘qiganlar. O‘qish kursining
birinchisi o‘rta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili grammatikasi o‘qitilgan

arabshunoslik (leksikografiya, etimologiya, sintaksis, ritorika, tarix), o‘quv kursi ikki bo‘limga:
umumta’lim kursi – mushkulot

falsafa (mantiq, geografiya, tibbiyot, tabiiy fanlar va kalom

ilmi), so‘ng fiqh kursi – masala

dinshunoslik va qonunshunoslik (Qur’on tafsirlari, hadislar,

shariat qonunlari, faroiz – meros huquqi, matematika, mol-mulkni taqsimlash) bo‘limlariga
ajratilgan. Talabalar o‘z xohish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki masala
bo‘limlaridan birini, agar istasalar har ikki bo‘limni o‘qib tamomlashlari mumkin edi.
Madrasalarda to‘liq kursni o‘qib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid
taxminan 140 ga yaqin darslik-qo‘llanmani o‘zlashtirish talab etilgan. Madrasalarda
talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, kimyo,
tarix, adabiyot, aruz ilmi, me’morlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham
o‘qitilgan. Asosiy ta’lim metodlari ma’ruza va bahs-munozaralarni tashkil qilgan. Ma’ruza
(va’zxonlik)larda 100 tadan 400 tagacha tinglovchilar, ta’lim oluvchilar qatnashgan. O‘rta
tipdagi madrasalarning vazifalariga maktablar uchun mullalarni tayyorlash, masjid uchun din
peshvolarini tayyorlash kirgan. Oliy tipdagi madrasalarning vazifalariga davlat idoralari,
boshqaruv mahkamalariga qozilarni tayyorlash, shariat ulamolarini tayyorlash, musulmon
qonunshunoslarini tushunadigan mutaxassislarni tayyorlash kirgan. Madrasalarga nafaqat
diniy bilimlarga qiziquvchilarni, balki turli ziyoli tabaqalari, o‘qituvchilik, tabiblik kasbini
egallashni xohlovchilarni ham o‘qitganlar. Oliy tipdagi madrasalar Samarqand, Buxoro,
Urganchda bo‘lgan, shuning uchun turli yurtlardan tolibi ilmlar kelib ta’lim olib, bu
yurtlarning dong‘ini dunyoga tanitganlar. Movarounnahr madrasalarda ta’lim beradigan
mudarrislar arab tilida dars olib borishlaridan tashqari, adabiyot va ilmiy talablar asosida fors
tilida hamda turkiy tillarda ta’lim berganlar. Bundan tashqari, arab va fors tilida yozilgan
kitoblar o‘qitilib, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan

5

Madrasada mudarrislar va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jihozlari
(daftar, kitob, qalam va b.) va turar joy bilan ta’minlangan. Madrasada arab, fors va turkiy
allomalarning asarlaridan tashqari qadimgi hind va yunon olimlaridan Klavdiy Ptolomey,
Suqrot, Platon, Aristotel va boshqalarning arab tiliga o‘girilgan asarlari hamda ularga yozilgan
sharhlar darslik sifatida o‘qitilgan. Badiiy adabiyotga doir asarlardan Abulqosim Firdavsiy,
Forobiy, Ibn Sino hamda Beruniy asarlari sevib o‘rganilgan

6

. Madrasalarga talabalar imtihon

yoki tanlov asosida o‘qishga qabul qilingan. Mudarrislar ham imtihon qilingan va davlat
rahbari tomonidan tayinlangan. Mudarrislar dars berishdan tashqari qozilik, muftiylik kabi
davlat ishlari bilan ham shug‘ullanib turishgan. O‘qish yili oxirida ham talabalar o‘tilgan fanlar
yuzasidan imtihon topshirishgan. Imtihon bevosita ota-onalar ishtirokida qabul qilingan.
Madrasani muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga shahodatnoma (diplom) topshirilgan.
Madrasani muvaffaqiyatli tamomlaganlar islomning yetuk ulamolari: shayx, shayxulislom,
mulla, imom, mudarris, maktab muallimi yoki qozi, muftiy, a’lam, mirzo sifatida davlat
mahkamalariga yuborilgan. XIII asr oxiri boshlab madrasalar xon madrasalari, eshon
madrasalari, xususiy madrasalar kabi turlarga bo‘lingan

7

Madrasa muassislari madrasani

5

O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. – J:5. – Toshkent: O‘zME, 2003. – B. 376.

