Авторы

  • Boburjon Sulaymonov
    Farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126626

Ключевые слова:

Buxoro xonligi Imomqulixon Samarqand siyosat Toshkent Balx qozoq sultoni Yalangto‘sh Bahodir Jo‘ybor xojalari Muhammad Yusuf Munshiy hunarmandchilik me’morchilik ilm-fan ta’lim.

Аннотация

XVI asrda tashkil etilgan Buxoro xonligi (xonlik sifatida 1533-yil) o‘zbek davlatchiligida muhim o‘rin egallaydi. Davlatni dastlab Shayboniylar sulolasi (1501-1601), so‘ng Ashtarxoniylar (1601 – 1756) sulolasiga mansub hukmdorlar boshqarishdi. Ular ichida Shayboniyxon (1501 – 1510) va Abdullaxon II (1556 – 1598) kabi shayboniy hukmdorlar, Ashtarxoniylardan esa Imomqulixon (1611 – 1642) hukmronligi davrida xonlik yirik markazlashgan davlatga aylanadi. Ashtarxoniylardan Imomqulixonning olib borgan siyosati natijasida davlat hududi kengayib, markaziy hokimiyat kuchaydi va madaniy taraqqiyotga erishildi. Quyidagi maqola orqali shu haqida to‘xtalib, ilmiy faktlar bilan mavzu yoritib beriladi.


background image

Page 10

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

BUXORO XONLIGINING SIYOSIY VA MADANIY RIVOJIDA

IMOMQULIXONNING TUTGAN O‘RNI VA ROLI

Sulaymonov Boburjon Dilmurodovich

Farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti

3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15852674

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 07-Iyul 2025 yil

Nashr qilindi: 10-Iyul 2025 yil

XVI asrda tashkil etilgan Buxoro xonligi (xonlik sifatida
1533-yil) o‘zbek davlatchiligida muhim o‘rin egallaydi.
Davlatni dastlab Shayboniylar sulolasi (1501-1601),
so‘ng Ashtarxoniylar (1601 – 1756) sulolasiga mansub
hukmdorlar boshqarishdi. Ular ichida Shayboniyxon
(1501 – 1510) va Abdullaxon II (1556 – 1598) kabi
shayboniy

hukmdorlar,

Ashtarxoniylardan

esa

Imomqulixon (1611 – 1642) hukmronligi davrida
xonlik yirik markazlashgan davlatga aylanadi.
Ashtarxoniylardan Imomqulixonning olib borgan
siyosati natijasida davlat hududi kengayib, markaziy
hokimiyat kuchaydi va madaniy taraqqiyotga erishildi.
Quyidagi maqola orqali shu haqida to‘xtalib, ilmiy
faktlar bilan mavzu yoritib beriladi.

KEY WORDS

Buxoro

xonligi,

Imomqulixon,

Samarqand, siyosat, Toshkent,
Balx, qozoq sultoni, Yalangto‘sh
Bahodir,

Jo‘ybor

xojalari,

Muhammad

Yusuf

Munshiy,

hunarmandchilik,

me’morchilik,

ilm-fan, ta’lim.

Buxoro xonligi Ashtarxoniy hukmdorlar hukmronligi davrida ham bir qator

yuksalishlarni boshdan kechirdi. Ana shunday har tomonlama yuksalishlarni bu sulola uchun
boshlab bergan va shuning uchun ham boshqa sulola vakillaridan ko‘proq (31 yil) hukmronlik
qilgan Imomqulixon o‘zining oqilona siyosati bilan tarixda qoldi.

O‘zbek davlatchiligi tarixida hozirgi kungacha ko‘plab sulolalar hukmron bo‘lib o‘tgan.

Ba’zi sulolalar davrida davlat mavqeyi yuqori ko‘tarilgan bo‘lsa, yana ba’zilari davrida
nisbatan rivojlanishdagi kamchiliklarni kuzatishimiz mumkin. Bunga esa juda ko‘plab
holatlar sabab bo‘ladi. Davlat mavqeyining qay yo‘sinda bo‘lishi esa davlat ustida turgan
boshliq, hukmdorning olib borgan siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan XVI asr va
XVIII asr o‘rtalarigacha O‘rta Osiyo hududida hukmronlik qilgan davlatlardan biri bo‘lgan
Buxoro xonligida ham (ikkita sulola vakillari hukmronlik qilgan) bir nechta mashhur, ilmli
davlat hukmdorlar (xonlar) yetishib chiqdiki, ular davrida mamlakat har tomonlama rivoj
topdi. Ana shunday hukmdorlardan biri Imomqulixon (1589 – 1644) edi. Uning hukmronligi
davrida (1611 – 1642) xonlikda har tomonlama yuksalish kuzatildi. Eng muhimi, mamlakat
Abdullaxon II dan keyin yana markazlashgan davlatga aylandi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Imomqulixon hukmronligi Buxoro xonligida muhim ahamiyat kasb etganligi uchun ham,

