Page 15
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
AYOLLARNING HADIS ILMI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI
Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi
Alfraganus universiteti, “Filologiya fakulteti”,
Arab tili yo‘nalishi, 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15790673
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 30-Iyun 2025 yil
Annotatsiya. Ushbu maqolada asosan ayollarning hadis
ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi tarixan juda katta bo‘lib,
islom dinining ilk davrlarida ayollar nafaqat oilaviy
hayotda, balki ilmiy faoliyatda ham muhim rol
o‘ynagan. O‘rganishlar natijasida ayollar ishonchli
ulamolar va asarlarning asosiy manbalari sifatida
harakat qilgan. Islom taʼlimotlarini o‘rganish va
tarqatishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Ayollarning hadis ilmida xos maʼruzalari va fatvolari
bo‘lgan. Ularning noyob bilimlari va tajribalari kelajak
avlodlarga o‘rgatishda ko‘maklashgan. Ayollar haqida
ko‘plab hadislar yaratilgan. Ularning hayot va
narsalarga bo‘lgan qarashlari hadislarda aks etgan
bo‘lib, bu esa ayollarning hayot tizimini yaxshilashga
doir ko‘rsatmalar katta ahamiyat kasb etadi.
KEY WORDS
hadis, fiqh ilmi, sanad, roviylarini
bilish ilmi, tahammul ilm, ijozat,
samo’, vijo’da.
III/IX asr hadis ilmi tarixida oltin davr hisoblanadi. Chunonchi, VIII asrning o’rtalaridan
boshlab tobora rivojlangan hadis ilmi bilan keyingi ikki-uch asr davomida to’rt yuzdan ziyod
mualliflar shug’ullanadilar
1
. Hattoki bu davrda hadislarni ishonchli manbalarga asoslanib,
maromiga yetkazib ilmiy ravishda tartibga solish olimlar orasida eng sevimli va zaruriy
mashg‘ulot darajasiga yetdi. Shuningdek, bu asrda to‘plangan hadislar ilmiy nuqtai nazardan
muayyan qonun-qoidalarga tayanib tartibga tushirildi. Hijriy ikkinchi asrda hadis fiqh
ilmining bir bo‘lagi sifatida o‘rganilgan bo‘lsa, uchinchi asrga kelib, alohida soha bo‘lib ajralib
chiqdi va mustahkam asosga ega bo‘lgan mustaqil ilm sifatida qaror topdi. Hadis ilmining fiqh
ilmidan alohida fan sifatidagi farqini birinchi bo‘lib Imom Shofe‘iy ko‘rsatib berdi.
Vaqt o‘tishi bilan hadis rivoyat qiluvchi kishilarning ko‘pligidan ularni aniq bilish,
sanadini tekshirish, ular o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlab, to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish kabi
qator masalalarni o‘rganuvchi maxsus ilm — “ulūm al-hadis” yaʼni “hadis ilmlari” paydo bo‘ldi.
Hadis ilmining shakllanish va rivojlanish tarixining asosiy davri namoyandalari — tabiʼa
tobiʼinlar tabaqasiga mansub muhaddislar hadislarni to‘plab, kitoblar holiga keltirdilar.
Chunki islom davlatining chegarasi kengayib borishi bilan turli xalqlar, dinlar, mazhablar,
millat va elatlar vakillari islomni qabul qildilar. Albatta, ularning yodlash qobiliyati, arab tilini
bilish darajasi, eʼtiqodi va boshqa omillar dinni tushunishda qiyinchilik tug‘dirar edi. Bundan
tashqari siyosiy fitnalar chiqib, turli janjallar boshlandi, xilma-xil firqalar yuzaga keldi. Orada
1
Uvatov U. Ikki buyuk donishmand - T.: Sharq, 2005.- B.6.
Page 16
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
ham qurolli, ham fikriy, ham g‘oyaviy kurashlar avj oldi. Har taraf o‘zining haq ekanligini
isbotlashda turli vositalardan foydalanib, Qurʼon va Sunatdan dalil keltirishga urinardi.
