Авторы

  • Navro‘zbek Abdubannoyev
    Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126620

Ключевые слова:

Usul al-fiqh mujtahid ulamolar shar’iy dalillar Hanafiy mazhabi ijtihod va qiyos Qur’on va Sunnatga asoslangan huquq

Аннотация

Mazkur maqola islom huquqshunosligi tizimidagi eng muhim fanlardan biri — usul al-fiqh ilmining nazariy asoslari va amaliy ahamiyatini keng qamrovda tahlil qiladi. Usul al-fiqh — bu shar’iy dalillar (Qur’on, Sunnat, Ijmo, Qiyos) asosida amaliy hukmlar chiqarish qoidalarini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u asosan mujtahid darajasiga yetgan olimlar tomonidan tatbiq etiladi.


background image

Page 40

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

USUL AL-FIQH ILMINING AHAMIYATI

Navro‘zbek Abdubannoyev

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti

Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

email.: abdujalilabdurahmon26@gmail.com

Tel.:998974162622

https://doi.org/10.5281/zenodo.16026037

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 07-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 11-Iyul 2025 yil

Nashr qilindi: 17-Iyul 2025 yil

Mazkur maqola islom huquqshunosligi tizimidagi eng
muhim fanlardan biri — usul al-fiqh ilmining nazariy
asoslari va amaliy ahamiyatini keng qamrovda tahlil
qiladi. Usul al-fiqh — bu shar’iy dalillar (Qur’on,
Sunnat, Ijmo, Qiyos) asosida amaliy hukmlar chiqarish
qoidalarini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u
asosan mujtahid darajasiga yetgan olimlar tomonidan
tatbiq etiladi.
Maqolada bu fanning payg‘ambar Muhammad
(s.a.v)ning davridan boshlab, sahobalar, tobeinlar va
salaf ulamolari davrida qanday shakllanib borganligi
tarixiy va daliliy misollar asosida bayon etiladi.
Xususan, Rasululloh (s.a.v)ning vahiy bo‘lmagan
masalalarda ijtihod qilganlari, sahobalarning ijtihodiy
qarorlarini payg‘ambar tomonidan ma’qullangani
haqida Qur’on oyatlari va hadislar orqali dalillar
keltiriladi.
Shuningdek, maqolada Hanafiy mazhabiga oid usuliy
adabiyotlar — Abu Bakr ar-Roziy, Dabusiy, Pazdaviy,
Nasafiy, Samarqandiy, Xorazmiy kabi allomalar
tomonidan yozilgan asarlar tahlil qilinadi. Bu
asarlarda shar’iy dalillarni ta’riflash, ularning turlari
va ulardan hukm istinbot qilish uslublari misollar bilan
yoritiladi. Qur’on oyatlarining umumiy va xos
ma’nolari, nasx, istinbot, dalolat turlari kabi usuliy
masalalar fanning asosiy mavzularidan biri sifatida
ko‘rib chiqiladi.

KEY WORDS

Usul al-fiqh, mujtahid ulamolar,
shar’iy dalillar, Hanafiy mazhabi,
ijtihod va qiyos, Qur’on va
Sunnatga asoslangan huquq

Shar’iy ilmlardan xabardor bo‘lgan kishilar uchun “Ususl al-fiqh” ilmi begona emas.

Mazkur fan boshqa fanlarga nisbatan birmuncha qiyinligi bilan ajralib turadi. Zero, u mujtahid
ulamolarga xos bo‘lgan dalil, hukm va ular o‘rtasidagi aloqaga doir qoidalarni o‘rganishni
nazarda tutadi. Bu ilm haqida Shosh ulamolaridan biri Nizomiddin Shoshiyning “Ususl al-


background image

Page 41

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

shoshiy” asari muqaddimasida quyidagi ta’rif keltirilgan:

“U – Shar’iy dalillardan amaliy hukmlarni chiqarib olish qoidalari o‘rganiladigan ilm”.