uning hukmronlik davri haqida ma’lumot beruvchi bir necha manbalar va ularni o‘rganish
asnosida bu davr bo‘yicha mutaxasis olimlar va ularning asarlari bizgacha yetib kelgan. Biz


background image

Page 11

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

o‘rganayotgan davr bo‘yicha eng muhim manbalardan biri Hofiz Tanish Buxoriyning
“Imomqulixonnoma” asaridir. “Imomqulixonnoma” asarining aynan Hofiz Tanish Buxoriyga
tegishliligini Jumaniyoz Sangirov o‘zining olib borgan tatqiqotlarifda isbotladi [1;256-266].
Asar fors tilida yozilgan. Asar Imomqulixon davrida yaratilgan, lekin aynan qaysi yillarda
yozilganligi noma’lum. Asarda muallif nomi sifatida Suhayl nomi kelganligi uchun ham
Suhaylning “Imomqulixonnomasi” sifatida qo‘llanilib kelingan. Dilorom Sangirova bu manba
ustida ish olib borgan va 2008-yil yozgan maqolasida manbani o‘rganib, Imomqulixon
nasabini Amir Temur bilan bog‘langanligini aytib o‘tadi.

Yana bir muhim manbalardan biri Mahmud ibn Vali tomonidan yozilgan “Bahr ul-asror”

asaridir. Asar muallifi Balx shahrida tug‘ilgan, o‘z davrining tarixchi va geografi edi. U o‘z
asarida Imomqulixon hukmronlik davri haqida muhim ma‘lumotlar berib o‘tadi.

Bu davr haqida ma’lumot beruvchi yana bir muhim manba Muhammad Tolibning

“Matlab ut-tolibin” (“Toliblar matlabi”) asaridir. Muallif tomonidan asar 1673-yil yozib
tugatilgan va XVI-XVII asrda Buxorodagi ahvol va asosan Jo‘ybor shayx va xojalarining hayoti
va hukmdorlar bilan munosabatiga bag‘ishlangan. Buxoro xonlari Jo‘ybor xojalari bilan doimo
yaxshi munosabatda bo‘lishga intilishgan. Chunki ular dinning yirik vakillari va xalq ularning
aytgan gaplariga ishonar edi. Imomqulixon ham ular bilan doimo yaxshi munosabatda
bo‘ldi.Yirik Jo‘ybor shayxlaridan bo‘lgan Oxund Mulla Hadoniy vafot etganda, hatto, hukmdor
Imomqulixon janazaga kelib, jasadni o‘z yelkasida ko‘targani manbada keltiriladi [2;190].

Eng muhim va bu davr haqida eng ko‘p ma’lumotlar uchrovchi manbalardan biri

Muhammmad Yusuf Munshiy tomonidan yozilgan “Tarixi Muqimxoniy” asaridir. Muhammad
Yusuf Munshiy asarni Balx xoni Muhammad Muqimxon buyrug‘i bilan yozadi. “Tarixi
Muqimxoniy” asari kirish va 3 bobdan iborat. Kirish qismida Chingizxon va mo‘g‘ullar
davridan boshlanib, birinchgi bobda Shayboniylar davri yoritilgan. Biz o‘rganmoqchi bo‘lgan
davr bo‘yicha ma’lumotlar asarning ikkinchi bobida beriladi. Bu bob XVII asrdagi Buxoro
tarixini o‘rganishda muhimdir.

Hoji Mir Muhammad Salim tomonidan yozilgan “Silsilat us-salotin” (“Podsholar

silsilasi”) asari ham bu davr haqida muhim ma’lumotlar beradi. Mir Muhammad Salim maskur
asarida Imomqulixon buyrug‘i bilan Makka shahrida qad roslagan ikkita chorbog‘ haqida ham
xabar beradi [3;624-628]. Xo‘ja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” (“Podsholar uchun
dastur”) asarida ham bu davr haqida ma’lumotlar uchraydi. Maskur asar 1695-yil yozilgan.
Aynan shu manbada keltirilishicha, umrining oxirida Imomqulixonning ko‘zi ko‘r bo‘lib qoladi
va ukasi Nadr Muhammadxon bundan foydalanib Balxdan chiqadi va Hisorga yurish
boshlaydi. Bu manbada, asosan, davlat rahbarlariga davlatni boshqarish borasida maslahatlar
berib o‘tilgan.

