Авторы

  • Muhabbat Tolibova
    Navoiy Davlat Pedagogika Instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126604

Ключевые слова:

hikoya asar pafos mafkura xira tasvirlar zanjir jamiyat yoshlik konflikt.

Аннотация

Ushbu maqolada o’zining zamonaviy asarlari va hikoyalari bilan shuhrat qozongan mashhur yozuvchi Nazar Eshonqulning ayrim asarlari, jumladan, “Maymun yetaklagan odam “  hikoyasi badiiy tahlili , uning kompozitsiya , syujet, voqealar tizimi tahliliy fikrlar asosida yoritib berilgan.


background image

Page 185

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

NAZAR ESHONQUL ASARLARI BADIIY TAHLILI

Tolibova Muhabbat Fozilovna

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15760482

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 24-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 27-Iyun 2025 yil

Ushbu maqolada o’zining zamonaviy asarlari va
hikoyalari bilan shuhrat qozongan mashhur yozuvchi
Nazar Eshonqulning ayrim asarlari, jumladan,
“Maymun yetaklagan odam “ hikoyasi badiiy tahlili ,
uning kompozitsiya , syujet, voqealar tizimi tahliliy
fikrlar asosida yoritib berilgan.

KEY WORDS

hikoya, asar, pafos, mafkura, xira
tasvirlar, zanjir, jamiyat,
yoshlik, konflikt.

Inson tafakkurining yangilanishida, uning ongiga ma’lum bir g‘oyani singdirishda hech

qaysi soha adabiyotchalik imkoniyatga ega emas. Ijodkorning “Shamolni tutib bo‘lmaydi”,
“Maymun yetaklagan odam”, “Xayol tuzog‘i”, “Tobut”, “To‘zon”, “Og‘riq lazzati” kabi
hikoyalarini har jihatdan ilmiy-estetik tahlil va tadqiq qilish, ular orqali o‘zbek hikoyachiligida
g‘arb modern adabiyotiga xos xususiyatlarning shakllanishi va o‘ziga munosib o‘rin egallash
jarayonini o‘rganish mumkin.

Yozuvchi asarlaridagi qahramonlarga xos milliylik, voqealarning sirli tarzda vositalar

orqali, ba’zan sahna ortida imo-ishoralar bilan ko‘rsatilishi, eng asosiysi, asarlaridagi
voqealar “men” tilidan hikoya qilinishi va doimo o‘zini-o‘zi taftish-u tahlil etib borishi, o‘z
gunohlariga iqrorligi adabiyotdagi, nainki milliy mustaqillik davri o‘zbek hikoyachiligi, balki
butunicha nasrimizdagi yangicha uslubiy yo‘nalish sifatida o‘rganishga sazovordir. Bu
xususda yozuvchi Nazar Eshonqulning o‘zi shunday fikr bildiradi: “Adabiyot hech qachon
yakka holda taraqqiy etgan emas. Bir insonni fikridan qaytarish yoki o‘z haqiqati bo‘lgan
shaxsning qarashlarini o‘zgartirish oson emas. Chunki inson o‘z maslagidan voz kechishi,
bosib o‘tgan yo‘lini, yashash tarzini inkor etishi, men adashibman, deya osongina tan olishi
hazilakam gap emas. Bu qalb va iroda bilan kechadigan jarayon.

Axir, umr davomida singdirilgan mafkurani yangilashning o‘zi bo‘lmaydi. Yozuvchining

bir qator hikoyalari, jumladan, “Hayol tuzog‘i”, “To‘zon”, “Lazzat ortida qolgan yurak”, “Zulmat
saltanatiga sayohat” hikoyalari an’anaviy asarlar singari bir kishi taqdiri tafsilotlari tavsifidan
iborat emas. Ular mislsiz azobda o‘rtanayotgan bor bisotidan, o‘zligidan ajralgan dunyoga qo‘l
siltagan inson ichki olamining so‘zda chizilgan suratiday bo‘lib ko‘rinadi. Bu surat buyuk
rassomlar asarlari singari qabariq va ta’sirchandir. Undan o‘z xotiralarini yengolgan, taqdir
so‘qmoqlarida adashgan alamzada odam so‘zlab turganday ko‘rinadi. Bu qahramonlar o‘zini-
o‘zi inkor qilgan g‘alayonlarning moʻjaz umumlashmasi sanaladi. Insoniyat tarixi o‘tmish
davrlaridan iborat. O‘tmaydigan davrning o‘zi yo‘q. Badiiy tafakkur ham shu. U tinimsiz