1

Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ususl al-fiqh ilmi islom dinida muqaddas manba hisoblangan

Qur’oni karim va sunnatdan, shuningdek, “Ijmo” va “Qiyos” kabi asl dalillardan far’iy
hukmlarni chiqarib olish qoidalari o‘rganiladigan ilm hisoblanadi.

Yuqorida bu ilm aslida mujtahid ulamolarga tegishli ekani aytib o‘tildi. Shu o‘rinda

Muhammad (s.a.v) ham mujtahidlarning avvalgilaridan ekanini ham aytib o‘tish kerak.
Ulamolar Rasululloh (s.a.v) Robbilaridan vahiy kelamagan o‘rinlarni ijtihodga izn deb
bilganlari va qiyos bilan ijtihod qilganlarini aytib o‘tganlar

2

. Bunga misol sifatida Nabiy (a.s)

ba’zi kishilarga “Tabuk” g‘azotiga bormaslikka izn berganlari, so‘ngra Alloh taolo tomonidan u
zotga tanbeh berilgani aytiladi:

ٰىهتَح ۡمُهَل َتنِذَأ َمِل َكنَع ُ هللَّٱ اَفَع

َنیِبِذٰـَكۡلٱ َمَلۡعَت َو ۟اوُقَدَص َنیِذهلٱ َكَل َنهیَبَتَی

3

Alloh sizni afv etdi. (Lekin) Sizga rostgo‘ylarni aniqlab, yolg‘onchilarni
bilmaguningizgacha, nega ularga (jangdan qolish uchun) ruxsat berdingiz?

4

Bundan tashqari Rasululloh (s.a.v)ning ijtihodlariga husumatchilar o‘rtasida hukm

qilganlari ham misol bo‘ladi. Ummu Salama (r.a)dan rivoyat qilinadi: “Ansorlardan ikki kishi
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga o‘rtalaridagi meros masalasida (hukm
so‘rab) keldi. Shunda u zot: “Men ham basharman, sizlar mening oldimga husumatlashib
keldingiz. Menga u haqida vahiy kelmagan masalada o‘zimning rayim bilan hukm qilaman.
Kimning foydasiga birodarining haqqini (nohaq) hukm qilsam, uni olmasin. Chunki unga
do‘zaxdan bir parchani bo‘lib bergan bo‘laman, qiyomat kuni uni bo‘yniga (ko‘tarib) olib
keladi”, - dedilar”.

5

Demak, Rasululloh (s.a.v) vahiy kelmagan masalalarda o‘zlarining fikrlari bilan ijtihod

qilgan ekanlar. Yana u zot sahobalarning ijtihodlarini maqullaganlari ham bir qancha
asarlarda rivoyat qilingan. Bu holat hadis ilmida “taqrir” deyiladi va sunnatdan hisoblanadi.
Sahobalar ichida Umar, Ali, Abdulloh ibn Mas’ud, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b, Muoz ibn
Jabal, Abu Muso al-Ash’ariy (r.a) kabi ko‘plab sahobalar fiqh va ijtihod bilan mashhur
bo‘lganlar.

Mujtahid ulamolar davrida bu ilm keng tarqaldi. Kitob va sunnatni musulmonlar

hayotiga tatbiq qilishda bu ilm beqiyos o‘rinni egalladi. Keyinchalik kitoblar yozilish davrida
Hanafiy mazhabida usul al-fiqh ilmiga doir mashhur kitoblar bitildi. Jumladan, Abu al-Hasan
Karxiy, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Zayd Dabusiy, Faxr al-islom Pazdaviy, Abu Bakr Saraxsiy,
Abdulaziz Qozi Nasafiy, Alouddin Samarqandiy, Abu al-Muayyad Xorazmiy, Abu al-Barakot
Hofizuddin Nasafiy, Qozi Bayzoviy, Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Mahbubiy kabi va boshqa
olimlar tarafidan katta hajmda ilmiy asarlar yozildi. Bu ilmiy risolalarda Qur’on, hadis, ijmo va
qiyos kabi asl dalillar, ularning ta’rifi, qismlari va ulardan amaliy hukmlarni istinbot qilishdagi
hanafiy mazhabining qoidalari misollar bilan keng yoritilgan.