Bu davrning muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda bir qancha olim va

olimalar adabiyotlar, dissertatsiya va maqolalar yozishdi. Ulardan biri ingliz tarixshunos va
tadqiqotchi olimi Audrey Burton edi. U o‘zining “The Bukharans: A Dynastic, Diplomatic and
Commercial History 1550–1702” (“Buxoroliklar: Sulola, diplomatiya va savdo tarixi (1550-
1702)”) asarida XVI asr o‘rtalaridan to xonlikda Ubaydullaxon II hukmronligi
boshlangungacha bo‘lgan davrni turli manbalar asosida, mukammal o‘rganib chiqdi [4;713].
Yana bir tadqiqotchi Yuri Bregel (1925-2016) bo‘lib, u asli Rossiyada tug‘ilgan va o‘z
faoliyatini AQSH da olib borgan. U Buxoroning to‘liq tarixini, ya’ni qadimgi davrdan to 1920-
yilgacha bo‘lgan tarixini o‘rganib chiqadi va shu asnoda 8 ta maqola yozadi. Shu


background image

Page 12

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

maqolalaridan to‘rtinchisi “The Khanate of Bukhara and Khorasan” (“Buxoro xonligi va
Xuroson”) deb nomlanadi. Bu maqolasida Buxoro xonlarining Xurosonda olib borgan siyosati,
yurishalari haqida ma’lumot berib, Imomqulixon hukmronligi davrida Xurosonga yurishlar
haqida aytib o‘tadi [5;521-524].

Turkiyalik olimlarning tatqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Shulardan biri Sheyda

Dumandir. Olima aynan Imomqulixon davri bo‘yicha shug‘ullandi va “Buhara Hanlığı’nda
İmamkulikhan dönemi (1611-1642)” deb nomlangan dissertatsiyani yozdi [6;185]. Yana bir
turk olimi Selim Serkan O‘kten “Buhara hanlığı’nin askeri teşkilatı (1500-1868)” nomli asarini
yozgan (2018). Asarda Imomqulixon haqida ma’lumot berar ekan, 1613-yil qozoqlarni
Movarounnahrdan quvib chiqarib, Toshkent chegara hudud bo‘lgani uchun o‘g‘li Iskandarni u
yerga hokim etib tayinlagani haqida ma’lumot beradi [7;388]. Yana bir turk olimasi Inji Yelda
Dumlupinardir. U asosan turk tarixi va shu bilan birga Markaziy Osiyo tarixi bilan ham
shug‘ullanadi. Bu bo‘yicha uning “Astrahanîler ve Mangıtlar devri Buhara hanlığı (1599-
1920): Genel hatlariyla kaynaklari ve siyasi tarihi” nomli katta hajmdagi maqolasi mavjud.
Maqolada keltirilishicha, Ashtarxoniylar Jo‘jining o‘g‘illarida bo‘lgan To‘qay Temurxonning
avlodlari bo‘lgani uchun ham “To‘qay Temuriylar” deb ham ataladi [8;199-220].

Rus olimlarining bu davr bo‘yicha tatqiqotlari muhim. Ulardan biri Sank-Peterburg

davlat universiteti Sharq fakulteti tadqiqotchisi Anton Krillovich Alekseyev bo‘lib, uning
“Политическая истори Тукай-Тимуридов: По материалам персидского исторического
сочинения Бахр ал-асрар” nomli kitobi bu borada mashhur hisoblanadi. Asarda Mahmud ibn
Valining “Bahr al-asror fi manoqib al-axyor” asari asosiy manba sifatida tanlab olingan va
Ashtarxoniylar sulolasining paydo bo‘lgan paytidan to uning to‘liq ag‘darilishigacha bo‘lgan
davri yoritilgan [9;231]. Yana A.A.Semyonov, V.Bartold, V.Grigorev va B.V.Luninning ham
tatqiqotlari bu davrni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek tarixshunosligida ham Ashtarxoniylar davrini o‘rganishga salmoqli hissa

qo‘shilgan. Bu borada B.Ahmedov, A.Ziyo, H.To‘rayev, A.Zamonov, D.Sangirova, R.Muqminova
va G‘.G‘ulomovlar o‘zlarining tadqiqotlari bilan bu davrning o‘rganilishiga salmoqli hissa
qo‘shishgan. Bu borada yosh tadqiqotchilardan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Azizbek

Musayevning

Ashtarxoniylar

sulolasiga

bag‘ishlangan

dissertatsiyasi

(“Ashtarxoniylar davrida Farg‘ona vodiysida yuz bergan siyosiy jarayonlar tahlili”) ham
Imomqulixon hukmronligi davrini o‘ganishda muhimdir.

Natija va muhokama

Dastlab Imomqulixon shaxsiga to‘xtalsak, u bevosita Ashtarxoniylar sulolasiga mansub

bo‘lib, otasi Abdullaxon II davrida Nishopur viloyati noibi bo‘lgan Din Muhammad edi.
Otasidan 10 yoshida yetim qolgan va keyinchalik amakisi Vali Muhammad yurt hukmdori
bo‘lganida, uni Samarqandga hokim etib tayinlaydi [10;39]. Aynan shu voqelar bilan siyosiy
maydonga chiqadi. Buning asosiy sababi, Balxni o‘z nazoratida saqlash va Imomqulixonni
valiahd boʻlishiga yo‘l qoʻymaslik edi. Chunki Balx shahri Buxorodan keyingi, mavqeyi jihatdan
ikkinchi shahar, Xurosonning markazi edi. Lekin shunday bo‘lsa-da, Balxni amirlar yordami
bilan egallaydi. Natijada, amaki va jiyan o‘rtasida mojaro paydo bo‘lib, urushga olib keladi. Vali
Muhammadxon siyosatidan norozi bo‘lgan amaldorlarning Imomqulixon tomonga o‘tib
ketishi (eng yaqin sarkardalari ham) 1611-yil ikki o‘rtada bo‘lib o‘tgan jangda
Imomqulixonning qo‘li baland kelishiga olib keldi va vali Muhammad qatl qilinib, taxt
Imomqulixon qo‘liga o‘tadi. An’ana bo‘yicha, Imomqulixon oq kigizga o‘tqazilib, yirik