Bunday hollarda nohaq tomon Qurʼonni botil taʼvil qilishga va ichidan to‘qib chiqargan gapni
hadis deb yolg‘on daʼvo qilishga o‘ta boshladi. Ulamolar bunday soxta hadislarni “mavzuʻ”
(soxta, to‘qilgan) hadis deb atadilar.
Muhaddislar Payg‘ambar (s.a.v.)ning sunnatlarini asl holida kelajak avlodga yetkazish
uchun ishonchli, adolatli rivoyatlarni olib, uni sof holda, har qanday soxtaliklardan xoli bo‘lgan
holatda to‘pladilar. Ular hadislarni “sanad” (isnod) va “matn” qismlariga bo‘lib
o‘rgandilar.“Sanad” so‘zi arab tilida “suyanchiq”, istilohda esa “hadis matniga olib boruvchi
yo‘l”, “roviylar zanjiri” degan ma’noni anglatadi. snodda rivoyat qiluvchi (roviy)larning
ismlari (ba’zida kunyasi, laqablari) ketma-ket kelib, oxiri shu hadisni rivoyat qilgan shaxs
bilan yakun topadi
2
.
Shuningdek, hadisning matni o‘rganilgan. Bunda uning lafzi va ma’nosi, Qur’onga zid
kelmasligi, shunga o‘xshash boshqa rivoyatlar bilan solishtirilganda mos tushishi (mos
tushmasa boshqa kuchli roviyning hadisi olingan), matnning to‘g‘riligiga ishonch hosil
qilingandan keyin muhaddis uni qabul qilgan.
Hadis ilmlari asosan 7 yo‘nalishda rivojlandi:
1.
Hadislarni, roviylarini adolat va zabt jihatidan saralash ilmi (ilm al-jarh va-t-ta’dil);
2. Hadis roviylarini bilish ilmi (ilm rijo‘l al-hadis);
3. Hadislarning ixtilofli jihatlarini o‘rganuvchi ilm (ilm mukhtalif al-hadis);
4. Illatli hadislarni bilish ilmi (ilm ilal al-hadis);
5. Rivoyati bitta roviy bilan yolg‘izlanib qolgan hadislarni bilish ilmi (ilm g‘arib al-
hadis);
6. Bir shar’iy hukm kelgan hadisini boshqasi bilan amali to‘xtatilishini o‘rganuvchi ilm
(ilm naskh al-hadis va mansuxuhu);
7. Hadislarning vorid bo‘lish sabablari ilmi (ilm asbab vurud al-hadis)
3
.
Quyida hadis ilmida ayollarning o‘rni uch jihat doirasida o‘rganiladi:
1. Tahammul (hadislarni shayxdan eshitib, xotirasida saqlab, boshqalarga yetkazish) ilmida
ayollarning o‘rni;
2. Ayol roviylarning hadis talabidagi safarlari;
3. Jarh va ta’dil ilmida ayollarning o‘rni.
1. Tahammul ilmida ayollarning o‘rni
Tahammul ilmida ayollarning o‘rni borasida quyidagilarni keltirish mumkin:
Payg‘ambar (s.a.v.) davrlarida tahammul og‘zaki tarzda eshitish va rivoyatga asoslangan
bo‘lgan. Hijriy III asrdan, ya’ni tadvin davridan so‘ng turli kitoblarga va sahih turdagi
hadislarga qarab yetkazila boshladi..
Tahammulning yo‘llari sakkizta bo‘lib, ular: samo, qiroat
4
, ijozat, munavala
5
, kitobat,
i’lom,
6
, vasiyat
7
va vijdodadir. Ayol roviylarga nisbatan tahammul Payg‘ambar (s.a.v.)
davrlarida turli yo‘llar bilan bo‘lgan:
2
Muratov D. Hadisshunoslik atama va iboralari (qisqacha izohli lug‘at). – T.: Fan, 2009. – B. 21.
3
Rahimjonov D., Muratov D., Obidov R., Alimova M. Hadisshunoslik. – T.: Toshkent islom universiteti, 2013. – B. 78–
81.
4
Qiroat – talib (shogird) hadislarni yoddan yoki kitobdan o‘qib, shayxga eshittirishi.
5
Munavala – shayxning o‘z shogirdiga eshitganini yoki yozganini: “Bu falonchidan rivoyat, uni mendan rivoyat qilgin”,
deb taqdim qilishi.