6

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent: Akademnashr, 2017. –

B. 52 .

7

O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. – J:5. Toshkent: O‘zME, 2003. – B. 376.


background image

Page 137

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

ta’minlash uchun maxsus mulk – vaqf ajratishgan. Ularning moliyaviy xarajati vaqf daromadi
hamda davlat xazinasidan ajratilgan qo‘shimcha mablag‘ hisobiga qoplangan, har bir
madrasaning o‘z vaqf mulki va vaqfnoma hujjati bo‘lgan. Vaqfnomada madrasaning chiqimi,
undagi xizmatchilar: mutavalli, mudarris, hofiz, muhri, naqib, farrosh, oshpaz va boshqalar,
shuningdek, talabalar soni, ularga berilgan maosh va nafaqalar aniq ko‘rsatilgan

8

Madrasalarni boshqarish, o‘qitish jarayoni va xo‘jalik ishlariga shayxulislom va qozilar

rahbarlik qilishgan. U vaqf yerlaridan kelgan daromadlarni, ushr, sadaqa va ehsonlarni
madrasa ehtiyojlariga taqsimlab sarflagan. Mutavalli vaqf kirimlari, madrasaning moliyaviy
xarajati, ta’mirlash, xodim va talabalarga to‘lanadigan haq va boshqa ishlarga mas’ul bo‘lgan.
Madrasa xizmatchilari, mudarrislari va talabalarga beriladigan yillik maosh miqdori naqd pul
va ovqatlik don hisobidan ajratilgan

9

Madrasalarning ehtiyojlariga vaqf daromadlaridan bir

qismi vaqf mulkini saqlab turish, madrasa binosini ta’mirlash uchun ajratilgan, ma’lum qismi
esa mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa
xizmatchilarga berilgan. XIII asrga kelib madrasa-maqbaralar vujudga kelib bitta gumbazli
xonasi shu madrasa asoschisiga daxma sifatida xizmat qilgan. U 2 qavatli, to‘gri burchakli
hovli, mudarris va toliblar uchun hovli atrofida yashash uchun hujralar va darsxonalardan
tashkil topgan. Har bir madrasa qoshida o‘zining kutubxonasi bo‘lgan

10

Madrasa o‘quv dasturining umumiy jihatlari X-XII asrlarda ishlab chiqilgan va

keyinchalik takomillashib borgan. Mashg‘ulotlar, odatda, sentabrda boshlanib, mart oyigacha
davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida ta’tilga chiqilgan. Madrasalarda shanba, yakshanba,
dushanba, seshanba kunlari mashg‘ulotlar olib borilgan. Haftada ikki kun ya’ni chorshanba va
payshanba kunlari mustaqil mutolaa kunlari, juma kuni esa dam olish kuni bo‘lgan.
Madrasalarda bir o‘qish yili 7 oy davom etadi. O‘qish yili mezon oyining birinchi kuni 21
sentabrda boshlanib, hamal oyining birinchi kunida 21 martda tugallangan. Qolgan oylar ta’til
kunlari hisoblanib, talabalar bu vaqtda xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullangan

11

. Darslar quyosh

chiqish payti (bomdod namozidan keyinroq) boshlangan. Madrasalarda talabalarning ta’lim
va tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularga har kuni to‘rt mahal issiq ovqat
va iqtidorli talabalarga qo‘shimcha mukofotlar ajratilgan. Madrasalarda ichki tartib-intizomga
qat’iy amal qilingan. Madrasa nizomini buzgan talaba va xizmatchilar uch marotabagacha
ogohlantirilgan, kamchilik yana takrorlansa, bunday shaxslar madrasadan chetlashtirilgan.
Lekin bunday ko‘ngilsizlik juda kamdan-kam sodir bo‘lgan. Madrasaning ichki hayotiga
daxldor masalalar mutavalli, mudarrislardan tarkib topgan hay’at kengashida hal etilgan.