background image

Page 13

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

amaldorlar tomonidan taxtga o‘tqaziladi.

Imomqulixon boshqa sulola vakillaridan ancha ko‘proq (31 yil) hukmronlik qildi. Bu esa

mamlakatda yaxshi siyosat olib borilganini ko‘rsatadi. Ingliz ayg‘oqchisi A.Vamberi (1832-
1913) Imomqulixon hukmronligi davrida kambag‘allar qolmaganligi, amaldorlarga nisbatan
qattiq siyosat olib borilganligi va hatto kechalari vaziri Nodir devonbegi bilan oddiy xalq
kiyimida bozorga chiqib, narx-navoni nazorat qilganligi haqida keltiradi. Tarixchi Muhammad
Yusuf Munshiy esa bu haqida ma’lumot berar ekan, zavq bilan “Imomqulixon oyoqlari davlat
uzanggisida bo‘lgan paytda, na Balxda va na Buxoroda qo‘zg‘olon va tartibsizliklar bo‘lmadi”
deb aytadi [10;41]. Aslida ham shunday edi. Mamlakat hududida ancha qattiq siyosat olib
borildi.

Imomqulixon mamlakat hududini har tomonlama mustahkamlashga harakat qildi. Shu

o‘rinda, shimoldan xavf soluvchi qabilalar bilan kurashib, ba’zi hollarda ular bilan yaxshi
munosabat olib borishga ham intilgan va qozoq sultoni Eshim sultonning qizi Oyxonimga
uylangan [11;195]. Fikrimizcha, bundan u ikkita maqsadni ko‘zlagan edi:

Birinchidan, mamlakatning shimoliy chegarasi xavfsizligini ta’minlamoqchi edi.
Ikkinchidan, ulardan Eron shohlariga qarshi kurashda foydalanmoqchi edi.
Bunday holatni biz Vali Muhammadxonning Erondan olib kelgan qo‘shiniga qarshi

Imomqulixon Buxoro xalqining kurashiga rahbarlik qilib, qozoqlar yordamida eronliklar
qo‘shinlarini tor-mor etganini ko‘rishimiz mumkin [12;158]. Bu kurashda unga yordam
bergan qozoq sultoni Eshimxonga Toshkent va Turkistonni berishga majbur bo‘ladi.
Eshimxonni o‘g‘li Jonibekka Samarqand yaqinidagi Sog‘arj yeri berilgan. Bu davrda Qozoq
yerlari Eshimxon boshchiligida kuchli davlatga aylangan edi. Muhim strategik hudud bo‘lgan
Toshkentning qo‘ldan ketishi Imomqulixonga yoqmadi va 1613-yil Talos vodiysida qozoqlar,
jung‘or (oyrat)lar, qalmoqlarga qarshi bo‘lgan jangda uni yengadi va Toshkentni qaytarib
oladi. Bu yerga ukasi Iskandar Sultonni hokim etib tayinlaydi. Iskandar sulton esa xarobalarni
yaxshilash maqsadida aholidan soliqni ko‘paytiradi. Bu esa qo‘zg‘olonga sabab bo‘lib, Iskandar
Sulton o‘ldiriladi. Shu o‘rinda Muhammad Yusuf Munshiy ajoyib ma’lumot keltiradi. Unga
ko‘ra, Imomqulixon ukasi alamini olish uchun Balxda yana bir ukasi Nadr Muhammadni
chaqiradi va otimningning uzangisigacha odam qoni chiqmaguncha aholini qirishni buyuradi.
Buni sira iloji yo‘q edi. Ulamolar to‘planib, mavjud o‘ldirilgan odam qonlarini olib kelib,
ko‘lmak suvga quyishadi va xonni ko‘ndirib, u yerdan o‘tkaziladi va va’da bajariladi [10;43].
Lekin dindor, din olimlarini hurmat qiluvchi hukmdorning bunchalik qattiqqo‘lligi haqiqatdan
yiroqroq. Lekin shu yilni o‘zida yana boshqa bir qozoq sultoni Tursunxon tomonidan
Toshkent egallanadi. Toshkent strategik muhim hudud bo‘lganligi uchun ham ko‘plab
tortishuvlarga sabab bo‘lgan. 1628-yilga kelib uzoq tortishuvlardan so‘ng Toshent va aynan
shu yili Farg‘ona vodiysi ham Ashtarxoniylar davlati tarkibiga to‘liq qo‘shib olinadi. Bu
hududlarni egallashda, bunday og‘ir kurashlarda Imomqulixonning sadoqatli amaldorlaridan
biri Yalangto‘shbiy otaliq bo‘lib, u olchin urug‘idan chiqqan edi. Yalangto‘shbiy Abdullaxon II
huzurida tarbiya topgan va yirik sarkarda bo‘lib yetishib chiqqan edi. 1636-yilda Yalangto‘sh
Sayramga yurish qilib, u yerni ham xonlikka qo‘shdi. Qozoq sultonligining ancha yerlari
Buxoroga qo‘shib olindi. Mahmud ibn Vali o‘zining “Bahr ul-asror” asarida Turkiston shahri
haqida ma’lumot berar ekan “Uni oddiy xalq “Yassi” deb atagan va hozirda Buxoro xoni
Imomqulixon nomidan qozoq sultonlari boshqarishyapti” – deb ta’kidlab o‘tadi [13.32].
Imomqulixon davrida harbiy yurishlar hatto Dashti Qipchoqqacha davom etdi [11;43-44].


