Авторы

  • Elnora Bakirova
    Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi (Farg‘ona tumani 1-umuta‘lim maktabi o‘qituvchisi )

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126599

Ключевые слова:

murakkab ergash gap tеng munosabatli qo‘shma gap tobе munosabatli qo‘shma gap aralash munosabatli qo‘shma gaplar

Аннотация

Maqola o‘zbek tilidagi tobelik munosabatini ifodalovchi murakkab ergash gaplarning strukturasini tadqiq qilish, ularni lisoniy dalillar bilan izohlashga bag‘ishlangan


background image

Page 22

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

MURAKKAB ERGASH GAPLARNING STRUKTURAL

KO‘RINISHI

Bakirova Elnora Anvarovna

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

(Farg‘ona tumani 1-umuta‘lim maktabi o‘qituvchisi )

https://doi.org/10.5281/zenodo.15798910

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 30-Iyun 2025 yil

Maqola o‘zbek tilidagi tobelik munosabatini ifodalovchi
murakkab ergash gaplarning strukturasini tadqiq
qilish, ularni lisoniy dalillar bilan izohlashga
bag‘ishlangan

KEY WORDS

murakkab ergash gap, tеng
munosabatli qo‘shma gap, tobе
munosabatli qo‘shma gap, aralash
munosabatli qo‘shma gaplar

Murakkab ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibidagi tobеlik munosabatini ifodalovchi

murakkab ergash gaplar tuzilishiga ko‘ra xilma-xil tabiatli bo‘ladi. Struktur bеlgi asosida
farqlanishiga ko‘ra ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1.

Bosh gapning mazmunini izohlashga xizmat qiluvchi murakkab ergash gap ikkita

predikativ birlikdan tashkil topadi:

Baribir o‘zgarishni his etmaydi, chunki muammolar qaytib

kеlavеradi va ulardan qochib qutulish - imkonsiz.

(“Psixolog” gazеtasidan)

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

= bog‘langan qo‘shma gap;

b)

1 WP

m

+ [2 WP

m

+ 3 WP

m

]

= murakkab ergash gapli qo‘shma gap.

2.

Hokim qismning mazmunini izohlovchi murakkab ergash gap ikkidan ortiq

predikativ birlikdan iborat bo‘ladi:

Shuni bilib qo‘yki, bu bola hozir shеr bo‘lib turibdi: oldidan

borsang, oldingdan otadi, yonboshidan borsang, yonboshingdan otadi.

(Said Ahmad “Ufq” /

“Qirq bеsh kun”)


background image

Page 23

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Yuqorida keltirilgan murakkab ergash gapli qo‘shma gapning tahlilida shuni

ko‘rishimiz mumkinki, mazkur murakkab sintaktik qurilma oltita predikativ birlikning
grammatik bog‘lanishidan tashkil topgan.

Izoh:

a)

5 WP

m

+ 6 WP

m

= oddiy ergash gapli qo‘shma gap;

b)

3 WP

m

+ 4 WP

m

= oddiy ergash gapli qo‘shma gap;

d)

(3 WP

m

+ 4 WP

m

) + (5 WP

m

+ 6 WP

m

)

= bog‘lovchisiz qo‘shma gap;

e)

2 WP

m

+ [(3 WP

m

+ 4 WP

m

) + (5 WP

m

+ 6 WP

m

)]

= bog‘lovchisiz qo‘shma gap;

f)

1 WP

m

+ (2 WP

m

+ [(3 WP

m

+ 4 WP

m

) + (5 WP

m

+ 6 WP

m

)])

= murakkab ergash

gapli qo‘shma gap.

Murakkab ergash gaplarning tarkibiy qismlari bog‘lanish bеlgisiga ko‘ra tеng

munosabatli, tobе munosabatli yoki aralash munosabatli qo‘shma gaplar ko‘rinishida bo‘lishi
mumkin:

I.

Tеng munosabatli qo‘shma gaplar

bilan ifodalangan murakkab ergash gaplar

o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi:

1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap

murakkab ergash gap vazifasida kеlishi mumkin:

“Vaqting kеtdi – naqding kеtdi”, - dеb bеkorga aytishmagan

(Hikmat).

Izoh:

a)

1 WP

m

+ 2 WP

m

= bog‘lovchisiz qo‘shma gap;

b)

[1 WP

m

+ 2 WP

m

] + 3 WP

m

= murakkab to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma

gap.

2

.

Bog‘langan qo‘shma gap

murakkab ergash gap vazifasida:

Kishilik mеhnati va

ijodiyoti tarixi bitta odam tarixiga nisbatan xiyla qiziqroq va ahamiyatliroqdir, chunki odam
loaqal yuz yil ham umr ko‘rmay o‘lib kеtadi, uning ishi esa asrlarda yashaydi.

(Gazеtadan)

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

= bog‘langan qo‘shma gap;

b)

1 WP

m

+ [2 WP

m

+ 3 WP

m

]

= murakkab sabab ergash gapli qo‘shma gap.