Movarounnahr sivilizatsiyasi taraqqiyotida Samarqand va Buxoro shaharlari yirik madaniy

va ilmiy markaz sifatida alohida o‘rin egallagan. Ular asrlar davomida islom dini, ilm-fan va
ma’naviy hayotning rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Samarkand ro‘yi zaminning sayqali bo‘lsa,
Buxoro islom dinining quvvati va qudrati sifatida butun olamga ma’lum. Buxoroni dunyo
sivilizatsiyasiga beshik bo‘lgan shaharlardan biri desak mubalag‘a emas. O‘zbekistan
Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov Buxoro shahrining 2500 yilligi yubileyida
ta’kidlaganidek: “Buxoro o‘lkamizning ming yillar davomida jahon tafakkuri, ma’naviy, madaniy
va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan, shariflik nomiga sazovor

8

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent: Akademnashr, 2017. – B.52 .

9

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent: Akademnashr, 2017. – B.82.

10

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent: Akademnashr, 2017. –

B.110.

11

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent: Akademnashr, 2017. – B.63.


background image

Page 138

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

bo‘lgan muqaddas joylaridan biridir”

12

. Buxorodagi madrasalarning nufuzi va ilmiy salohiyati

yuqori bo‘lgan. Shu sababdan omma orasida turli mintaqalardan bu yerga kelib ta’lim olishga
qiziqish katta edi. Muarrix Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (1113 – 1167) “Kitab al-
ansob” (Nasabnoma) asarida uning ilm-ma’rifat markazi ekanini quyidagicha ta’riflaydi: “Buxoro
shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ziyolilari jamlangan, Yer yuzi adiblarining
yulduzlari porlagan hamda fozillarga panoh bo‘lgan maskan edi”.

Buxoro madrasalari, shuningdek, ilm-fan rivojida markaziy rol o‘ynagan. Buxoro

madrasalarida diniy ilmlardan tashqari nahv va sarf (morfologiya va grammatika), adab
(adabiyot), xatoba (notiqlik), riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), jug‘rofiya
(geografiya), falsafa kabi fanlar o‘qitilgan. Ayrim ixtisos-lashgan madrasalarda aniq va tabiiy
fanlar maxsus o‘rgatilgan. Xususan, tibbiyotga ixtisoslashgan madrasalarda Abu Ali Ibn Sino, Abu
Bakr Roziy kabi buyuk allomalarning asarlari o‘rganilgan.

13

Ibn Sinoning “Al-Qonun fit-tib” asari

butun Islom olamida, shu jumladan Movarounnahrda keng o‘qilgan va hozirga qadar
foydalanib kelinadi.

Ushbu davrda Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi shaharlar, ilmiy markazlar sifatida,

o‘rta asrlarning yirik ilmiy va madaniy markazlariga aylangan. Madrasalar, masjidlar va
kutubxonalar orqali ta’lim tizimi shakllangan, ilm-fan va diniy bilimlar o‘rtasidagi integratsiya
nafaqat mahalliy hududlarda, balki butun Islom olamida katta ta’sir ko‘rsatgan.
Movarounnahr markaziy shaharlaridagi madrasalar va masjidlar, ta’lim tizimining asosiy
muassasalari sifatida shakllangan. Madrasalar ilm-fan, falsafa, tibbiyot, astronomiya va
boshqa ko‘plab sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borilgan markazlar bo‘lgan. Bu davrda Buxoro
va Samarqanddagi madrasalar faqat diniy bilimlarni emas, balki ilmiy va falsafiy tafakkur
bilan bog‘liq bilimlarni ham o‘rgatgan. Masalan, Buxorodagi madrasalarda Al-Xorazmiy, Abu
Rayhon Beruniy kabi olimlarning asarlari o‘qitilgan, bu esa o‘rta asrlarning ilmiy
rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

14

Movarounnahrda kutubxonalar ilm-fan va ta’limni rivojlantirishda ajralmas rol

o‘ynagan. Buxorodagi kutubxonalar, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn
Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Zamaxshariylar kabi ko‘plab olimlarning asarlarini
saqlagan va ularga ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun imkoniyat yaratgan. Bu kutubxonalar
nafaqat astronomiya, balki ijtimoiy fanlar, tarix, va falsafa sohalaridagi asarlarni o‘zida Buxoro
va Samarqand kutubxonalari faqat mahalliy ilmiy muassasalar uchun emas, balki butun Islom
olami uchun ilmiy manba sifatida xizmat qilgan. Shuningdek, bu kutubxonalar o‘z vaqtida
ilmiy anjumanlarga mezbonlik qilgan va ilmiy yutuqlarni amalga oshirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Movarounnahrda ta’lim tizimi o‘rtasida diniy va ilmiy sohalarning
integratsiyasi kuzatilgan. Bu davrda ilm-fan va diniy bilimlar o‘rtasida to‘liq uyg‘unlik mavjud
edi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar ko‘plab diniy qarashlarga asoslangan. Ibn Sinoning “Qonun
fit-tibb” asari Samarqand madrasalarida darslik sifatida foydalanilgan