background image

Page 14

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Shunday qilib, Imomqulixon hukmronligi davrida Movarounnahr va Xuroson yagona hukmdor
qo‘li ostida birlashtirildi (Xorazmda Xiva xonligi). Bu Imomqulixon hukmronligi davrida
markazlashgan, yirik davlatning tashkil topganligidan dalolatdir.

Ashtarxoniylar davrida oʻzbek jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar shariat va odat

huquqlari asosida rivojlanib borgan. Jumladan, qishloq xo‘jaligidagi huquqiy odatlar suv, yer
oʻlchamlari, ularni yuritishda odat huquqiga rioya qilish, hamma joyda yagona, hatto bir
odatga emas, qaysi geografik hududda qanday odat bo‘lsa, o‘shanga rioya qilish haqidagi
ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. Bu masalada yagona bir qonun mavjud emas edi. Ijtimoiy
odatlar ichida yana bir muhim odatlardan biri yurtchilik odati edi. Bu odat qarzini toʻlay
olmagan qarzdorning qarzlarini uning qarindoshlari oʻzaro boʻlib olib toʻlashlari bilan
belgilanadi. Ashtarxoniy hukmdorlari Buxorodagi mahalliy oʻzbek qabila boshliqlari kuchiga
tayanmay, ularning qo‘llab-quvvatlashlarisiz mamlakatni boshqara olmas edilar. Shuning
uchun koʻplab yerlarni shahzodalar, ulamo va sayidlar, fuqarolik va harbiy soha ma’murlariga
xizmat evaziga suyurg‘ol qilib berish bilan birga, harbiy boshliqlarga ham yer mulklarini shu
tarzda sovgʻa qilish yanada avj oldi [11;243]. Imomqulixon ham bunday ishlarni amalga
oshiradi. Masalan, u hokimiyatga kelganda katta mavqega ega bo‘lgan “Matlab ut-tolibin” asari
muallifi Muhammad Tolibning otasi Tojiddin Hasanxo‘jaga singlisi Poyandasultonbegimni va
qo‘shimchasiga Pirmasp qishlog‘i va Huzordan Dehinavgacha yerlarni tortiq qiladi [2;209 ].
Bundan tashqari, u taxtga o‘tirgach ukasi Nadr Muhammadga Balxni tortiq qiladi va taxt vorisi
etib tayinlanadi. Chunki Balxda xondan keyingi o‘rinda turgan odam hokimlik qila olar edi
xolos. Huquqshunos olim Ziyodullo Muqimovni fikricha, “tanho” deb atalgan bunday
in’omning huquqiy jihatdan suyurg‘oldan farqi shundan iborat ediki, yer mulkini olgan shaxs
unga ega hisoblanmasdi, uning huquqi shu yerni ishlaguncha dehqonlardan ma’lum darajada
soliq yigʻib olish bilan chegaralangan. Mahmud ibn Vali “Bahr ul-asror” asarida shunday
ma’lumot beradi: “Agar podsho yerni kimgadir hadya tariqasida bersa, bunday yerlar
ulamolar va sayyidlarga berilsa, suyurg‘ol deyiladi, agar harbiylarga berilsa, u holda tanho
deyiladi” [13;231]. Yer egaligi ham shayboniylar davridagi munosabatlardan deyarli farq
qilmas edi.