Masalan:

Abu al-Barakot

1

Nizomiddin Shoshiy. Usul ash-Shoshiy. – Karachi : Al-Bushro, 2021. – B. 6.

2

Saloh Muhammad Abulhajj. Tahzib misar al-vusul ila ilm al-usul al-fiqh al-hanafiyya. – Ummon: Dor al-Foruq, 2020.

– B. 22.

3

Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.

– Toshkent:

Toshkent islom universiteti nashriyot-

matbaa birlashmasi, 2021. – B. 200.

4

Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.

– Toshkent:

Toshkent islom universiteti nashriyot-

matbaa birlashmasi, 2021. – B. 194.

5

Saloh Muhammad Abulhajj. Tahzib misar al-vusul ila ilm al-usul al-fiqh al-hanafiyya. – Ummon: Dor al-Foruq, 2020.

– B. 23.


background image

Page 42

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiyning “Usul al-fiqh” ilmiga bag‘ishlangan “

ةلاسر

رانملا

asarida Alloh taoloning kitobi Qur’oni karimga shunday ta’rif berilgan:

ارتاوتم لاقن ملاسلا هیلع هنع لوقنملا فحاصملا يف بوتكملا ملاسلا هیلع لوسرلا ىلع لزنملا نأرقلاف باتكلا امأ

لاب

ةبهش

6

Ya’ni: Kitob – Rasululloh alayhis salomga nozil qilingan, mus’haflarga bitilgan, u zot

alayhissalomdan shubhasiz mutavotir

7

holda naql qilingan Qur’ondir.

Ba’zilar

yuqoridagi ta’rifga “tilovati ibodat hisoblanadiagan” jumlasini ham kiritganlar.

Usul al-fiqh ilmiga doir barcha kitoblarda, avvalo, Qur’oni karim bahsi keltiriladi. Zero,

Qur’oni karim islom dini, undagi barcha e’tiqodiy va amaliy hukmlarning birlamchi asosi va
insoniyat uchun buyuk ne’mat hisoblanadi. Bu haqida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf (rohimahulloh) “Qur’on ilmlari” kitobida shunday deydi:

“Alloh taoloning insonga bergan ne’matlaridan biri uni yaratib o‘z holiga qo‘yib

qo‘ymaganidir. Balki yaratish bilan birga uni ikki dunyoda saodatmand qilishni ham O‘z
zimmasiga oldi. Chunki aqli qanchalik o‘tkir bo‘lsa ham, ilmi qanchalik rivojlansa ham, inson
doimiy ravishda rabboniy hidoyatga muhtoj bo‘lib turadi. Shuning uchun Alloh taolo rahmat
va lutfu karam ko‘rsatib insonlarga bashorat va ogohlantirish beruvchi payg‘ambarlarni
yuborib turishni iroda qilgan. Odamlar yolg‘onchiga chiqarishlari ehtimoli kattaligidan Alloh
taolo O‘z rasullarini mo‘jizalar bilan qo‘llab turishni iroda qilgan. Qur’oni karim Muhammad
(s.a.v)ning bosh mo‘jizalari bo‘lgan.”

8

Demak, Qur’oni karim insonning ikki dunyosi uchun saodat manbayi bo‘lgan ne’mat

hamda Payg‘ambar uchun, u zot alayhissalomning risolatini tasdiqlovchi ulkan mo‘jiza ekan.
Shu o‘rinda: “Qur’oni karim barcha shar’iy ilmlarning asosi hisoblansa, unda hamma narsa
bayon etilgan bo‘lsa, unda boshqa ilmlarga nima hojat bor”, - degan savol tug‘ilishi mumkin.