15

. Ibn Sino o‘zining

tibbiyot bo‘yicha ilmiy asarlarini diniy e’tiqodlar bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan va bu
asar ko‘plab o‘rta asrlar olimlari tomonidan o‘rganilgan

16

.

12

Каримов И

.

Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистан, 1998. – Б.369.

13

Beruni, A.

Qonun fi tibb.

– Toshkent: Fan nashriyoti,1996.

14

Islomov, A.

Buxoro madrasalari va ularning ilmiy roli

. – Buxoro: Buxoro nashriyoti, 2005.

15

Gutas, D. Avicenna and the Aristotelian Tradition. – Brill, 2001.

16

Islomov, A.

Buxoro madrasalari va ularning ilmiy roli

. – Buxoro: Buxoro nashriyoti, 2005.


background image

Page 139

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Abu Bakr Narshaxiy (10-asr): Buxoroning tarixini yozgan. Uning “Tarixi Buxoro” asari

Buxoro ilm-fan markazi sifatida rivojlanganligini ko‘rsatadi

17

.

Abu Nasr Forobiy (870–950): Garchi Forobda tug‘ilgan bo‘lsa-da, u Movarounnahr

madrasalarida ham ta’lim bergan, mantiq va falsafa fanlarini rivojlantirgan

18

.

- Buxoro madrasalari: Ismoil Somoniy davridan boshlab Buxoro yirik ilm markaziga

aylandi. Bu yerda Qur’on ilmi, fiqh, hadis, nahv, mantuq (mantiq), falakiyot kabi fanlar
o‘qitilgan

19

.

- Samarqand madrasalari: Samarqandda astronomiya, matematika, geometriya fanlari

yuqori darajada rivojlandi. Ayniqsa, XI–XII asrlarda bu yerda ilmiy jamoalar shakllangan

20

.

- Termizdagi ta’lim muassasalari: Termiz shahrida Najmiddin Kubro kabi yirik so‘fiylar

faoliyat yuritib, tasavvuf ilmi va axloqshunoslik rivoj topgan

21

.

Umuman olganda IX–XIII asrlarda Movarounnahr madrasalarida o‘qitilgan asosiy fanlar

va sohalar quyidagilardan iborat:

Diniy fanlar:

- Tafsir (Qur’on talqini)
- Hadis (Payg‘ambar so‘zlari)
- Fiqh (Islom huquqi)
- Aqida (e’tiqod ilmi)

Til va adabiyot fanlari:

- Nahv va sarf (arab tili grammatikasi)
- Adabiyot va bayon
- She’riyat va lug‘atshunoslik

Aqliy fanlar (ma’quliyot):

- Mantiq
- Falsafa
- Matematika
- Astronomiya
- Tibbiyot
Tasavvuf: Bu soha ayniqsa XII asrdan boshlab Termiz, Buxoro va Samarqandda rivoj

topdi. Najmiddin Kubro, Xoja Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy kabi shaxslar bu
maktabning asoschilari bo‘ldilar

22

.

Madrasalar nafaqat ilm-ma’rifat markazi, balki ijtimoiy hayotning markaziy nuqtasiga

aylangan. Ular:

- Talabalarga bepul ta’lim va turar joy taqdim etgan.
- Jamiyatda huquqshunoslar, qozilar, mudarrislar tayyorlab bergan.
- Mahalliy hokimiyat bilan aloqada bo‘lgan, ilmiy va diniy masalalarda maslahat

bergan

23

. XIII asr Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va xalqning boy intellektual salohiyati,

17

Narshaxiy, Abu Bakr. Tarixi Buxoro. – B.102.

18

Nasr, S.H. Science and Civilization in Islam. – Harvard University Press, 1968.