Imomqulixon mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga harakat qildi va tinchlikni

saqlashga urindi. Uning hukmronligi davrida qishloq xo‘jaligida ahvol ancha yaxshilandi.
Dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Uning buyrug‘i
asosida 1614-1615-yillari Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal chiqarildi. Buning natijasida
bir qator qishloqlar va qarovsiz qolgan yerlar obod boʻlgan. 1633-yil Qo‘shqo‘rg‘onda ham
uning buyrug‘i bilan kanal qazilgan [10;50]. Bu sug‘orilishi qiyin bo‘lgan yerlarda ham
dehqonchilik olib borish imkonini berdi. Chorvachilik ham rivoj topgan sohalardan biri edi.
Xon va yirik saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlari, yirik chorvador boylarga
tegishli katta-katta yaylovlarda, dasht hududlarida ming-minglab qo‘ylar, podalar, yilqilar,
tuyalar boqilgan.

Imomqulixon boshqaruvidagi muhim jihatlardan biri – Jo‘bor xojalari bilan olib borgan

yaqin munosabati edi. Jo‘ybor xojalari deyarli butun Buxoro xonligi tarixida muhim mavqega
ega bo‘lib turdi. Abdullaxon II ning ularga ko‘rsatgan yuqori darajadagi iltifotini Imomqulixon
davom ettiradi. Xonlik hududida katta mavqega ega bo‘lgan bunday shaxslarga muruvvat
ko‘satish natijasida mamlakat hududi tinch va hududiy jihatdan kengayishida muhim
ahamiyat kasb etdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


background image

Page 15

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Imomqulixon davrida savdo, hunarmandchilik va hatto bozor munosabatlarida ham

ancha yuksalish yuz berdi. Masalan, Samarqand bozorlari haqida manbalarda quyidagicha
ta’rif beriladi: “Bu shahaming bitta o‘ziga xos xususiyati borki, bu xususiyat boshqa
shaharlarda kam uchraydi, ya’ni, har bir mahsulot uchun alohida bozor bo‘lib, ular biri-biri
bilan aralashib ketmaydi. Bu ajoyib an’anadir”. Butun dunyoga mashhur bo‘lgan Samarqand
qog‘ozi ishlab chiqarish ustaxonalari Siyob kanalidan chiqarilgan ariqlar bo‘ylarida joylashgan
va shu yerdan chet davlatlarga sotilgan [14;231]. Bu davrda me’morchilik ham ravnaq topdi.
Imomqulixon me’moriy obidalar qurish ishlariga ham alohida e’tibor berdi. Bu davrda, 1617-
yilda Registon maydonida Poyandabiy masjidi barpo etiladi. U Imomqulixonning amirlaridan
biri Qosimboy turkmanning o‘g‘li Poyanda otaliq turkman tomonidan qurilgan. Yana bu
davrda o‘zbeklarning arlat urug‘iga mansub Buxoroning eng badavlat kishilaridan bo‘lgan
Nodir devonbegi tashabbusi va mablag‘ì bilan 1619-1620-yillarda bozor maydoni o‘rtasida
bo‘yi 45 metr,eni 36 metr,chuqurligi 5 metr bo‘lgan katta hovuz qurdirib, atrofini shag‘al,
marmar va toshlar bilan mustahkamlashtiradi [15;34]. 1637-yilda esa Mag‘oki Ko‘rpa masjidi
qad rostlagan. U Shayx Xoja Kalon tomonidan qurilgan bo‘lib, Toqi Telpakfurushon yonida,
Mehtar Anbar koʻchasida joylashgan. Bu inshoot Buxorodagi ikkita „yerosti“ (magʻoki)
masjidlardan biri va UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan. Nomning ikkinchi qismidagi “Ko‘rpa” so‘zi
esa masjid joylashgan mavze nomi bilan bog‘liq. Eng muhimi Imomqulixon Madinada ikki-uch
yil yashab, shu shaharda Movarounnahrdan borgan ziyoratchilar dam olib ketishlari uchun
Chorbog‘, Makkadagi Kaʼbaga kiraverish darvozalaridan biriga oltin va kumush tutqichli
yog‘och zina qurdiradi. Qo‘shimchasiga, “Silsilat us-salotin” asarida ma’lumot berilishicha, u
Makka shahrida ikkita chorbog‘ bunyod etgan [3;626 ]. Imomqulixon nafaqat o‘z davlati
hududida, balki musulmonlarning muqaddas shaharlarida ham me’moriy obidalar qurib o‘z
nomini tarixga muhrlagan hukmdor edi.

Shu bilan birga Imomqulixon ilm-fan sohasiga ham o‘z hissasini qo‘shdi. U she’rklar