Alloh taolo Nahl surasining 89-oyatida bunday marhamat qiladi:

ٰى َر ۡشُب َو ًةَم ۡح َر َو ىًدُه َو ࣲء ۡیَش ِ لُكِ ل اًنٰـَیۡبِت َبٰـَتِكۡلٱ َكۡیَلَع اَنۡل هزَن َو

ِل

َنیِمِل ۡسُمۡل

“Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat, va musulmonlar uchun

bashorat bo‘lgan Kitob (Qur’on)ni nozil qildik”

9

Bu oyati karimani o‘qish bilan inson zehniga: “ha, demak Qur’onda barcha narsa bayon

etilgan ekan, islom diniga amal qilshda boshqa narsaga na hojat”, - degan hayol kelishi
mumkin. Lekin bunday hayolga borgan kishi oyatdagi “barcha narsa” dan murod nimaligi,
nimalar Qur’onning bayoni bo‘lishi mumkinligidan g‘aflatda qoladi. Abu al-Barakot Abdulloh
ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy yuqoridagi oyati karimani o‘zining “Tafsir an-Nasafiy” nomi
bilan mashhur bo‘lgan “

لیوأتلا قئاقحو لیزنتلا كرادم

” asarida quyidagicha tafsir qiladi:

﴿

اَنَيْبِت َبَتِكْلا َكْيَلَع اَنْلَّزَن َو

ًاغیلب

﴿

ٍء ْيَش ِ لُكِل

امیف اذكو ، رهاظف ةصوصنملا ماكحلأا يف امأ . نیدلا رومأ نم ﴾

ةنسلاب تبث

ُعیِطَأ َو ﴿ : هلوقب هتعاطو هلوسر عابتاب هیف انرمأ ثیح ، باتكلا ىلإ لكلا عجرم نلأ ؛ سایقلاب وأ ةباحصلا لوقب وأ ، عامجلإاب وأ

او

: نباغتلا [ ﴾ َلوُس هرلا اوُعیِطَأ َو َ هاللَّ

١٢

ْؤُمْلا ِلیِبَس َرْیَغ ْعِبهتَی َو ﴿ : هلوقب هیف عامجلإا ىلع انثحو ]

ءاسنلا [ ﴾ َنیِنِم

١١٥

يضر دقو ]

هلوقب هباحصأ عابتا هتملأ الله لوسر

:

متیدتها متیدتقا مهیأب موجنلاك يباحصأ

.

داهتجلاا قرط اوؤطوو اوساقو ، اودهتجا دقو

6

Ahmad ibn Abu Said. Nur al-anvor sharh risola al-manor.– Karachi:al-Bushro, 2021.

– B. 26

.

7

Mutavotir – yolg’onga kelishib olishlari odatda muhol (imkonsiz) deb hisoblanadigan ko’p adaddagi

kishilar rivoyat qilgan xabar. Qarang: Mahmud Tahhon. Taysir mustalah al-hadis. – Ar-Riyod, Maktaba al-
Maorif, 2010. – B. 23.

8

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qu’ron ilmlari. – Toshkent: Hilol nashr, 2019. – B. 184.

9

Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.

– Toshkent:

Toshkent islom universiteti nashriyot-

matbaa birlashmasi, 2021. – B. 277.


background image

Page 43

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

: رشحلا [ ﴾ ِرَصْبَ ْلأا يِلوَأَتَی او ُرِبَتْعاَف﴿ : هلوقب هب انرمأ هنأ عم ، سایقلاو

٢

مجلإاو ، ةنسلا تناكف ]

سایقلاو ، يباحصلا لوقو ، عا

ءيش لكل ًانایبت ناك هنأ نیبتف ، باتكلا نایبت ىلإ ةدنتسم

10

“Oyati karimadagi “

ٍء ْيَش ِ لُكِل

” – “hamma narsa”

dan murod

dinga ta’alluqli ishalardir.