background image

Page 186

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

o‘zgaradi, o‘zgargani sayin badiiy tasvir imkoniyatlari kengayadi, torayadi, tinch turmaydi.
Shu tariqa har qanday milliy- badiiy tafakkur biridan keyingisiga o‘tuvchi bosqichlar
evolyutsiyasidan tashkil topa boradi. Ana shu tadrijiy davomiylik ilg‘ab olinsa, milliy-badiiy
tafakkurning yaxlit bir jarayon ekanligini tasavvur etish oson ko‘rinadi. Mazkur yaxlit jarayon
ichidagi badiiy tafakkur evolyutsiyasi bosqichlarini aniqlash uchun esaqo‘llanilayotgan badiiy
tasvir vositalari tadrijini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Chunki ijodkor shaxs dunyoni, insonni
qanday idrok etsa, shunga yarasha badiiy tasvir vositalaridan foydalanadi, yangilarini kashf
etadi.

Yozuvchi Nazar Eshonqul hikoyalarida esa bu ko‘rinish o‘ziga xos tarzda bo‘y-bast

ko‘rsatib borayotir. “Uyg‘onish badiyati insonni jo‘n va yuzaki tushunishdan, uni bir yoqlama
talqin etishdan voz kechdi, – deb yozadi filologiya fanlari nomzodi Xurshid Do‘stmuhammad,
– o‘zbek hikoyachiligida bu o‘ziga xoslik nasihatbozlikdan qutulishda o‘z ifodasini topdi. Misol
uchun “oqpadarlik – yomon”, ichkilikbozlik, poraxo‘rlik – illat” singari “g‘oya”lar hikoyalarda
o‘z qadr- qimmatini yo‘qotadi. Ishlab chiqarish mavzusidagi jasoratlar madhi o‘rnini
qahramonning shaxs sifatidagi kamolini izlash tasviri egalladi. Qahramonlarning ijobiy yoki
salbiyligini belgilovchi mezonlar o‘zgardi. Qahramon shaxsi, ruhiy olami, shuuri tasviriga
moyillikning kuchayishi hikoyaning syujet qurilishini, tasvir maromini, konfliktlar tabiatini
yangiladi”.

Darhaqiqat, adib ta’kidlaganidek, inson ruhiy holatini taftish etuvchi, uning o‘zligini,

“men”ini kashf etishga qaratilgan modern adabiyoti Sharqning ulkan tafakkur qudrati bilan
yaratilgan. Bu borada yozuvchi Nazar Eshonqul fikr bildirar ekan, xalqimizning qadimiy ijod
namunalarini yuqori baholab: “Turkiy xalqlar asotir va eposining ta’sir ko‘lami shu darajada
kengki, biz hatto buni tasavvur ham qilolmaymiz. Agar biz ana shu merosni o‘zlashtira olsak,
g‘arb adabiyoti nimadan “ozuqlangan”ini ham, chinakam ma’nodagi adabiyot o‘zi nimadan
iborat ekanligini ham tezda tushunib yetamiz”.
Nazar Eshonqul asarlarini o‘qib turib yozuvchi ijodidagi ko‘zga tashlanadigan jihatlar asosan
xalq mifologiyasi asosida, uning o‘zagidan ruh olib yaratilganligiga amin bo‘lasan.
Yozuvchining “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi 1989-yil 6-yanvar kuni “O’zbekiston
adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilib chiqqan. Ushbu kichik hikoya syujeti va voqealar
rivojining o’zgachaligi bilan kitobxonlar e’tiborini jalb qila olgan. Eng avvalo uning sarlavhasi
kishining aqlida asarni o’qimasdanoq munozarali kayfiyatni uyg’otadi. Asarning sarlavhasi
uning kompozitsiyasida muhim rol o’ynab, hikoyaning mazmunini o’zida namoyon
qilgan.Hikoya nega aynan shunday nomlangani va yuqoridagi munozarali o’ylarimizning
javobini uni o’qish jarayonida anglab boramiz.Asar syujeti sayyor syujet bo’lib, yozuvchi
hikoyani mavjud qoliplar asosida emas mutlaqo yangicha talqin , yangicha ruhda , o’ziga xos
salohiyatda yozgan. Syujet voqealari xronikal tarzda joylashgan.

