Page 12
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
TOSHKENT SHAHAHAR MASJIDLARI
Qoraboyev Shokirjon Jumaqo‘zi o‘g‘li
Toshkent arxitektura va qurilish unversiteti
1-bosqich PHD doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15788357
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 30-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada yurtimiz hududlarida qurilgan
masjidlarning hozirgi kunga qadar rivojlanish
bosqichlari haqida malumot berilgan. Shu bilan bir
qatorda zamonaviy masjidlarning shaharsozlik va
memoriy yangiliklari haqida fikr yuritilgan.
KEY WORDS
islom, masjid, mo‘min, musulmon,
minor, sajdagoh.
Masjid-barcha mo’min-musulmonlar uchun Allohga ibodat qiladigan muqaddas joy
hisoblanadi."Masjid" so'zi arabchadan "ibodat qiladigan joy, sajdagoh" deb tarjima qilinadi.
Muqaddas Islom dini dunyo bo’ylab eng keng tarqalayotgan din hisoblanadi. Shuning uchun
ham mo’min, musulmonlarning ibodatlarini go’zal tarzda ado etishlari uchun masjidlar
qurilishi yildan-yilga butun dunyo bo’ylab oshib bormoqda. Jumladan bizning diyorlarimizda
ham yildan-yilga go’zal va muhtasham masjid binolari qad roslamoqda. Muqaddas islom dini
bizning o’lkalarimizga kirib kelgandan boshlab aniqroq qilib aytadigan bo’lsak VIII-asr
boshlaridan boshlab masjidlar qurilishi boshlangan. Masjidlar birinchi navbatda shaharlarda,
keyinchalik qishloqlarda so’ng mahallalarda barpo etila boshlagan. Ilk qurilgan masjidlar
ko’rinishlari xozirgi kundagidan bir muncha farq qiladi. Masjid nomoz xonasining qibla
tomonida mehrob, undan o’ng tarafda esa vazxonlik uchun mo’ljallangan minbar ham doimiy
ravishda masjidlarda bo’lgan. Masjidning hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora boʻlgan.
VIII-asrdan boshlab bizning diyorlarimizda masjidlar qurilishi boshlangan bo’lsa. Hozirgi
kunga kelib bizning mustaqil Oʻzbekistonimiz hududida 2000 dan ziyod masjidlar o’z
faoliyatini yurutib kelmoqda.
Page 13
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
1-rasm. Yunusobod tumanidagi Minor jome masjidi.
Minor masjidi -Toshkentning yangi me’moriy diqqatga sazovor inshooti. Masjid 2014-
yili Qurbon Hayit bayrami arafasida ochilgan. Anhor kanali sohilida ochilgan ushbu ulug‘vor
inshoot ochilishi bilanoq O‘zbekistonning muhim diniy markazlaridan biri maqomiga ega
bo‘ldi. Masjid 2 500 dan ortiq kishini sig‘diradi.Masjid an’anaviy sharq me’morchiligining
barcha normalari bo‘yicha barpo etilgan, biroq oq marmar pardozi bilan qadimiy
masjidlardan ajralib turadi. Toshkentliklar uni ko‘pincha "Oq masjid" deyishadi. Binoda ikki
qavatli namoz zali va ikkita terrasa mavjud, ular orqali o‘yma naqshlar bilan bezatilgan
ustunlarga ega ichki hovliga o‘tish mumkin.Masjidning ichki jihozlari u yaqinda barpo
etilganidan dalolat beradi. Unda ko‘p miqdorda zamonaviy qurilish-pardoz materiallari
qo‘llangan. Qolgan ishlarda esa O‘rta Osiyo masjidlari uchun an’anaviy hisoblangan loy-gips
o‘ymakorligi, Qur’ondan iqtiboslar va Muhammad payg‘ambarning iboralari bitilgan ko‘plab
freskalar va mehroblardan (qiblaga yo‘nalishni ko‘rsatib turuvchi yarim aylana tirqish)
foydalanilgan. Toshkent mehrobi Samarqand mehrobining aniq nusxasi. O‘zbek usta-
muhandislari masjidlarni barpo etib, pardoz qilar ekan kishilarni hayratda qoldirishdan
to‘xtamaydi. Oltintepa masjidi 2016-yilda rekonstruksiya qilingan. Endi keng xona bir
vaqtning o‘zida 2 300 gacha kishini sig‘dira oladi. Bino o‘zbek me’morchiligining eng yaxshi
an’analarida bajarilgan. Uni zangori gumbaz bezab turibdi, ichki pardozning go‘zalligidan esa
kishining aqli uchadi. Katta zal va ichki hovli go‘yoki shahar tashvishlaridan xalos qiladigan
boshpanaga va uyg‘unlikka ega bo‘ladigan joyga aylanadi. Oltintepa masjidi Mirzo Ulug‘bek
tumanida G‘azalkent ko‘chasida joylashgan. U kishini o‘ziga jalb etadigan mahalliy diqqatga
sazovor joyga aylangan.
O‘zbekistondagi eng Yoshi ulug‘ masjidlardan biri, u 300 yillik tarixga ega. Avvalroq u
Jo‘rabek deb atalgan.2015 yilda masjid yong‘indan shikastlangan edi, tiklanganidan keyin
unga O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi. Masjid majmuasining
hududi rekonstruksiya ishlaridan keyin ikki baravarga kattalashdi, endi u 10 ming nafargacha
kishini sig‘diradi. Majmuaga ulkan zangori gumbaz, markazda joylashgan bitta baland minora
va burchaklar bo‘ylab to‘rtta kichik minora ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Shuningdek, unda nodir
Page 14
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
nashrlar va qo‘lyozmalarning asl nusxalari to‘plangan kutubxona ishlaydi.
Toshkentning eski shahar qismida Ko‘kcha mahallasida Shayx Zayniddin nomidagi
masjid joylashgan, uning maqbarasi ham shu yerda. Xalq orasida u joylashgan yeri Ko‘kcha
nomi bilan taniqli. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 6 000 kishigacha namoz o‘qishi mumkin.
Shayx Zayniddin 1164-yilda tug‘ilgan. U hayotini Suxravardiya tariqatining asoschisi –
Shahobiddin Suxravardining ta’limotini ommalashtirishga bag‘ishlagan. Uning maqbarasi
buyuk Temurlangning buyrug‘i bilan XIV asr oxirida barpo etilgan. Bugungi kunda masjid
O‘zbekistondagi eng ko‘rkam ziyoratgohlardan biri hisoblanadi, chunki 2011-yilda bu yer
xattotlik san’ati, yog‘och va ganch o‘ymakorligi san'atini qo‘llagan holda rekonstruksiya
qilindi. Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak so’ngi yillarda yurtimiz hududlarida qurilgan
masjidlarning hajmiy tarxiy еchimlari, tashqi dizayni va ichki dizayni aksar xolatda umumiy
ko’rinishda loyixalanmoqda. Tarx еchimlari asosan to’g’ri to’rt burchak shaklida bo’lib, unga
bog’langan xolatda ikkita yoki bitta ayvon va xovli sahni bilan loyixalanmoqda. Ichki dizaynida
esa naqqoshlik san’atidan keng foydalangan tarzda bezatilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhat:
1. O‘zMe. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. https://shosh.uz/toshkent-masjidlari-tarihidan/
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Minor_masjidi
4. https://otpusk.uz/uz/uzbekistan/sights/tashkent-mosques-churches