bitganligi tarixiy manbalarda aks etgan. Bu davrda ta’lim sohasi ham rivoj topdi. XVII-XVIII
asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat ko‘rsatgan. O‘g‘il va qiz bolalar
alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan. Yetim-yesirlar bepul o‘qitilgan [16;198]. Zamonaviy
tadqiqotchilar bu davrdagi ijtimoiy-falsafiy fanlar rivoji, ayniqsa, adabiyot, tarixshunoslik,
falsafiy-huquqiy hamda ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishlarida sezilarli bo‘lganligini ta’kidlaydilar.
XVII asrning o‘rtalarida ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishda ijod qilgan yirik vakillardan biri
Muhammadjon Yusuf Alqorabog‘iy (1563 – 1647) edi. U Kavkazning Qorabog‘ qishlog‘ida
tavallud topgan. Ma’lumotlarga qaraganda mavlono Yusuf Qorabog‘iy Samarqandda ijod qilib
Buxoroda vafot etgan, u adabiyot, astranomiya fanlarini yaxshi bilishi bilan bir qatorda
she’rlar ham yozib turgan. Mulloyi Nav taxallusi bilan mashhur boʻlgan. Mavlono chindan ham
o‘z davrining bilimli kishisi bo‘lganligi uchun Imomqulixonuning suhbatlarini xush ko‘rganligi
manbalarda qayd etilgan [17;14]. Imomqulixon shoirlar, darveshlar, olimlar, oʻz
zamonasining ulugʻ kishilari bilan suhbat qilishni xush koʻrgan. Muhammad Yusuf Munshiy
maʼlumotlariga koʻra, u soʻfiyona sheʼrlar mashq qilgan.

Xulosa

Xulasa o‘rnida shuni ayta olamanki, Imomqulixon davri Buxoro xonligi tarixida eng

muhim va ajralmas davr bo‘lib qoldi. Xonlik har tomonlama yuksaldi. Davlat mavqeyi ham
ancha yuqori edi. 1620-yil Buxoroga kelgan rus elchisi I. Xoxlov Buxoroda Xivadan o‘n baravar
ko‘p qo‘shin bor ekanligi va bu qo‘shin soni 100 ming atrofida ekanligini ta’kidlaydi [4;157].


background image

Page 16

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Bu esa davlatning harbiy salohiyati ham yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shunday ilm ahlini
hurmat qilgan, davlatni yuksaltirgan, adolatli siyosat olib borgan hukmdorning oxiri ham
go‘zal bo‘ldi. Umrining oxirida ko‘zi ko‘rmay qolgandan keyin, hokimiyatni ukasi Nadr
Muhammadga topshirib, haj safariga otlandi. Uning karvoniga Nodir devonbegi, o‘ziga esa
otaliq Muhammad Do‘st hamroh bo‘ldi. Yo‘lda safaviylar saroyida mehmon bo‘lishadi va
hozirgacha yagona bo‘lgan Imomqulixon portreti mashhur mo‘yqalam sohibi Muin Musavvir
tomonidan chizib olingan. Haj ziyorati paytida 1644-yil Arofat tog‘ida vafot etadi. Qabri esa
Payg‘ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallamning oila a’zolari-yu, mashhur
sahobiylar dafn etilgan Madina shahridagi Baqiy qabristoniga joylashtirildi [18;24-37].
Bizning Movarounnahr diyorida tug‘ilgan zot uzoq Arabisron diyorlarda qanchlik
mashhurlikka erishyapti. Bu albatta, to‘g‘ri olib borgan siyosati natijasidir desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Сангиров Ж. А. Хофиз Таниш Бухорийнинг “Имомкулихоннома” асари ва унинг

Аштархонийлар тарихини урганишдаги урни // Science and innovation. 2023. 2-сон. – Б.
256 – 266.
2.

Абулаббос Мухаммад Толиб. Матлаб ут-толибин. Таржимонлар: Каримий,

Э.Миркомилов; Масъул мухаррир: т.ф.д Х. Тураев; Тошкент давлат Шаркшунослик
института хузуридаги Абу Рай хон Беруний номли Шарк хулёзмалари маркази. –
Тошкент: “Movarounnahr” 2016. – 386 б.
3.

Dr. Azamat Ziyo. Silsilat as-salatin as a historical source // Asian Journal of Research in

Socilan Sciences and Humanities. 2021. Issue 11. – P. 624 – 628.
4.

Audrey Burton. The Bukharans a dynastic, diplomatic and commercial history 1550 – 1702.

– London: “Routledge”, 2019. – 713 p.
5.

Bregel Y. The khanate of Bukhara and Khorasan // Encyclopedia Iranica. Vol. V. New York:

2013. – P. 521 – 524.
6.

Şeyda Duman. Buhara Hanlığı'nda İmamkulikhan dönemi (1611-1642). Tarih alanında

Doktora (PhD) derecesi için sunulan tez. – Afyonkarahisar, 2023. – 185 s.
7.

Selim Serkan Ükten. Buhara hanlığı’nin askeri teşkilatı (1500-1868). – Ankara: Neyir

Matbaacılık, 2018. – 388 s.
8.

İnci Yelda Dumlupınar. Astrahanîler ve Mangıtlar devri Buhara hanlığı (1599-1920): Genel

hatlariyla kaynaklari ve siyasi tarihi // Genel Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi. 2023. Issue 9.
– P. 199 – 220.
9.

Алексеев A.K. Политическая истори Тукай-Тимуридов: По материалам персидского

исторического сочинения Бахр ал-асрар. СПб.: Изд-во С. – Петерб. ун-та, 2006. – 231 c.
10.

Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya /

Zamonov A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.
11.

Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi [Matn]: metodik qo‘llanma / Zamonov A. Toshkent:

“BAYOZ”, 2021. – 266 b.
12.

To‘raev H. Buxoro tarixi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / To‘rayev H. – Buxoro: “Sadriddin

Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. – 320 b.
13.

Махмуд ибн Вали. Море тайн относительно доблестей благородных. (География).

Введение, пер., прим., указ. Б.А.Ахмедова. Отв. ред. А.К.Аренде. – Ташкент, “Фан”, 1977. –
184 б.


background image

Page 17

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

14.

Eshov B. J., Odilov A. A. O‘zbekiston tarixi II ( XIV asrning o‘rtalaridan – XIX asr ikkinchi

yarmigacha). – Toshkent: “DONISHMAND ZIYOSI”, 2020. – 409 b.
15.

Ne’matov M. Buxoroda Ashtarxoniylar davri me’morchiligi // Modern Science and

Research. №10. 2024. – B. 34 – 37.
16.

Ro‘ziqulov O., Shodiyorov A. Ashtarxoniylar davrida ilm-fan, madaniy hayot //

Inovation in the modern education system. №5. 2024. – B. 198 – 202.
17.

Nasrilloyev K. Ashtarxoniy hukmdorlarning ilm ahillari bilan munosabatlari //

Builders of the future. №2. 2022. – B. 13 – 17.
18.

Сангирова Д. Х. Хаж зийорати ва хукмдор хожилар // Oʻtmishga nazar. 2019. №18.

– B. 24 – 37.

Библиографические ссылки

Сангиров Ж. А. Хофиз Таниш Бухорийнинг “Имомкулихоннома” асари ва унинг Аштархонийлар тарихини урганишдаги урни // Science and innovation. 2023. 2-сон. – Б. 256 – 266.

Абулаббос Мухаммад Толиб. Матлаб ут-толибин. Таржимонлар: Каримий, Э.Миркомилов; Масъул мухаррир: т.ф.д Х. Тураев; Тошкент давлат Шаркшунослик института хузуридаги Абу Рай хон Беруний номли Шарк хулёзмалари маркази. – Тошкент: “Movarounnahr” 2016. – 386 б.

Dr. Azamat Ziyo. Silsilat as-salatin as a historical source // Asian Journal of Research in Socilan Sciences and Humanities. 2021. Issue 11. – P. 624 – 628.

Audrey Burton. The Bukharans a dynastic, diplomatic and commercial history 1550 – 1702. – London: “Routledge”, 2019. – 713 p.

Bregel Y. The khanate of Bukhara and Khorasan // Encyclopedia Iranica. Vol. V. New York: 2013. – P. 521 – 524.

Şeyda Duman. Buhara Hanlığı'nda İmamkulikhan dönemi (1611-1642). Tarih alanında Doktora (PhD) derecesi için sunulan tez. – Afyonkarahisar, 2023. – 185 s.

Selim Serkan Ükten. Buhara hanlığı’nin askeri teşkilatı (1500-1868). – Ankara: Neyir Matbaacılık, 2018. – 388 s.

İnci Yelda Dumlupınar. Astrahanîler ve Mangıtlar devri Buhara hanlığı (1599-1920): Genel hatlariyla kaynaklari ve siyasi tarihi // Genel Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi. 2023. Issue 9. – P. 199 – 220.

Алексеев A.K. Политическая истори Тукай-Тимуридов: По материалам персидского исторического сочинения Бахр ал-асрар. СПб.: Изд-во С. – Петерб. ун-та, 2006. – 231 c.

Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya / Zamonov A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.

Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi [Matn]: metodik qo‘llanma / Zamonov A. Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 266 b.

To‘raev H. Buxoro tarixi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / To‘rayev H. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. – 320 b.

Махмуд ибн Вали. Море тайн относительно доблестей благородных. (География). Введение, пер., прим., указ. Б.А.Ахмедова. Отв. ред. А.К.Аренде. – Ташкент, “Фан”, 1977. – 184 б.

Eshov B. J., Odilov A. A. O‘zbekiston tarixi II ( XIV asrning o‘rtalaridan – XIX asr ikkinchi yarmigacha). – Toshkent: “DONISHMAND ZIYOSI”, 2020. – 409 b.

Ne’matov M. Buxoroda Ashtarxoniylar davri me’morchiligi // Modern Science and Research. №10. 2024. – B. 34 – 37.

Ro‘ziqulov O., Shodiyorov A. Ashtarxoniylar davrida ilm-fan, madaniy hayot // Inovation in the modern education system. №5. 2024. – B. 198 – 202.

Nasrilloyev K. Ashtarxoniy hukmdorlarning ilm ahillari bilan munosabatlari // Builders of the future. №2. 2022. – B. 13 – 17.

Сангирова Д. Х. Хаж зийорати ва хукмдор хожилар // Oʻtmishga nazar. 2019. №18. – B. 24 – 37.