19

Narshaxiy, Abu Bakr. Tarixi Buxoro. – Toshkent: Fan, 1966. – B.57.

20

Muhamadxonov, A. Srednevekoviy Samarkand. – Tashkent, 1973. – B.89.

21

Saidov, A. Tasavvuf va Movarounnahr. – Samarqand: Imom Buxoriy nashriyoti, 2007. – B.34.

22

Deweese, Devin. Islamization and native religion in the Golden Horde. – Penn State Press, 1994.

23

Berdiqulov, M. O‘rta asrda ta’lim tizimi. – Toshkent: TDShI, 2001, 60-bet.


background image

Page 140

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

mo‘g‘ullar istilosiga qaramasdan ma’naviy-marifiy jihatdan rivojlanishiga qaratilgan.
Ajdodlarimizning bunday ta’lim jarayonidagi mazmun, shakl, metod va vositalaridan boxabar
bo‘lishi yoshlarning tarbiyasiga o‘zining bebaho qimmatiga egaligi bilan ajralib turadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqlarida ta’lim va ilm-fan sohasidagi

integratsiyaning muhimligi haqida ko‘plab e’tibor qaratilgan. U 2017-yilgi nutqida “Ilm-fan va
ta’limni rivojlantirish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishiga erishish mumkin”

24

degan

edi. Bu so‘zlar, aynan, Movarounnahr markazlarida ilm-fan va diniy bilimlarning uyg‘unligi va
taraqqiyotga hissa qo‘shishidagi o‘rni haqida gapiradi. Shuningdek, Prezident nutqlarida
ta’limni yangilash, ilmiy maktablarni rivojlantirish, yangi kadrlar tayyorlash zaruriyati
ta’kidlanadi.

Movarounnahrda ilmiy maktablar nafaqat ilmiy tadqiqotlar olib borish, balki yangi

kadrlar tayyorlashda katta rol o‘ynagan. Samarqand va Buxoro ilmiy maktablari o‘z zamonida
nafaqat Islom dunyosiga, balki butun Yevropa ilm-faniga katta ta’sir ko‘rsatgan. Yevropa
olimlari, masalan, R. Hoke, G. Kepler va Galileo Galilei, Ulug‘bekning astronomiya bo‘yicha
ishlanmalari bilan tanishib, o‘z ilmiy izlanishlariga asos sifatida foydalanishgan.

25

Yevropa

ilmiy maktablarida ham Movarounnahrda ishlab chiqilgan ilmiy nazariyalar o‘rganilgan va
rivojlangan. Ayniqsa, astronomiya, tibbiyot va falsafa sohalarida ulush olish uchun
Movarounnahr markazlarining ilmiy merosi asos bo‘lgan. Masalan, Xorazmdan yetishib
chiqqan

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy oʻrta asrlarning buyuk qomusiy

olimlaridan edi. Uning buyukligi oʻsha davrning deyarli barcha fanlariga qoʻshgan betakror
ilmiy merosida namoyon boʻladi. Beruniyning olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos
olim I.Yu. Krachkovskiy „uning qiziqqon ilm sohalaridan koʻra qiziqmagan sohalarini sanab
oʻtish osondir“ deb baho bergan edi. Gʻarb tadqiqodchilaridan M.Meyerxoff esa „Beruniy
musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri boʻlishi kerak“ degan
fikrni bildiradi.

26

Bu ilmiy maktablardan chiqqan olimlar ilm-fan va madaniyatni tarqatishda

muhim vosita bo‘lgan.

Shuningdek, Prezident Mirziyoyevning 2017-yilgi nutqida ta’limning jamiyatdagi

ijtimoiy roliga alohida e’tibor qaratilgan. “Ta’lim tizimi, avvalo, jamiyatda barkamollik, adolat
va barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi,

27

deb ta’kidlangan edi. Bu fikr, albatta,

Movarounnahr markazlaridagi ta’lim tizimining ham jamiyatni rivojlantirishdagi o‘rnini o‘zida
aks ettiradi. Movarounnahrda ta’lim va ilm-fan rivojlanishi nafaqat mahalliy, balki butun
Islom olamiga, Yevropa va Hindistonga ham ta’sir ko‘rsatgan. Buxoro, Samarqand va Xorazm
ilmiy markazlari o‘z zamonida butun dunyodagi ilm-fan sohalarini rivojlantirishda asosiy
platforma bo‘lib xizmat qilgan. Yevropa olimlari tomonidan o‘rganilgan, ishlab chiqilgan va
keyinchalik ularning o‘z ilmiy tadqiqotlarida qo‘llanilgan asarlar, bu ilmiy oqimlarning
tarqalishining isbotidir.