Page 17
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
1.
Xos majlislar va umumiy majlislar. Bu narsa Payg‘ambar (s.a.v.)ning ayollarga
alohida kun ajratganlarida ko‘rinadi. Ular masjidlarga borishgan va hadislarni og‘zaki tarzda
eshitishgan. Hayit kunlari va haj mavsumida ham shunday hol yuz bergan..
2.
Ayollarning Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelishlari va savol so‘rashlari. Bu holat
asosan ayollarga xos masalalarda yuz bergan. Masalan, Imom Ahmad ibn Hanbal Rasululloh
(s.a.v.)ning rafiqasi Oisha (r.a.)dan quyidagi rivoyatni keltiradi:
«Hamma ovozlarni eshitib turuvchi Allohga maqtovlar bo‘lsin! Tortishuvi bo‘lgan ayol
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib so‘zlashganda, men uyning bir burchagida edim. Nima
deganini eshitmaganman. Alloh taolo ‘Qod sami’allohu…’ oyatini nozil qildi.».
Oisha (r.a.) bu rivoyatda Allohning hamma narsalarni behato eshitib turishiga o‘zi guvoh
bo‘lganini aytgan. Chunki bu tarixiy hodisa Oisha (r.a.)ning uyida sodir bo‘lgan. Xavla binti
Sa’laba Payg‘ambar (s.a.v.)ga o‘z shikoyatlarini ayta boshlagan. Oisha (r.a.) esa, uyning bir
burchagiga borib, ularning ovozlari bir past, bir baland bo‘lib turganini eshitgan bo‘lsalarda,
tortishuvning mohiyatini tushunmaganlar. Alloh taolo “Qod sami’aAllohu…” – “Albatta Alloh
eshitdi…” oyatlarini nozil qilgan
8
.
3.
Payg‘ambar (s.a.v.)dan fursat bo‘lganda, ular safar qilayotgan paytlarida ham
savol bilan murojaat qilganlar.
4.
Sahobiyalarning biror hodisaga guvoh bo‘lishlari yoki Payg‘ambar (s.a.v.)ning
biror holatga nisbatan yangi hukmni joriy qilishlari.
Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng erkak va ayol sahobalar ilm talab
qilinuvchilarga aylanishdi. Tobiiylar uchun tahammul ko‘p yoki kamligi jihatdan turli
ko‘rinishlarni oldi:
Samo’ (eshitish) – hadisni eshitish orqali o‘rganish yo‘llaridan biri. Aksariyat roviy
ayollar shu yo‘l orqali hadislarni o‘rganishgan. Xususan Rasululloh (s.a.v.)ning ayollarining
shogirdlari, Madinada istiqomat qiluvchilar, haj ibodatini ado etish uchun kelganlar shular
jumlasidandir.
Kitobat (yozib olish yoki berish) – shayx shogirdiga eshitgan hadisini yozib berishi yoki
roviy o‘z huzuridagi kishidan yoki qachondir eshitgan kishisidan xotirasida qolgan narsani
yozishi yoki yozdirishi. Bu holat islom fathlari kengayganidan so‘ng vujudga kelgan. Xatlar
Rasululloh (s.a.v.)ning so‘zlarini o‘z ichiga olgan. Bu xatlar ba’zida fatvo yoki hadis o‘rganish
maqsadida bo‘lmasligi ham mumkin edi. Tahammulning bu turiga Oisha binti Talhadan
rivoyat qilingan hadisni misol tariqasida keltirish mumkin: Oisha binti Talha (r.a.) aytdilar:
“Oisha (r.a.)ning oldilariga turli shaharlar ayollari kelib, ulardan dars olishar, keksalar esa
vaqti-vaqti bilan kelib ziyorat qilib ketishar edi. Yoshlari menga do‘stona munosabatda
bo‘lishar, men bilan muloqotda bo‘lishar edi va menga turli joylardan maktublar yozishar edi.
Men Oisha (r.a.)ga: ‘Ey xola, bu falonchining maktubi va hadyasi’, der edim. Oisha (r.a.) esa:
‘Qizim, unga javob yoz va hadya yubor. Agar sening hadyang bo‘lmasa, men beraman’, der
edilar va hadya berardilar
9
.