(Dinga ta’alluqli ishlardan) Qur’onda kelgan hukmlar (Qur’oni karim ularni bayon qilib
beruvchi ekani) ochiq oydin tushunarli. Shuningdek, Sunnat, Ijmo, sahobaning so‘zi yoki Qiyos
bilan sobit bo‘lgan hukmlarni ham Qur’oni karim bayon qilgan hisoblanadi. Chunki bularni
barchasining marje’si Qur’oni karimdir. Zotan Alloh taolo O‘zining kitobida bizlarni
Payg‘ambarga ergashish va itoat etishga

11

﴾ َلوُس هرلا اوُعیِطَأ َو َ هاللَّ اوُعیِطَأ َو ﴿

oyati bilan buyuradi. Yana

unda bizlarni ijmoga

12

﴾ َنیِنِم ْؤُمْلا ِلیِبَس َرْیَغ ْعِبهتَی َو ﴿

oyati bilan targ‘ib qiladi. Rasululloh (s.a.v):

“Sahobalarim yulduzlarga o‘xshaydi, ulardan qay biriga ergashsangiz hidoyat topasiz”, - degan
so‘zlari bilan ummatlarining o‘z sahoblariga ergashishlariga rozi bo‘lganlar. Sahobalar esa
ijtihod qildilar, qiyos qildilar, ijtihod va qiyosning yo‘llarida yurdilar. Shu bila birga biz Alloh
taoloning: “

Ibrat oling, ey aql egalari

”, oyati bilan qiyosga buyurilganmiz. Demak, sunnat,

ijmo, sahobiyning so‘zi va qiyos Qur’oni karimning bayoniga suyanadi, natijada u barcha
narsaning bayoni ekani ravshan bo‘ladi”.

Imom Nasafiyning mazkur oyatga bitgan tafsiriga e’tibor bersak, sunnat, ijmo,

sahobiyning so‘zi va qiyos ham Qur’onning bayoni hisoblanishi ma’lum bo‘lmoqda.

Ulamolar Qur’oni karimda haqiqatda barcha narsa bayon etilgani, lekin hamma ham

ularni anglay olmasligini aytadilar

13

. Chunki oyatlar ba’zi ma’nolarni ochiq oydin ifoda etsa,

ba’zilariga ishora qiladi, yana ba’zi ma’nolarga dalolat qilsa, ba’zi ma’nolarni taqozo etadi.
Shunday ekan har kim ham oyatlardan mustaqil hukm chiqara olmaydi. Bunda arab tilini
bilish, boshqa ilmlardan xabardor bo‘lish kifoya qilmaydi. Agar shunday bo‘lganida, tafsir ilmi
Payg‘ambar davrlaridayoq paydo bo‘lmasdi. Bu haqida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf (rohimahulloh)ning “Qu’ron ilmlari” kitobida shunday deyiladi:

“Islomning dasturi bo‘lgan Qur’oni karmni chuqur o‘rganishga bog‘liq bo‘lgani uchun

ham tafsir ilmi alohida ahamiyatga ega. Aynan tafsir ilmi Qur’oni karimning hidoyati, ta’limoti,
sirlari va ko‘rsatma hamda hukmlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Ushbu ilmsiz mazkur
narsalarni bilish va ularga amal qilish mumkin emas. Bu ulug‘ ilm Payg‘ambar Muhammad
(s.a.v)ning davrlarida yuzaga kelgan, chunki u zot odamlarga Qur’oni karimning ma’nolarini
o‘z sunnatlari bilan bayon qilar, sahobalarning Qur’on oyatlari to‘g‘risidagi savollariga javob
berar edilar”

14

.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, sahobalar arab tilining asl egalari, uning zavqini his qila

oladigan kishilar bo‘lganiga qaramay, Haq taoloning kalomini tushunishda Payg‘ambar
(a.s)ning bayonlariga muhtoj bo‘lganlar. Shunday ekan bugungi kunda o‘zlaricha Qur’on va
hadisning zohiridan mustaqil hukm olishga, go‘yoki Qur’on va hadisga bevosita ergashishga
harakat qilayotganlarning yo‘li juda ham xatarli va ummatning ijmosiga xilofdir. Islomning
avvalgi asrlarida yuzaga kelgan fiqhiy va aqidaviy mazhablarning shakllanishi va butun

10

Abu al-Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. Madorik at-tanzil va haqioiq at-ta’vil. – J:2.