Xulosa qilib aytganda X-XIII asrlarda Movarounnahrda ta’lim tizimida yangi pedagogik

usullar va metodlar tatbiq etila boshladi. Dastlabki davrlarda o‘quv jarayoni asosan og‘zaki
so‘zlashuvga asoslangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan yozma manbalar, ilmiy asarlar va ko‘plab
ilmiy ishlar chiqarila boshlandi. Bu davrda ilmiy maktablar ko‘pincha sharqning boshqa

24

Shavkat Mirziyoyev. "Ta’lim tizimi va ilm-fan: Jamiyat rivojlanishining asosiy poydevori". Nutq, 2017 yil.

25

Valiyev, R.

Movarounnahr va Yevropa olimlari: Ilmiy aloqalar.

– Toshkent: Yangi Nashr nashriyoti, 2014.

26

Ahmed, Akbar S. (1984). Al-Beruni: The First Anthropologist. –RAIN (60). – P.9–10.

27

Shavkat Mirziyoyev. Ta’lim tizimi va ilm-fan: Jamiyat rivojlanishining asosiy poydevori. – Nutq, 2017 yil.


background image

Page 141

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

davlatlaridan kelgan olimlar bilan hamkorlikda ishlashgan va o‘zlarining ilmiy faoliyatlarini
rivojlantirishda ulardan foydalanishgan. O‘quv jarayonida o‘quvchilarga bilim berishda
uslublar va metodlar ko‘paydi. O‘quvchilar bir vaqtning o‘zida teologik va dunyoviy fanlarni
o‘rganishgan. Bu esa o‘z navbatida, ilm-fan va ma’rifatni birlashtirishga yo‘naltirilgan bir
yondashuvning shakllanishiga olib keldi.

Ta’lim tizimining rivojlanishiga siyosiy va ijtimoiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatgan. X-

XIII asrlarda Movarounnahrda hukmdorlar ta’limga katta e’tibor qaratgan. Shuningdek, ushbu
davrda ilm-fan va madaniyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omillar ham mavjud edi.
Diniy qarama-qarshiliklar, siyosiy tangliklar va ijtimoiy inqirozlar ba’zida ta’lim tizimining
rivojlanishini to‘xtatib qo‘ygan. Shunga qaramay, shaharlarning ilmiy va madaniy
rivojlanishida mustahkam asoslar mavjud bo‘lib, bu ularning tarixiy ahamiyatini oshirgan.

X-XIII asrlarda Movarounnahr markaziy shaharlaridagi ta’lim tizimi, ilm-fan va

madaniyat rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Movarounnahrda ta’lim jamiyatni
rivojlantirishda ajralmas rol o‘ynagan. Madrasalar va kutubxonalar orqali nafaqat ilmiy
bilimlar, balki ijtimoiy qadriyatlar ham tarqatilgan. Buxoro va Samarqand madrasalarida
o‘qigan talabalar, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va ilm-fan asosida amaliyot qilish uchun
tayyorlangan. Shu bilan birga, ta’lim va ilm-fan jamiyatdagi adolatni, tenglikni va rivojlanishni
targ‘ib qilgan. Samarqand, Buxoro va boshqa markaziy shaharlar ilmiy tadqiqotlar, madaniy
almashuv va diniy ta’limning uyg‘unlashuvi orqali o‘z davrida nafaqat Islom dunyosini, balki
butun Yevropa va Osiyo ilm-fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Madrasalar,
kutubxonalar va ilmiy maktablar, nafaqat mahalliy aholi, balki butun ilmiy jamoatchilik uchun
markaz bo‘lib xizmat qildi. Ta’lim tizimining o‘zi jamiyatda adolat va barqarorlikni
ta’minlashda, ilmiy va ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynadi. Shuningdek,
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilgan islohotlar
bugungi kunda ham Movarounnahrdagi ta’lim tizimining rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bobojonov, Sh. Movarounnahrda islom ilmlari rivoji. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2008. – 45 b.
2.

http://fikr.uz/blog/toshkent_islom_universiteti

3.