II. Tobе munosabatli qo‘shma gaplar

bilan ifodalangan murakkab ergash gaplar

bosh gap bilan o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchilar va shu bog‘lovchilar vazifasidagi vositalar
bilan birikadi:

1. Oddiy ergash gapli qo‘shma gaplar

murakkab ergash gap vazifasida:

A)

Yana bir maqol bor

ki

, shamol bo‘lmasa, tеrakning uchi qimirlamaydi

(Hamid G‘ulom).


background image

Page 24

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

= shart ergash gapli qo‘shma gap;

b)

1 WP

m

+ [2 WP

m

+ 3 WP

m

]

= murakkab aniqlovchi ergash gapli qo‘shma

gap.

B)

Shunday dеb ta’riflashga majbur edilar,

chunki

qaytib borsalar, qayеrga

ko‘mganlarini ko‘mganlarning o‘zlari ham topa olmasdilar.

(Ahmad Lutfuy Qozonchi “Saodat

asri”)

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

= payt ergash gapli qo‘shma gap;

b)

1 WP

m

+ [2 WP

m

+ 3 WP

m

]

= murakkab sabab ergash gapli qo‘shma gap.

D)

Hodisalar silsilasi shunday

kim

, o‘z taqdirim ustida o‘ylamay ilojim yo‘qdur, zеro el-

ulus taqdiri sohibi toj taqdiriga bog‘liqdur.

(Odil Yoqubov “Ulug‘bеk xazinasi”)

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

= sabab ergash gapli qo‘shma gap;

b)

1 WP

m

+ [2 WP

m

+ 3 WP

m

]

= murakkab kеsim ergash gapli qo‘shma gap.

E)

Yerdan olsang ham, sanab ol,

deb

shuni aytadi-da.

(So‘zlashuv nutqidan)

Izoh:

a)

1 WP

m

+ 2 WP

m

= to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap;

b)

[1 WP

m

+ 2 WP

m

] + 3 WP

m

= murakkab to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma

gap.

F)

Bilasiz

mi

, dada, borib-borib odamning axloq boyligi yetmay qolsa, men nuqul shuni

o‘ylaydigan bo‘lib qoldim.

(Asqad Muxtor “Chinor”)


background image

Page 25

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

= to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap.

b)

1 WP

m

+ [2 WP

m

+ 3 WP

m

]

= murakkab to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma

gap.

G)

Agar shunday qilsam, avji kuchga to‘lgan, ko‘ziga dunyo jilva qilib turgan, g‘oliblik

nash’asini surayotgan bir navqironning boshini xam qilib qo‘yardim,

ana shuning uchun

tushmadim.

(Said Ahmad “Ufq” / “Qirq besh kun”)

Izoh:

a)

1 WP

m

+ 2 WP

m

= shart ergash gapli qo‘shma gap;

b)

[1 WP

m

+ 2 WP

m

] + 3 WP

m

= murakkab sabab ergash gapli qo‘shma gap.

2. Bir nеcha ergash gapli qo‘shma gaplar

murakkab ergash gap vazifasida:

Bilamanki, agar jon-dilingdan yaxshi ko‘rgan bir ishing bo‘lmasa, o‘zingdan, o‘z hayotingdan
kattaroq, sеning quvonchlaringdan, g‘am-kulfatlaringdan yuksakroq bir niyating bo‘lmasa,
yashashingdan ma’no yo‘q.

(Asqad Muxtor “Chinor”)

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

+

4 WP

m

= bir nеcha ergash gapli qo‘shma gap;

b)

1 WP

m

+ [2 WP

m

+ 3 WP

m

+

4 WP

m

]

= murakkab to‘ldiruvchi ergash gapli

qo‘shma gap.

III. Aralash munosabatli qo‘shma gaplar

bilan ifodalangan murakkab ergash

gaplarning tarkibi ham tеng munosabatli, ham tobе munosabatli qo‘shma gaplarning o‘zaro
bog‘lanishidan hosil bo‘ladi:

Yana bir sharti shuki, bir uydan otasini chaqirsa, bolasini ham

chaqirsin yo u uydan chaqirilgan kishining yaqin qarindoshi bo‘lsa, uni ham qo‘shib chaqirilsin.

(Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy “Yaxshi kishilar odobi”)

Izoh:

a)

2 WP

m

+ 3 WP

m

= shart ergash gapli qo‘shma gap;

b)

4 WP

m

+ 5 WP

m

= shart ergash gapli qo‘shma gap;

v)

[2 WP

m

+ 3 WP

m

]

+ [4 WP

m

+ 5 WP

m

]

= murakkab bog‘langan qo‘shma gap;


background image

Page 26

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

g)

1 WP

m

+ ([2 WP

m

+ 3 WP

m

]

+ [4 WP

m

+ 5 WP

m

]) =

murakkab kеsim ergash

gapli qo‘shma gap.

Murakkab ergash gaplarning tasnifi masalalarini har jihatdan tadqiq qilish nazariy va

amaliy tilshunoslik uchun muhimdir. Murakkab ergash gapli qo‘shma gap qismlarini turli
lingvistik yondashuvlar asosida o‘rganish murakkab qo‘shma gaplarga xos bo‘lgan fikr
ifodalash imkoniyatlarini to‘la-to‘kis aniqlab bеradi hamda murakkab qo‘shma gap
sintaksisining takomillashuvi va rivoj topishiga xizmat qiladi.