6
I’lom – shayxning o‘z talabiga rivoyat qilishga izn bermasdan, hadis yoki kitobni falonchidan eshitganligini xabar berib
aytishi.
7
Vasiyat – shayx o‘zi rivoyat qilgan hadislar yozilgan kitob(lar)ni o‘limi arafasida yoki safarga ketayotganda shogirdiga
yoki biror kishiga vasiyat qilib qoldirishi
8
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. – T.: Hilol-nashr, 2016. – J. 6. – B. 72.
9
Imom Buxoriy. Al-Adab al-mufrad. O‘zbekcha tarjima va izohlar bilan. 1151-raqamli hadis.
Page 18
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Vijoda (topish) – roviy shayxdan eshitmagan yoki rivoyat qilishga ijozat olmagan holda
shayxning yozgan kitoblaridan hadislarni topib, rivoyat qilishi. Ba’zi sahobiy va tobiiylar
hayotida bu “Otamning kitobidan topdim” kabi ifodalar bilan uchraydi. Misol tariqasida,
Samona binti Hamadonni keltirish mumkin. U Vaddoh ibn Hisonning qizi bo‘lib, «Buvam
Vaddoh ibn Hisonning yozganlaridan topdim» gapiga binoan bobosidan keltirgan
10
.
Ijozat (ruxsat) – shayx (ustoz) tomonidan roviy (shogird)ga boshqalarga hadis rivoyat
qilishi uchun og‘zaki yoki yozma ruxsat berilishi tushuniladi. Hadislar yozma shaklda qayd
etila boshlagach, hadislarning isnod jihatiga e’tibor qaratila boshlandi. Bunda ustoz-shogird
munosabatlari muhim jihat bo‘lgan. Ma’lumki, kitobni birdaniga bir nechta talabaga yetkazib
berish mushkul ish. Shu sababli olimlar ijozat olishga loyiq kishining ilm ahlidan biri bo‘lishiga
e’tibor berganlar. Ijozat yo‘li bilan hadisni yetkazganlardan Fotima binti Muhammad ibn Ali
ibn Shari’a Laxmiyni misol keltirish mumkin. U akasi Muhammad bilan ba’zi ustozlarining
majlislarida qatnashgan va birgalikda ijozat olgan
11
.
Ayol roviylarning hadis talabidagi safarlari borasida esa quyidagilarni aytish mumkin:
bu jihatdan ayollarning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi — ularning uy bekasi ekanligi,
safarning mashaqqati va yolg‘iz safar qilishga qodir emasligi nuqtai nazaridan kuchsiz bo‘lishi
tabiiy. Shunga qaramay, yetib kelgan ma’lumotlar, tarixiy manbalar va tarojim (biografik)
kitoblarida bu yo‘nalishda ham ayollarning o‘rni mavjudligi qayd etiladi. Qur’oni karimda
aytilgan: “(Ey Payg‘ambar ayollari!) O‘z uyingizda qaror topinglar…” (Ahzob surasi, 33-oyat)
12
jumlasi ayollarning uydan chiqishlari mumkin emas degan tushunchani ilgari surmaydi. Bu
ma’nodagi oyat nozil bo‘lganidan keyin ham Payg‘ambar (s.a.v.)ning ayollari uylardan
chiqqanlar. Hatto uzoq safarlarga ham borganliklari manbalarda ko‘rsatiladi. Misol uchun,
Ummu Salama (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) bilan birga Hudaybiyada bo‘lganlar. Oisha onamiz esa
ular bilan birga haj amallarini bajarganlar.
13
.
Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida safar qilish mavjud bo‘lgan. Ayollar Rasululloh
(s.a.v.)ning huzurlariga turli qabilalardan kelgan vakillar yig‘ilishida ishtirok etganlar. Ular
eshitganlarini boshqalarga yetkazishga harakat qilganlar. Hadislarni o‘rgatish asosan
Habashiston va Madinaga qilingan hijratlar davomida bo‘lgan. Ayollar bu safarlarda
o‘zlarining turmush o‘rtoqlariga hamrohlik qilganlar.
Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng sahobiy va sahobiyalar turli o‘lkalarga hadis
o‘rgatish uchun tarqalganlar. Sunnatning yoyilishida bunday safarlarning o‘rni muhim.
Sahobiyalarning bu tomondan o‘rnini alohida ta’kidlanish joiz.:
Ummu Atiyya Ansoriyya. Ibn Abdul Barr uni hadis rivoyat qilgan ayol sifatida alohida
eslab o‘tgan va uni Basra aholisi orasidan deb qayd etgan. Tobiiy ayol Hafsa binti Sirinning
aytishicha, Ummu Atiyya Basraga kelib, Bani Xalaf hududida yashagan. U yerda fiqh ilmi,
hadislarni rivoyat qilish va hukm hadislarini o‘rgatish bilan mashhur bo‘lgan.
Asmo binti Yazid ibn Sakan. Ayollar orasida hadis rivoyat qilish borasida Oisha va Ummu
Salama (r.a.)dan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Shom diyorida hadis aytganlikda mashhur
bo‘lgan. Shuningdek, “Mo‘minlarning onasi” martabasiga erishgan Ummu Habiba aka-ukasi
10
Xatib Bag‘dodiy. Tarixi Bag‘dod. – Qohira: Maktaba al-Xonijiy, 1931. – J. 14. – B. 440.
11
Ifaf Abdulg‘afur Hamid. Juhud al-maro fi nashr al-hadis va ulumih // Majalla jomea Ummul-Quro li ulum ash-shari’a
va-l-lug‘at al-arabiyya va adabiha, 2007. – J. 19. – B. 254.
12
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri // Tarjima va tafsir muallifi: shayx Abdulaziz Mansur. – T.: Toshkent
islom universiteti, 2012. – B. 422.
13
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. – T.: Hilol-nashr, 2014. – J. 25. – B. 8.
Page 19
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Xalifa Muoviyaning huzuriga borganda hadis rivoyat qilgani aytiladi. Ahmad ibn Hanbal
o‘zining “Ilal” nomli kitobida Shom, Basra, Kufa shaharlarida Rasululloh (s.a.v.)dan hadis
rivoyat qilgan ayollar ismlarini keltirib o‘tgan
14
.
Haj ibodatini amalga oshirish uchun qilingan safar: Haj mavsumi, hadis talabidagi kishi
uchun oliy isnodga erishishdagi sa’y-harakatda muhim hisoblangan. Hajjat al-Vado’da ayollar
ham ishtirok etgani ma’lum. Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng haj niyatida kelgan kishilar
sahobalar bilan ko‘rishish uchun Madinada to‘planganlar. Ayollar esa, avvalgi bobda qayd
etilganidek, Rasululloh (s.a.v.)ning ayollari huzurlariga borib, ulardan hadis o‘rganganlar.
Bunga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: Ummu Solim binti Molik Rosibiyya — Oisha
(r.a.)dan rivoyat keltirgan tobiiy ayollardan biri. “Tahzib at-Tahzib” kitobida uning 17 marta
haj niyatida Basradan kelganligi, ishonchli (siqa) tobiiy ayol Jasra binti Dajjaja esa 40
marotaba umrani ado etgani aytiladi
15
. Bu holat, tabiiyki, hadis talabidagi ilmiy safar
bo’lganligi tabiiy xolatdir.
Xulosa qilish mumkinki, ayollarning safarlari ko‘pincha otalari, turmush o‘rtoqlari yoki
o‘zlariga mahram bo‘lgan kishilar bilan birga bo‘lgan. Ayollarda mavjud sharoitlar ularning
hadis talab qilishdagi safarlariga to‘sqinlik qilmagan..
Jarh va ta’dil ilmida ham ayollar alohida mavqega ega. “Jarh” so‘zining lug‘aviy ma’nosi –
“jarohat yetkazmoq” yoki “ayblamoq” hisoblanadi. Istilohiy ma’nosi esa — roviyning muayyan
kamchiligi tufayli u rivoyat qilgan hadisning rad etilishi. “Ta’dil” so‘zining lug‘aviy ma’nosi –
“adolatli deb bilmoq” bo‘lib, istilohiy ma’nosi — roviy rivoyatining qabul qilinishidir
16
.