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent:

Akademnashr, 2017. – 58 b.
4.

O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. – J:5. – Toshkent: O‘zME, 2003. . – 376 b.

5.

Каримов.И.А. Маънавий юксалиш йўлида. - Тошкент: Узбекистан, 1998. – 369 b.

6.

Beruni, A. Qonun fi tibb. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1996.

7.

Islomov, A. Buxoro madrasalari va ularning ilmiy roli. – Buxoro: Buxoro nashriyoti, 2005.

8.

Gutas, D. Avicenna and the Aristotelian Tradition. – Brill, 2001.

9.

Islomov, A. Buxoro madrasalari va ularning ilmiy roli. – Buxoro: Buxoro nashriyoti. (2005).

10.

Narshaxiy, Abu Bakr. Tarixi Buxoro. – 102 b.

11.

Nasr, S.H. Science and Civilization in Islam. – Harvard University Press, 1968.

12.

Narshaxiy, Abu Bakr. Tarixi Buxoro. – Toshkent: Fan, 1966. –B.57.

13.

Muhamadxonov, A. Srednevekoviy Samarkand. – Tashkent, 1973. – 89 b.

14.

Saidov, A. Tasavvuf va Movarounnahr. – Samarqand: Imom Buxoriy nashriyoti, 2007. –

B:34.
15.

Deweese, Devin. Islamization and native religion in the Golden Horde. – Penn State


background image

Page 142

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Press, 1994.
16.

Berdiqulov, M. O‘rta asrda ta’lim tizimi. – Toshkent: TDShI, 2001. – 60 b.

17.

Shavkat Mirziyoyev. "Ta’lim tizimi va ilm-fan: Jamiyat rivojlanishining asosiy

poydevori". – Nutq, 2017 yil.
18.

Valiyev, R. Movarounnahr va Yevropa olimlari: Ilmiy aloqalar. –Toshkent: Yangi Nashr

nashriyoti; 2014,
19.

Ahmed, Akbar S. (1984). „Al-Beruni: The First Anthropologist“. RAIN (60). – P. 9–10.

Библиографические ссылки

Bobojonov, Sh. Movarounnahrda islom ilmlari rivoji. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2008. – 45 b.

Jumanazar Abdusattor. Buxoro ta’limi tizimi tarixi. [Matn] / А. Jumanazar. – Toshkent: Akademnashr, 2017. – 58 b.

O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. – J:5. – Toshkent: O‘zME, 2003. . – 376 b.

Каримов.И.А. Маънавий юксалиш йўлида. - Тошкент: Узбекистан, 1998. – 369 b.

Beruni, A. Qonun fi tibb. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1996.

Islomov, A. Buxoro madrasalari va ularning ilmiy roli. – Buxoro: Buxoro nashriyoti, 2005.

Gutas, D. Avicenna and the Aristotelian Tradition. – Brill, 2001.

Islomov, A. Buxoro madrasalari va ularning ilmiy roli. – Buxoro: Buxoro nashriyoti. (2005).

Narshaxiy, Abu Bakr. Tarixi Buxoro. – 102 b.

Nasr, S.H. Science and Civilization in Islam. – Harvard University Press, 1968.

Narshaxiy, Abu Bakr. Tarixi Buxoro. – Toshkent: Fan, 1966. –B.57.

Muhamadxonov, A. Srednevekoviy Samarkand. – Tashkent, 1973. – 89 b.

Saidov, A. Tasavvuf va Movarounnahr. – Samarqand: Imom Buxoriy nashriyoti, 2007. – B:34.

Deweese, Devin. Islamization and native religion in the Golden Horde. – Penn State Press, 1994.

Berdiqulov, M. O‘rta asrda ta’lim tizimi. – Toshkent: TDShI, 2001. – 60 b.

Shavkat Mirziyoyev. "Ta’lim tizimi va ilm-fan: Jamiyat rivojlanishining asosiy poydevori". – Nutq, 2017 yil.

Valiyev, R. Movarounnahr va Yevropa olimlari: Ilmiy aloqalar. –Toshkent: Yangi Nashr nashriyoti; 2014,

Ahmed, Akbar S. (1984). „Al-Beruni: The First Anthropologist“. RAIN (60). – P. 9–10.