– Bayrut:Dor al-kalim at-toyyib, 1998. – B. 229.

11

Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.

– Toshkent:

Toshkent islom universiteti

nashriyot-matbaa birlashmasi, 2021. – B. 563.

12

Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.

– Toshkent:

Toshkent islom universiteti

nashriyot-matbaa birlashmasi, 2021. – B. 103.

13

Ahmad ibn Abu Said. Nur al-anvor sharh risola al-manor.– Karachi:al-Bushro, 2021.

– B. 708.

14

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qu’ron ilmlari. – Toshkent: Hilol nashr, 2019. – B. 453.


background image

Page 44

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

ummat tarafidan qabul qilinishi bejiz bo‘lmagan. Zero mo‘tabar mazhab imomlarining har biri
o‘zlari aytgan hukmlariga shar’iy hujjati, asosi bo‘lgan. Usulul fiqh ilmida maqsad ayni shu
jihat – mujtahid ulamolarning shar’iy hukmlarni istinbot qilib olishdagi asoslari, tayangan
shar’iy hujjatlari, dalil va hukm o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga qaratiladi.

Mazkur ilmni o‘rganish orqali islom dinida mavjud barcha hukmlarning dalillarga

suyangani haqida dastlabki xulosa va qoniqish hosil bo‘ladi. Ya’ni, usulul fiqhni o‘rganishning
avvalgi bosqichida mujtahid ulamolar naqadar buyuk, mislsiz xizmatni amalga oshirgani,
biror masalada asossiz so‘z aytmaganiga to‘laqonli ishonch paydo bo‘ladi. Keyingi bosqichda
dalillar borasida, ularning hukmlarga dalolat qilish darajalari, dalildan hukmga olib boruvchi
asoslarni ajratish bobida bir qadar malaka hosil bo’ladi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1.

Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent:

Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2021. – 624b
2.

Abu al-Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. Madorik at-tanzil va haqioiq

at-ta’vil. – J:2.– Bayrut:Dor al-kalim at-toyyib, 1998. – 750 b.
3.

Ahmad ibn Abu Said. Nur al-anvor sharh risola al-manor.– Karachi:al-Bushro, 2021. –

960 b.
4.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qu’ron ilmlari. Toshkent: Hilol nashr,

2019. – 453 b.
5.

Nizomiddin Shoshiy. Usul ash-Shoshiy. – Karachi : Al-Bushro, 2021. – 304 b.

6.

Saloh Muhammad Abulhajj. Tahzib misar al-vusul ila ilm al-usul al-fiqh al-hanafiyya. –

Ummon: Dor al-Foruq, 2020. – B. 23.. – 388 b.
7.

Hamidulla Aminov, Soatmurod Primov. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari.

Toshkent: Movarounnahr, 2017. – 400 b.

Библиографические ссылки

Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2021. – 624b

Abu al-Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. Madorik at-tanzil va haqioiq at-ta’vil. – J:2.– Bayrut:Dor al-kalim at-toyyib, 1998. – 750 b.

Ahmad ibn Abu Said. Nur al-anvor sharh risola al-manor.– Karachi:al-Bushro, 2021. – 960 b.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qu’ron ilmlari. Toshkent: Hilol nashr, 2019. – 453 b.

Nizomiddin Shoshiy. Usul ash-Shoshiy. – Karachi : Al-Bushro, 2021. – 304 b.

Saloh Muhammad Abulhajj. Tahzib misar al-vusul ila ilm al-usul al-fiqh al-hanafiyya. – Ummon: Dor al-Foruq, 2020. – B. 23.. – 388 b.

Hamidulla Aminov, Soatmurod Primov. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari. Toshkent: Movarounnahr, 2017. – 400 b.