Hikoya qahramoni chol chizgan ikki surat uning butun hayotida o’zi ishongan

falsafadir.U o’z hayotini shu ikki rasmda mujassamlashtirdi.Uning yoshlikda chizgan rasmi,
navqiron, yosh, ko’zlarida qat’iyat va ishonch aks etgan yigitning o’rmondan bo’yniga tarang
qilib tortilgan zanjir osilgan maymunni yetaklab chiqishi, bu ramziy belgi bo’lib, cholning
yoshlik davrlariga ishora qiladi, ya’ni u yoshligida iqtidorli edi, uning chizgan tasvirlarida
yorqinlik ko’tarinkilik qat’iyat aks etib turardi. Maymunni yomonlik, hayotdagi salbiy holatlar,
qorong’u bir mafkuraning ramzi deb olsak, yigitning maymunni zanjirlab yetaklab ketishi
uning hayotdagi mana shu yomonliklar, salbiy mafkuraga qarshi kurashganlgi va uning


background image

Page 187

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

ustidan g’olib kelishi deya olish mumkin.Haqiqatdan ham chol o’ttizinchi yillarda mas’ul
vazifalarda uzoq yillar xizmat qilgan , uning xizmatlari el og’ziga ham yoyilgandi.Yonib –kuyib
ko’zlarida qat’iy ishonch bilan mehnat qilgandi, mustabid tuzumga qarshi kurashgandi. Ammo
cholning keying yillarda chizgan suratlarida avvalgilaridagi yorqinlik tobora susayib, iliq
ranglar o’rnini g’ira –shira, qora bo’yoqlar egallay boradi. Hikoyada cholning o’z do’stining
faoliyatidan qistirma epizod keltirishi go’yoki, mana shu rasmlardagi qoralikning sababidek
keltirib o’tiladi. Chunki chol “hayotda nima yaxshiligiyu nima yomonlik, hеch qachon farqlab
bo'lmaydi, yaxshilik - ayni paytda kimlargadir yomonlik, yomonlik esa ayni paytda
kimlargadir yaxshilik bo'lib tuyuladi, mеning umrimda anglagan xulosam shu” degan gapi
bilan do’stining hayoti orqali o’z hayoti uchun ham xulosa chiqarib bo’lgandi. Uning hayotida
salbiy xulosalarni keltirib chiqaruvchi qanday hodisalar sodir bo’ldi bu bizga qorong’u, o’sha
davrdagi “yuqoridan shuncha xom-ashyo bor, dеb buyruq kеlardi. Buyruqni inkor etib yoki
muhokama qilib bo'lmasdi, - biz ana shunday ruhda tarbiyalaganmiz, - uni bajarish kеrak!”
qabilidagi ijtimoiy tuzum bunga sabab bo’lgandir , ehtimol…” E'tiqod!

Asar syujetida ekspozitsiya, tugun , voqealar rivoji , konflikt, kulminatsiya kabilar

yaqqol o’z ifodasini topgan. Choldagi maxfiylikning ochila borishi, uning talaba yigit bilan
bo’lgan suhbatida ochiqlangan dunyoqarashi va keltirgan fikrlari esa kulminatsiyasi bo’la
oladi. Asardagi cholning o’limi, uning umrining oxirida chizgan rasmi voqealarning butunlay
tushunarli bo’lishi , sirlilikning yo’qolishiga xizmat qilgani uchun asarning yechimi
hisoblanadi. Hikoyada keltirilgan sarlavha , portret, peyzaj, detal, qistirma epizod kabilar asar
kompozitsiyasini yaxlitlovchi muhim omil vazifasini bajargan.Ayniqsa, cholning uyining
tasviri chizilgan holatlar hikoyadagi o’zgacha kayfiyat, undagi kirlik, qoralikni ta’kidlashga
xizmat qilganini ko’rishimiz mumkin.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hayotda inson doimo o’ziga bo’lgan qat’iyat va

ishonch bilan yashashi va shu yo’lda harakat qilishi lozim. Hayotdagi qiyinchiliklar, to’siqlar
sizning fikrlaringizning o’zgarishi, ishonchingizning yo’qolishiga sabab bo’lmasin.Zero hayot
yorqin insonlar , yorqin fikrlar, yorqin bo’yoqlar bilan turli ranglarda jilolanadi!

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam. -Toshkent., “Yangi asr avlodi”, – 2004.

2.

Norbekova A. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi

misolida” ilmiy maqola.
3.

Ulug’ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. -Toshkent.,– 2017.

Библиографические ссылки

Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam. -Toshkent., “Yangi asr avlodi”, – 2004.

Norbekova A. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi misolida” ilmiy maqola.

Ulug’ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. -Toshkent.,– 2017.