Sahobalar hadis rivoyat qilishda Sunnatga xatoliklar yoki o‘zgartirishlar kirib qolmasligi
uchun o‘ta ehtiyotkor bo‘lgan edilar. Aks holda, din ichida turli fitnalar yuzaga kelishi
muqarrar edi. Shu sababli ular hadislarni yodlab olishga katta e’tibor berar edilar.
Islom ta’limotiga ko‘ra, odob nuqtai nazaridan kishining aybini ochish gunoh
hisoblanadi. Ammo hadislarni soxtalashtirishdan himoya qilish, Sunnatni kelgusi avlodga sof
holatda yetkazish zarurati sababli, yolg‘onchiligi bilan mashhur bo‘lgan kishilar haqidagi
ma’lumotlar jarh va ta’dil ilmiga oid asarlarda muayyan odob-axloq qoidalari asosida berilishi
joriy etildi
17
.
Manbalarda ayollarning hadis ilmida jarh va ta’dil bo‘yicha alohida ish olib borgani
haqida ma’lumotlar uchramaydi. Biroq, Oisha (r.a.) bu sohadan xabardor bo‘lganlari qayd
etilgan. Bunga quyidagi hadis dalil sifatida keltiriladi: Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abu
Mulayka aytadi: “Usmon (r.a.)ning bir qizi Makkada vafot etdi. Janazasida qatnashgani bordik.
Ibn Umar va Ibn Abbos (r.a.) ham kelishdi. Men ikkovlarining o‘rtasida o‘tirdim. Shunda
Abdulloh ibn Umar (r.a.) Amr ibn Usmonga: “Yig‘idan qaytarmaysanmi? Axir Rasululloh
(s.a.v.): “Albatta, mayyit ahli yig‘lagani uchun azoblanadi”, deganlar-ku, dedi.
Shunda Ibn Abbos (r.a.) dedi: “Darhaqiqat, Umar (r.a.) bu hadisning ba’zilarini aytar edi.”
So‘zida davom etib, u dedi: “Umar (r.a.) bilan Makkadan yo‘lga chiqdik. Baydoga yetib
kelganimizda qarasak, samura daraxti soyasida bir karvon turibdi. Umar: ‘Borib qaraginchi,
ana u karvon kimlar ekan”, dedi. Borib qarasam — Suhayb ekan. Umarga aytdim. U: ‘Uni
14
Ahmad ibn Hanbal. Al-Ilal va ma’rifat ar-rijol. – Bayrut: al-Maktab al-islomiy, 1988. – J. 2. – B. 407–408.
15
Ifaf Abdulg‘afur Hamid. Juhud al-maro fi nashr al-hadis va ulumih // Majalla jomea Ummul-Quro li ulum ash-shari’a
va-l-lug‘at al-arabiyya va adabiha, 2007. – J. 19. – B. 255.
16
Rahimjonov D., Muratov D., Obidov R., Alimova M. Hadisshunoslik. – T.: Toshkent islom universiteti, 2013. – B. 219.
17
O‘sha manba. – B. 220.
Page 20
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
mening oldimga chaqir’, dedi. Suhaybning yoniga borib: ‘Yur, mo‘minlar amirining huzuriga
bor”, dedim. Keyinroq, Umar (r.a.) jarohatlanganda, Suhayb yig‘lab kirib keldi va: “Oh,
birodarim-a! Oh, do‘stim-a!” — dedi. Shunda Umar (r.a.): “Ey Suhayb! Menga yig‘layapsanmi?!
Axir Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: “Darhaqiqat, mayyit o‘z ahli yig‘lagani sabab azoblanadi’,
deganlar-ku”, dedi.
Ibn Abbos (r.a.) deydi: “Umar (r.a.) vafot etganidan so‘ng bu voqeani Oisha (r.a.)ga
aytdim. Shunda u dedi: “Alloh Umarni rahmat qilsin. Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.):
“Alloh mo‘minni uning ahli yig‘lagani uchun azoblaydi”, deb aytmaganlar. Balki Rasululloh
(s.a.v.) aytganlar: “Albatta, Alloh kofirning ahli yig‘lagani sabab, uning azobini ziyoda qiladi.”
Sizga Qur’on kifoya: “Hech bir yukli jon boshqasining yukini ko‘tarmaydi”, – deb aytganlar.”
Shunda Ibn Abbos (r.a.) aytdi: “Kuldurgan ham, yig‘latgan ham Allohning O‘zi.
Ibn Abu Mulayka dedi: “Allohga qasamki, Ibn Umar (r.a.) bu gapga biror narsa demadi
18
.”
Ta’dil bo‘yicha ayollardan Ummu Umar Saqafiyning gapi misol sifatida keltiriladi.
Tarixchi va muhaddis Xatib Bag‘dodiy Ahmad ibn Hanbalga boruvchi sanad bilan aytadi:
Ummu Umar binti Hison ibn Zayd dedi: “Otam rostgo‘y kishilardan.” (Bu so‘z “o‘ta rostgo‘y,
yomonligi yo‘q” degan ma’noda bo‘lib, zabt jihati tilga olinmagan, ammo adolatli bo‘lgan roviy
uchun ishlatiladi. Masalan: “Falonchi o‘ta rostgo‘y”, “Falonchida yomonlik yo‘q” kabi.) Ummu
Umar tarixda ilm talab qilgan mashhur ayollardan biri bo‘lib, majhula (noma’lum) darajadagi
roviy bo‘lmagan. Ilm ahlidan bo‘lgani uchun bilgan narsasini aytgan.
Ta’dil bo‘yicha ayollardan Ummu Umar Saqafiyning gapi misol sifatida keltiriladi.
Tarixchi va muhaddis Xatib Bag‘dodiy Ahmad ibn Hanbalga boradigan sanad bilan aytadi:
Ummu Umar binti Hison ibn Zayd aytadi: “Otam rostgo‘y kishilardan.” (“o‘ta rostgo‘y,
yomonligi yo‘q”). Ummu Umar tarixda ilm talab qiluvchilar qatorida mashhur bo‘lgan va
majhula (noma’lum) darajadagi roviy emas edi. U ilm ahlidan bo‘lgani uchun bilgan narsasini
ochiq aytgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, jarh va ta’dil ilmi hadis ilmlari orasida alohidao‘ringa ega.
Ayollar ham bu borada oz bo‘lsa-da, o‘z faoliyatlarini olib borganlar.Ayollarning hadis ilmining
turli sohalarida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari, ilmiy salohiyat nuqtai nazaridan ba’zi hadis ilmi
bilan shug‘ullanuvchilardan ustun ekanliklarini ko‘rsatadi. Asosan ta’dil nuqtai nazaridan
ayollarga berilgan maqomlar, ayollar rivoyatlarining hayotga tatbiq etilishida ham muhim rol
o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Uvatov U. Ikki buyuk donishmand. – T.: Sharq, 2005. – B. 6.
2.
Rahimjonov D., Muratov D., Obidov R., Alimova M. Hadisshunoslik. – T.: Toshkent islom
universiteti, 2013. – B. 78–81.
3.
Muratov D. Hadisshunoslik atama va iboralari (qisqacha izohli lug‘at). – T.: Fan, 2009. – B.
21.
4.
Rahimjonov D., Muratov D., Obidov R., Alimova M. Hadisshunoslik. – T.: Toshkent islom
universiteti, 2013. – B. 78–81.
5.
Imom Buxoriy. Al-Adab al-mufrad. O‘zbekcha tarjima va izohlar bilan. 1151-raqamli hadis.
6.
Muratov D. Hadisshunoslik: o‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: Toshkent islom universiteti,
2015. – B. 298.
18
Oltin silsila. Sahihul Buxoriy. – T.: Hilol-nashr, 2013. – J. 2. – B. 254.
Page 21
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
7.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri // Tarjima va tafsir muallifi: shayx
Abdulaziz Mansur. – T.: Toshkent islom universiteti, 2012. – B. 422.
8.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. – T.: Hilol-nashr, 2014. – J. 25.
– B. 8.
9.
Oltin silsila. Sahihul Buxoriy. – T.: Hilol-nashr, 2013. – J. 2. – B. 254.
10.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. – T.: Hilol-nashr, 2014. – J.
16. – B. 5.